O’zbekiston milliy universiteti


    II-Bob bo’yicha xulosa


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana15.11.2020
Hajmi0.71 Mb.
#146237
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fahmfarosataql birligining shaxs tarbyasidagi ahamiyati.


 

52 

 

II-Bob bo’yicha xulosa 

Birinchidan,  shaxsning  estetik  kamoloti  uning  o„z  mehnatiga,  ijtimoiy 

mas‟uliyatiga  insoniy  munosabatni  qaror  toptiradi,  axloqiy  me‟yorlarni 

gumanistik-estetik  e‟tiqodga  aylantiradi,  uning  ijtimoiy  ahamiyati  esa  emotsional 

va intellektual fazilatlarni, ijodiy salohiyatni yuqori ko„taradi. 

Ikkinchidan,  ta‟lim  taraqqiyotining  shaxs,  jamiyat  va  davlatning  iqtisodiy, 

ijtimoiy,  ilmiy-texnik  hamda  madaniy  ehtiyojlarini  ta‟minlaydigan  ustuvor  sohasi 

sifatida  shaxsning kamolotiga e‟tibor qaratadi.  

Uchinchidan,  mamlakatimiz  istiqboli  va  millatimiz  kelajagi  hisoblangan 

yoshlarni axloqiy jihatdan tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni rag„batlantirish, ularning 

intellektual  imkoniyatlarini  yanada  kengaytirish,  ilm-fan,  madaniyat  va 

ma‟naviyatga  bo„lgan  intilishlarini  rag„batlantirish  ham  bevosita  axloqiy 

munosabatlarni takomillashtirishni taqozo etadi. 

To„rtinchidan,  inson  kamolotiga  ta‟sir  etuvchi  omillar  ta‟lim-tarbiya 

ishlarining  samaradorligini  oshirishda,  komil  insonni  tarbiyalashda  muhim 

ahamiyat kasb etadi. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

53 

 

III-BOB. AXLOQIY-ESTETIK JIHATLARNING SHAXS MA’NAVIY 



KAMOLOTIDAGI AHAMIYATI 

 

3.1. Fahm-farosat va estetik didning shaxs ma’naviy kamolotidagi o‘rni 

 

Har  bir  jamiyatning  ma‟naviyati  kamoloti  inson  aql  va  tafakkuri,  axloq-

odobi,  tajriba  va  malakasiga  bog„liq.  Prezident  I.A.Karimov  “Ma‟naviyat 

insonning  qon  –  qoni,  suyak  –  suyagiga  yillar  davomida  ona  suti,  oila  tarbiyasi,  

ajdodlar  o„giti,  Vatan  tuyg„usi,  bu  xayotning  ba‟zida  achchiq,  ba‟zida  quvonchli 

saboqlari  bilan  qatra  –  qatra  bo„lib  singib  boradi...  Umuman  olganda,  insoniyat 

tarixi  ma‟naviyat  –  insonning,  xalqning,  jamiyat  va  davlatning  buyuk  boyligi  va 

kuch  –  qudrat  manbai  ekanini,  bu  hayotda  ma‟naviyatsiz  hech  qachon  odamiylik 

va  mehr  –  oqibat,  baxt  va  saodat  bo„lmasligini  yaqqol  tasdiqlaydi.”

1

deb 



ta‟kidlaydi. Darhaqiqat, insonning insoniyligi uning fahm-farosati, aql-idroki, o„z-

o„zini axloqiy anglash - mavjud vaziyatni axloqiy jihatdan tahlil qilishni, ya‟ni 

qalban o„zi bilan gaplashish, o„zicha baholash, o„zini nazorat qilish, o„zini o„zi 

takomillashtirish, har bir vaziyatda yaxshi va yomonni qalban his qilishi bilan 

belgilanadi.  Bunda  fahm-farosat  muhim  o„rin  tutadi.  Fahmlash,  idrok  etish 

o„rganiladigan obyekt yoki sohaning insoning  maqsadi va idialiga muvofiqligini 

izohlash  (interpretatsiya)  demakdir.Fahmlash,  idrok  etish  insoniylik  mohiyatini 

aniqlash  bilan  bog„liq  bo„lgan  jarayondir.  Birinchi  bobda  fahm-farosatning 

falsafiy mazmuni, sharq va g„arb mutafakkirlari ta‟limoti misolida tahlil etishga 

harakat qilingan edi.  Ushbu bobda esa fahm-farosat va didning shaxs ma‟naviy 

kamolotida qanday ahamiyat tutishini tadqiq etishga harakat qilamiz. Zero, olim 

A.Sher  “Estetik  did  tushunchasining  o„ziga  xosligi  shundaki,  u  bir  tomondan, 

idrok, fahm, farosat kabi ildizi aqlga borib taqalsa, ikkinchidan,  o„zining ehtiros, 

his-hayajon,  subyektiv    baholash  xususiyati  bilan    ulardan  ajralib  turadi.  Yoki, 

boshqacha qilib aytganda, biz ongning, birinchi hodisada – haqiqatga, keyingisida–

ezgulikka,  uchinchisida  –  go„zallikka  munosabatini  uchratamiz.  Har  uchala 

hodisaning  asosida  ham  qobiliyat  yotadi.  Fahm  –  aqliy,  farosat  –axloqiy,  did–

                                                 

1

Karimov I.A Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‟naviyat, 2008. – 29 b. 



54 

 

estetik  qobiliyatni  yuzaga  chiqaradi.  Uchala  qobiliyatning  ham  ibtidosi,  tabiiy-



tug„malikka  borib  taqalsa-da,  ular o„zlarini  asosan  tarbiya,  ijtimoiy  munosabatlar 

orqali ro„yobga chiqaradi.”

1

 deb ta‟kidlaydi. Demak fahm-farosat, did o„zaro uzviy 



aloqador  bo„lib  tarbiya  jarayonida  shakllanib  boradi.  Did  –  insonning  aqliy, 

axloqiy  va  madaniy  darajasiga  qarab  hayotiy  voqealarga,  san‟at  asarlariga  va 

kishilarning  xulq-atvoriga  estetik  baho  berish  qobiliyatidir.  Did  muammosining 

murakkabligi shundaki, har bir kishining voqelikka estetik  baho berishda (tafakkur 

ishtirokisiz bo„lmasa ham) ko„proq hissiy tomonlar hal qiluvchi rol o„ynaydi

2

.  



Jamiyatimizda  shaxs  ma‟naviyatini  shakllantirish  miqiyosi,  birinchi 

navbatda  oiladan  boshlanadi.  Umuman,  oilada  tarbiya,  jumladan,  estetik  tarbiya, 

ya‟ni  nafosat  tarbiyasi  masalasi  dolzarb,  ayni  chog„da  o„ziga  xos  va  ko„p  qirrali 

muammodir.  Shuni  aytish  kerakki,  o„zbek  oilasida  estetik  tarbiyaning 

shakillanishida estetik didning o‟rni beqiyos. 

Tadqiqotchilar  estetik  didning  darajalari  haqida  to„xtalganda  nafosatni 

zavqlanish  uchun  emas,  balki  o„zining  boshqalardan  madaniyatliligini, 

o„qimishliligini ko„rsatish uchun bir vosita deb biladigan ikkinchi darajali-estetlar 

haqida ta‟kidlashadi. Estetik ong tizimida o„ziga xos o„rin tutuvchi estetik did eng 

nozik, ziddiyatli, murakkab shuningdek qiziqarli va dolzarb masalalardandir. Kant 

ta‟kidlagani kabi did haqida bahslashish ham mumkin va aksincha baxslashmaslik 

ham  mumkin.  Shuning  uchun  uning  atrofidagi  bahs  bugun  ham  davom  etayotir. 

Ammo  “ommaviy  madaniyat”  deb  nomlangan  turfa  rangda,  turfa  ohangda  kirib 

kelayotgan ayrim san‟at asarlari yoshlar didining tubanlashuviga olib kelishi hech 

kimga  sir  emas.  “Ommaviy  madaniyat”  “o„rtacha”  iste‟molchiga  mo„ljallangan 

bo„lib,  tijorat,  moddiy  foyda  ko„rish  maqsadida  original  ma‟naviy  mahsulotni 

ko„paytirish va tarqatish imkoniyatlarini anglatadi.

3

 



“Ommaviy    madaniyat”  yoshi,  ijtimoiy  va  milliy  toifasi  jihatidan  o„z 

iste‟molchisini aniq belgilab oladi, shunga mos badiiy-estetik usullar va qadriyatlar 

                                                 

1

Abdulla Sher, Bahodir Husanov Estetika/- Toshkent O zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti 2010 94 b. 



2

Mahmudov T. Estetik did haqida. T.,O‟zbekiston, 1964. –B.-23. 

3

Большой  энциклопедический  словарь:  философия,  социология,  религия,  эзотеризм,  политэкономия.–



Минск, УП «Минская фабрика цветной печати»,2002. - С.483 

55 

 

tanlaydi,  moddiy  manfaat  yo„lida  turli  vositalarni  ishga  soladi.  Buning  natijasida 



go„zallikka loqaydlik yoki uni buzib idrok etish, pastkashlikdan zavqlanish paydo 

bo„ladi.  Binobarin,  “estetik  did  insonning  fikr-mulohazalarida,  xulq-atvorlarida, 

xatti-harakatlarida,  moddiy  va  ma‟naviy  ijodi  mahsulotlarida  o„z  ifodasini 

topadi“


1

,  did  bahosining  umumiy  yo„nalishini  esa  insonning  ideallari  va 

dunyoqarashi  belgilaydi.  Shunday  ekan,  did  muammosi  shaxsning  kamoloti  bilan 

uzviy bog„langan bo„lib, uning estetik madaniyati tarkibini tashkil qiladi. 

Mamlakatimizning  63  foizini  tashkil  qiladigan  yoshlarni  o„z  mustaqil 

fikriga,  zamonlar  sinovidan  o„tgan  hayotiy-milliy  qadriyatlarga,  sog„lom 

dunyoqarashga, estetik did, boy ma‟naviyatga ega, har qanday mafkuraviy taz‟yiq 

va  ma‟naviy  tahdidlarga  zarba  berishga  tayyor  etib  tarbiyalash  vazifasi  dolzarb 

bo„lib  hisoblanadi.  Shuning  uchun  Prezidentimiz  I.A.Karimov  «Insonning 

yuksalishida  ma‟naviyat  olamining  qanday  ta‟sir  va  ahamiyatga  ega  ekani, 

shuningdek,  ma‟naviyatga  qarshi  qaratilgan  xurujlarning  real  xavfi  haqida 

atroflicha  fikr  yuritish, xalqimiz  yangi hayot,  yangi  jamiyat  asoslarini qurayotgan 

hozirgi  murakkab  va  tahlikali  zamonda  odamlarni bunday  xatarlardan  ogoh  etish, 

el-yurtimiz,  keng  jamoatchilik  e‟tiborini  bu  masalalarga  yana  bir  bor  qaratish, 

kelajak avlodimizni ma‟naviy sog„lom va barkamol etib tarbiyalash bilan bog„liq 

vazifalarni aniq belgilab olish»

2

,-zarurligini ko„rsatib  o„tadilar. Yoshlarda    estetik 



didni shakllantirish, ularning ma‟naviy olamida bo„shliq vujudga kelmasligi uchun 

ularning qalbi va ongida sog„lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga 

hurmat-ehtirom tuyg„usini shakllantirishga ehtiyoj sezilmoqda. 

O„zbekistonda  har  tomonlama  rivojlangan,  yetuk,  estetik  madaniyatli 

shaxsni  tarbiyalash,  barkamol  inson  qilib  voyaga  yetkazish,  bilimli,  malakali, 

mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni kamol toptirish davlatimiz siyosatining ustuvor 

masalasidir. Bu jihatlar bevosita xalqimizning o„tmishini chuqur idrok etish, milliy 

qadriyatlarni e‟zozlash, jamiyatda demokratik tamoyillarni mustahkamlash, zamon 

bilan  hamnafas  yashashni  talab  etadi.  Har  bir  shaxsning  estetik  madaniyatida 

                                                 

1

Falsafa. Qomusiy lug‟at.-Toshkent: Sharq, 2004. – 464 b. 



2

Karimov I.A Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‟naviyat, 2008. – 16-17 b. 



56 

 

milliylik  va  umuminsoniylikning  birligini  ta‟minlash  va  unga  erishish  bugungi 



kunning  dolzarb  muammolaridan  biridir.  Zero,  «ma‟naviy  barkamol  inson  va 

jamiyat  estetik  qadriyatlarga  befarq  qaramaydi,  aksincha,  ularning  rivojlanishi  va 

ravnaq  topishi  uchun  qulay  shart-sharoitlarni  yaratadi.  Estetik  madaniyati,  estetik 

didi,  fahm-farosati  past  inson  hech  qachon  ma‟naviylikning  cho„qqisiga  chiqa 

olmaydi».

1

 



Estetik did shaxsning san‟at asarlarini go„zallik jihatidan baholashda muhim 

rol  o„ynaydigan    ko„rsatkichlardan  biridir.  Shaxsning  estetik  didi  uning  haqiqiy 

badiiy  asardan  zavqlanish  va  xunuklik  va  tubanlikka  tanqidiy  munosabati, 

shuningdek,  mehnat  faoliyatida  go„zallikni  idrok  etish  va  yaratish  jarayonida 

ko„zga tashlanadi. Shu nuqtai nazardan shaxsda estetik didni shakllantirish uchun 

uni  tizimli  olib  borish  ya‟ni,  ijodiy  faoliyatga  yo„naltirilgan  layoqat  va 

qobiliyatlarni  rivojlantirish  ham  taqozo  etiladi.  Bu  esa  insonda  ijodkorlik, 

bunyodkorlik fazilatlarini yuzaga chiqaradi. 

Ma‟lumki haqiqiy san‟at asarlari, inson estetik didini rivojlantirish, axloqini 

poklantirishga  xizmat  qiladi.  Hayotda  estetik  tasavvur  va  tuyg„ulardan  ma‟lum 

darajada xabardor, adabiyot va san‟atdan muayyan bilimga ega, lekin xulq-atvori 

axloqiy  talabga  javob  bermaydiganlar  uchrab  turishi  ehtimoldan  yiroq  emas.  Va, 

aksincha,  axloqan  yuksak,  lekin  estetik  did-farosati  va  qarashlari  o„ta  sodda  yoki 

rivoj  topmaganlar  ham  yo„q  emas.  Axloq  va  nafosat  inson  ma‟naviy  olami  va 

faoliyatining ikki qirrasidir. Shuning uchun shaxsda sog„lom estetik didni, san‟atni 

tushunish  qobiliyatini  tarbiyalash,  undan  ma‟naviy  bahra  olish  imkoniyatlarini 

kengaytirish axloqiy tarbiya bilan uyg„un olib borilishiga katta ehtiyoj sezilmoqda. 

Bugungi ma‟naviy-madaniy islohotlar ana shu maqsadga qaratilgan. 

“Kadrlar  tayyorlash  milliy  Dasturi”da  ta‟limning  ijtimoiylashuvi,  ta‟lim 

subyektining  estetik  dunyoqarashi,  yuksak  ma‟naviyat,  madaniyat  va  ijodiy 

fikrlashini shakllantirish ayni shu maqsadlarni ko„zda tutadi. Zero estetik bilim va 

didning  e‟tiqod  va  xatti-harakat  normalariga  aylanishi  natijasida  har  bir  insonda, 

uning  hayotda  va  dunyoni  “go„zallik  qonunlari  bo„yicha”  o„zgartirishda 

                                                 

1

Umarov E, Abdullayev M. Ma‟naviyat asoslari. –Toshkent: Sharq, 2005. – 10 b. 



57 

 

uchraydigan xunuklik va tubanlikka qarshi faol kurashuvchanlik namoyon bo„ladi. 



Bunda,  didsiz,  badiiy  sayoz  va  g„oyaviy  jihatdan  tuturuqsiz  asarlarga  qarama-

qarshi  tarzda  yoshlarni  vatanparvarlik,  rostgo„ylik,  haqsevarlik,  xushmuomalalik, 

sharqona axloq va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalashga qodir adabiyot 

va san‟at erkin so„z, erkin fikr va ozod inson dunyoqarashini, uning badiiy-estetik 

madaniyatini  shakllantirishda  juda  katta  ahamiyatga  ega  bo„ladi.  Shuning  uchun 

mamlakatimizda san‟atga, badiiy adabiyotga katta e‟tibor qaratilmoqda. 

Ma‟lumki  yoshlarning  estetik  didi  kundalik  amaliyotda,  jamoat  va  mehnat 

amaliyotida,  xilma-xil  ijtimoiy-tarixiy  omillar  ta‟sirida  shakllanib,  rivojlanib 

boradi.  Estetik  faoliyatning  ham  subyekti,  ham  obyekti  hisoblangan  shaxsning 

estetik  ehtiyoji  va  didi  u  mansub  millatning  tarixiy  shakllangan  an‟ana  va 

mezonlari,  shuningdek,  o„ziga  xos  tabiiy-hududiy,  geografik  va  ijtimoiy  hayot 

sharoitlariga  bog„liq  bo„ladi.  Bugun  globallashuv  jarayonida  esa  internet  va 

televideniyaning  yoshlar  ma‟naviyati,  didiga  ta‟sir  kuchi  ortib  bormoqda.  Mana 

shu  o„zgarib  borayotgan  jamiyatda  kompyuter,  internet,  uyali  aloqa  vositalari  va 

boshqa  zamonaviy  texnika-texnologiyalarni    rivojlanib,  takomillashib  borishi 

natijasida,  yoshlarimiz  zamonaviy  texnologiyalarni  boshqarish,  ulardan  samarali 

foydalanish sirlarini o„rganib o„z bilim salohiyatlarini oshirib bormoqdalar. 

Keyingi  yillarda  respublikamizda  xalqaro  tarmoqdan  foydalanuvchilar  soni 

bir  necha  barobarga  oshdi.  Xususan,  2011  yil  iyul  oyi  holatiga  ko„ra,  7,7  mln.ni 

(shundan 4,27 mln.i mobil internet foydalanuvchisi) tashkil etdi, bunda har 1000 ta 

odamga-261  ta  foydalanuvchi  to„g„ri  keladi.

1

  Albatta,  bu  foydalanuvchilar 



auditoriyasida  yoshlar  ham  mavjud.  Bugungi  kunda  dunyo  bo„ylab  o„z 

manfaatlarini  keng  yoyishning  eng  maqbul  usuli  -  axborot  xurujlari  bo„lsa,  eng 

samarali vosita-axborot tizimlari va vositalari hisoblanadi. Bu yerda asosiy axborot 

iste‟molchilari  sifatida  yoshlar  namoyon  bo„ladi.  Ularning  ongini  va 

dunyoqarashini yot mazmundagi g„oyalar bilan zaharlashga qaratilgan ma‟lumotlar 

Internet kontentning katta qismini tashkil etadi. Turli ijtimoiy tarmoqlar, forumlar, 

tanishuv saytlarining faoliyat yuritishi yoshlarni o„ziga tezda jalb qiladi. 

                                                 

1

Итоги деятельности в сфере связи и информатизации за первое полугодие 2011 года. www.aci.uz. 



58 

 

Bugungi kunda o„z joniga qasd qilishning oson yo„llarini targ„ib qiluvchi 9 



mingga yaqin, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod, 12% pornografik xarakterga 

ega  saytlar  mavjud,  42%  bolalar  va  o„smirlar  onlayn  pornografiya  ta‟siriga 

tushmoqda,  49%  kompyuter  o„yinlari  zo„ravonlik  va  yovuzlik  ruhida,    41%  o„ta 

jangari  (beshavqat  urushlar,  o„ldirishlar,  otishmalar,  portlashlar  va  hokazo) 

ekanligi  ham  fikrimizni  tasdiqlaydi.  Shunday  ekan,  milliy  tarmoqda  yoshlarning 

psixologik  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda,  ularning  dunyoqarashi, 

qiziqishlaridan  kelib  chiqib,  bevosita  yosh  avlod  manfaatlari  va  muammolarini 

qamrab  oluvchi  ma‟nan  mazmunli,  yoshlarda  estetik  did  va  dunyoqarashni 

shakllantirishga hissa qo„shadigan zamonaviy mavzulardan iborat internet saytlari 

yaratish nihoyatda muhimdir. 

Estetik did tarbiyasi inson shaxsi kamolotida katta rol o„ynaydi, uning asosiy 

vositalari  sifatida  bugun  san‟at  bilan  birgalikda  ommaviy  axborot  vositalari  va 

dizayn ham namoyon bo„lmoqda. Ushbu vositalardan unumli foydalanish jamiyat 

estetik  didining  rivojlanishida  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Insonning 

jamiyatdagi  o„rni  estetik  ongi  va  didining  darajasiga  ham  bog„liq  bo„lib,  estetik 

didi  qanchalik  yuqori  bo„lsa  mehnati  shunchalik  mazmunli,  unumli  va  foydali 

bo„ladi, o„z mehnatidan bahra oladi. Estetik did masalasi shaxs, jamiyat va millat 

madaniyati  uchun  katta  ahamiyatga  ega  ekani  ravshan  bo„lib  turibdi.  Estetik 

ongning eng faol va muhim unsuri estetik did tarbiyasiga shuning uchun ham katta 

e‟tibor qaratiladi. 

Estetik  did  insonni  o„rab  turgan  muhit  orqali  shakllanadi.  Inson  go„zal 

buyumlar  va  narsalar  olamida  yashasa,  g„oyaviy-estetik  jihatdan  yetuk  badiiy 

asarlar  bilan muloqotda bo„lsa, go„zallikdan zavqlanishni o„rganadi. Shunday ekan 

mavjud  texnik  imkoniyatlardan,  audio-videoroliklar,  multimedia  kabi  zamonaviy 

vositalardan  maqsadli  va  unumli  foydalanish,  odamlarda  atrofga  daxldorlik, 

bunyodkorlik va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga e‟tibor har qachongidan 

ham  muhimroq  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Zero,  jamiyat  madaniy  muhitini 

barqarorlashtirish uchun badiiy-estetik muhitni yuzaga keltirish va rivojlantirishda 

nafaqat  ijtimoiy  hayotning  yaxlitligi,  shu  bilan  birga,  har  bir  insonning  estetik 


59 

 

qobiliyatlarini  shakllantirish,  uning  jamiyat  estetik  qadriyatlarini  ko„paytirishdagi 



faolligini ta‟minlash muhim ijtimoiy vazifa sanaladi. 

Estetik did  har kimda  har xil bo„lishini, unda  subyektiv    mushohada kuchli 

ekanini yaxshi bilamiz. Ayni paytda shuni ham nazarda tutish lozimki, did yagona, 

mutlaq estetik hodisa emas, u ham muayyan nisbiylik tabiatiga ega. Tadqiqotchilar 

ta‟kidlaganidek, uning to„rt xil darajasi  haqida fikr yuritish mumkin, bu darajalar 

odamlarning mavqei, saviyasi, madaniylik toifasi bilan bog„liq.  Birinchisi, estetik 

obyektni  qanday  bo„lsa,  shundayligicha,  aniq  bir  reallik  tarzida  idrok  etuvchi 

subyektiv    fikri  ojiz,  biror  obyektni  hamma  zo„r  desa,  zo„r  ekan  deb  qaraydigan 

faqat  jo„n  idrok  etishga  asoslangan  did.  Ikkinchisi,  uning  aksi  –  nafosatni 

zavqlanish  uchun  emas,  balki  o„zining  boshqalardan  madaniyatliligini, 

o„qimishliligini ko„rsatish uchun bir vosita deb biladigan, zavqlanishni murakkab 

tahlil  bilan  almashtiradigan  did  egalari.  Ularni  odatda,  nafosatbozlar-estetlar  deb 

ataymiz.  Uchinchisi,  bejamadorlikdan,  yaraqlab  turadigan  narsa-hodisalardan 

hayratlanadigan,  modaparast  did  egasi.  To„rtinchisi,  milliy  va  umumbashariy 

estetik  qadriyatlardan  zavqlanadigan,  ularni,  baholay  oladigan,  badiiy  soddalikni 

anglay biladigan kishilar didi. 

Estetik  ong  tizimida  o„ziga  xos  o„rin  tutuvchi  estetik  did  eng  nozik, 

ziddiyatli,  murakkab  shuningdek  qiziqarli  va  dolzarb  muammolardan  biridir. 

Estetik  didning  o„ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  uning  voqelikka,  narsa  yoki 

hodisaga ilk ko„rgan holatda beriladigan bahoda namoyon bo„ladi. Ilk bor ko„rib 

turgan san‟at asari, mutoala qilingan kitobga mushtariy yoshi, kasbi, ma‟lumoti 

darajasiga  ko„ra  “yoqadi  yoki  yoqmaydi”  deya  baho  beradi.  Bu  oddiygina 

«yoqadi  yoki  yoqmaydi»  so„zlari  orqali  ifodalansada  bizning  estetik  didimiz, 

dunyoqarashimiz,  madaniyatimizni  namoyon  etadi.  Did  shunchaki  baho  emas, 

narsa  -  hodisa  estetik  xususiyatlarini  chuqur  idrok  etish  orqali  yuzaga  keladigan 

xulosadir.  Ammo  did  yagona,  mutlaq  estetik  hodisa  emas,  u  har  kimda  har  xil 

bo„lib,  subyektiv    mushohada  kuchli.  Shuning  uchun  ingliz  faylasuflarida  biri 

Devid  Yum  did  haqida  bahslashmaydilar,  ya‟ni  har  kimning  didi  har  xil  degan 

fikrni ilgari surgan. Ammo shunday estetik qadriyatlar borki, ular idrok etilganida 


60 

 

bahslashish  mumkin  emas.  Masalan  buyuk  musavvirlar  Botichellining 



«Veneraning  tug„ilishi»,  Rafaelning  “Konestabil  madonnasi”,  yuz  minglab  yoki 

millionlab  shaxslar  va  qator  zamonlar  tan  olgan.    Bu  kabi  qadriyatlarni  «menga 

yoqmaydi»,  deyish  didsizlik  belgisidir.  Mana  shu  jihatning  o„zi  uning  faqat 

alohida insonga xos bo„lgan, ammo, jamiyat uchun ham muhim ekanligini, ya‟ni 

«shaxsiy masala» emasligini ko„rsatadi. 

Did  haqida  olmon  faylasufi  Kant  did  haqida  bahslashish  ham  mumkin  va 

aksincha  baxslashmaslik  ham  mumkin  degan  antinomiyani  o„rtaga  tashlaydi. 

Darhaqiqat,  bu  uch  xil  did  o„ziga  xos  subyektiv  kechinmalarga  asoslansa-da, 

ularning umumiy obyektiv ildizlari bir, ular gullardagi go„zallikni turli xil shaklda 

ko„radilar  va  bu  holat  tabiiy.  Shu  sababli  har  uch  did  ham  hurmatga,  e‟tiborga 

loyiq.  Shunday  ekan  didning  turli  darajasi  haqida  fikr  yuritish  mumkin,  bu 

odamlarning mavqei, saviyasi, madaniylik toifasi bilan bog„liq bo„lib ushbu  baho 

orqali  inson  tajribasi,  u  yashayotgan  jamiyat,  davr  qarashlari  ham  ma‟lum 

ma‟noda aks etadi. 

“Estetik did his-tuyg„u va tafakkur birligi, inson o„zligini ifodalovchi, bir 

vaqtning  o„zida  ham  uning,  ham  unga  berilgan  baho  hamdir.  Bugun  har  bir 

shaxsning  yuksak  estetik  didga  erishishi  zamon  talabidir.  Chunki  estetik  did 

egasigina  haqiqiy  erkin  fikrlash  salohiyatiga,  go„zallikni  ko„rish  va  uni 

yaratishga  qodir  bo„ladi.  Shuning  uchun  ham  estetik  tarbiyaning  muhim 

vazifalaridan biri insonda estetik didni shakllantirishga qaratilganidadir. Chunki 

insonning  jamiyatdagi  o„rni  estetik  ongi  va  didining  darajasiga  ham  bog„liq 

bo„lib,  estetik  didi  qanchalik  yuqori  bo„lsa,  mehnati  shunchalik  mazmunli, 

unumli va foydali bo„ladi, o„z mehnatidan bahra oladi.”

1

 



Estetik did fahm-farosat, idrok qobiliyat kabi insoniy qobiliyatlarni o„z ichiga 

oladi.  Ammo  bu  qobiliyat  tarbiyalab  borilmas  ekan  u  estetik  did  darajasiga  chiqa 

olmaydi.  Inson did bilan kiyinishi, uyi zamonaviy jihozlar-yu, jahon adabiyotining 

nodir namunlari bilan to„la bo„lgani uchungina  estetik didi yuksak deb baho berish 

doim  ham  to„g„ri  bo„lavermaydi.  Ba‟zi  kishilar  borki nafosatni  zavqlanish  uchun 

                                                 

1

Abdullayeva N. Estetik did tarbiyasi. Yoshlik 2010-y. 14 b. 



61 

 

emas,  balki  o„zining  boshqalardan  madaniyatliligini,  o„qimishliligini  ko„rsatish 



uchun  bir  vosita  deb  biladi.  Shunday  ekan  ularning  mohiyatini  anglab  yetishi, 

san‟at asarlarini o„qib baholay olishi, haqiqiy san‟at asarini qadrini bilgani  uchun 

yuksak  did  sohibi  deyish  to„g„riroq  bo„ladi.To„g„ri,  badiiy  did  estetik  didga 

nisbatan  xususiy,  tor  qamrovli,  lekin  shuning  barobarida  estetik  didning  asosini 

tashkil  etishini  nazarda  tutganda  insonning  san‟at  asarlarini  tahlil  qila  olish  va 

to„g„ri baho berishi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Estetik  did  masalasi  shaxs,  jamiyat  va  millat  madaniyati  uchun  katta 

ahamiyatga ega. Negaki jamiyatda yuksak didli kishilar qancha ko„p bo„lsa uning 

madaniyat  darajasi  yuksaladi,  jamiyat  farovonlashadi.  Alohida  insonning  estetik 

didi  shu  jamiyat  madaniyati  darajasida  namoyon  bo„ladi.  Shu  sababli  estetik  did 

tarbiyasiga  doim    e‟tibor  qaratilgan.  Estetik  tarbiya  inson  ma‟naviy  kamolotida 

muhim  o„rin  tutuvchi  omillardan  biri  bo„lib,  biror  kishining  xoxish  -  istagi 

tufayli  emas,  jamiyatning  qonuniy  ehtiyojlaridan  kelib  chiqadigan  zaruriyatdir. 

“Ayniqsa estetik did murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, 

ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uyg„unlashgan umumiylikdan iborat”.

1

 



Estetik  did  tarbiyasining  uch  asosiy  ildizi  mavjud  bo„lib  bular  go„zallik, 

san‟at  va  badiiy  ijoddir.  Inson  go„dakligidanoq  go„zalikka  oshno  bo„ladi.  Endi 

dunyoga  kelgan,  hali  ijtimoiylashmagan  go„dak  beshikda  yotar  ekan,  beshikka 

osig„liq  rangli  o„yinchoqdan  zavqlanadi,  ona  allasini  eshitib  orom  oladi. 

Keyinchalik tabiat go„zalliklarini anglay boshlaydi. 

Oila  estetik  tarbiyaning  ilk  maskanidir.  Sharqning  buyuk  pandnomalarida 

biri  “Qutadg„u  bilig”da  O„g„il-qiz  tug„ilsa,  yaxshi  bilki  ,  bas,  uyda  tarbiya  qil, 

boshqa  yerdamas  deyiladi.  Bola  estetik  didi,  fahm-farosatini  shakllanishida  oila 

ayniqsa  ota-onaning  alohida  o„rni  bor.  Unda  go„zallikni  anglash,  san‟atdagi 

go„zallikni his qilish va ijodkorlik qobiliyatini oila tarbiyalaydi. 

Negaki  estetik  did  ta‟lim-tarbiya  maskanlari  bilan  birga  san‟at  vositasida 

takomillashib  boradi.    Aynan  badiiy  adabiyot  estetik  did  tarbiyasida  o„ziga  xos 

xususiyatlarga egadir. Go„dak ilk dunyoni tanigandanoq alla eshitadi, keyinchalik 

                                                 

1

Abdulla Sher, Bahodir Husanov Estetika/- Toshkent O zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti 2010 94 b. 



62 

 

ertaklar  olamiga  oshno  bo„ladi.  Ertakdagi  ijobiy  qahramonlarning  hatti-harakati, 



kiyinishi, yurish-  turishiga taqlid qiladi, ularga o„xshashga  harakat qiladi. 

Milliy  mentalitetimizga  to„g„ri  kelmaydigan  badiiy  asarlar,  multfilm  yoki 

kinofilmlar  estetik  didni  takomillashtirishga  qodirmi?    Bu  eng  dolzarb 

masalalardan  bo„lib  prezident  Islom  Karimov  bu  xususda:  “Biz  uchun  axloqiy 

jihatdan  noma‟qul,  milliy  qadriyat  va  qarashlarimizga  yot  bo„lgan,  lekin  hozirgi 

vaqtda  hayotimizga  kirib  kelayotgan  mana  shunday  ko„rinishlarni  bamisoli 

yuqumli  kasallik  deb  qabul  qilishimiz  lozim.  Va  ayni  shu  asosda  bunday 

xurujlarning  o„ta  xavfli  holat  ekanini  anglashimiz  zarur.  Nega  deganda,  agar 

insonning  qulog„i  yengil-yelpi,  tumtaroq  ohanglarga  o„rganib  qolsa,  bora-bora 

uning  badiiy  didi,  musiqa  madaniyati  pasayib  ketishi,  uning  ma‟naviy  olamini 

soxta  tushunchalar  egallab  olishi  hech  gap  emas” 

1

deb  ta‟kidlab  o„tdi.  Bu  esa 



san‟atkorlardan juda katta mas‟uliyat talab etadi. 

San‟atkorning  didi  qanchalik  yuqori  bo„lsa,  faoliyatining  kishilar  ongida 

aks-sado  berishi  samarali  bo„ladi.  San‟atkor  jamiyatning  faol  a‟zosi  sifatida 

asarlarida o„zini namoyon etadi va o„quvchiga estetik ta‟sir etadi. Shuning uchun 

bugun  ijodkorlarimiz  estetik  didga  ega  bo„lishi,  milliy  san‟at,  urf-odat  va 

an‟analarni bilishi va milliy qadriyatlarimizni asarlarida aks ettirishi orqali ma‟nan 

yuksak,  axloqan  barkamol  avlodni  tarbiyalashda  muhim  hissalarini  qo„shishlari 

lozim.  Zero,    musiqa,  badiiy  adabiyot,  kino  san‟ati  estetik  did  tarbiyasida  muhim 

o„rin tutadi. 

Milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarni  idrok  etish,  avvalambor,  shaxsda 

shakllangan  estetik  did  mazmuni  va  darajasiga  bog„liq  bo„ladi.  Binobarin,  did 

estetik  hayrixohlik  va  yoqtirmaslikning  muayyan  barqaror  tizimidir.  Did  hukmi 

predmet,  hodisa  va  jarayonlarni  go„zallik  yoki  xunuklik,  mukammallik  yoki 

nouyg„unlik,  muvofiqlik  yoki  nomuvofiqlik  nuqtai  nazaridan  baholashdir.  Inson 

o„ziga  yoqqan  narsalar  bilan  atrofini  to„ldirishga  harakat  qiladi.  Estetik  did 

muloqotning  muayyan  muhiti  va  xulq-atvorni  tanlab  olishga  ta‟sir  ko„rsatadi, 

                                                 

1

Karimov I.A Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‟naviyat, 143 b. 



63 

 

muayyan  me‟yor  (norma)  tariqasida  gavdalanadi.  Bu  esa  uning  bevosita  fahm-



farosat bilan bog„liqligini ko„rsatadi. 

Estetik  did,  ayniqsa,  shaxsning  tabiiy,  ijtimoiy  hodisalar  hamda  san‟at 

asarlarini  go„zallik  jihatidan  baholashda  muhim  rol  o„ynaydi,  bar-kamollik 

ko„rsatkichlaridan biridir. Estetik did haqiqati subyektiv bahoning obyektiv estetik 

hodisalarga  muvofiq  kelishiga  bog„liq  bo„ladi.  Shaxsning  estetik  didi  uning 

haqiqiy badiiy asardan zavqlanish va xunuklikka emotsional-tanqidiy munosabati, 

shuningdek,  mehnat,  xulq-atvor,  turmush,  san‟atdagi  go„zallikni  idrok  etish, 

kechirish va yaratish ehtiyojida ko„zga tashlanadi. Yomon estetik did go„zallikka 

loqaydlik  yoki  uni  buzib  idrok  etish,  pastkashlikdan  zavqlanishda  namoyon 

bo„ladi.  Binobarin,  “estetik  did  insonning  fikr-mulohazalarida,  xulq-at-vorlarida, 

xatti-harakatlarida,  moddiy  va  ma‟naviy  ijodi  mahsulotlarida  o„z  ifodasini  topa-

di”


1

, did bahosining umumiy  yo„nalishini esa insonning ideallari va dunyoqarashi 

belgilaydi.  Shunday  ekan,  did  muammosi  shaxsning  kamoloti  bilan  uzviy 

bog„langan bo„lib, uning estetik madaniyati tarkibini tashkil qiladi. 

Respublikamizda  yoshlarning  fahm-farosta  va  estetik  didini  yuksaltirish 

orqali  ma‟naviy  kamolotini  ta‟minlashga  qaratilgan  keng  ko„lamli  ishlar  amalga 

oshirilmoqda.  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  bevosita  yoshlarning  badiiy-estetik 

didini tarbiyalashga oid “Yuksak ma‟naviyat-engilmas kuch”, “Adabiyotga e‟tibor-

ma‟naviyatga, kelajakka e‟tibor” kabi asarlarida fuqarolik jamiyati va demokratik 

davlat  sharoitida  yuksak  estetik  madaniyatni  qaror  toptirishning  konseptual 

masalalari  o„z  ifodasini  topgan.  O„zbekistonda  teatr  va  musiqa  san‟atini,  milliy 

raqs  va  xoreografiya  san‟atini  rivojlantirish,  musiqiy  ta‟lim,  madaniyat  va  san‟at 

o„quv  yurtlari  faoliyatini  yaxshilash,  xalq  badiiy  hunarmandchilik  va  amaliy 

san‟atni ravnaq toptirish, 2009-2014 yillarda bolalar musiqa va san‟at maktablari-

ning  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash  va  faoliyatini  yaxshilashga 

mo„ljallangan  ko„plab  rasmiy  hujjatlarning  qabul  qilinishi  avvalambor  yoshlarda 

badiiy-estetik  didni  tarbiyalash  masalasiga  qaratilgandir.  Lekin  bu  sohada 

                                                 

1

Falsafa. Qomusiy lug‟at. –Toshkent: Sharq, 2004. – 464 b. 



64 

 

fundamental ilmiy tadqiqotlar, konkret-sotsiologik izlanishlar yetarli emasligi o„z-



o„zidan ravshan. 

Shunday  ekan,  shaxsda  fahm-farosat,  estetik  didni  tarbiyalash,  san‟atni 

tushunish  qobiliyatini  tarbiyalash,  undan  ma‟naviy  bahra  olish  imkoniyatlarini 

kengaytirish,  ezgulik,  go„zallik  fazilatlarini  ma‟naviy-axloqiy  qiyofasida 

shakllantirishda  estetik  madaniyat  ta‟sirining  ortib  borishiga  katta  ehtiyoj 

sezilmoqda. 

Hozirgi  zamon  estetikaning  turli  nazariya  va  kategoriyalari  ya‟ni  estetik 

tajriba,  estetik  ong,  estetik  tarbiya,  estetik  qadriyat  va  ideal  bilan  birgalikda 

ayniqsa,  estetik  did  singari  tushunchalar  keng  qo„llanilmoqda.  Bu  esa  o„z 

navbatida  estetik  didning shakllanish  jarayonlariga  ta‟sir etuvchi  omillarni tadqiq 

etishni taqozo qiladi. 

Estetik  did  shakllanish  darajasi  doimiy  va  uzluksiz  ta‟lim  tizimiga  bog„liq 

bo„lib, u shaxsning o„z ruhiy holati va harakati haqida fikr yuritishida shakllanadi. 

Estetik did inson faoliyatining aniq bir maqsadga qaratilishini ifodalab, eng yaxshi 

natija beradigan yutuqlarga yo„naltirilganligi bilan ham ahamiyatlidir. 

“Menga  yoqadi”  va  “Menga  yoqmaydi”  bu  ikki  so„z  bilan  ba‟zan  juda 

sezgir, tafakkuri uzoqni ko„ruvchi va tajribakor kishi asl estetik mohiyatini bayon 

etib qo„yishi ham ehtimol. Lekin odatda har kim o„z didini himoya qilishga va o„z 

yuragi ovoziga, hissiyotiga quloq solishga majbur bo„ladi. 

Estetik  did  –  estetik  afzal  ko„rish  va  mo„ljal  tizimi  bo„lib,  shaxsning 

madaniyati  asosida  hamda  estetik  taassurotlarni  ijodiy  qayta  ishlash  jarayonidir. 

Insonning  estetik  tajribasi  qanchalik  boy  bo„lsa,  uning  didi  shunchalik  o„tkir 

bo„ladi va  o„ziga nima yoqishi-yu, nima ma‟qul kelmasligini biladi. Ammo estetik 

did har kimda har xil bo„lishini, unda subyektiv  mushohada kuchli ekanini yaxshi 

bilamiz.  Buyuk  ingliz  faylasufi  Devid  Yum  shundan  kelib  chiqib,  did  haqida 

bahslashmaydilar, ya‟ni har kimning didi har xil degan fikrni ilgari surgan. Lekin 

shunday  estetik  qadriyatlar  borki,  ular  muayyan  zamon,  ijtimoiy  hayot, 

umummilliy, umuminsoniy madaniy daraja bilan shartlanadi. Ular idrok etilganida 

bahslashish  mumkin  emas.Chunki  bunda  bir-ikki  odamning  yoki  guruhning  didi 


65 

 

o„zgacharoq  bo„lsa,  xususiylikka  nisbatan  maxsus  e‟tiborini  qaratish  shart  emas 



ularning  fikri  sukut  saqlash  yo„li  bilan  inkor  etiladi.  Chunki  yuz  minglab  yoki 

millionlab shaxslar va qator zamonlar tan olgan qadriyatni “bu menga yoqmaydi”, 

deyishga  hech  kimning  ma‟naviy  haqqi  yo„q,  agar  shunday    deydiganlar  topilsa, 

ularning  didi,  aytilganidek,  e‟tiborga  noloyiq.  Shuning  uchun  ham  Kant  o„zining 

did  haqida  bahslashish  ham  mumkin  va  aksincha  bahslashmaslik  ham  mumkin, 

degan  mashhur  qoidasini,  o„ziga  xos  antinomiyani  o„rtaga  tashlagan  holda,  bu 

dunyo o„z “jamolini” hamisha insondan sir tutadi degani emas

1

, degan tushunchani 



ham ilgari surgan. Kantning haqligini quyidagi misolda yaqqol ko„rish mumkin.  

Masalan ikki insonga ikki xil avtomobil rusumi yoqadi. Bu holatda ularning 

birortasini  tanqid    qilib  bo„lmaydi,  chunki  har  ikki  did  o„ziga  xos  subyektiv 

kechinmalarga  asoslansa-da,  ularning  umumiy  obyektiv  ildizlari  bor,  ular 

avtomobillardagi  go„zallikni  ikki  xil  shaklda  ko„radilar  va  bu  holat  tabiiy.  Biri 

undagi  foydalilik  asosini,  ikkinchisi  esa  shakl  bilan  bog„liq  go„zallikni  ko„rishi 

mumkin. Shu sababli har ikki did ham o„ziga xosdir. Shunday qilib, umumbashariy 

yoki  umuminsoniy  estetik  qadriyat  sifatida  tan  olingan  estetik  obyektlar  haqida 

bahslashilmaydi, ular barcha rasmona did egalari tomonidan yuksak  baholanadilar.  

Ishlab chiqarishning o„ziga xosligi va madaniy qadriyatlarga bo„lgan ehtiyoj 

natijasida  madaniyatshunos  olimlar  tomonidan  madaniyatning  ikki  sotsial, 

jumladan,  ommaviy  va  elitar  madaniyat  shaklini  ajratish  imkoni  paydo  bo„ldi. 

Ommaviy madaniyat madaniyat mahsulining shunday turiki, har kuni katta hajmda 

ishlab  chiqariladi.  Ommaviy  madaniyatni  barcha  kishilar,  yashash  joyi  va 

davlatidan  qati‟y  nazar  iste‟mol  qilishiga  mo„ljallanadi.  Bu  madaniyat  kundalik 

hayotda  turli  ommaviy  axborot  vositalari  va  kommunikatsiyalari  orqali  keng 

auditoriyani 

qamrab 


olishi 

bilan 


xarakterlanadi. 

M.Quronov 

va 

F.Esonboboevlarning  «Gibrid  olmadan  gibrid  odamgacha  yoxud  “ommaviy 



madaniyat”  niqobi  ostidagi  g„arazli  maqsadlar  haqida»  deb  nomlangan  risolasida 

ta‟kidlaganlaridek:  «Xayolini  “ommaviy  madaniyat”  vasvasasi  band  etgan 

odamdan “Ro„zi Chorievning “Tong” asari qanday?” deb so„rasangiz “Zo„r” deydi. 

                                                 

1

G‟arb falsafasi. –T.:Sharq, 2004. B. -468. 



66 

 

“Nimasi  zo„r?”  desangiz  u  yelka  qisib  qo„ya  qoladi.  Nega  deganda,  u  kartinaga 



qaraydi, lekin hech narsani sezmaydi. Boshqalar nimani “zo„r” desa, o„shani “zo„r” 

deb  yuraveradi.  Shu  tariqa  “ommaviy  madaniyat”  shaxsning  didini  o„ldirib, 

millionlab odamlarni  mustaqil  fikrdan, shaxsiy  munosabatdan,  demak, o„zligidan, 

“men”idan  judo  qiladi»

1

  deyiladi.  Demak,  bundan  ko„rinib  turibdiki,  shaxsning 



ommaviy  madaniyat  ta‟siriga  tushishning  asosiy  sababi  unda  yetarli  darajada 

estetik didning shakllanmaganligidadir. 

Bundan  ko„rinib  turibdiki,  estetik  did  murakkab  va  bahs  talab  kategoriya 

sifatida  turli  davrlarda  faylasuf,  san‟atshunos  va  jamiyatshunos  olim  hamda 

mutaxassislar  tomonidan  turli  nuqtai  nazardan  talqin  etib  o„rganilib  kelingan. 

Xususan,  XVIII  asr  G„arb  olimlari  tafakkurida  did  haqida  ko„pgina  fikrlar  ilgari 

surilgan. Jumladan, san‟at nazariyotchisi Sh.Bate did insonning tug„ma xususiyati 

bo„lib,  tabiat  va  san‟atdagi  go„zallikka  yo„naltirilgan  zavqlanish  asosini  berishda 

namoyon bo„ladi. U ishonadiki, “jamiyatda faqat birgina yaxshi did mavjud bo„lib, 

lekin xususiy savollarda bir-biridan farq qiladigan didlar bo„lishi mumkin”

 2



Bu asrning munozara yakunini Volter chiqardi. “Did, - deb yozadi u, - ya‟ni 



fahmlilik,  ozuqalarning  xususiyatini  farqlay  olish  qobiliyati  bo„lib,  hamma 

biladigan  majoziy  tilni  keltirib  chiqardi.  Qayerda  “did”  so„zi  bo„lsa,  san‟atdagi 

go„zallik  va  xunuklikning  ma‟nosini  anglatib,  badiiy  did  esa  sifatiga  mulohaza 

qilib,  til  va  tanglaydek,  qancha  hissiyotli  va  yaxshilikka  o„ch  bo„lsa,  shuncha 

xunuklikka toqatsizdir...”

3



O„xshashligiga  ko„ra  did  ozuqasini  u  badiiy  did,  yoqimsiz  did  va  buzuq 

didlarga  ajratadi.  Ingliz  faylasufi  D.Yumning  fikricha,  did  tabiat  va  san‟atdagi 

go„zallik va xunuklikni farqlash ekan, asarlar ta‟sirida hissiy reaksiya estetik baho 

shaklida tilimizda ifodalanadi. 

XVII  asrdan  XIX  asrgacha  did  muammosi  bo„yicha  estetikada  bahslar 

kechdi:  did  ratsional  xarakterga  egami  yoki  irratsional.  U  aqlga  tayanadimi  yoki 

                                                 

1

M.Qurbonov va F.Esonboboyev “Gibrid olmadan gibrid odamgacha yoxud “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi 



g‟arazli maqsadlar haqida”. T.,  “Muharrir”, 2010, 16 b. 

2

История эстетики. Памятники мировой эстетической мысли. Т.2. – М., 1964. – С.389. 



3

Вольтер. Эстетика. Статьи. Письма. Предисловия и рассуждения. – М., 1974. – С.267- 268. 



67 

 

hissiyotgami,  did  tug„mami  yoki  tarbiviy  qobiliyatga  egami.  Fransiyada  Bualo, 



Bate,  Monteske,  Volter  va  boshqalar  asarlarida  did  ratsional  yechimini  topdi. 

Bualo Dekart ratsionalistik falsafasining mazmuni ta‟siri ostida did asosan qadimgi 

san‟at  asarlarini  o„rganish  va  fahm,  idrokka  tayanib  asoslanishi  lozim.  “Yaxshi 

did”  chinakam  san‟at  va  go„zallikning  mezoni  hisoblanadi.  Didga  ratsionalistik 

sharh  berishda  fransuz  estetikasi  haqiqatga  o„xshashlik,  fahm,  idrokni  va  aniqlik 

kabi asosiy belgilari sifatini e‟tirof etgan

1



XVII  -  XVIII  asr  ingliz  sensualist  estetikasida  did  nafaqat  estetik,  balki 



ma‟naviy mazmun kasb etib Sheftsberi, Xomlar haqiqiy did aql va bilimga emas, 

balki  insonning  fe‟li,  xarakteri  va  turli  affektlarga  bog„liq  bo„lishini  isbotlashdi. 

Did tanglik qoidasi bilan ergashish bo„lmay, haqiqat hissi borliq, tabiat bilan mos 

kelishida  namoyon  bo„ladi.  Xetcheson  keyinchalik  esa  Byork  ommaviy  estetik 

didni  o„rnatishdi,  busiz  did  haqidagi  fan,  ya‟ni  estetika  mavjud  bo„lmas  edi. 

Subyektiv  did  tafovutiga  qaramay,  barcha  kishilar  psixofiziologik  tuzilishga  ega. 

Ularning fikricha, did turli kishilarning yagona fikridan kelib chiqadi. 

Did  subyektivligini  davom  ettirgan  yo„nalish  shuni  ta‟kidlaydiki,  Yum  uni 

absolyutlashtirib,  did  haqida  bahslashmaydilar  deb  tasdiqladi  (“Did  mezoni”, 

1757). Germaniyada did muammosi Vinkelman, Zulser, Gottshed va boshqalarning 

asarlarida  o„z  ifodasini  topdi.  Kant  o„zining  “Muhokama  qobiliyatining  tanqidi” 

(1790)  asarida  did  nazariyasining  asosiy  qiyinchiligini  belgilab  berdi.  Did  bir 

vaqtning  o„zida  va  jamoatchilik,  individual  tomonidan  e‟tirof  etilgan,  hamma 

uchun  bajarilishi  shart  bo„lgan,  ayni  vaqtda  individninggina  xarakteriga  bog„liq 

bo„lgan,  hech  qanday  aql-idrok  qoidasiga  bo„ysunmaydigan  bo„lishi  kerak.  Hech 

qanday  isbot  va  dalil  insonning  go„zallikni  tan  olishiga,  unga  nima  yoqmasligini 

majbur qila olmaydi. 

Yuqorida  e‟tirof  etilgan  fikr-mulohazalardan  kelib  chiqib,  xulosa  qiladigan 

bo„lsak,  estetik  did  masalasi  shaxs,  jamiyat  va  millat  madaniyati  uchun  katta 

ahamiyatga ega ekanligini ko„rishimiz mumkin.  Shu sababli estetik did tarbiyasi 

har  doim  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etib  kelgan.  Ayniqsa,  mustaqil  diyorimizda 

                                                 

1

 Дидро Д., Собр. соч., т. 6, М., 1946, с. 539. 



68 

 

halqimizning tenglar ichida teng bo„lib, jahonga rosmana chiqishi uchun estetik did 



tarbiyasi alohida ahamiyatga ega. Biz qurayotgan erkin fuqarolik jamiyati va unda 

har  bir  shaxsning  yuksak  estetik  didga  erishishi  bugungi  davr  talabidir  desak 

mubolag„a  bo„lmaydi.  Chunki  faqat  yuksak  estetik  did  egasigina  haqiqiy  erkin 

fikrlash  salohiyatiga,  dunyoni,  Vatanni,  hayotni  go„zallik  prizmasi  orqali  ko„ra 

bilish qobiliyatiga ega bo„la oladi. 


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling