O’zbekiston milliy universiteti


Aql tushunchasining  falsafiy talqini


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana15.11.2020
Hajmi0.71 Mb.
#146237
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fahmfarosataql birligining shaxs tarbyasidagi ahamiyati.


1.2. Aql tushunchasining  falsafiy talqini 

 

Inson  bioijtimoiy  mavjudot  sifatida  ayni  bir  vaqtda  ham  genetik,  ham 



ijtimoiy  dasturni  amalga  oshiradi:  o„z  ajdodlaridan  turli  layoqat,  qobiliyat, 

iste‟dod, xususiyat, xislatlarni hamda bilim, tajriba va  madaniyatni meros qilib oladi. 

Uzoq yillar davomida insonni boshqa mavjudotlardan farqlaydigan muhim sifat 

aqldir  deb  kelindi.  Insonga berilgan  biologik  nom  «hamo  sapiens»  (xomo  sapiens 

lotincha  «aqlli  odam»)  da  ham  bu  sifat  o„z  ifodasini topgan edi.In‟kosning oliy 

shakli sifatida ongning paydo bo„lishi «aqlli odam»ning shakllanish jarayoni bilan 

bog„lanadi. 

Aql-insonning  fikrlash  qobiliyatidir.  Boshqa  mavjudotlar  bunday  qobiliyatga 

ega  emasdir.  Aql  tufayli  insoniyat  yuksak  madaniyat,  ko„rkam  shaharlar,  ulkan 

inshootlar,  zamonaviy  texnikalar  yaratibgina  qolmadi,  balki  ommaviy  qirg„in 

qurollarini,  atom  va  vodorod  bombalarini,  sayyoraviy  urush  qurollarini  ham 

yaratdi:  jahon  urushlari  va  ijtimoiy  revolutsiyalar  ham  aqlli  insonlar  tomonidan 

amalga-  oshirildi.  Tabiatni  xalokat  yoqasiga  olib  kelgan  ham  aqlli  insonlardir. 

Binobarin,  aql  tufayli  insoniyat  hayvonot  olamidan  ilgarilab  ketishi  emas,  balki 

yuz  tuban  quyiga  ketishi  ham  mumkin  ekan.  Bunga  XX  asr  oxirlarida  butun 

insoniyat amin bo„ldi. 

Komil  inson  faoliyatida  bilim  va  yetuk  axloq  uzviy  ravishda  bir-biri  bilan 

bog„langandir: bilim narsalarning mohiyatini, ichki sababiyatlarini bilish imkonini 

beradi,  axloqiy  (ma‟naviyat)  esa  odamni  yaxshi  fazilatlarga  davat  etadi.  Chunki, 

kamolotga  erishish  odamdan  o„zining  so„nggi  maqsadi  –  baxtga  yetish,  baxtni 

qo„lga kiritish uchun foydali narsalarni bilishni talab qiladi. Bu foydali narsalar  – 

turli  ne‟matlar,  fazilatlar  va  yaxshi  ishlardan  iboratdir.  Kamol  topish  jarayonida 

odam  narsalarni  bir-biridan  ajratishni,  yaxshilik  bilan  yomonlikni,  kamolotga 


19 

 

erishish yo„lidagi turli hisoblarni  – yovuzlikni, reallikni va illatli ishlarni bartaraf 



etish  vositalariga  ega  bo„ladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  ma‟naviy  yuksalish, 

axloqiy  –  bu  amaliy  donishmandlik  yo„lidir,  unda  narsalarning  mohiyatini, 

fazilatlarni  bilish  va  ularga  erishishning  amaliy  vositalarini  to„g„ri  anglash  talab 

qilinadi.  Shu  yo„l  bilan  inson  ruhini  sog„lomlashtirish,  uni  turli  kasalliklar  – 

illatlardan, razolatdan  xalos  etish  axloq ilmining, amaliy  donishmandlikning  bosh 

vazifasi hisoblanadi. 

Ibn  Sino,  “Inson  boshqa  barcha  hayvonot  olamidan  so„zi,  tili  va  aqli, 

tafakkur  qilishi  bilan  farq  qiladi.  Inson  aqli  turli  fanlarni  o„rganish  yordamida 

boyiydi”

1

,  deb  hisoblaydi.  Forobiy  fikricha,  inson  o„z  tabiatiga  ko„ra  hayotini 



tartibga  keltirish,  mustahkamlash  va  takomillashtirish  uchun  boshqa  insonlarga 

muhtoj  bo„ladi.  Yakka  holda  hech  kim  bunnig  uddasidan  chiqa  olmaydi.  “Inson 

shunday  maxluqotki,  u  faqat  jamiyatda  o„z  ehtiyojlarini  qondirishi  va  oliy 

ma‟naviy darajaga ko„tarilishi mumkin”

  2

. Inson o„z hayotining me‟mori, ijodkori 



bo„lmog„i,  o„zida  fozila  xislatlar,  iste‟dodlarni  tarbiyalashi  lozim.  Bunga  esa  u 

jamiyatda  yashab  faoliyat  ko„rsatgandagina  erishadi.  Inson  ijtimoiy  mavjudod. 

Yolg„izlik uzlat uni qashshoqlashtiradi, insoniy qiyofasini va baxtga olib boradigan 

iste‟dodini yo„qotadi. Ibn Xaldun insonga ijtimoiy voqelik sifatida qaraydi. Undan 

ijtimoiy  mohiyat  izlaydi.  Inson  jonzot  sifatida  ezgulik  va  yovuzlik  olamidir. 

Shunga  ko„ra,  u  umrining  har  daqiqasida  yovuzlikdan  ko„ra  ezgulikka, 

yomonlikdan  ko„ra  yaxshilikka,  nafratdan  ko„ra  muhabbatga  intilib  yashashga 

mahkum etilgan aql sohibi, bebaho ne‟matdir.  

Yangi  zamon  faylasuflari  inson  borlig„ining  asosini  aql  va  erkinlik 

tashkil etadi, deb hisobladilar. Buyuk fransuz faylasufi R. Dekart tafakkurni inson 

mavjudligining  zarur  sharti,  muhim  belgisi,  deb  hisobladi:  «men  fikrlayapman, 

demak, men mavjudman» degan g„oyani ilgari surdi. 

Dekart,  Gobbs,  Spinoza  va  boshqa  mutafakkirlarning  fikricha,  aql  qalbdan 

ko„ra muhimroqdir: aql xis-tuyg„u va ehtiroslarni boshqaradi. 

                                                 

1

Ибн Сина. Данишнамэ. -Душанбе.: 1957.-С..59 



2

Forobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. – B.69 



20 

 

Nemis  faylasufi  Gegel  insonning  tarixiyligi  g„oyasini  ilgari  surdi.  Uning 



fikricha,  inson  o„zida  mutlaq  ruhni  yaqqol  namoyon  etadi.  Inson  mutlaq  ruh 

taraqqiyotining  mahsulidir.  Inson  ma‟naviy  faoliyat  sub‟ekti  sifatida  madaniyat 

yaratuvchidir. Karl Marks inson mohiyatini mehnat faoliyati bilan bog„ladi. Uning 

fikricha, ijtimoiy borliq, ijtimoiy ongni belgilaydi. 

Freyd  insonda  onglilik  emas,  balki  ongsizlik  hal  qiluvchi  rol  o„ynaydi  deb 

hisobladi.  Madaniyat,  san‟at,  ilm-fanning  rivojlanishini  insonga  xos  tug„ma  jinsiy 

maylning cheklanishi bilan izohladi. 

Ekzistensializm  vakillarini  ko„proq  insonning  individual  jihatlari 

qiziqtirdi.  Ekzistensialistlar  obyektiv  idealizm,  materializm  g„oyalarini  inkor 

etib, inson mohiyatini izohlashda, uning hissiy kechinmalarini tahlil qilishga, hayot 

va o„lim,  yolg„izlik, qo„rquv va  boshqa  kechinmalarni  o„rganishga  ko„proq  e‟tibor 

berdilar. 

Ayrim  tadqiqotchilar  insonga  xos  bo„lgan  biron-bir  xususiyatga  alohida 

urg„u beradilar va shu orqali insonning mohiyatni ochishga harakat qiladilar.  

Insonda  fikrlash  tarzi,  ongli  fikrlash  layoqati  birdaniga  paydo  bo„lib 

qolmagan,  balki  bir  necha  bosqichlarni  bosib  o„tgan.  Tafakkur    va  dunyoqarash 

madaniy  jarayonni  belgilovchi  muhim  omillardir.  Ong-  butun  miyaga  karaganda 

umumiy  tushuncha  emas.  Ya’ni  ongda  inson  uzi  uchun  muxim  sanalgan 

ma’lumotlarni  fikrlash,  taxlil  qilish  va  mushoxada  jarayonlarini  boshdan 

kechirgandan keyin saqlab qoladi. Bir so‘z bilan aytganda ongni zarur ma’lumotlar 

ombori desak xam bo‘ladi. 

Odam  shunday  xususiyatga  egaki  xar  bir  ko‘rgan  va  eshitgan  narsani 

saralab, tanlab qabul kiladi. Ya’ni bu ongning xususiyati. Ong inson qabul qilingan 

ma’lumotlarni  bir  joyga  tashlab,  uziga  xos  tarzda  qayta  ishlab,  o‘zgartiradigan 

makondir. 

Ko‘chada  ketayotib  bir  insonni  ko’rib  qoldik,  Aql  bizga  shu  insonni 

qayerdadir ko‘rganimizni anglatmoqda. Ongimiz esa tahlilga kirishib ketdi. Eslash 

qobiliyati  yaxshi  bo‘lgan  odam  ongning  urinishlaridan  keyin  odamni  qayerda 

ko‘rilganini topadi. Xulosa shuki, ong- muhim ma’lumotlar saqlash va tahlil qilish 


21 

 

jarayonlarini  o‘z  zimmasiga  olgan  tushunchadir.  Ratsionalizm  (aqlga  muvofiq, 



oqilona)  hayot  bilan  bog„langan.  Ratsionallik  olim  hayotining  prinsipi,  inson 

pozitsiyasi,  olamga  munosabati,  shaxsiy  muammosi  bilan  chambarchas 

bog„langan.  Tafakkur  tarixida ratsionallik tushunchasi («ratsio»- aql) oqilona, ya‟ni 

insonning  olamga  ongli  munosabati,  olam  va  inson  haqidagi  fikr,  ta‟limot 

tushunchalari  faqat  aqldan  kelib  chiqadi.  Aql  inson  fikrlash  qobiliyatining 

eng yuqori shaklidir. 

I.  Kantning  fikricha,  aqldan  yuqori  hech  narsa  yo„q.  Aql  insoning  bilish 

qobiliyatidir.  Dastlabki  mantiqiy  asos,  mantiqiy  belgi  har  qanday  fikr  yuritish, 

mulohaza  natijalarining  shart-  sharoiti,  zamini  hisoblanadi.  Sharq  mutafakkirlaridan 

biri  Forobiy  bilishning  ikki  shakli  –  hissiy  va  oqilona  bilishni  farqlaydi.  Insonni 

tashqi dunyo bilan bog„lovchi sezgilar roliga e‟tiborni qaratar ekan, Forobiy ularni 

besh  turga  ajratadi.  U  sezgilarni  bilimning  asosiy  manbai  deb  hisoblab,  sezgilar 

faqat  narsaning  in‟ikosi  narsaning  o„ziga  mos  tushgan  holda  haqiqiy  bo„lishi 

mumkin


1

  deb  qayd  etadi.  Forobiyning  bilishda  va  umuman  hissiy  idrok  etishda 

sezgilarning  roli  haqidagi  qarashlari  Aristotelning  «sezmaydigan  odam  hech 

narsani bilmaydi va tushunmaydi», degan fikriga juda o„xshash.  

Insonning hayvondan farqi shundaki, u aql va sezgilar yordamida bilimlarni 

o„zlashtirishga  qodir.  «Aql  kuchi»  borliq  narsalarining  fikriy  in‟ikosini  o„zida 

gavdalantiradi. Dunyoviy  hodisalarning  mohiyati va sabablarini bilgan  aql osmon 

jismlari  va  ularning  shakllarini  bilishga  harakat  qiladi.  Shu  oxirgi  bosqichda 

insonga ta‟sir ko„rsatuvchi koinot aql bilan birikadi va boqiylik xususiyatini kasb 

etadi. Aql dunyoning yaralish bosqichlari sifatida inson va birinchi sabab o„rtasida 

bog„lovchi  bo„g„in  bo„lib  xizmat  qiladi,  birinchi  sabab  esa,  o„z  navbatida,  aqlga 

bevosita ta‟sir ko„rsatadi. Harakatlanuvchi aql jon bilan ruh orqali bog„lanadi, jon 

inson  tanasidan  o„rin  oladi,  shunday  qilib,  nodunyoviy  hayot  jihatlari  insonga 

o„tadi va pirovardida  inson  mohiyati, bilimlari  – uning aqli  boqiylik  xususiyatini 

kasbetadi.  

                                                 

1

Qarang: Forobiy. Kitob al-Xuruf. – Dushanbe: Ilm, 1972. – 23-b. 



22 

 

Forobiy fikricha, sezgilar tartibga ega bo„lganidek, aqlning ham o„z tegishli 



tartibi  mavjuddir

1

.  Birinchi  metod  tabiiy  fanlar  (fizika)ga,  ikkinchisi  – 



matematikaga mos tushadi. Ikkala metoddan ham faqat fanda narsa va hodisaning 

u yoki bu jihatini teranroq tushunish maqsadida foydalaniladi.  

Inson  hamisha  nimalar  haqidadir  o„ylaydi.  O„ysiz  holat  ham,  psixologlar 

fikriga  ko„ra,  amalda  hech  bo„lmasa  hech  narsa  haqida  o„ylamaslikni  o„ylash 

holatidir.  Bilishning  dialektik  yo„li  sezgi  a‟zolari  orqali  bilish,  dalillarni 

aniqlashdan  mantiqiy  tafakkur  sari  olib  boradi.  Tafakkur-  bu  insonning  narsalar 

muhim  xossalari  va  munosabatlarini  izchil,  bilvosita  va  umumiy  aks  ettirishidir. 

Ijodiy  tafakkurlash  amaliyot,  fan,  texnikada  yangi  natijalar  olishga  qaratiladi. 

Tafakkurlash  –  muammolar  qo„yish  va  ularni  yechishga  qaratilgan  faol  jarayon. 

Tirishqoqlik  –  fikrlayotgan  odamning  muhim  belgisi.  Sezgidan  fikrga  o„tish 

zamirida  bilish  obyektining  ichki  va  tashqi  mohiyatning  ifodasi,  ayrim  va 

umumiyga  bo„linishi  yotadi.  Zotan,  ilmiy  va  falsafiy  bilim  faqat  sezgi  va 

tasavvurlardan  iborat  emas:  sezgi  idroki  naqadar  go„zal  bo„lmasin,  mazmunan 

qashshoqdir – u narsaning mohiyatini yoritmaydi.  

Nemis  faylasufi  Kant  «sezgilar  yordamida  biz  narsalarni  bilamiz  va  faqat 

bilishgina bizga mushohada yuritish imkonini beradi; narsalarni biz aql bilan idrok 

etamiz  va  idrok  etish  natijasida  tushunchalar  yuzaga  keladi»

2

.  Aql 



mulohazalarining  dalil-isboti  «faqat  shunga  asoslanadiki,  ular  har  qanday 

tajribaning  intellektual  shaklini  tashkil  etadi  va  shu  sababli  ularning  qo„llanilishi 

doim tajribada ko„rsatilishi mumkin»

3

.  



Yana  bir  faylasuf    Gegel  uch  asosiy  bosqich:  hissiy  aniqlik,  idrok  va  aqlni 

farqlaydi.  Hissiy  aniqlik  anglashning  to„g„riligiga,  ya‟ni  bizning  sezgilarimiz 

narsaning yaxlit obrazini qayd etayotgani va unda hech narsani e‟tibordan chetda 

qoldirmayotganiga ishonch uyg„otadi. Idrok predmetni o„z xossalariga ega bo„lgan 

narsa sifatida tushunadi. Aql narsaning hissiy qiyofasi ortida uning ichki mazmuni, 

mohiyatini topishga harakat qiladi. 

                                                 

1

Qarang: Forobiy. Kitob al-Xuruf. – Dushanbe: Ilm, 1972. – 24-b. 



2

Кант И. Соч. Т. 6.М.: АСТ, 1999. – С.127. 

3

Кант И. Соч. Т. 6.М.: АСТ, 1999. – С.127 



23 

 

Ushbu  fikrlardan  aqlning  inson  mohiyati,  uning  o„ziga  xosligi  va  jamiyatdagi 



o„rnini  belgilovchi  hodisa  ekanligini  tushunish  mumkin.  Shuning  uchun  aqliy 

tarbiya nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. 

“Aqliy  tarbiya-  shaxsning  har  tomonlama  taraqqiyoti,  uni  turmush  va 

mehnatga  tayyorlashning  muhim  tarkibiy  qismi.  Aqliy  tarbiya.  bilimlarni  to„plash, 

biror narsani taxlil va sintez qilish, narsa va hodisalarni taqqoslash hamda tasniflash, 

umumlashtirish, mavhumlashtirish, ularni bir tizimga solishni nazarda tutadi. Aqliy 

tarbiyaning  vazifasi  intellektual  ko„nikmalar,  ya‟ni  har  qanday  fanni  o„rganishda 

qo„llaniladigan  umumiy  o„quv  ko„nikmalari  -  o„qish,  tinglash,  o„z  fikrini  og„zaki 

bayon etish, yozish, manba bilan ishlash, mustaqil ishlash malakalarini, shuningdek 

biror fanni egallash bo„yicha zarur bo„lgan maxsus ko„nikmalar (chizma, xaritalarni 

uqiy bilish, ularning natijalarini chiqara olish)ni egallashdan iborat” 

1

deyiladi. 



Ilmiy  dunyoqarashni  shakllantirish,  ya‟ni  bolalarga  olam  ilmiy  manzarasi, 

tabiat  va  jamiyat  taraqqiyotining  asosiy  qonunlarini  tushuntirish  ham    aqliy 

tarbiyaning  muhim  vazifalaridan  biridir.  Bunda  bolalar  dunyoga  kelishi  bilanoq 

atrofini o„rab turgan barcha narsalar bilan tanishtirib o‟tish  lozim.  Bolalarda aqliy 

tarbiya  ta‟lim, o„yin, mehnat jarayonida, hayotiy vaziyatlarni hal etish, kattalar va 

tengdoshlar bilan bo„lgan muloqotda ham yuzaga keladi. 

Mamlakatimizda  sog„lom  va  barkamol  avlodni  tarbiyalash,  yoshlarni  o„z 

ijodiy  va  intellektual  salohiyatini  ro„yobga  chiqarish,  Vatanimiz  yigit-qizlarini 

zamon talablariga javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga 

yetkazish bugungi kunning dolzarb vazifasi bo„lib qolmoqda. Chunki har qanday 

mamlakatning  qudrati  fuqarolarning  aql  va  salohiyati  bilan  belgilanadi.  Bu 

jarayonning bir jihati ta‟lim sifati va samaradorligiga bog„liq bo„lsa, ikkinchi jihati 

tayyorlanayotgan  kadrlarning  ijodkorligi,  axloqiy  yetukligi  va  fuqarolik 

pozitsiyasiga ega bo„lishiga bog„liq. 

Mustaqillik yillarida o„zbek xalqining ilg„or axloqiy qadriyatlarini tiklash va 

uni  mazmunan  boyitish,  ilg„or  an‟analar  asosida  zamon  kishisining  fe‟l-atvoriga 

                                                 

1

O‟zbekiston Milliy insklopediyasi, Davlat ilmiy nashriyoti, Tosh- 2000, 553 bet. 



24 

 

yaqinlashtirish  masalasiga  alohida  e‟tibor  qaratildi.  Ayniqsa,  mamlakatimiz 



istiqboli va millatimiz kelajagi hisoblangan yoshlarni axloqiy jihatdan tarbiyalash, 

iqtidorli  yoshlarni  rag„batlantirish,  ularning  intellektual  imkoniyatlarini  yanada 

kengaytirish,  ilm-fan,  madaniyat  va  ma‟naviyatga  bo„lgan  intilishlarini 

rag„batlantirish  ham  bevosita  axloqiy  munosabatlarni  takomillashtirishni  taqazo 

etadi. 

Ma‟lumki, intellekt individning ma‟lum darajada mustahkam, barqaror aqliy 



qobiliyatlari  tizimidan  iborat.  Yoshlar  sohalararo  yangiliklarni  tezda  anglab, 

tushunib,  ularni  fahmiga  yeta  olar  ekan,  demak  ularda  intellekt  taraqqiy  etgan 

bo„ladi. Bugungi kundagi ilmiy-texnika inqilobi hosilasi bo„lmish axborotlar, ya‟ni 

g„oyalar  to„qnashuvi  natijasi  o„laroq,  xalqimiz  tafakkurida  yuz  beruvchi  turli  xil 

o„zgarishlarning keskin salbiy  oqibatlari, ya‟ni  xilma-xil  mafkuraviy  tahdidlar va 

buning  natijasida  hosil  bo„luvchi  tafakkur  inersiyasi  va  marginalizmidan 

himoyalash,  qolaversa,  shaxs  va  jamiyat  intellektual  madaniyatini  muqobil 

yuksaltirishning  muhim  usul  va  vositalarini  ishlab  chiqish,  o„ziga  xos 

mexanizmlarni shakllantirish dolzarb vazifalardan biridir. 

Zero,  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov    hozirgi  zamonda 

modernizatsiya  va  yangilanish  borasida  mamlakatimiz  o„z  oldiga  qo„ygan 

maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo„lgan bilimli 

va  intellektual  rivojlangan  avlodni  tarbiyalash  vazifasini    ekanligini  ko„p  bora 

ta‟kidlab  o„tadi.  Mamlakatimiz  murakkab  o„tish  davrini  boshdan  kechirayotgan 

bugungi  kunda  shaxs  va  jamiyat,  ayniqsa  yoshlarning  intellektual  madaniyatini 

yuksaltirishga  e‟tibor  davlat  siyosati  darajasiga  ko„tarilishi  ham  bejiz  emas. 

Negaki,  bugungi  kun  bozor  iqtisodiga  o„tish  davri  muammolaridan  biri 

hisoblangan  xalqimizning, asosan shaxsning intellektual madaniyat darajasi bilan 

jamiyat  intellektual  madaniyatini  o„zaro  amal  qilish  doirasi,  bir-biri  bilan 

ta‟sirlashuv  xususiyatlarini  ijtimoiy-falsafiy  va  madaniy  jihatdan  tadqiq  etish 

respublikamizda  mutaxassis-kadrlarni  zamonaviy  ilm-fanning  ilg„or  yutuqlarini 

amaliy hayotga qo„llay oladigan yuksak ilmiy salohiyatga ega bo„lgan ziyoli inson 



25 

 

sifatida tarbiyalash jarayonida yo„l qo„yilishi mumkin bo„lgan xato-kamchiliklarni 



oldini olishga yordam beradi. 

O„zbek  xalqi  farovon  turmush  va  yuksak  taraqqiy  etgan  fuqarolik  jamiyati 

sari  dadil  odim  tashlab  borar  ekan  bu  borada  shaxs  va  jamiyat  intellektual 

madaniyatini  oshira  borish  hamda  undan  oqilona  foydalanish  eng  dolzarb 

vazifalarimizdan biri bo„lib qolmoqda. Mustaqillik davrida mazkur masalani ijobiy 

xal etish yuzasidan juda ko„plab an‟anaviy-ma‟rifiy tadbirlar va loyihalar hayotga 

tadbiq  etildi.  Bundan  tashqari  xalq  ta‟limida  va  oliy  ta‟limda  bir  qancha  keskin 

o„zgarishlar xamda dasturlar amalga oshirildi.  

Ma‟naviy  madaniyatdagi  ijtimoiy  o„zgarishlar  jarayoni  va  uning  shaxs 

intellektual  salohiyati  rivojiga  ta‟siri  asosan  jamiyatdagi  ijtimoiy  barqaror  ijobiy 

xolatlarda ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shu ma‟noda shaxs va jamiyat intellektual 

salohiyatini  rivojlantirishning  o„ziga  xos  yo„llari  sifatida  quyidagi  omillarni 

e‟tiborga  olish  hamda  ularni  tez  va  aniq  sur‟atlar  bilan  turmushimizda  qaror 

topdirish maqsadga muvofiqdir. 

Ma‟lumki fan inson yaratgan ma‟naviy qadriyatlarning eng oliysi bo„lib, u 

o„ziga  xos  tarzda  taraqqiy  etmoqda.  O„z  navbatida,  bu  jarayon  kishilarning 

intellektual madaniyatini yanada rivojlantirib, ularning ratsional bilimlarini miqdor 

va  sifat  darajalarining  tobora  oshib  borishida  vosita  sifatida  hozirgi  davr  jahon 

sivilizatsiyasining  yangi  bosqichga  o„tishi  uchun  zamin  yaratadi.  Shuning  uchun 

ham  jahonda  yuz  berayotgan  ma‟naviy-madaniy  taraqqiyot  inson  tafakkurida 

yangicha  “umumiy  uy”,  “umumiy  tashvish”  va  “umumiy  taqdir”  kabi 

tushunchalarni  yuzaga  keltirayotganligini  hammadan  oldin  payqagan  G„arb 

mutafakkiri Arnold Toynbi “XX-asrda yangi jaxon tarixi boshlandi”, - degan edi. 

Bunday  o„zgarishlar  bir  qancha  ijobiy  holatlar  bilan  birgalikda  jiddiy 

muammolarni  ham  yuzaga  keltirmoqda.  Shuning  uchun  xam  shaxs  intellektual 

salohiyatini  rivojlantirishda  ma‟naviy  tarbiyaga  alohida  e‟tibor  bermoq  lozim. 

Bunday  faoliyat  nafaqat  ma‟naviyat  sohasini, balki  jamiyatning iqtisodiy,  siyosiy 

va ijtimoiy sohalariga ham o„zining ijobiy ta‟sirini ko„rsatadi hamda insonni ezgu 

maqsadlarga  asoslangan  tub  o„zgarishlarning  yanada  takomil  bosqichiga  olib 


26 

 

chiqadi. Shunday ekan buyuk mutafakkir  Yusuf Xos Hojib “Kimda aql bo‘lsa, u 



asl odam bo‘lur” deb bejiz ta’kidlab o‘tmagan.  

I-Bob bo’yicha xulosa 

Birinchidan,  o„zbek  xalqi  farovon  turmush  va  yuksak  taraqqiy  etgan 

fuqarolik jamiyati sari dadil odim tashlab borar ekan bu borada shaxsni intellektual 

jihatidan  rivojlantirish eng dolzarb vazifalarimizdan biri bo„lib qolmoqda. 

Ikkinchidan, komil inson faoliyatida bilim va yetuk axloq uzviy ravishda bir-

biri  bilan  bog„langan,  bilim  narsalarning  mohiyatini,  ichki  sababiyatlarini  bilish 

imkonini bersa, axloq  esa odamni yaxshi fazilatlarga da‟vat etadi. 

Uchinchidan,  fahm-farosat-aql  birligini  tarbiyalash  jamiyatda  ta‟lim  tizimi 

taraqqiyotini  kafolatlovchi  mustaqil  tafakkurli  shaxslar  kamolotiga  xizmat 

qilishidan  kelib  chiqib  axloqiy-estetik  muhitni  barqarorlashtirish  borasida  muhim 

ahamiyat kasb etadi. 

To„rtinchidan,  yoshlarimiz  ma‟naviyatini  yuksaltirish,  har  bir  voqea-

hodisaga  teran  tafakkur  va  tahliliy  idrok  bilan  yondoshishga  o„rgatish  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  o„rinda  insonning  voqelikni  asliga  muvofiq  idrok  etish, 

unga  to„g„ri  munosabat  hosil  qilish  va  voqelik  talabiga  muvofiq  tadbir  ishlab 

chiqib, uni hayotga tadbiq eta bilish fazilati bo„lgan fahm va farosatning roli ortib 

boraveradi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


27 

 

II-BOB. SHAXSDA FAHM-FAROSAT VA AQL UYG‘UNLIGINI 



TARBIYALASHNING  VOSITALARI 

 

2.1. Estetik omillarning shaxs tarbiyasiga ta’siri 

 

Insonning  turmush  va  estetik  hodisalarga  subyektiv  munosabatini  qaror 



toptirishda fahm-farosat va aql uyg„unligi, sog„lom estetik did ijtimoiy va shaxsiy 

omillar  birligini  ta‟minlaydi,  voqelikka  ijodiy  va  tanqidiy  yondashish 

ko„nikmalarini  shakllantiradi.  Bu  hodisalar  shakllanishi  asosida  shaxsda  hayotga 

sof ma‟naviy tuyg„ular, yaratuvchan salohiyat kuchayadi, tabiatga, jamiyatga, oila 

va  odamlarga  munosabatda  axloqiy-estetik  me‟yorlar  ustuvor  bo„ladi.  Shuning 

uchun estetik omillarga tayanish zarurati kundan-kunga oshib bormoqda. 

Shaxsda  fahm-farosat-aql  uyg„unligini  ta‟minlashning  ijtimoiy-ma‟naviy 

omillari  haqida  so„z  borganda,  avvalambor,  mustaqillikning  ijtimoiy-estetik 

mohiyati,  inson  erkinligi  tamoyilining  kuchayishi,  barkamol  avlod  tarbiyasi, 

umuman  turmushni  estetik  jihatdan  tashkil  etish  to„g„risidagi  masalalarga  e‟tibor 

qaratish taqozo qilinadi. 

Mustaqillikning  ijtimoiy-estetik  mohiyati,  avvalambor,  mamlaka  timizda 

barpo  etilayotgan  huquqiy-demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyatining  inson 

manfaatlari  ustuvorligiga  asoslanishi,  insonni  eng  oliy  qadriyat  sifatida  e‟tirof 

etish,  erkin  ijodiy  mehnatning  ustuvor  o„rin  egallashi,  jamiyat  taraqqiyotining 

barcha  sohalarini  rivojlantirishda  yuksak  ma‟naviyatga  asoslanish  bilan 

belgilanadi. Bu jarayonning umumiy yo„nalishi, shu bilan birga, ma‟naviy-ijtimoiy 

va gumanistik maqsadi, axloqiy-estetik tabiati “islohot islohot uchun emas, avvalo 

inson  uchun,  uning  farovon  hayoti  uchun  xizmat  qilishi  kerak”

1

  degan 



konsepsiyada o„z ifodasini topgan. 

Mustaqillik  shaxs  tomonidan  voqelikni  estetik  o„zlashtirish  ko„lamini 

kengaytirdi,  ijodiy  faolligi,  estetik  madaniyatni  yuksaltirish  uchun  real 

imkoniyatlar  yaratdi.  Shu  bilan  bir  qatorda,  bozor  munosabatlariga  o„tish 

                                                 

1

Karimov I.A Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‟naviyat, 2008. – 106 b. 



28 

 

jarayonida  faoliyatning  ko„pgina  sohalarida  fahm-farosat,  estetik  did  va 



madaniyatning yetishmasligini ham kuzatish mumkin. 

Istiqlol  sharofati  bilan  ma‟naviy  qadriyatlar  xalqimizning  mulkiga  aylandi, 

mustabid  tuzum  sharoitida  ma‟naviyat  xazinasidan  chetda  qolgan  zahiralarni  har 

tomonlama o„rganish yo„lga qo„yildi. Bu davr ma‟naviy-madaniy hayotida keskin 

burilish  va  sifat  o„zgarishlari  yuz  berdi:  Amir  Temur  haqida  haqqoniy  tarixiy, 

ilmiy-badiiy  asarlar  yaratildi;  “Avesto”ning  2700  yilligi,  “Alpomish”  dostonining 

1000  yilligi  munosib  nishonlandi.Tarixiy  me‟morchilik  inshootlari  nafaqat 

moddiy-texnikaviy,  shu  bilan  birga,  badiiy-estetik  jihatdan  ta‟mirlanmoqda, 

Buxoro,  Samarqand,  Xiva,  Shahrisabz  kabi  shaharlardagi  tarixiy-me‟moriy 

yodgorliklar tiklanmoqda, ziyoratgohlarga aylantirilmoqda. 

Ajdodlarimiz  ma‟naviy-badiiy  merosi  xorijlik  olimlar  bilan  hamkorlikda 

tadqiq  etilmoqda.  Estetik  tamoyillarni  milliy  turmush  tarzimizga  joriy  qilish 

xalqimiz  ongiga  go„zallikni  singdirish,  fahm-farosat,  did,  aqlni  uyg„unlashtirish 

vazifasi bilan bog„langan. Istiqlol davrida shaxs ma‟naviyatini yuksaltirishda uning 

estetik  ongi,  dunyoqarashi  va  madaniyatini  rivojlantirishga  katta  ahamiyat 

berilayotganligi  bejiz  emas.  Nega  deganda,  inson  o„z  taqdiri  sohibiga  aylandi, 

ijtimoiy farovonlik, erkinlik va ijodiy mehnat uchun mas‟ul va javobgar, shu bilan 

birga, siyosiy, iqtisodiy, ma‟naviy erkin faoliyat yuritish kafolatiga ega bo„ldi

1



Shaxsning  estetik  kamoloti  uning  o„z  mehnatiga,  ijtimoiy  ma‟suliyatiga 



insoniy  munosabatni  qaror  toptiradi,  axloqiy  me‟yorlarni  gumanistik-estetik 

e‟tiqodga  aylantiradi,  uning  ijtimoiy  ahamiyati  esa  emotsional  va  intellektual 

fazilatlarni,  ijodiy  salohiyatni  yuqori  ko„taradi.  Estetik  kamolot  faol  hayotiy 

pozitsiyani  shakllantirib,  insonning  bilimi,  xulq-atvori,  hissiyoti  va  burchi,  so„z 

bilan ishi o„rtasidagi nomuvofiqlikka barham beradi.  

Insonning  mehnat  va  mehnat  predmetlariga  munosabati  tubdan  o„zgardi, 

yaqin  o„tmishda  inson  tabiiy  mohiyatidan  butunlay  begonalashtirilgan  xususiy 

mulkchilik ruhiyati va unga egalik maqomi qaror  topdi. Globallashuv va iqtisodiy 

inqirozlar sharoitida tabiatni muhofaza qilish, uning estetik-tarbiyaviy salohiyatini 

                                                 

1

Mahmudov T. Mustaqillik va ma‟naviyat.-Toshkent: Sharq, 2001. – 37 b. 



29 

 

saqlab  qolish  eng  muhim  vazifalardan  biri  bo„lib  qoldi.  Milliy  va  umuminsoniy 



qadriyatlar asosida bunyod etilayotgan yangi jamiyatimiz estetik tarbiyada tabiatga 

gumanistik  yondashishni,  uning  qonuniyatlaridan  boxabarlik  va  boyliklaridan 

ratsional foydalanishni taqozo qiladi. Bu ham fahm-farost, aql masalasi bilan uzviy 

bog„liqligi  namoyon  bo„lmoqda.  Chunki  bugungi  kunda  butun  tarbiyaviy  tizim, 

shu  jumladan,  estetik  tarbiya,  bir  tomondan,  insonda  tabiat  bilan  erkin,  ya‟ni 

beg„araz  munosabatda  bo„lishni  shakllantirishi  lozim.  Holbuki,  yurtboshimiz 

ta‟kidlaganidek,  “Tabiatga  qo„pol  va  takabburlarcha  munosabatda  bo„lishga  yo„l 

qo„yib  bo„lmaydi”

1

.  Boshqa  tomondan,  globallashish,  industrial  va  ijtimoiy-



demografik jarayon, shuningdek, ma‟rifiy talab va me‟yorlarga e‟tiborsizlik bozor 

iqtisodiyoti  sharoitida  tabiatga  ehtiyotkorlik  o„ta  nozik  ma‟naviy  masala  bo„lib 

shaxsdan did va farosatni talab etadi. 

Ma‟lumki, xalqimiz azal-azaldan odob qoidalarini o„rganish, o„zlashtirish va 

unga  amal  qilishni  komillikka  yetishishning  muhim  yo„li  sifatida  e‟tirof  etadi. 

Shuning  uchun  axloq,  axloq  ilmi,  muomala  madaniyati  va  go„zal  turmush  tarzini 

shakllantirish  masalalariga  jiddiy  e‟tibor  berib  kelganlar.  Ayniqsa,  bugungi 

globallashuv  va  axborotlashuv  davriga  kelib  insonlararo  axloqiy  munosabatlar 

tizimi yangi ko„rinish oldi. Endilikda odamlarda turmush tarzini go„zallashtirishga 

ehtiyoj tobora ortib bormoqda. 

Turmush  estetikasi  insonning  kundalik  hayotda  odob-axloq,  tashqi  qiyofa, 

kiyinish  madaniyati,  narsa-hodisalar  va  turar-joylarga  munosabatining  asosiy 

sohalaridan biridir. Turli xalq, ijtimoiy guruh va boshqalar turmush madaniyatining 

moddiy  ko„rinishlari  kishilarning  narsa-predmetlar  olami,  estetik  didi  va  ijtimoiy 

ideallari  haqidagi  tasavvurlari  umumiyligi  va  rang-barangligi  bilan  uzviy 

bog„langan. Inson yashash va ijtimoiy muhiti iqtisodiy, ijtimoiy, funksional, estetik 

me‟yor va shart- sharoitlarini gavdalantiradigan turmush madaniyati olamni estetik 

idrok etish, uning estetik madaniyati asosini tashkil qiladi. 

                                                 

1

Karimov I.A. O‟zbekiston XXI asr bo‟sag‟asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-



Toshkent: O‟zbekiston, 1997. – 116 b. 

30 

 

Turmush  estetikasi  estetik  ongda  xususiylik  bilan  umumiylik,  intuitivlik 



bilan ratsionallik, turli madaniyatlar ta‟siri, turmush tarzi va usuli, an‟anaviylik va 

yangilik,  milliylik  va  umuminsoniylik,  shuningdek,  moda  namoyon  bo„lishi 

masalalari  bilan  bog„langan  bo„lib,  texnika,  ekologiya,  muhitni  jihozlash,  tarbiya 

sohasidagi  estetik  jihatlarni  ifodalaydi,  moddiy  va  badiiy  madaniyat 

integratsiyalashuvining  samarali  vositalaridan  hisoblanadi.  Turmush  estetikasida 

yoshlarning  butun  ichki  va  tashqi  fazilatlari  namoyon  bo„ladi.  Yoshlar  fahm-

farosatining  rivojlanishi,  shakllanishi,  avvalombor,  oilada,  oila  a‟zolari  muhitida, 

keyinchalik bog„cha, mahalla, maktab, litsey, kollej, oliy o„quv yurtlari va jamoat 

muassasalarida  mukammallashib  boradi.    Hadisi  shariflarda  ham  bu  borada 

shunday  deyiladi:  “Yaxshi  so„z-jon  ozug„i,  yomon  so„zdil  qozig„i”,  “Kishining 

go„zalligi uning tilidan bilinur”, “Inson xatoni ko„proq o„z tili bilan sodir qiladi”, 

“Muloyimlik hikmatning boshidur”, “Quloqqa yomon eshitiladigan gapdan saqlan” 

va hokazo. 

Binobarin,  barchamiz    ruhiyatimizga  ijobiy  ta‟sir  etadigan  so„zlarni 

yoshlarimizga o„rgatib borishimiz, yashashdan maqsad, yuksak estetik madaniyatli 

shaxs  bo„lib  voyaga  etishish  ekanligini  uqtirishimiz  lozim.  Inson  yashar  ekan,  u 

xohlaydimi yo„qmi, baribir muomalaga ehtiyoj sezadi. Bu esa undan fahm-farosatli 

bo„lishni, ya‟ni shirin va samimiy muomalali bo„lish, qizlarimizdan xayoli va iboli, 

iffatli va maftunkor bo„lish, yigitlarimizdan esa odobli, xushmuomala, mard, jasur, 

sergak va odamoxun bo„lishni talab etadi. 

Shaxs  estetik  kamoloti  odatda  uning  badiiy  tarbiya  topganligiga  bog„lab 

tushuntiriladi,  lekin  bunda  turmush  estetikasi  ustuvor  o„rin  tutadi.  Binobarin, 

turmush  shaxs  hayoti  va  kamolotiga  muntazam  va  ko„z  ilg„amas  darajada  ta‟sir 

o„tkazib turadigan jarayondir. 

Ko„pincha  “insonda  hamma  narsa  go„zal  bo„lishi  kerak”,-degan  so„zlarni 

eshitishga  to„g„ri  keladi.  Biroq  inson  bunday  mukammal  estetik  fazilatga  faqat 

umri davomidagi faoliyati natijasida erishishi mumkin, binobarin, uning har lahzasi 

muhit ta‟sirida, turmush estetikasi ta‟sirida kechadi. 



31 

 

Bevosita  turmush  ta‟sirida  insonning  dunyoqarashi,  e‟tiqodi,  g„oyaviy 



yo„nalishi,  hayotni  his  etishi,  kayfiyati,  didi,  emotsional  faolligi,  boshqacha 

aytganda,  ijtimoiy-ruhiy  holati  qaror  topadi,  ma‟naviy  hayotning  ayni  shu 

darajasida  uning  estetik  ongi  rivojlanadi. Shuning  uchun  mehnat,  ijtimoiy-siyosiy 

yaratuvchanlikka  shaxs  hali  to„la  jalb  etilmagan  boshlang„ich  palladan  uning 

estetik ehtiyoji, did va mo„ljallari, estetik ongi shakllanishiga turmush birinchi va 

bosh  manbai  sifatida  mazmuniy  yo„nalish  beradi.  Yurtboshimiz  I.A.Karimov 

yozganidek,  “Bolaning  ongi  asosan  5-7  yoshda  shakllanishini  inobatga  oladigan 

bo„lsak,  aynan  ana  shu  davrda  uning  qalbida  oiladagi  muhit  ta‟sirida 

ma‟naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo„la boshlaydi”

1



Inson  butun  umri  davomida  bu  qobiliyatni  saqlab  qolishga  intiladi,  o„z 

navbatida  turmush,  bir  tomondan,  shaxs  estetik  ehtiyojlarini  qondirishga,  boshqa 

tomondan,  uni  har  jihatdan  qo„llab-quvvatlash,  rivojlantirishga  o„z  ta‟sirini 

ko„rsatib  turadi.  Masalan,  zamonaviy  modani  olib  ko„raylik.  Moda  aksariyat 

hollarda inson estetik ehtiyojlarini butunlay o„zgartirib yuborishi,uning estetik ongi 

va  estetik  madaniyati  tadrijiy  taraqqiyoti  takomilida  jiddiy  rol  o„ynashi  mumkin. 

Shu  bois  turmush  estetikasi  shaxs  madaniyatini  shakllantirishda  asosiy  ijtimoiy 

manba va omil bo„lib xizmat qiladi. 

Inson  faoliyatining  barcha  shakl  va  mahsulotlariga  estetik  salohiyat  xos 

bo„lganligi bois turmush uning estetik gavdalanishini mazmundor qiladi va rang-

baranglashtiradi. 

Turmushning  ijtimoiy-estetik  mohiyatini  tahlil  qilish  uch  narsaga  e‟tibor 

berishni  taqozo  qiladi.  Bular  –  asosan  qurshovida  inson  hayot  kechiradigan  rang-

barang predmetlar olami; insonning boshqalar bilan muloqotda o„zligini namoyon 

qilish  holatlari;  insoniy  munosabatlarning  odob-axloqda  aks  etish  imkoniyat  va 

xususiyatlari. 

Muayyan  estetik  salohiyatga  ega  bu  jihatlar,  bir  tomondan,  shaxs  estetik 

madaniyatining  umumiy  darajasini  ifodalaydi,  boshqa  tomondan,  uning  ong-

                                                 

1

KarimovI.A Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‟naviyat, 2008. – 53 b. 



32 

 

shuuriga    estetik  madaniyat  ko„nikmalarini  singdirish  vositalari  sifatida  ahamiyat 



kasb etadi. 

Bu jihatlar o„ziga xos xususiyatlarga ega bo„lib, birinchi navbatda insonning 

turli  narsa-hodisalar  bilan  qamrab  olingan  muhitda  umr  kechirish  masalasi  bilan 

bog„langandir.  Bular,  avvalambor,  “an‟analar,  ijtimoiy  munosabatlar,  ma‟rifiy, 

diniy  va  estetik  shakllarning  xususiy  unsurlari”

1

  sifatida  ahamiyat  kasb  etadigan 



kiyim-kechaklar; 

turmushning 

texnikaviy-madaniy 

vositalari(rang-barang 

informatsion,  radio-televizion  apparatlar,  tikuv  va  kir  yuvish  mashinalari, 

duradgorlik  qurollari  va  h.k.);  me‟morchilik  san‟ati  bilan  aloqador  mebel 

mahsulotlari,  predmetlari  va  ularning  boy  zahirasidan  tashkil  topadi.  Kiyim-

kechak, libos nafaqat moddiy, shu bilan birga, badiiy-estetik ahamiyatga ham ega 

predmetlar  majmui  bo„lib,  insonning  tashqi  qiyofasi,  didi,  o„ziga  bahosi, 

ixtisosligi, ijtimoiy  mavqeini ham  gavdalantiradi; bugina emas, tashkiliy  va  ruhiy 

vaziyatni ham ifodalaydi 

Endi  insonga  xos  bo„lgan  xususiyatlarga  axloqiy  va  estetik  jihatdan 

yondoshadigan bo„lsak, uni avvalo - aql, farosat va didning, tafakkur, tasavvur 

va  xotiraning  mavjud  bo„lishi,  fazilat,  xislat  va  tarbiyaning  mustahkamligi, 

nafosat,  go„zallik  va  ulug„vorlikni  his  eta  bilishi  kabilar  bilan  belgilash 

mumkin.  Shu  ma‟noda  “Inson”  tushunchasida  ijtimoiy  mohiyat,  xususan 

odamdagi  axloqiy-ma‟naviy  xususiyatlar  ko„proq  o„z  aksini  topganligi  uchun 

“insoniylik”,  “insonparvarlik”  degan  tushunchalar  alohida  axloqiy-estetik 

ma‟no kasb etadi. 

Shuni  alohida  ta‟kidlab    o„tish  lozimki,  ijtimoiy  hayotimizga  ommaviy 

tarzda  xorij  filmlari  va  nashrlarining  kirib  kelishi,  audio  va  video  kassetalarning 

keng  tarqalishi,  milliy  o„zligi  to„la    shakllanib  ulgurmagan,  dunyoqarashi  tor 

bo„lgan yoshlarimizga  o„z ta‟sirini o„tkazayotgani hech kimga sir emas. Bugungi 

kunda  globallashgan  davrning  eng  cho„qqisida  turganimizda,  “ommaviy 

madaniyat”  niqobi  ostida  yoshlarimiz  ongini  zaharlayotgan,  ularning  maqsad  va 

niyatlarini barbod etayotgan juda ko„plab illatlarning yurtimizga kirib kelishi bizni 

                                                 

1

Sodiqova N. O‟zbek milliy kiyimlari. XIX-XX asrlar. – Toshkent: Sharq, 2003. – 5 b. 



33 

 

o‟ylantirib qo„ymoqda. “Hozirgi ommaviy madaniyat-buzg„unchi g„oyalarni, yangi 



noan‟naviy  qadriyatlarni  hamda  hayotning  g„ayri  ahloqiy  normalarini  targ„ib 

qilishning  juda  muhim  va  g„oyat  samarali  vositalaridan  biri”

1

  Chunki  har  bir 



davlatning  asosini  yoshlar  tashkil  qiladi.  Agarda  yoshlarimizning  ong, 

dunyoqarashi  yot  g„oyalar  bilan  zaharlangan  bo„lsa,  unda  davlat  va  jamiyat 

taraqqiyoti  sekinlashib  borishini  ko„rishimiz  mumkin.  Shu  sababli  yoshlarimizda 

fahm-farosat, aql uyg„unligi  orqali biz ularning bugungi kun tahdidlariga munosib 

kurashadigan, sog„lom  dunyoqarashli, o„zining  firkiga  ega  bo„lgan  komil  insonni  

shakllantirishimiz lozim.  

Shu  boisdan  taraqqiy  etgan  mamlakatlarning  globallashuvga  bo„lgan  ta‟sir 

doirasidan ogoh bo„lib, ularning shaxs ongi va ruhiyatiga asta-sekinlik bilan salbiy 

ta‟sir  etuvchi  jihatlaridan,  «ommaviy  madaniyat»dan  ehtiyot  bo„lish  darkor. 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta‟kidlaganidek «Shuni unutmaslik kerakki, bugungi 

kunda  inson  ma‟naviyatiga  qarshi  o„rnatilgan,  bir  qarashda  arzimas  bo„lib 

tuyuladigan kichikina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch 

olib, ko„zga ko„rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo„lmaydigan 

ulkan ziyon yetkazishi mumkin»

2



Yurtboshimiz  tomonidan  2004-2009  yillarga  mo„ljallangan  «Maktab 



ta‟limini  rivojlantirish  umummilliy  dasturi»ning  qabul  qilinishi  natijasida 

maktablardagi ta‟lim tizimi tubdan isloh qilina boshladi. Ushbu dasturga muvofiq, 

yurtimizda  mavjud  bo„lgan  o„n  mingga  yaqin  umumta‟lim  maktabining  moddiy-

texnik  bazasini  mustahkamlash,  ta‟lim  jarayonining  mazmunini  tubdan 

takomillashtirish, o„qituvchilarning mehnatini moddiy va ma‟naviy rag„batlantirish 

bo„yicha katta ishlar qilinmoqda. Ta‟lim tizimini isloh qilish nafaqat shahar, balki 

avvalo qishloq va tumanlardan boshlanishi, umumxalq manfaati va istiqboli ko„zda 

tutildi. Natijada, xalqimizning boy tarixi, ma‟naviyati, madaniyati, qadriyatlari va 

urf-odatlarini  o„rganish  va  e‟zozlash,  yurtimizni  yanada  obod  va  go„zal  etish 

maqsadida  olib  borilayotgan  ishlar  o„z  samarasini  bermoqda.  O„zbekistonda  olib 

                                                 

1

G‟oyibnazarov Sh. Ommaviy madaniyat. Toshkent. O‟zbakiston nashriyoti, 2012, -b 227. 



2

Karimov I.A Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‟naviyat, 2008. – 115 b. 



34 

 

borilayotgan  barcha  islohotlar  inson  manfaatiga,  barkamol,  sog„lom  avlodni 



tarbiyalash  va  uni  ma‟naviy-axloqiy  jihatdan  etuk  va  ijtimoiy  faol  qilib  voyaga 

etkazish, obod turmush tarziga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

Shaxsda  fahm-farosat,  aql  uyg„unligini  ta‟minlashning  muhim  omillari 

qatoriga  mehnat  estetikasi  kiradi.  Chunki  mehnat  jarayonida  inson  bir  qancha 

ijobiy  fazilat  va  xislatlarni,  malaka  va  ko„nikmalarni  o„zlashtirib  boradi.  Zero, 

mehnat  shaxs  va  jamiyat  manfaatlarini  uygunlashtiradigan  ijodiy  qobiliyatlar 

ifodasidir.  Mehnat  faoliyati  tufayli  inson  o„zining  ijodiy  kuch  va  qobiliyatlarini 

gavdalantiradi va rivojlantiradi, bunda inson, birinchidan, muayyan obyektiv shart-

sharoitlar  ta‟siri,  ikkinchidan,  subyektiv-shaxsiy  fazilatlar  uyg„unligida  faoliyat 

ko„rsatadi.  Bular  orasida  mehnat  kechadigan  shart-sharoit,  uning  tashkillanish 

holati,  ijtimoiy  mavqeyi  va  insoniy  qadrlanish  darajasi  muhim  rol  o„ynaydi.  Bu 

jarayonda obyektiv shart-sharoitlar bilan bir qatorda subyektiv omil bo„lmish inson 

mehnatining  ijtimoiy  ahamiyati,  uning  shaxsiy  mas‟ulligi,  ijodkorlik  fazilatlari 

yuzaga chiqadi. 

Mehnat  jarayonida  inson  ongli  faoliyati  bilan  inson  tabiatga  maqsadga 

muvofiq  ta‟sir  ko„rsatadi,  ularni  hayotiy  va  ijtimoiy  ehtiyojlar,  estetik  did 

talablariga  muvofiq  qayta  ishlaydi.  “Mehnat  sharoitlari  va  vositalariga  estetik 

mazmuun  baxsh  etish  insonni  estetik  kamol  toptirish  bilan  biga,  uning  foydali 

amaliy vazifalarini ham kengroq doirada bajarishga safarbar qiladi. Natijada estetik 

mazmun  mehnat  unumdorligini,  samaradaorligini  va  sifatini  oshirishning  muhim 

omiliga  aylanadi.  Mehnat  insonning  hayotiy  ehtiyoji,  uni  turmush  estetikasini 

shakllantiruvchi  vosita  hamdir.  Mehnat  estetikasining  shakllanishidan  ishlab 

chiqarish  vositalarining  zamonaviyligidan  tashqari,  mehnat  kollektividagi  o„zaro 

axloqiy-estetik muhitning ham o„rni bor. Negaki ahil jamoa, uzaro axloqiy-estetik 

munosabat ish jarayonining sifati va estetikasiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi”

1



Darhaqiqat  mehnat  jarayonidagi  estetik  jihatlar  inson  faoliyatning  estetik 

shakli  jismoniy  va  intellektual  kuchlarning  erkin  rivojlanishidan  iborat  bo„lib 

moddiy-manfaatli  jarayonning  estetik  jihati  sifatida  ijodiy  ko„tarinkilik,  xatti-

                                                 

1

Abdullayeva N. Dizayn, atrof-muhit va texnika estetikasi. Toshkent 2012 54 b. 



35 

 

harakat,  o„zgartirishlar  amalga  oshiriladi.  Mehnatning  inson  ma‟naviyatini 



yuksaltirishga  ham  ta‟sir  ko„rsatadi.  Bu  jarayon  insonning  intilish,  xatti-harakat, 

muayyan amallarni ado etish oqibatida yuz beradi. O„z mehnati muvaffaqiyatidan 

manfaatdor inson amallarni mukammal bajarishga intiladi. Ayni shunda epchillik, 

mahorat, fahm-farosat, did, aql uyg„unligi namoyon bo„ladi. 

Inson  ijodiy  va  yuksak  maqsadlarni  ko„zda  tutib  jismoniy  va  ma‟naviy 

qobiliyatlarini  erkin  ishga  solganda  mehnatidan  qoniqish  hosil  qiladi,  zavqlanadi, 

estetik rohatlanadi. Faoliyat mazmuni va shart-sharoitga bog„liqligidan qat‟i  nazar, 

mehnat  erkin  bo„lganda,  natijalaridan  inson  bevosita  manfaatdor  va  bahramand 

bo„lganda,  ijodiy  qobiliyatlarini  yuksak  ma‟naviy  maqsadlarga  yo„naltirganda, 

estetik  xususiyat  kasb  etadi.  G„afur  G„ulom  “Go„zallik  nimada?”  she‟rida 

yozganidek,  “go„zallik  -  ishlayish,  manglayni  terlatish,  go„zaldir  ungan  ish, 

maqtansa yarashar!”

1

 

Biroq mehnat jarayonida tug„iladigan estetik tuyg„u ijrochilikning shunchaki 



ko„rinishidan zavqlanish degani emas. U faoliyatda o„yindek ijodiy tus olib, erkin, 

tabiiy  yo„sinda  kechgan  taqdirda  ham,  o„zining  ijtimoiy  o„zgartiruvchanlik 

ma‟nosini  saqlab  qoladi,  jiddiy  va  murakkab  faoliyat  tarzida  namoyon  bo„ladi. 

Shuning uchun mehnat jarayonida tug„iladigan estetik zavq uning bu teran, botiniy 

mohiyatini  anglash  bilan,  hayotiy  ijodkorlik  ruhi  bilan  bog„langan  bo„ladi.  Inson 

mehnat  jarayonida  qandaydir  sodda,  bir  qarashda  oddiy  amallarni  ishga  solganda 

ham  o„zini  ijodkor his  etadi,  mehnatining  qayta  yaratuvchanlik  ma‟nosini  anglab 

etadi. 


Jonli  mehnat  jarayoni  murakkabroq  tuzilma  -  ishlab  chiqarishning  tarkibiy 

qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish jarayonida  kishilar o„zaro bir-birlari hamda 

ishlab  chiqarish  vositalariga  nisbatan  muayyan  ijtimoiy  munosabatda  bo„ladi. 

Tabiiyki,  mahsulot  tayyorlashda  muayyan  mehnat  qurollari  (mashina,  dastgoh, 

aslaha va boshqalar), shuningdek, ularni maqsadga muvofiq joylashtirish va o„zaro 

ta‟sirini  ta‟minlashdek  murakkab  vazifani  ado  etishga  to„g„ri  keladi.  Bularning 

barchasi  muayyan  sur‟atda  kechadigan,  o„z  funksiyasi,  strukturasi,  tashkiliy 

                                                 

1

G‟afur G‟ulom. Mukammal asarlar to‟plami. O‟n ikki tomlik. Birinchi tom.- Toshkent: Fan,1983. – 22-b. 



36 

 

ko„rinishiga  ega  bo„lgan  ijtimoiy  ishlab  chiqarishni  tashkil  qiladi.  Bu  tuzilma 



yuksak  darajada  yaxshi  yo„lga  qo„yilganligi  va  mukammalligi  bilan  estetik 

ifodaviylik  kasb  etadi.  Bu  jarayon  jamoaviylik  shaxsda  axloqiy-estetik 

fazilatlarning rivojlanishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Yuksak darajada tashkillangan 

jarayon,  uning  muayyan  sur‟atda  gavdalanish  va  kechish  manzarasi  kishilarga 

estetik  ta‟sir  etadi,  faoliyatga  ijodiy  munosabat  uyg„otuvchi  emotsional 

ko„tarinkilikni  vujudga  keltiradi.  Shaxs  va  jamiyat  intellektual  madaniyatini 

rivojlantirishda  estetik  omillarning  o„ziga  xos  o„rni  bor.  Bu  borada  turmush 

estetikasi,  mehnat  estetikasining  ta‟sirchan  kuchini  alohida  ko„rsatish  mumkin. 

Mazkur omillar ta‟sirida inson ma‟nan  yetilish bilan intellektual jihatdan yuksala 

boradi. 


Shaxs-insonning  uni  qurshagan  boshqa  odamlar  tomonidan  qanday  idrok 

etilishi,  tavsiflanishi  va  baholanishini  aks  ettiruvchi  ijtimoiy  hodisa.  Shaxs  faqat 

jamiyatda, o„ziga o„xshash odamlar bilan muloqot qilish, o„tgan avlodlar to„plagan 

tajriba va bilimlarni, o„ziga qadar yaratilgan qadriyatlar va xulq-atvor qoidalarini 

o„zlashtirish  orqali  shakllanishi  mumkin.  Shuning  uchun  ham  shaxs  bo„lish  – 

ijtimoiy  «qiyofa»ga  ega  bo„lish  demakdir.  Bu  borada  ayniqsa,  yoshlarning 

dunyoqarash  va  tafakkurini  o„rganib  borish  muhim  omillardan  biri  hisoblanadi. 

Chunki, davlat va jamiyat kelajagi yoshlarga bog„liq bo„lib, ular har vaqt davlat va 

jamiyat nazoratida bo„lishgan. Yoshlarning kamol topishi katta avlodning qo„lida 

bo„lsa, katta avlodning keyingi hayoti va umidi yoshlarga bog„liqdir. 

Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgach  yoshlarga  e‟tibor  yanada  kuchaydi. 

Ayniqsa,  ularning  ta‟lim-tarbiyasi  borasida  davlatimiz  tamonidan  ko„pgina  ishlar 

amalga  oshirildi.  Bu  ishlarning  davomi  sifatida  Prezidentimiz  tomonidan  2008 

yilni “Yoshlar yili”, 2010 yil “Barkamol avlod yili” , 2014-yil Sog„lom bola yili” 

deb  e‟lon  qilinishi,  yoshlarga  bo„lgan  e‟tiborning  doimiy  va  davomiyligini 

ko„rsatdi.  Hozirda  yoshlarning  faolligi,  bilim  va  ko„nikmalarini  oshirish  hamda 

ularning  faoliyati  uchun  keng  shart-sharoitlar  yaratib  berilmoqda.  Vatanimizning 

kelajagi,  xalqimizning  ertangi  kuni,  mamlakatimizning  jahon  hamjamiyatidagi 

obro„-e‟tibori  avvalambor  farzandlarimizning  unib-o„sib,  ulg„ayib,  qanday  inson 


37 

 

bo„lib hayotga kirib borishiga bog„liqdir. Biz bunday o„tkir haqiqatni hech qachon 



unutmasligimiz kerak deb Prezidentimiz bir necha bor ta‟kidlab o„tgan. Yoshlarni 

davlat  va  jamiyat  hayotida  ishtirok  etishlari  uchun  ularning  qarashlari  va  xulq-

atvorlarini,  jo„shqin  va  maqsadli  faoliyatiga  ta‟sir  etuvchi  omillarni  aniqlash  va 

o„rganish nihoyatda muhimdir. 

Inson  kamolotiga  ta‟sir  etuvchi  omillarni  tahlil  qilish  natijalari  shuni 

ko„rsatdiki,  ta‟lim-tarbiya  ishlarining  samaradorligini oshirish uchun biz tanlagan 

maqsad  jamiyatning  komil  insonni  tarbiyalashdek  maqsadiga  mos  kelishi  lozim. 

Zero,  jamiyat  taraqqiyoti  shaxsning  kamol  topishini  ta‟minlaydi.  Shaxsning 

xarakteri,  temperamenti,  qobiliyati  ruhiy  jarayonlarni  boshidan  kechirganda, 

mehnat  faoliyatida,  turmushda  o„zini  namoyon  etadi.  Demak,  shaxs  o„z  hayotida 

yuz  beradigan  o„zgarishlarning,  ijtimoiy  tarbiya  jarayonining  natijasi  o„laroq 

yuzaga keladi. Shunga ko„ra, shaxsning jamiyatda tutgan o„rni, insonning kamolot 

dinamikasi  o„rganiladi.  Shuning  uchun  insonning  ijtimoiy  mohiyatini,  uning 

jamiyat  bilan  bo„ladigan  munosabatlarini  e‟tiborga  olib,  shaxs  tushunchasi 

ishlatiladi.  Jamiyatning  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  ma‟naviy  taraqqiyoti  shaxsning  har 

tomonlama  kamol  topishi  bilan  o„zaro  bog„liqligi  tufayli  kishilar  farovonligini 

jamiyat  taraqqiyotining  asosiy  omili  hisoblanadi.  Shaxs  va  jamiyat  o„rtasidagi 

munosabatlarni ilmiy va amaliy hal qilishda hozirgi sharoitda mamlakatimizda yuz 

berayotgan demokratik o„zgarishlar muhim rol o„ynaydi. 

Mustaqillikka  erishgandan  keyin  Respublikamizda  amalga  oshirilayotgan 

keng ko„lamli ishlarimiz, biz maqsad qilib qo„ygan demokratik davlat va fuqarolik 

jamiyati,  erkin  va  obod  Vatan  qurishga  qaratilgan,  yurtimizning  qiyofasi  va 

hayotimizning  ma‟no-mazmunini  mutlaqo  o„zgartirib  yuborgan  tom  ma‟nodagi 

tarixiy o„zgarishlar va hayotning o„zi, haqiqatan ham, to„g„ri yo„l ekanini yaqqol 

tasdiqlab bermoqda. 

Mustaqillikning  ijtimoiy-estetik  mohiyati,  avvalambor,  mamlakatimizda 

barpo  etilayotgan  huquqiy-demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyatining  inson 

manfaatlari  ustuvorligiga  asoslanishi,  insonni  eng  oliy  qadriyat  sifatida  e‟tirof 

etish,  erkin  ijodiy  mehnatning  ustuvor  o„rin  egallashi,  jamiyat  taraqqiyotining 


38 

 

barcha  sohalarini  rivojlantirishda  yuksak  ma‟naviyatga  asoslanish  bilan 



belgilanadi. Bu jarayonning umumiy yo„nalishi, shu bilan birga, ma‟naviy-ijtimoiy 

va  gumanistik  maqsadi,  axloqiy-estetik  tabiyati  “islohot  islohot  uchun  emas, 

avvalo  inson  uchun,  uning  farovon  hayoti  uchun  xizmat  qilishi  kerak”

1

  degan 



konsepsiyada o„z  ifodasini topgan. 

Xulosa  qilib  aytganda,  fahm,  farosat  va  aql  axloqiy  tarbiyaning  asosiy 

me‟zoni hamda axloqiy  madaniyatning muhim omilidir. 

Har ko‟ngilkim, bo‟lur ul Haq nazarig‟a manzur, 

Jilvagoh o‟lg‟usidir ayni farosatda davom. 

*** 


Farosatdin ko‟ngilga ko‟z  ochilg‟ay, 

Hamma holatni ul ma‟lum qilg‟ay.

2

 

Mustaqillikka  erishgandan  keyin  Respublikamizda  amalga  oshirilayotgan 



keng ko„lamli ishlarimiz, biz maqsad qilib qo„ygan demokratik davlat va fuqarolik 

jamiyati,  erkin  va  obod  Vatan  qurishga  qaratilgan,  yurtimizning  qiyofasi  va 

hayotimizning  ma‟no-mazmunini  mutlaqo  o„zgartirib  yuborgan  tom  ma‟nodagi 

tarixiy o„zgarishlar va hayotning o„zi, haqiqatan ham, to„g„ri yo„l ekanini yaqqol 

tasdiqlab bermoqda.  

 


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling