O‘zbekiston milliy universiteti


Download 302.19 Kb.
bet2/22
Sana18.06.2023
Hajmi302.19 Kb.
#1567375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Korxonalar faolyatiga doir hodimlar strategiyasitt

KIRISH


Kurs ishining dolzarbligi. Innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning barcha sohalariga keng tatbiq qilinayotgan hozirgi sharoitda har bir rahbar - ish beruvchi yuqori malakali kadrlar bilan ishlashni ko‘proq xohlaydi. Yuqori malakali kadrlar belgilangan vazifalarni tez va sifatli hal qilishning kafolati hisoblanadi. Hozirgi o‘ta globallashgan zamonda kadrlarning noto‘g‘ri tanlanishi korxonalar (firmalar) uchun ko‘p yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. Korxona (firma) rahbari yoki bevosita kadrlar (personal) bilan ishlovchi mutaxassisning kadrlarni tanlashda eʼtiborga olishi muhim bo‘lgan jihat - insonning avval nima qilganini emas, balki endi nima qila olishi mumkinligini bila olishdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruzasida taʼkidlanganidek, “...lavozimlarga samarali ishni taʼminlaydigan, munosib kadrlarni tanlash bo‘yicha oldimizda muhim vazifa turibdi”2. Shu maʼnoda, kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish, boshqarish va salohiyatidan unumli foydalanish jarayonida jahonning turli kompaniyalarida qo‘llab kelinayotgan texnologiyalarni tadqiq etib, ulardan milliy iqtisodiyotimizda foydalanish yo‘nalishlarini o‘rganish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda3.
Kadrlar siyosati - mamlakatimizning kadrlar sohasida azaldan qo‘llangan tushuncha, bu tashkilotning xodimlarga munosabati va aniq maqsadlarga erishish niyatida unga ta’sir ko‘rsatish usullari majmui deb tushuniladi. “Kadrlar siyosati” tushunchasining zamonaviy ma’nosi quyidagilardan iborat.
Birinchidan, korxonaning zamonaviy kadrlar siyosati ishlayotgan har bir xodimning vazifalari va strategik maqsadlaridan mantiqiy kelib chiqadi va faoliyatning aniq natijalari hamda korxonaning umumiy rivojlanish istiqbollariga moslashadi. Kadrlar siyosatining qulayligiga, egiluvchanligiga yuqori talablar va uning ichki (boshqarish va rahbarlik uslubi, ichki tashkiliy madaniyat va hokazo) va tashqi muhiti (mehnat bozori, iqtisodiy inqiroz sharoitida - moliya faoliyatini maqsadli olib borish xususiyatlari, qonunchilikning rivojlanishi, takomillashishi) ko‘p omilli ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asosida amalga oshiriladi.
Ikkinchidan, kadrlar siyosatining g‘oyalarini korxonadagi yuqori saviyadagi rahbarlar (ta’sischilar, mulkdorlar, top-menejerlar) ishlab chiqadilar.
Uchinchidan, kadrlar siyosatini asosan oliy va o‘rta darajali boshqaruv bo‘g‘inida mehnat faoliyatiga ega funksional rahbarlar, ma’lum tajribaga ega bo‘lgan bo‘ladilar.
To‘rtinchidan, kadrlar siyosatini amalga oshirishda yuqori professional malakaga ega kadrlar xizmati muhim ahamiyat kasb etadi. U maslahatchi, uslubchi, rahbar yordamchisi, kadrlar siyosati monitoringini amalga oshiruvchi koordinator vazifasida namoyon bo‘ladi, uning faoliyat samarasi, zarurat tug‘ilganda esa bevosita yangilash tashabbuskori sifatida ham yuzaga chiqadi4. Xodimlarning sifat tarkibi odatda ish tajribasi, kadrlar malakasini oshirish va boshqa omillarni hisobga olgan holda oliy, o‘rta maxsus, o‘rta va boshlang‘ich kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan xodimlarga bo‘linadi. Kadrlar almashinuvi darajasi korxonaning kadrlar siyosatining eng aniq mezonlaridan biridir. Albatta, kadrlar almashinuvini ham ijobiy, ham salbiy hodisa sifatida ko‘rish mumkin.
Birinchidan, ishchining imkoniyatlari kengayadi, moslashish qobiliyati ortadi.
Ikkinchidan, korxona xodimlari “yangilanadi”, yangi odamlar oqimi va demak, yangi g‘oyalar. Kadrlar siyosatining moslashuvchanligi uning xususiyatlariga qarab baholanadi: barqarorlik yoki dinamizm. Kadrlar siyosati o‘zgaruvchan sharoit va sharoitlar ta’sirida dinamik ravishda qayta qurilishi kerak. Xodimlarning son va sifat tarkibini yangilash va qo‘llab-quvvatlash jarayonlarida optimal muvozanatni ta’minlash, uni tashkilotning ehtiyojlari va mehnat bozori holatiga muvofiq rivojlantirish va takomillashtirib borish zarur. Xodimlar faoliyati - tashkilotning rivojlanish bosqichining aniq vazifalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladigan xodimlarning tashkilot ishining vazifalariga muvofiqligiga erishishga qaratilgan harakatlar hisoblanadi.

Download 302.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling