O’zbekiston milliy universiteti


Ta’lim muassasalarining shaxsda fahm-farosat va aql uyg‘unligini


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana15.11.2020
Hajmi0.71 Mb.
#146237
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fahmfarosataql birligining shaxs tarbyasidagi ahamiyati.


2.2. Ta’lim muassasalarining shaxsda fahm-farosat va aql uyg‘unligini 

tarbiyalashdagi o‘rni 

 

 

 

Inson  ma‟naviyatini  shakllantirish  va  kamol  toptirishda  ta‟limning  roli 



benihoya  kattadir.  Yoshlarga  axloqiy  va  estetik  qadriyatlarni  singdirishda  ta‟lim 

muassasalari  xususan  o„rta  maktablarning  o„rni  muhim.  Maktabdagi  asosiy  faol 

subyektlar  –  o„qituvchilardir.  Ta‟lim  tizimi  barkamol  yoshlarni  tarbiyalovchi 

asosiy  vosita.  Unda  o„tilayotgan  tabiiy  va  gumanitar  fanlarda  axloqiy-estetik 

                                                 

1

Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat – engilmas kuch. – Toshkent: Ma‟naviyat, 2008. - 106 b. 



2

Husayn Voiz Koshifiy “Axloqi Muhsiniy”,  O‟zbek Milliy insklopediyasi; Davlat ilmiy nashriyoti; - 2011 yil, 279-

280-betlar. 


39 

 

bilimlarning  xalq  hayot  tarzining  muhim  ifodasi  bo„lgan  xalq  donishmandligi 



merosi  bilan  boyitilsa,  uning  tarbiyaviy  samaradorligi  ham  shunchalik  yuqori 

bo„ladi.  Boshqacha  qili    aytganda,  yoshlarda  axloqiy-estetik  madaniyatni 

shakllantirish  gumanitar    fanlar    yutuqlari    va  kundalik  empirik  bilimlar    xalq 

donishmandligi  bilan  to„ldirilsa  yanada  samarali  bo„ladi.  “Endi  insonga  xos 

bo„lgan xususiyatlarga axloqiy va estetik jihatdan yondoshadigan bo„lsak, uni 

avvalo  -  aql,  farosat  va  didning,  tafakkur,  tasavvur  va  xotiraning  mavjud 

bo„lishi,  fazilat,  xislat  va  tarbiyaning  mustahkamligi,  nafosat,  go„zallik  va 

ulug„vorlikni his eta bilishi kabilar bilan belgilash mumkin.”

1

 

Ma‟lumki  ta‟lim  asosan  maktabgacha  ta‟lim  muassalari,  umumta‟lim 



maktablari, akademik litsey va kasbhunar kollejlari, oliy o„quv yurtlarida amalga 

oshiriladi. Ta‟lim jarayonining sifati, ya‟ni ta‟limning qay darajada berilishi, unda 

ishtirok etuvchi murabbiy va o„qituvchilarning ma‟naviy dunyosi, bilimi, iqtidori, 

muallimlik  iste‟dodi  bilan  bevosita  bog„liq.  Bu  haqda  yurtboshimiz  I.Karimov 

shunday  yozadi:  “Tarbiyachi  -  ustoz  bo„lishi  uchun,  boshqalarning  aql  -  idrokini 

o„stirish, ma‟rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro 

etib  etishtirish  uchun,  eng  avvalo,  tarbiyachining  o„zi  ana  shunday  yuksak 

talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo„lishi kerak” 

2

. Bu 


esa  ta‟lim  muassalari  hodimlariga  katta  mas‟uliyat  yuklaydi.  Ulardan  o„z 

bilimlarini doimiy, uzviy ravishda boyitib borish, zamon bilan hamqadam bo„lish, 

tashabbuskorlik,  yangilikni  oldindan  ko„ra  olish  va  qabul  qilish,  pedagogik 

mahoratini  oshirib  borish,  asosiysi  bola  shaxsini  hurmat  qilish  va  albatta 

tushunishni talab etadi. 

Aslida ta‟lim va tarbiyani bir - biridan ajratib bo„lmaydi. Ta‟lim tizimida bu 

ish  dialektik uyg„unlikda olib boriladi.  Ya‟ni  o„quvchi  yoshlarni  ahloqiy,  estetik, 

huquqiy,  siyosiy,  iqtisodiy,  ekologik,  jismoniy  tarbiyalash,  ta‟lim  berish  orqali 

amalga  oshiriladi.  Ayni  paytda  bu  bolaning  yoshi,  qabul  qilish  darajasi, 

dunyoqarashi  va  hatto  ruhiy  holatini  hisobga  olgan  holda  olib  boriladi.  Barkamol 

                                                 

1

Nurmatova  M.  Shaxs  ma‟naviy  kamolotida  estetik  va  axloqiy  qadriyatlar  uyg„unligi  muammosi.  Dis.  fal.fan.dok. 



Toshkent 2011-y. 32-bet. 

2

I.Karimov. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. T., 1993-y.,27-28-betlar. 



40 

 

avlod  tarbiyasini  bugun  ijtimoiy-gumanitar  fanlarsiz  tasavvur  etib  bo„lmaydi. 



Yoshlarning  dunyoqarashini  kengaytirish,  ma‟naviyatini  yuksaltirish,  bilim  va 

saviyalarini  oshirish  mana  shu  fanlarning  bosh  maqsadidir.  Mamlakatimiz 

mustaqilligining  qo„lga  kiritilishi  ta‟lim  va  tarbiya  tizimida  ulkan  islohotlarni 

amalga oshirish imkonini berdi. O„tgan yillar davomida ta‟lim tizimda bir qancha 

ijobiy ishlar amalga oshirildi. 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  jamiyat  taraqqiyotini  belgilovchi  muhim 

islohotlar  haqida  to„xtalganda,  ta‟lim  tarbiyaga  alohida  urg„u  berib:  «Jamiyat 

taraqqiyotining  asosi,  uni  muqarrar  halokatdan  qutqarib  qoladigan  yagona  kuch  - 

ma‟rifatdir»

1

,  deya  ta‟kidladi.  Chunki,  yoshlarni  mustaqil,  erkin  tafakkurini 



shakllantirishda ta‟lim-tarbiyaning o„rni beqiyosdir.  

O„zbekiston Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 

va  1997  yilda  qabul  qilingan  “Ta‟lim  to„g„risida”gi  qonun,  Kadrlar  tayyorlash 

milliy  dasturining  yaratilishi  va  hayotga  tadbiq  qilinishi  ushbu  muhim  sohada 

chuqur  islohotlarning  yangi  bosqichini  boshlab  berdi.  Mamlakatimizda  ta‟lim 

taraqqiyotining  shaxs,  jamiyat  va  davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ilmiy-texnik 

hamda  madaniy  ehtiyojlarini  ta‟minlaydigan  ustuvor  sohasi  sifatida  qonunan 

belgilab qo„yildi. 

Mazkur  qonun  hujjatlarida  inson  manfaatlari,  ya‟ni  uning  o„z  ijtimoiy 

mohiyatini, o„zligini anglashi, muntazam rivojlanib borishi, imkoniyatlarini to„liq 

ishga  solishi  va  farovon  hayot  kechirishi  uchun  barcha  shart-sharoitlarni  yaratish 

ustuvorlik  kasb  etdi.  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  mamlakatimizda  yangi 

jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga asoslangan 

iqtisodiy  va  siyosiy  islohotlarning  "o„zbek  modeli"  -  ya‟ni  o„zbek  xalqi  tanlagan  

taraqqiyot yo„lining ajralmas tarkibiy qismiga aylandi. Mustaqillik yillarida ta‟lim 

tizimini tubdan yangilash va isloh etish bo„yicha miqyosi va ko„lamiga ko„ra ulkan 

ishlar  amalga  oshirildi.  Qariyb  9,5  ming  yoki  mamlakatimizda  faoliyat 

ko„rsatayotgan  maktablarning  deyarli  barchasi  yangidan  qurildi,  kapital 

rekonstruksiya qilindi va zamonaviy o„quv-laboratoriya va asbob-uskunalari bilan 

                                                 

1

KarimovI. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‟q. – T.: O‟zbekiston. 1998. –B. 7. 



41 

 

jihozlandi. O„quv jarayonini sifat va metodik jihatdan butunlay yangilash bo„yicha 



ulkan  chora-tadbirlar  amalga  oshirildi.  Prezidentimiz  rahnamoligida  Milliy 

dasturda  belgilangan  vazifalardan  kelib  chiqib,  respublikamizda  yangi  o„rta 

maxsus,  kasb-hunar  ta‟limi  tizimi  shakllantirildi.  Uning  ulkan  moddiy  texnik 

ba‟zasiga  asos  solindi.  Hozirgi  zamon  talablariga  javob  beradigan,  bozor 

iqtisodiyoti  shart-sharoitlariga  moslasha  oladigan,  raqobatbardosh  kichik 

mutaxassis kadrlar tayyorlash borasida ishlar izchillik bilan  amalga oshirilmoqda. 

Shuni  alohida  ta‟kidlash  joizki,  mazkur  akademik  litsey  va  kasb-hunar 

kollejlarining  deyarli  barchasi  mustaqillik  yillarida  barpo  etildi  yoki  ta‟mirdan 

chiqarildi. Ta‟lim  jarayonini  isloh  etish  va  mehnat  bozorida  talab  qilinadigan 

yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlashda  oliy  o„quv  yurtlari  muhim  o„rin 

egallamoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat ko„rsatayotgan 70 dan ortiq 

oliy o„quv yurtlari va ularning filiallari qatorida Vestminister universiteti, Singapur 

menejmentni  rivojlantirish  instituti,  Turin  politexnika  universiteti  shuningdek, 

Moskva  Davlat  Universiteti,  Rossiya  iqtisodiyot  universiteti,  Rossiya  neft  va  gaz 

universiteti  kabi  xalqaro  obro„-e‟tibor  va  chuqur  tarixiy  ildizlarga  ega  bo„lgan 

Evropa  va  Osiyoning  yetakchi  oliy  o„quv  yurtlari  filiallari  ham  faoliyatko„rsatib 

kelmoqda. 

Kadrlar tayyorlash milliy modeli maqsad va talablaridan kelib chiqqan holda 

ta‟lim  mazmuni,  ta‟lim  turlarining  uzviylik  va  uzluksizligi,  ta‟lim  standartlari, 

mutloq  yangi  bo„lgan,  ularni  zamon  talablariga  mos  o„zgaruvchanlikni 

ta‟minlaydigan  mexanizm  va  tashkiliy  asoslari  model  muallifi  I.Karimov 

tomonidan ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq  etildi. Shu bois davlatimiz rahbari 

O„zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  birinchi  chaqiriq  IX  sessiyasida 

so„zlagan  nutqida  ta‟lim  tizimidagi  islohotlar  xususida  so„z  yuritar  ekan:  «Bizga 

bitiruvchilar  emas,  maktab  ta‟limi  va  tarbiyasini  ko„rgan  shaxslar  kerak»

1

,  deb 



ta‟kidlaydi. 

Ta‟lim tizimini «yuksak ma‟naviyat» tomon qaratish, o„sib kelayotgan yosh 

avlod  qalbida  ma‟naviyatning  milliy  va  umuminsoniy  xususiyatlarini  kamol 

                                                 

1

Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‟lida. 6-jild,-Toshkent: O‟zbekiston, 1998. – 331 b. 



42 

 

toptirish,  ularning  ma‟naviy-axloqiy  tasavvurini  buyuk  shaxslar  estetik  tafakkuri, 



falsafiy dunyoqarashi bilan boyitish dolzarb masala bo„lib bormoqda. Ta‟lim tizimi 

bu  jarayonlarning  uzluksizligiga  amal  qilgan  holda  mustaqillikning  har  bir  yilida 

katta yutuqlarga erishmoqda. 2008 yil may oyida bo„lib o„tgan Toshkentdagi 42-

xalqaro    Mendeleev  olimpiadasida  9  yosh  kimyogar  –  oltin,  15  ishtirokchi  – 

kumush va 28 nafar ishtirokchi – bronza medaliga sazovor bo„ldi. 29 o„quvchi esa 

maxsus diplom bilan taqdirlandi. 

Xalq ta‟limi tizimida amalga oshirilayotgan bunday islohotlar barcha fanlar 

bo„yicha  amalga  oshirilmoqda.  Xalqimizning  orasidan  etishib  chiqayotgan  yosh 

avlod  bugungi  kunda  O„zbekistonning  ilm-fani  va  madaniyatini  butun  jahonga 

namoyon qila olishga qodir ekanligini ko„rsatmoqda. Milliy istiqlol, mustaqillikni 

mustahkamlash g„oyasiga asoslangan yangi ta‟lim dasturi va ushbu hujjat asosida 

yaratilgan  Davlat  ta‟lim  standartlarida  asosiy  e‟tibor  shaxsning  kamolotiga 

qaratildi va ijtimoiy-gumanitar fanlarning mas‟uliyati yanada kuchaytirildi. Bu esa 

o„qituvchi va ustozlarga katta mas‟uliyat yuklamoqda.Ilmiy - nazariy bilim berish 

asosida  yoshlarda  insonparvarlik,  sadoqat,  qanoat,  mehr-  oqibat,  muxabbat, 

adolatparvarlik,  nafosat,  e‟tiqod,  mehnatsevarlik,  burch  va  huquqni  anglash  kabi 

yuksak ma‟naviy fazilatlar shakllanadi. 

«Ta‟lim to„g„risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida milliy va 

umuminsoniy  qadriyatlarni  uyg„unlashtirish,  o„quvchi  shaxsi  asosida  yuksak 

ma‟naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o„z Vatani va xalqiga sodiq fuqarolarni 

shakllantirishga  alohida  ahamiyat  berilgan.  Xususan,  Kadrlar  tayyorlash  tizimini 

rivojlantirishning asosiy yo„nalishlaridan biri bo„lgan Ma‟naviy-axloqiy tarbiya va 

ma‟rifiy  ishlarda  «Yosh  avlodni  ma‟naviy-axloqiy  tarbiyalashda  xalqning  boy 

milliy 


madaniy-tarixiy 

an‟analariga,  urf-odatlari  hamda  umumbashariy 

qadriyatlarga  asoslangan  samarali  tashkiliy,  pedagogik  shakl  va  vositalari  ishlab 

chiqilib amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol 

toptirishning  ustuvorligi  ta‟minlanadi.  Umumiy  hamda  pedagogik  madaniyatni 


43 

 

oshirish  maqsadida,  mamlakat  aholisi  orasidagi  ma‟rifiy  ishlar  takomillashtirib 



boriladi»,-deb ko„rsatiladi

1



Shuning 

uchun 


bog„chadayoq 

bolada 


tashabbuskorlik, 

faollik, 

ishbilarmonlik,  ijodkorlik,  mas‟uliyatlilik  xislatlarini  qaror  toptirishga  e‟tibor 

beriladi. Masalan, uyushtirilgan bayram tadbirlarida har bir bolaning she‟r aytishi, 

qo„shiq  kuylashi  yoki  raqsga  tushishi  ularda  mas‟uliyat  va  faollikni  tarbiyalasa, 

amaliy  mashg„ulotlarda  plastilin,  qog„oz  va  loydan  turli  shakllar  yasash,  rasm 

chizish  ijodkorlik,  izlanuvchanlikni  sport  musobaqalari  maqsadga  intilishni, 

navbatchilikni  yo„lga  qo„yish,  tozalik  kunlarini  o„tkazish  tashabbuskorlik, 

mehnatga munosabatni qaror toptiradi. 

Umumta‟lim  maktablarida  shaxs  ma‟naviyatini  shakllantirishni  oila  – 

mahallam  –  maktab  tizimi  orqali  amalga  oshirish  juda  muhim.  Chunki, 

ma‟naviyatning rivojlanishida sog„lom  ma‟naviy muhit  - oila muhiti, mahalla va 

maktab  muhiti  va  ular  o„rtasidagi  doimiy  aloqa  zarur.  Unda  bolaning  faoliyati 

(aqliy  bilimi,  mehnat,  ijtimoiy,  estetik,  axloqiy,  jismoniy  faoliyati)  namoyon 

bo„ladi,  uning  o„z  -  o„zini  anglashi  jarayoni  sodir  bo„ladi.  Demak  umumta‟lim 

maktablarda o„quvchilarga fan asoslarini o„rgatish bilan birga, ularning ma‟naviy 

extiyojlarini  qondirish,  talablariga  javob  berish, kiziqishlarini  hisobga  olish, o„z  - 

o„zini anglashlariga yordam berish lozim. 

O„quvchi  yoshlarda  ma‟naviy  -  ahloqiy  fazilatlarni  qaror  toptirish  dars  va 

darsdan tashqari tadbirlar (ilmiy amaliy konferensiyalar, bilimdonlik musobaqalari, 

bayram tantanalari, badiiy - kompozitsion kechalar), to„garak mashg„ulotlari orqali 

ham amalga oshiriladi. 

Shaxsda  axloqiy-estetik  madadaniyatni  rivojlantirish  ta‟lim  tizimining 

keyingi  bosqichlari  –  akademik  litsey,  kasb-hunar  kollejlari  va  oliy  o„quv 

yurtlarida  uzluksiz  davom  ettiriladi.  Kasb-hunar  kollejlarida  ta‟lim-tarbiya 

jarayonida  talabalarga  bilim  berish  bilan  birga,  ularni  kasbga  yo„naltirish,  o„zlari 

tanlagan kasb bilan shug„ullanishlari uchun imkon yaratishga, akademik litseylarda 

                                                 

1

Barkamol avlod O‟zbekiston taraqqiyotining poydevori. T. “Sharq” nashriyot-matbaa konsernining Bosh tahriryati. 



1998. 55-bet. 

44 

 

esa  fan  sirlarini  yanada  chuqur  egallashga  ko„proq  e‟tibor  qaratiladi.  Talabalarda 



fikr  va  harakat  mustaqilligi  faoliyat  erkinligi,  ijodkorlik,  izlanuvchanlik, 

vatanparvarlik,  insonparvarlik,  millatparvarlik  kabi  ma‟naviy  fazilatlar  yanada 

rivojlantiriladi. Oliy ta‟lim muassalarida olib boriladigan ta‟lim - tarbiya jarayoni 

ham aynan shu maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan. 

Ma‟lumki  sobiq  Sho„rolar  davlati  ta‟lim  sohasida  bir  tomonlama,  siyosat 

olib  bordi.  Milliy  respublikalarda  jahon  andozalariga  javob  bera  oladigan  o„quv 

muassalarining  kamligi,  mavjudlarida  esa  moddiy  texnik  bazaning  qashshoqligi, 

milliy mutaxassis qadrlarga nisbatan befarqlik  ilm-fanda davlat monopoliyasining 

o„rnatilganligi, uning mafkuralashtirilishi bunga yaqqol misol bo„la oladi. 

Shu bois istiqlolning dastlabki kunlaridanoq ta‟lim tizimini jadal isloh qilish, 

mafkuradan  holi  qilish,  rivojlangan  davlatlar  talabi  darajasida  modernizatsiya 

qilishga  kirishildi.  1997  yil  avgustda  "Ta‟lim  to„g„risida"gi  Qonun,  Kadrlar 

tayyorlash  Milliy  Dasturining  qabul  qilinishi,  o„quv  yurtlarining  o„rta  maxsus 

ta‟lim tizimida akademik litsey va kasb hunar kollejlarining tashkil topishi, muhim 

ixtisoliklar bo„yicha yangi  shu  paytgacha  bo„lmagan  oliy  o„quv  yurtlari  -  Harbiy 

akademiya,  Ichki  ishlar  akademiyasi,  Soliq  akademiyasi,  Bank  -  moliya 

akademiyasi, Islom Universiteti, Jahon iqtisodiyati va diplomatiya universitetining 

tashkil  topishi  bu  islohotlar  natijasidir.  Shuningdek,  oliy  o„quv  yurtlariga  qabul 

qilishning yangi tizimi test sinovlarining o„tkazilishi, oliy ta‟limning ikki pog„onali 

o„qish  tizmiga  o„tishi  (bakalavriat  va  magistratura)  ta‟lim  tizimidagi  xalqaro 

hamkorlikning  yo„lga  qo„yilishi  (xalqaro  Vestminister  Universitetining  ochilishi, 

Aksels, Ayreks, Tinchlik Korpusi, Tatsis kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik) 

bu  sohada  keng  qamrovli  ishlar  qilinganligini  ko„rsatadi.  Zero  inson  ruhiyatiga 

ta‟sir  etish, uning ma‟naviyatini shakllantirish va rivojlantirishda ta‟lim tizimining 

roli beqiyos. 

Pedagogik  jarayonlarda  amaliy  samaradorlikni  axloqiy-estetik  madaniyat 

yutuqlari  bilan  tanishtirish  orqali  amalga  erishish  mumkin.  Bu  borada  talim 

jarayonida  maruza  va  seminar  mashg„ulotlarining  an‟anaviy  shaklidan  voz 

kechmagan  holda,  yangi  g„oyalar  bilan  isloh  etish  ko„zda  tutilgan.  O„quv 


45 

 

jarayonida  dars  mashg„ulotlari,  davra  suhbatlari,  konferensiyalar,  maruza  va 



seminar  mashqlarida amaliy tajribalar metodlarini tadbiq etish orqali aniq ijtimoiy 

ahamiyat  kasb  etadigan  xulosa  va tavsiyalar  ishlab  chiqish  maqsadga  muvofiqdir. 

Yoshlarning  atrof-muhitdagi  hodisalarga  nisbatan  o„z  mulohazalarini  erkin  bildira 

olishi, keng ko„lamda  fikr yurita bilishi va tanqidiy nazar bilan xulosa chiqarishi 

davr talabidir. 

Ta‟lim  tizimining  barcha  subyektlari  o„z  faoliyatlarini  qay  darajada 

mukammal egasi bo„lsalarda, shu qatorda milliy qadriyatlarimizni ham mukammal 

tadbiq  eta  olishlari  zarur.  O„z  imkoniyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  mashg„ulot 

jarayonida talabalarga ham fanning mazmunini va fanning mazmuniga bog„lagan 

holda  o„z  qadriyatlarimizdan  boxabar  etmoqlari  lozim.  Bu  ikki  jarayonni  bir 

vaqtning  o„zida amalga oshirish oson kechmasa–da, pedagog o„zining tajribasidan 

kelib  chiqqan  holda  yondoshish  talab  qilinadi.    Globallashuv  jarayoni  nafaqat 

ijobiy  taraqqiyot  mahsuli,  balki  shu  qatori  yoshlar  dunyoqarashida  kemtiklik, 

ojizlik,  begonalashuv  kabi  illatlarni  paydo  bo„lishiga,  milliy  qadriyatlardan 

chekinishga,  urf-odatlarga  nisbatan  eskilik  sarqiti  deb  qaraydigan  fikrlarni  paydo 

bo„lishiga  tasir  ko„rsatadi.  Shu  nuqtai-nazardan  yoshlarning  axloqiy-estetik 

kamolotga erishuvi mafkuraviy  immunitetni  yanada  mustahkamlaydi, jamiyatdagi 

manaviy-aqliy muhitni sog„lomlashtiradi, milliy mentalitetni boyitadi. 

Mustaqillik  tufayli  ta‟lim  sohasiga  joriy  etilgan,  ma‟naviyat  asoslari, 

odobnoma kabi fanlar yoshlar tafakkurini kengaytirishda, mustaqil dunyoqarashini 

shakllantishda  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Falsafa,  etika  va  estetika,  tarix, 

iqtisod,  adabiyot,  huquq  kabi  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  orqali  olimlarimiz 

yoshlarga faqat ilm beribgina qolmay, ularni komil inson bo„lib etishishlarida katta 

hissa  qo„shib  kelmoqdalar.  Zero,  bu  fanlar  orqali  g„oyaviy  tarbiya  amalga 

oshiriladi,  yoshlarning  axloqiy,  estetik,  huquqiy,  falsafiy,  ilmiy  dunyoqarashlari 

yuksaladi. 

Yoshlarda 

mustaqillikni 

qadrlash, 

tarixiy 


qahramonlarimiz, 

mutafakkirlarimizdan o„rnak olish, ular bilan faxrlanish tuyg„usi shakllanadi. 

Ayniqsa,  bugungi  ma‟naviy,  g„oyaviy,  mafkuraviy  tahdidlar,  turli  xil 

ko„rinishdagi  axborot  xurujlari  jarayonida  ijtimoiy-gumanitar  fanlarni  chuqur 



46 

 

o„rgatilishi  juda  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Shunday  ekan,    ma‟naviyat  asoslari,  



etika, estetika kabi  fanlar oldida  yoshlarimizning  ongini  egallashga qaratilgan  har 

qanday 


xatti-harakatlarga, 

milliy 


manfaatlarimizga 

rahna 


solishga, 

ma‟naviyatimizga  tajovuz  qilishga,  umrimiz  mazmuni  bo„lgan  tarixiy 

xotiramizning  buzilishiga  urinayotgan  g„arazli  kuchlarga  qarshi  yoshlarimizda 

immunitetni shakllantirish vazifalari turibdi. Bular talabalarda: 

-mustaqil  falsafiy  dunyoqarash,  voqea  va  hodisalarning  mohiyatini  anglash 

hamda baholash qobiliyatini shakllantirish; 

-tabiat  hamda  jamiyat  ijtimoiy  jarayonlariga  ongli  munosabatda  bo„lish  va 

ularni  ravnaq  toptirish  yo„lida  astoyidil  faoliyat  olib  borish  ko„nikmalarini  hosil 

qilish; 

-“ommaviy  madaniyat”ni  niqob  qilib  olgan  aksilmadaniyatga,  milliy  va 

insoniy  qadriyatlarga  zid  axloqsizlikka,  ma‟naviyatsizlikka  undovchi  vosita  va 

usullarga, insonni haqoratlovchi, tubanlashtiruvchi mahsulotlarga va milliy o„ziga 

xoslikka nisbatan yashirin tahdidlarga qarshi kurashish

-o„tmish  ma‟naviy  me‟rosimizga  hurmat  hissini  uyg„otish,  milliy  g„urur, 

milliy  iftixor  tuyg„ularini  shakllantirish  uchun  zamin  yaratish,  milliy-ma‟naviy 

tarbiya va ma‟naviy-axloqiy qadriyatlarga sodiq qolishni insonning barcha faoliyat 

turlarida  ustuvor  bo„lishini  ta‟minlash  kabilardan  iboratdir.  Ta‟limning  barcha 

bosqichlari  uchun  zamon  talablariga  javob  beradigan  yangi  davlat  ta‟lim 

standartlari,  o„quv  dasturlari  shu  jumladan,  multimediali  o„quv  dasturlari  hamda 

ko„plab  nusxada  nashr  qilinayotgan  darsliklar  va  o„quv  qo„llanmalari  ishlab 

chiqilgan va joriy etilgan. 

Ta‟lim  shakllarini  va  mazmunini  samaradorligini  oshirishga  qaratilgan, 

inson  omillari  va  texnik  vositalardan  oqilona  foydalanilgan  o„qitish  va 

o„zlashtirishning tizimli uslubiyati bo„lgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni 

qo„llash bugun o„z ijobiy samaralarini bermoqda. Shu jihatdan qaraganda, bugun 

“inson-jamiyat”  muammosini  hal  qilish,  butun  insoniyatni  “insoniylashtirish”, 



47 

 

millatni  insoniyatning  ulkan  qadriyatiga  aylantirish,  jamiyatning  iqtisodiy, 



ijtimoiy-siyosiy  sohalarida  mavjud  bo„lgan  muammolarni  oqilona  hal  etishda 

ta‟lim  va  tarbiyaning  roli  g„oyat  yuksak.  2012  yilning  16-17  fevral  kunlari 

Toshkentda  bo„lib  o„tgan  "Yuksak  bilimli  va  intellektual  rivojlangan  avlodni 

tarbiyalash  -  mamlakatni  barqaror  taraqqiy  ettirish  va  modernizatsiya  qilishning 

eng muhim sharti" mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etgan yirik xalqaro 

tashkilotlar  va  moliya  institutlari,  jumladan,  BMT,  Osiyo  taraqqiyot  banki,  Jahon 

banki,  Islom  taraqqiyot  banki  vakillari,  Buyuk  Britaniya,  Germaniya,  Italiya, 

Xitoy,  AQSH,  Janubiy  Koreya,  Yaponiya,  Rossiya  kabi  dunyoning  48  davlati 

ta‟lim 

tizimi 


rahbarlari, 

olimlar 


hamda 

mutaxassislar 

chiqishlarida 

O„zbekistonning ta‟lim sohasini chuqur ilmiy asosda tubdan isloh qilish mamlakat 

iqtisodiyoti o„sishiga xizmat qilayotgani, jamiyatga foyda keltirayotganini alohida 

ta‟kidlashdi.  Mazkur  Dastur  o„z  mohiyatiga  ko„ra  ta‟lim  tizimi  va  kadrlar 

tayyorlash sohasida yaqin kelajakda, istiqbolda bajariladigan vazifalarnigina emas, 

balki  mamlakatimiiz  taraqqiyotiga  molik  muhim  iqtisodiy-ijtimoiy  masalalarni 

ham  qamrab  olganligi  bilan  katta  ahamiyatga  ega.  Ushbu  dasturdan  kelib  chiqib 

belgilangan  vazifalarning  amalga  oshishi  yoshlar  axloqiy-estetik  kamolotini 

yuksaltirish masalalari bilan bevosita bog„liqdir. 

Ta‟lim  –  tarbiya  oldida  turgan  asosiy  vazifa  ajdodlarimiz  tajribasini  yosh 

avlodga  yetkazish  insoniy  fazilatlarni  shakllantirish  va  rivojlantirish,  Vatan,  xalq 

oldidagi  mas‟uliyatni  xis  qilishga  o„rgatish  kabi  xislatlarni  qaror  toptirishdan 

iboratdir.  Bu  borada    xalqimiz  tomonidan  ko„p  asrlar  davomida  yaratilgan  va 

avloddan-avlodga  o„tib  kelayotgan  qadriyatlarimizni  yoshlar  ongiga  singdirish, 

o„sib  kelayotgan  yosh  avlodning  barkamol  bo„lib  rivojlanishida  muhim  ahamiyat 

kasb etadi. 

Ilm-fanga  qiziqish  jaholatdan  ma‟rifatga  intilish,  odob  –  axloq  qoidalariga 

to„la  rioya  qilish,  dunyoqarash,  did  va  ehtiyojlarni  o„stirish  maqsadida  shaxs 

zehnini o„tkirlab, tafakkurni chuqurlashtirish – bularning hammasi xalqimiz milliy 

xarakteriga xos xususiyatlaridir. 



48 

 

Bugungi  kunda  ana  shunday  qadriyatlar  zaminida  yoshlarni  tarbiyalash  -



o„zlarida  milliy  va umuminsoniy  qadriyatlar,  zamonaviy  fan va  texnika  yutuqlari 

bilan  bir  qatorda  milliy  ma‟naviy  boyliklarni  o„zida  mujassamlashtirgan,  yuksak 

ma‟rifatli,  insonparvar  buyuk  davlatning  yoshlari  bo„lib  shakllanishlariga  xizmat 

qiladi. 


Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 

fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bosqichida ta‟lim tizimida amalga oshirilayotgan 

islohotlar  samaradorligiga  erishishda  uzluksiz  ta‟lim  tizimidagi  ma‟naviy-axloqiy 

muhitni  yanada  takomillashtirish  dolzarblashib  bormoqda.  Shuning  uchun  ham 

jamiyat  ayniqsa  ta‟lim  tizimidagi  ma‟naviy  muhit  bevosita  yoshlarning  axloqiy 

kamoloti  va  madaniyatiga  daxldor  masaladir.  Aslida  har  qanday  muhit  kishilar 

o„rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning majmuini ifoda etadi. Ushbu tushuncha etika 

va psixologiya qonuniyatlariga daxldor tushunchalardan biri bo„lib, u inson o„zaro 

hamkorlikda mehnat qiladigan holat va joyni anglatadi. 

Uzluksiz ta‟lim tizimida esa aynan maktabgacha, o„rta, o„rta maxsus, kasb-

hunar, oliy, oliy o„quv yurtidan keyingi ta‟lim hamda kadrlar malakasini oshirish 

va 


ularni 

qayta 


tayyorlash, 

maktabdan 

tashqari 

ta‟limdan 

iborat 

tarbiyalanuvchi↔tarbiyalovchi,  ta‟lim  oluvchi↔ta‟lim  beruvchi,  ustoz↔shogird 



o„rtasida  o„zaro  hamkorlikda  mehnat  qiladigan  holat  va  joy  mikro  muhit  tashkil 

etadi.  Demak,  inson  hayoti  davomida  yon-atrofidagi,  jamiyat  va  davlat  ichidagi 

voqeiylik, hodisayu holatlar jarayoni muayyan muhitda amalga oshadi.  

O„zbekistonda  bevosita  o„zimizga  xos  bo„lgan,  takrorlanmas,  buyuk 

tariximiz,  an‟analarimizga  asoslangan  va  shu  bilan  birga  hozirgi  davr  talablariga 

javob  bera  oladigan  Kadrlar  tayyorlash  milliy  modeli  yaratildi.  Mazkur  model 

faqat  mavjud  yutuqlarni  avaylab,  saqlabgina  qolmay,  ayni  paytda  ta‟limni 

yaxshilash  yo„lidagi  faoliyatini  izchil  davom  ettirishga  qaratilgan.  Ayniqsa, 

to„qqizinchi sinfdan keyingi uch yillik majburiy-ixtiyoriy ta‟lim alohida e‟tiborga 

sazovordir.  Milliy  dasturda  o„z  aksini  topgan  o„rta  maxsus,  kasb-hunar  o„quv 

yurtlarining  o„ziga  xos  yangi  namunasi  hayotga  kirib  kelayotgan  yoshlarning 

kamida  ikki-uch  zamonaviy  kasbni  puxta  egallab  chiqishiga  imkoniyat  yaratadi. 



49 

 

Ana shu kasblarni munosib egallashning muhim garovi puxta bilim va ijodkorlik, 



mehnatsevarlik  tufayli erishiladi. 

Yoshlarga  befarq  bo„lmaslik,  ularning  qiziqishlari  va  dunyoqarashlarini 

o„rganib  borishi,  bolalarning  yosh  va  individual  xususiyatlarini  inobatga  olishi, 

turli zamonaviy axborot va texnik omillardan to„g„ri va o„rinli foydalana olish, o„z 

millati,  Vatani  uchun  fidoyi  insonlar  bo„lib  etishishiga  ko„mak  bermoq,  hozirgi 

kunning dolzarb masalasidir. Bu borada, ayniqsa,  oila, maktab va jamotchilikning 

hamkorlikda faoliyat  yuritishi muvaffaqiyat garovidir. Shubhasiz, bu qilinayotgan 

ishlar millatimizning ravnaqi, bo„lajak avlodning ertangi kunga bo„lgan ishonchini 

yanada  orttiradi.  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturiga  asosan  yurtimizda  1140  ta 

akademik  litsey  va  kasb-hunar  kolleji  bunyod  etildi,  2004-2009  yillarga 

mo„ljallangan  maktab  ta‟limini  rivojlantirishning  davlat  umummilliy  dasturiga 

binoan  hozirga  qadar  8  milliard  so„mdan  ziyod  mablag„  sarflanib,  minglab 

zamonaviy  maktab  binolari  qad  ko„tardi,eng  so„nggi  rusumdagi  kompyuterlar  va 

o„quv-laboratoriya jihozlari bilan ta‟minlandi. O„tgan yillar davomida 711 ta sport 

inshooti  qurilib,  bolalar    ixtiyoriga  topshirildi,ularning  161  tasi  yangidan  bunyod 

etildi,  qurilish-tiklash  ishlariga  9,8  milliard  so„m,ularni  zamonaviy  asboblar  bilan 

jihozlashga 1,7 million AQSH dollari miqdorida mablag„ ishlatildi

1

. Birgina 2008 



yilning  o„zida  kasb-hunar  va  akademik  litseylar  qurish  uchun  382,4  mlrd  so„m 

sarflandi”

 2



Ta‟lim va tarbiya uzviyligi zamonaviy ta‟limning eng muhim xususiyatidir. 



Respublikamizdagi  ta‟lim  muassasalari  kompyuter  texnikasi,  o„quv-laboratoriya 

jihozlari bilan ta‟minlanadi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi oliy o„quv yurtlari 

“ZiyoNET” milliy ta‟lim tarmog„i hamda yuqori tezlik bilan ishlaydigan internetga 

ulangan.  Ishga  tushirilgan    axborot-kutubxona  tizimida  darslik,  qo„llanma  va 

boshqa  o„quv  adabiyotlariga  doir  bibliografik  ma‟lumotlar  kiritilgan  va  ular 

to„ldirilib,  kengaytirilib  borilmoqda.  Hayotimizning  barcha  sohasini  jadal 

rivojlantirish 

mutaxassislar 

tomonidan 

zamonaviy 

bilim, 

qobiliyat 



va 

                                                 

1

Saidov H. Hayot dasturi //Ma‟naviyat yuksalish yo‟lida.-Toshkent: Ma‟naviyat, 2008. – 111-113 b. 



2

Abdullayeva Sh. Yoshlarni har tomonlama qo‟llab-quvvatlash  –  ustuvor  maqsadimiz.//Pul, bozor va kredit, 2008, 

№ 8. –B.20. 


50 

 

ko„nikmalarni tizimli asosda o„zlashtirishni taqozo etmoqda. Shunga muvofiq joriy 



yilda  “Ta‟lim  grantlari  dasturi”,  “Iqtidorli  talabalar  uchun  stipendiyalar  dasturi” 

tanlovlarini o„tkazish davom ettirildi. Shuningdek, Sog„lom turmush tarzini targ„ib 

qilish,  sportni  yanada  kengroq  ommaviylashtirish  maqsadida  2013  yilda  qishloq 

aholisi,  ayniqsa,  yoshlar  o„rtasida  “Alpomish”  va  “Barchinoy”  hududiy 

musobaqalari, “Milliy qadriyatlar – beqiyos boyligimiz” shiori ostida milliy sport 

va  xalq  o„yinlari  respublika  festivali,  Navro„z,  Mustaqillik  bayramlariga 

bag„ishlangan umummilliy marafonlar tashkil etildi. 

Shuningdek  O„zbekiston  Milliy  universiteti  ham  talabalarning  axloqiy-

estetik  kamol  toptirishda  o„z  hissasini  qo„shib  kelmoqda.  Universitet  miqyosida 

o„tkazilayotgan ma‟naviy-ma‟rifiy tadbirlar, sporot musobaqalari fikrimiz dalilidir. 

Darhaqiqat,  bugungi  kunda  O„zbekiston  innovatsion  taraqqiyot  yo„lidan 

jadal  rivojlanib  bormoqda.  Chunki  millatning  oltin  zahirasi  –  intellektual 

rivojlangan va har tomonlama  yetuk, yangicha fikrlaydigan yosh avlodni o„stirish 

strategik vazifadir. Buning uchun dunyoning ilg„or tajribasini o„rganish hamda bu 

tajribani milliy xususiyatlarimiz bilan boyitish muhimdir. 

Barkamol avlodni tarbiyalashning bosh vositasi bo„lgan ta‟lim tizimini isloh 

qilish  jarayonida  milliy  ta‟lim  mazmuni  va  sifatini  zamon  talablariga  ko„tarish 

bilan  bir  qatorda,  yoshlarni  taraqqiy  topgan  davlatlardagi  o„quv  markazlarida 

o„qishi,  professor-o„qituvchilarning  xorijda  malakasini  oshirishi  hamda  ta‟lim 

sohasi bilan bog„liq xorijiy mablag„ va grantlarni respublikaga jalb etilishiga katta 

e‟tibor qaratilib kelinmoqda. 

Ta‟lim-tarbiya  haqida  gap  ketganda,  Abdulla  Avloniyning  “Tarbiya  biz 

uchun  yo  hayot  –  yo  mamot,  yo  najot  –  yo  halokat,  yo  saodat  –  yo  falokat 

masalasidir”  degan  fikrlarini  eslash  kifoya,  deb  o„ylaymiz.  Yurtboshimiz 

aytganlaridek,  “Buyuk  ma‟rifatparvar  bobomizning  bu  so„zlari  asrimiz  boshida 

millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo„lgan bo„lsa, hozirgi vaqtda ham 

biz  uchun  shunchalik,  balki  undan  ham  ko„ra  muhim  va  dolzarb  ahamiyat  kasb 

etadi.” 


51 

 

Yosh  avlodda    yuksak  ma‟naviy  fazilatlarni  kamol  toptirish,  milliy 



mafkurani  shakllantirish,  boy  madaniy  merosimiz,  tarixiy  an‟analarimizga, 

umuminsoniy  qadriyatlarga  hurmat,  Vatanga  muhabbat,  istiqlol  g„oyalariga 

sadoqat  ruhida  tarbiyalash  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  barcha 

islohotlarning  hal  qiluvchi  omilidir.  Insonlar  o„zligini  chuqur  anglashi, 

mustaqillikning qadrini tobora teran tushunishi, milliy tafakkurning kengayishi va 

takomillashuvi,  tarixiy  hurlik,  mustaqillik  ruhining  uyg„onishini  ta‟minlash 

ma‟naviyat  sohasidagi  siyosatimizning  asosiy  maqsadiga  aylandi.  Shu  bois, 

mustaqillik  yillarida  buyuk  allomalarimizning  butun  jahonda  hayrat  bilan 

o„rganilayotgan me‟rosini yangidan o„rganish hayotiy ehtiyojga aylandi. Ayniqsa, 

Imom  Buxoriy,  Imom  at-Termiziy,  Burxoniddin  Marg„inoniy,  Xoja  Bahouddin 

Naqshband,  Xoja  Ahmad  Yassaviy,  Al-Xorazmiy,  Ahmad  Farg„oniy,  Az-

Zamaxshariy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Ibn  Sino,  Amir  Temur,  Mirzo  Ulug„bek, 

Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mahmudxo„ja Behbudiy, Abdulla 

Qodiriy,  Fitrat,  Cho„lpon  va  boshqa  ko„plab  buyuk  siymolarimiz  ilmiy-adabiy 

me‟rosini  o„rganish  mamlakatimizda  barpo  etilayotgan  fuqarolik  jamiyatining 

milliy-ma‟naviy negizlarini tashkil etmoqda.  

Umuman,  o„tgan  davrda,  milliy  ta‟lim,  jumladan,  badiiy  ta‟lim  tizimida 

hozirgi  kunga  qadar  intellektual  salohiyatini  oshirish,  yetuk  mutaxassislar 

tayyorlash,  yangi  avlod  o„quv  adabiyotlarini  yaratish  borasida  bir  qancha 

yutuqlarga  erishildi.  Biroq  istiqbolda  qilinadigan  ishlar  hali  ko„p  ekanini  ham 

alohida ta‟kidlash kerak. Hamkorlik, hamjihatlik, yuksak ilmiy-ijodiy salohiyat va 

sog„lom raqobat asosiy mezon bo„lsa, soha mutaxassislari har doim mamlakatimiz 

ravnaqini  belgilab  beruvchi  yuksak  malakali  kadrlarni  tayyorlashga,  mustaqil 

Vatanimizning  jahon  hamjamiyatidagi  mavqei  bundan  ham  yuksalishiga 

o„zlarining munosib hissalarini qo„shadilar. 

Bugungi  kunda  yoshlar  tarbiyasi  va  har  tomonlama  yetuk  komil  insonni 

shakllantrishda  estetik  omillar  hamda  ta‟lim-tarbiyaning  o‟rni  muhim  va 

samaralidir. 



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling