O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Birlashtiruvchi (kon’yunktiv) mulohazalar


Download 1.78 Mb.
bet62/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Birlashtiruvchi (kon’yunktiv) mulohazalar ikki va undan ortiq oddiy mulohazalarning “va”, “ham”, “hamda” kabi mantiqiy bog‘lovchilar vositasida birikishidan hosil bo‘ladi. Masalan, 1. Qo‘ng‘iroq chalindi va dars boshlandi. 2. A. Navoiy shoir va davlat arbobi bo‘lgan. 3. Muhammad Xorazmiy va Ahmad Farg‘oniylar matematika fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar.

O‘zbek tilida birlashtiruvchi mulohazalar “ammo”, “lekin”, “biroq” kabi bog‘lovchilar va bog‘lovchilarsiz ohang vositasida ham tuziladi. Mantiqiy bog‘lamalar kon’yunksiya belgisi “Ù” orqali ifodalanadi. Formulasi: rÙq.

Kon’yunktiv (birlashtiruvchi) mulohaza tarkibidagi oddiy mulohazalarni “r” va “q” shartli belgilari bilan belgilasak, unda bu mulohaza r Ù q formulasi orqali ifodalanadi. Kon’yunktiv mulohaza tarkibidagi oddiy mulohazalar chin yoki xato bo‘lishi mumkin. Tarkibidagi hamma oddiy mulohazalar chin bo‘lsa, birlashtiruvchi mulohaza ham chin bo‘ladi. Boshqa hamma holatlarda esa xato bo‘ladi. Masalan, “Yolg‘on gapirish va o‘g‘irlik qilish jinoyatdir” mulohazaidagi birinchi oddiy gap “Yolg‘on gapirish jinoyatdir” chin bo‘lmaganligi uchun bu mulohaza chin bo‘lmaydi.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling