O‘zbekiston milliy universiteti


-jadval Inson resurslarini boshqarish vazifalari dinamikasi16


Download 302.19 Kb.
bet12/22
Sana18.06.2023
Hajmi302.19 Kb.
#1567375
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
Korxonalar faolyatiga doir hodimlar strategiyasitt

4-jadval Inson resurslarini boshqarish vazifalari dinamikasi16

An’anaviy vazifalari:

IRB ning kelgusi vazifalari:

· lavozimning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib yollash;

· korporativ strategiyaning inson resurslari strategiyasiga aylanishi;

· mehnat mazmuniga baho berish;

· yangi tashkiliy tuzilmalar tashkil etish. Korxona va tashkilot strategiyasi va madaniyatiga mos keladigan ish bilan band kishilarni tanlash;

· attestatsiyadan o‘tkazish va mukofotlarni taqsimlash;

· korxona strategiyasiga mos keluvchi motivlar tizimini loyihalash va uni amalga oshirish;

· malaka oshirish;

personalni rivojlantirish va boshqarish tizimini loyihalash hamda avj oldirish;

· mehnat munosabatlari.

· ishtirok etish va hamkorlikni rivojlantirish. Tashkiliy o‘zgarishlarga ko‘maklashish. Diversifikatsiya qilingan ish kuchi potentsialidan to‘liq foydalanish.

Moddiy ishlab chiqarish sohasining barcha xodimlari ikki guruhga bo‘linadi: a) asosiy faoliyatda band bo‘lgan personal. Sanoatda bu xodimlar sanoat ishlab chiqarish personalini tashkil etadi; b) asosiy bo‘lmagan faoliyatda ish bilan band yoki boshqa personal. Bu kategoriyaga korxona tarkibiga kiradigan nosanoat
tashkilotlari personali kiradi.
Korxonaning ijtimoiy tizimi qonuniy ravishda ikkita asosiy kichik tizimga: boshqaruvchi va boshqariluvchi kichik tizimlarga bo‘linadi. Shunday qilib, boshqaruvchi personal personalni boshqarish subyekti, obyekti esa, ishlab chiqarish personali sifatida maydonga chiqadi. Saralash asosida ishlovchi boshqaruvchi personalga, ya’ni obrazli qilib aytganda, «oq yoqalilar»ga — menejerlar va ma’muriy xodimlar, aqliy mehnat xodimlari va mutaxasstislar, shuningdek, idora xodimlari kiradi. Bevosita ishlab chiqarishda band bo‘lgan va texnologiya jarayonini amalga oshirishda ishtirok etadigan personalga, ya’ni «ko‘k yoqalilar»ga menejment amaliyotida ko‘proq asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarga taalluqli bo‘lmagan barcha ishchilar kiritiladi.
Shuni ham aytish kerakki, korxonalarda muhandis-texnik xodimlar va xizmatchilarning ma’muriy-boshqaruv va ishlab chiqarish personaliga bo‘linishi ancha shartlidir. Masalan, korxona garajining mudiri — ma’muriy, transport sexining boshlig‘i — ishlab chiqarish personali hisoblanadi. O‘z navbatida, boshqaruvchi personal muhandis-texnik xodimlar (MTX) va xizmatchilarga bo‘linadi. Muhandis-texnik xodimlar kategoriyasiga ishlab chiqarish jarayoniga rahbarlik qiluvchi shaxslar, xizmatchilarga ishlab chiqarish jarayoniga texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiruvchi shaxslar kiradi. Bu xildagi bo‘linishni ham muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi, chunki bir-biriga o‘xshash lavozimlarga turli kategoriyadagi shaxslar kirib qolishi mumkin. Masalan, reja bo‘limining boshlig‘i — MTX, moliya bo‘limining boshlig‘i esa, xizmatchi hisoblanadi. Boshqaruv xodimlari tasnifini ular oldidagi maqsadlarga qarab bir necha prinsipga bo‘lish mumkin.
Ma’muriy-huquqiy prinsip xodimlarni egallab turgan lavozimiga qarab farqlashni nazarda tutadi: zavod direktori, sex boshlig‘i, bosh rejachi, bosh buxgalter va h.k.
Funksional prinsip boshqaruv xodimlarini kasblar (mutaxassisliklar) bo‘yicha guruhlarga bo‘lishni nazarda tutadi. Boshqaruv apparati ishini takomillashtirish tajribasi mehnatni ilmiy asosda va zamonaviy tashkiliy-texnik asosda tashkil etish, boshqaruv xodimlarini mehnat xarakteriga qarab

Download 302.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling