O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent
Forobiy bahs yuritish san’ati haqida
Download 1.78 Mb.
|
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6
Forobiy bahs yuritish san’ati haqida. Ma’lumki, o‘rta asrlarda turli diniy, huquqiy, ijtimoiy masalalar bo‘yicha bahs-munozaralar o‘tkazish keng rasm bo‘lgan. Bahslashish qonun–qoidalarini mukammal bilish bahsda yutib chiqishning garovi bo‘lgan. Forobiy «Kitob al-jadal» deb nomlangan asarida bahs yuritish san’ati bilan bog‘liq mantiqiy masalalarni batafsil bayon qilib bergan.
Ilk o‘rta asrlarda bu san’at antik davr an’anasiga ko‘ra dialektika deb atalgan. Albatta, o‘sha davrda bu terminning qo‘llanilishi bilan hozirgi davrdagi qo‘llanilishi o‘rtasida katta farq bor. Forobiy dialektik bahsning «birinchi maqsadi rad etish bo‘lsa, isbotlash uning ikkinchi maqsadidir»190, - deb yozadi. Isbotlashning dialektik metodi, Forobiyning fikricha, savol va javob usulidangina iborat bo‘lmay, balki bahs-munozara yuritishning strategiyasi va taktikasi hamdirki, buning natijasida muxolif ustidan g‘alaba qozoniladi. Markaziy Osiyo mutafakkirlari, jumladan, Forobiy ham, dialektikaga san’at deb qaraganlar. Dialektika haqiqatga yaqin bo‘lgan asoslardan boshlanadi va javob berayotganda ichki ziddiyatlarga yo‘l qo‘ymaslikka o‘rgatadi. Dialektik bahs ikki kishi o‘rtasidagi savol-javob ko‘rinishida amalga oshadi. Bu kishilardan biri savol beruvchi, boshqasi javob beruvchi bo‘ladi. Dialektik bahs bilishning haqiqatga yaqin bo‘lgan fikrlardan haqiqatga tomon yo‘nalishini ifodalaydi. Bahs haqiqatga yaqin bo‘lgan fikrdan boshlanadi. Dialektik savol isbotlanishi talab qilingan masalani to u hal bo‘lgunga qadar izchil bo‘linishini talab qiladi. Dialektik javob tezisdagi himoya’ni ifodalaydi. Aristotel dialektik bahsning strukturasida tezis, problema va topni ajratib ko‘rsatadi. Forobiy va Ibn Sinolar bunga “dialektik asos” degan tushunchani kiritganlar. Dialektik asoslar hammaga ma’lum bo‘lgan va ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan qarashlardir. Forobiy dialektik asoslarning quyidagi o‘nta turini ko‘rsatib o‘tadi: 1. Hamma odamlar tomonidan qabul qilingan qarashlarni ifodalovchi asoslar. 2. Ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan va boshqalar tomonidan e’tiroz bildirilmagan qarashlarni ifodalovchi asoslar. 3. Olimlar, faylasuflar tomonidan qabul qilingan qarashlarni ifodalovchi asoslar. 4. Olimlar va faylasuflar tomonidan qabul qilingan, ulardan ba’zilari va boshqalar tomonidan e’tiroz bildirilmagan qarashlarni ifodalovchi asoslar 5. Aqlli va fazilatlariga ko‘ra boshqalarga nisbatan yuqori bo‘lgan odamlarning e’tiroz bildirilmagan qarashlarini ifodalovchi asoslar; 6. Har bir san’atda uning vakillari tomonidan to‘plangan qarashlarni ifodalovchi asoslar. 7. Har bir san’atning eng usta vakillarining e’tiroz bildirilgan qarashlarini ifodalovchi asoslar. 8. Predikatlari subyektlarining ma’lum bir qismida yoki ko‘pchiligida ma’lum bo‘lgan asoslar. 9. Ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan qarashlarga o‘xshash bo‘lgan qarashlarni ifodalovchi asoslar. 10. Agar bir buyumning boshqa bir buyumda mavjudligi haqida hammaga ma’lum qarashlar bo‘lsa, uning ziddiyati bo‘lgan qarashlar ham hammaga ma’lum bo‘lgan asosni ifodalaydi.191 Har qanday tezisni rad etishda zarur bo‘lgan isbotlarni tanlash uchun parallel isbotlarni taqqoslash zarur. Tasdiqlovchi va inkor etuvchi asoslarning ko‘p bo‘lishi rad etishga katta yordam beradi. Zaruriy bo‘lmagan, taxminiy bilim beruvchi isbotlash usullaridan biri sofistika (safsata)dir. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling