Ayiruvchi (diz’yunktiv) mulohaza deb “yo”, “yoki”, “yoxud” mantiqiy bog‘lovchilar vositasida bog‘langan oddiy mulohazalarga aytiladi. Bu bog‘lovchilar ikki oddiy mulohaza, bir qancha predikatlar. yoki bir qancha subyektlarni bir-biridan ayirib turadi. Masalan, “Qodirov falsafa yoki sotsiologiya yoki psixologiya bo‘limida o‘qiydi”. Konsertda birinchi yoki ikkinchi kurs talabalari qatnashadilar. Ayiruvchi bog‘lamalar “Ú” – dizyunksiya belgisi orqali ifodalanadi. Ayiruvchi (dizyunktiv) mulohazalar oddiy yoki qat’iy turlarga bo‘linadi. Oddiy dizyunktiv mulohaza tarkibidagi oddiy mulohazalardan biri yoki hammasi chin bo‘lishi mumkin, qat’iy dizyunktiv mulohazada esa tarkibidagi oddiy mulohazalardan faqat bittasi chin bo‘ladi. Masalan: A.Avloniy shoir yoki dramaturgdir. Bu – oddiy dizyunktiv mulohaza. Abdullayev musobaqada yo yutadi, yo yutmaydi. Bu - qat’iy dizyunktiv mulohaza. Oddiy dizyunktiv mulohaza p Ú q formulasi bilan, qat’iy dizyunktiv mulohaza p Ú q formulasi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |