O‘zbekiston milliy universiteti


Passiv va reaktiv kadrlar siyosati. «Passiv siyosat»


Download 302.19 Kb.
bet4/22
Sana18.06.2023
Hajmi302.19 Kb.
#1567375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Korxonalar faolyatiga doir hodimlar strategiyasitt

Passiv va reaktiv kadrlar siyosati. «Passiv siyosat» so‘z birikmasining o‘zi bir qarashning o‘zida mantiqsizdek tuyuladi. Lekin shunday holatlar ham kuzatiladiki, bunda tashkilot rahbariyati o‘z xususiy personaliga bo‘lgan inunosabatida ifodalangan dasturlar harakatiga ega bo‘lmaydi, kadrlar ishi loqaydlik bilan amalga oshiriladi. Bunday tashkil etishga mehnat va personalni baholash butun kadrlar vaziyati diagnostikasi, kadrlarga ehtiyoj bashoratining yo‘qligi taalluqlidir.
Reaktiv kadrlar siyosatida korxona rahbariyati personal bilan ishlashdagi salbiy holatlaming alomatlari ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning sabablarini tahlil etishga harakat qiladi va nizoli vaziyatlaming kelib chiqishini o‘rganadi. Rahbariyatning diqqat markazi malakali ishchi kuchi va personalning yuqori natijali mehnatga motivatsiyasining monitoringi hisoblanadi. Bundan tashqari korxonalarda kadrlar muammosining chiqishiga olib kelgan sabablarni tushunish uchun yo‘naltirilgan harakatlar amalga oshiriladi, inqirozli hodislarni oldini olish bo‘yicha m a’lum bir choratadbirlar qo‘llaniladi.
Ogohlantiruvchi va aktiv kadrlar siyosati. Ogohlantiruvchi kadrlar siyosatining mohiyati haqida gapirganda shuni aytish mumkinki, bunda korxona rahbariyati vaziyatlar rivojining asoslangan bashoratiga ega bo‘lishi lozim. Bunda ogohlantiruvchi kadrlar siyosatiga ega bo‘lgan tashkilot mayda vaziyatlarga ta’sir etish uchun vosita (mablag‘)ga ega bo‘lmaydi. Ushbu korxonaning kadrlar xizmati xodimlarining shaxs diagnostikasi manbalari ham qisqa muddatli davrdagi kadrlar vaziyatlarini bashorat qilish uslubiyatiga ham ega bo‘ladi. Korxona rivojlanishining dasturi miqdoriy ham sifatiy munosabatlarda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning qisqa muddatli va o‘rtacha bashoratiga asoslanadi. Unda shuningdek, odatda personalning rivojlanishi bo‘yicha vazifalar aks ettiriladi. Bunday korxonalaming asosiy muammosi — maqsadli kadrlar dasturini ishlab chiqish hisoblanadi.
Agarda rahbariyat nafaqat bashorat balki vaziyatga ta’sir etish vositasiga ega bo‘lsa, kadrlar xizmati maqsadli kadrlar dasturini ishlab chiqishga loyiq bo‘ladi, shuningdek, vaziyatning doimiy monitoringi amalga oshiriladi, ichki va tashqi muhit parametrlari bilan moslik dasturini bajarish tuzatilsa, u holda mazkur tashkilotda aktiv kadrlar siyosatining mavjudligi haqida gapirish mumkin.
Tashkilot rahbariyati tomonidan foydalaniladigan mexanizmlar nuqtayi nazari bo‘yicha aktiv kadrlar siyosatining ikkita ratsional va avantyuristik turini ajratish mumkin. Ratsional kadrlar siyosatida korxona rahbariyati ham sifatiy tashxis va ham asoslangan vaziyat rivojlanishi bashorati va unga ta’sir qilish uchun mablaglarga ega bo‘ladi. Korxonaning kadrlar xizmati nafaqat personal diagnostikasi vositalari bilan, balki kadrlar vaziyatini qisqa va uzoq muddatli davrlarga bashorat qilish usullariga ega bo‘ladi.
Tashkilotning rivojlanish dasturlarida kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj (sifatiy va miqdoriy)ning qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli bashoratlari o‘z aksini topadi.
Avantyuristik kadrlar siyosatida korxona rahbariyati vaziyatning asoslangan rivojlanish bashoratiga, sifatli tashxisga ega bo‘lmaydi, lekin unga ta’sir qilishga harakat qiladi. Korxonaning kadrlar xizmati odatda kadrlar vaziyatini bashorat qilish mablag‘iga va personal diagnostikasiga ega bo‘lmaydi, lekin ko‘pincha korxonaning rivojlanish dasturiga korxonaning maqsadga erishishga yo‘naltirilgan va rivojlanishi uchun muhim bo£lgan, ammo vaziyatning o'zgarish nuqtayi nazaridan tahlil etilmagan kadrlar ishlarining rejalari kiritilgan bo‘ladi. Bunday holatda personal bilan ishlash rejasidagi tadbirlar kam dalillangan va personal bilan ishlash maqsadlari to‘g‘risida aniq tasawur bo‘lmasada u yetarli darajada emotsional tarzda tuziladi.

Download 302.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling