O’zbekiston milliy universiteti


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana15.11.2020
Hajmi0.71 Mb.
#146237
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fahmfarosataql birligining shaxs tarbyasidagi ahamiyati.


 

3.2. Shaxsni axloqiy-estetik jihatdan kamol toptirish jamiyat taraqqiyotining 

muhim omili sifatida 

 

Mustaqilligimiz  e‟lon  qilinishi  bilan  jamiyatimiz  hayotining  barcha 

sohalarini  isloh  etish  bilan  bir  qatorda  yosh  avlodni  tarbiyalash,  mustaqillik 

g„oyalarini  chuqur  idrok  etib,  uni  mustahkamlash  ishiga  jalb  etish  muhim 

masalalardan  biri  sifatida  kun  tartibiga  qo„yildi.  Yoshlarni  siyosiy-ijtimoiy 

jarayonlarga  jalb  qilish,  ularning  islohotlardagi  faol  ishtirokini  ta‟minlash  orqali 

ularning demokratik yangilanish jarayonlarining ishtirokchisi sifatidagi roli yanada 

ortdi. Negaki aholimizning  64 foizini yoshlar tashkil etadi. Shunday ekan yoshlar 

endi  nisbatan  ustuvor  ahamiyatga  ega  shaxsdan  jamiyat  taraqqiyotini 

belgilaydigan,  uni  amalga  oshiradigan  etakchi  kuchga  aylanmoqda.  Yoshlarning 

intellektual  qobiliyatlari,  kasbiy  malakasi,  ma‟nan  va  ruhan  barkamollik  kabi 

ijtimoiy  sifatlari  butun  jamiyatning  rivojlanish  darajasiga  ijobiy  ta‟sir 

ko„rsatmoqda.  Bunday  tendensiyalar  yoshlarning  alohida  ijtimoiy  demografik 

qatlam sifatida siyosatning faol subyektiga aylanib borayotganini ko„rsatadi. Xuddi 

mana  shu  omillarni  nazarda  tutib,  Prezidentimiz  I.A.Karimov:  «Yoshlar  bilan 

ishlash  masalalari  alohida  e‟tiborni  talab  qiladi.  Bugun  yoshlarning  jamiyat 

hayotidagi  o„rni  va  mavqeini  yanada  yuksaltirish  o„ta  muhim  masaladir»,  deb 

ta‟kidlagan edilar. 

Shu  munosabat  bilan  hozirgi  davrda  o„sib  kelayotgan  avlodning 

muammolarini  o„rganish,  tahlil  qilish  va  shu  asosda  ularning  yechimini  topish 

ehtiyoji  tobora  ortib  bormokda.  “Faqat  ana  shunday  asosda  yoshlarni  o„z  fikriga 


69 

 

ega,  turli  ma‟naviy  xurujlarga  qarshi  sobit  tura  olishga  qodir  bo„lgan,  irodali, 



fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin”.

1

 

Darhaqiqat,  mamlakatimiz  ijtimoiy-ma‟naviy  hayotini  tubdan  yaxshilash, 

madaniyat,  ma‟rifat,  axloq,  ayniqsa  estetika  bilan  bog„liq  muammolarning  ilmiy-

nazariy  yechimini  topish  masalalari  bevosita  va  bilvosita  ta‟lim-tarbiya 

jarayonlariga,  ayniqsa,  yoshlarni  tarbiyalash  ishlarini  takomillashtirishga  bog„liq. 

Bu  esa  shaxsda  axloqiy-estetik  fazilatlarni  shakllantirish  masalasiga  bevosita 

bog„liq. 

Shunday  ekan,  ayniqsa,  yoshlar  axloqiy-estetik  tarbiyasiga  alohida  e‟tibor 

berish-zamonning  dolzarb  talabi  bo„lib  bormoqda.  Shu  bois  “Kadrlar  tayyorlash 

milliy  dasturi”  da  uzluksiz  ta‟limni  tashkil  etish  va  rivojlantirish  tamoyillaridan 

biri: “Ta‟limning ijtimoiylashuvi  – ta‟lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni 

hosil  qilish,  ularda  yuksak  ma‟naviyat,  madaniyat  va  ijodiy  fikrlashni 

shakllantirish”, deb aniq belgilab qo„yilgani bejiz emas. 

S

huningdek  insonga  xos  bo„lgan  xususiyatlarga  axloqiy  va  estetik 



jihatdan yondoshadigan bo„lsak, uni avvalo - aql, farosat va didning, tafakkur, 

tasavvur  va  xotiraning  mavjud  bo„lishi,  fazilat,  xislat  va  tarbiyaning 

mustahkamligi, nafosat, go„zallik va ulug„vorlikni his eta bilishi kabilar bilan 

belgilanishi ta‟kidlash lozim. Zero bu sifatlar obod turmushning asosiy axloqiy 

va  estetik  asoslarini  tashkil  qiladi.  S

haxsda  ushbu  sifatlarni  tarbiyalashda 

ta‟lim  va  tarbiyaning  roli  g„oyat  yuksakdir  Shuning  uchun  mustaqillikning 

dastlabki  kunlaridan  boshlaboq  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  qabul  qilinib, 

uning  negizida  avvalo  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarini  barpo  etishga 

alohida e‟tibor qaratilib, o„tgan vaqt oralig„ida 1500 dan ziyod litsey va kollejlar 

qad rostladi. 

Yurtboshimiz tomonidan 2004-2009 yillarga mo„ljallangan «Maktab ta‟limini 

rivojlantirish  umummilliy  dasturi»ning  qabul  qilinishi  natijasida  maktablardagi 

ta‟lim  tizimi  tubdan  isloh  qilina  boshlandi.  Ushbu  dasturga  muvofiq,  yurtimizda 

mavjud  bo„lgan  o„nmingga  yaqin  umumta‟lim  maktabining  moddiy-texnik 

                                                 

1

Karimov I.A Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‟naviyat, 2008. – 127 b. 



70 

 

baz‟asini mustahkamlash, ta‟lim jarayonining mazmunini tubdan takomillashtirish, 



o„qituvchilarning  mehnatini  moddiy  va  ma‟naviy  rag„batlantirish  bo„yicha  kata 

ishlar qilinmoqda. Ta‟lim tizimini isloh qilish nafaqat shahar, balki avvalo qishloq 

va  tumanlardan  boshlanishi  ko„zda  tutildi.  Natijada,  xalqimizning  boy  tarixi, 

manfaati  va  istiqboli  ma‟naviyati,  madaniyati,  qadriyatlari  va  urf-odatlarini 

o„rganish  va  e‟zozlash,  yurtimizni  yanada  obod  va  go„zal  etish  maqsadida  olib 

borilayotga  nishlar  o„z  samarasini  bermoqda.  O„zbekistonda  olib  borilayotgan 

barcha  islohotlar  inson  manfaatiga,  barkamol,  sog„lom  avlodni  tarbiyalash  va 

unima‟naviy-axloqiy  jihatdan  yetuk  va  ijtimoiy  faol  qilib  voyaga  etkazish,  obod 

turmush tarziga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta‟kidlaganlaridek, «Biz barpo etayotgan yangi 

jamiyat  yuksak  ma‟naviyat  va  axloqiy  qadriyatlarga  tayanadi  va  ularni 

rivojlantirishga  katta  e‟tibor  qaratadi.  Bu  jarayon  milliy  istiqlol  g„oyasi  va 

mafkurasiga,  yosh  avlodni  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalashga  asoslanadi. 

Jamiyatni  ma‟naviy  yangilishdan  ko„zlangan  bosh  maqsad  -  yurt tinchligi,  Vatan 

ravnaqi,  xalq  erkinligiga  va  farovonligiga  erishish  komil  insonni  tarbiyalash, 

ijtimoiy  hamkorlik  va  millatlararo  totuvlik,  diniy  bag„rikenglik  kabi  ko„p-ko„p 

masalalardan iborat».

1

dir 



Shaxsni  bilimli,  mas‟uliyatli,  siyosiy  jihatdan  idrokli,  huquqiy,  savodxon, 

axloqan  pok  va  ma‟naviy  barkamol  bo„lib  o„sishida  estetik  taffakur  va  estetik 

ma‟daniyat  ravnaqining  ahamiyati  katta.  Yuksak  estetik  didli  bo„lish,  nafosatni 

fahmlay bilish va qadrlay olish, badiiy madaniyatni tushunish, o„z hayotini nafosat 

qonunlariga ko„ra bilish – har bir insonning eng zaruriy fazilatidir.

2

 



Mustaqillikni  mustahkamlashda,  kelajagi  buyuk  davlatni  barpo  etishda  ana 

shunday  barkamol  avlodni,  estetik  madaniyati  yuksak  bo„lgan  shaxsni 

tarbiyalashdek ma‟suliyatli vazifa qo„yiladi. Estetik tarbiyaning eng asosiy vazifasi 

shaxsni  yot  ta‟sirlardan  himoya  qilish,  zavq  -  shavq  bilan  yashashga  o„rgatish, 

                                                 

1

Karimov I. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. –T.: O‟zbekiston. 2000 y-10-bet. 



2

Yusupov E., Ismoilov F. Odamiylik saboqlari. P T.: “Qomuslar bosh tahririyati”, 1997,45 – b. 



71 

 

boshqalarga  o„rnak  bo„lib,  hayotda  ularning  havasini  keltiradigan  darajada 



ma‟naviy ruhiy kamolotga erishishdan iboratdir. 

Prezidentimiz  Islom  Karimov  mamlakatimiz  o„g„il  qizlarini  “yer  yuzining 

eng  go„zal,  eng  latofatli  va  nafosatli,  oqila  ayollari,  suluv  va  dilbar  qizlari, 

pahlavon  yigitlari,  chiroyli  yoshlari”

1

  sifatida  ta‟riflar  ekan,  bunday  yoshlarni 



voyaga  yetkazish  va  tarbiyalash  vazifasi  bugungi  kunning  eng  zarur  va  dolzarb 

ilmiy  amaliy  muammosi  ekanligini    ta‟kidlaydi.  Tarbiyaning  bosh  vazifasi  inson 

borlig„ini kamol toptirishdan iborat bo„lib, zero huquqiy, ahloqiy, iqtisodiy, siyosiy 

kabi  qator  tarbiya  shakllarining  barchasida  inson  masalasi  yotadi.  Estetik  tarbiya 

jamiyatda ma‟naviy muhitni paydo qilishga ko„mak beruvchi muhim unsur bo„lib, 

u  inson  didini  shakllantiruvchi,  rivojlantiruvchi  hamda  ana  shu  orqali  insonni 

jamiyat  munosabatlariga  yaqinlashtiruvchi  kuchdir.  Nafosatli  tarbiyaning  vazifasi 

shundan  iboratki,  u  insonlarni  yangiliklar  yaratishga  undabgina  qolmay,  ayni 

paytda  ularni  nafosat  tamoyillari,  go„zallik  talablari  asosida  rivojlantirishga 

o„rgatadi. Yoshlarda axloqiy  va estetik fazilatlarni shakllantirish insonda hayot va 

san‟atdagi  go„zalliklardan  bahramand  bo„lish,  ularni  baholay  bilish,  hamda  o„zi 

ham  go„zalliklar  yaratish  tuyg„ularini  shakllantirishga  ko„mak  beradi.  Ammo,  bu 

jarayon  o„z-o„zicha  emas,  balki  bir  qator  omillar  va  vositalar  ishtirokida  amalga 

oshiriladi.  Jumladan,  oila,  mahalla,  maktabdan  tashqari    muassasalar,  badiiy 

havaskorlik to„garaklari, oliy o„quv dargohlari, hamda jamoalari nafosatli tarbiyani 

shakllantiruvchi asosiy omillar bo„lib sanaladi. 

Estetik  madaniyatning  ijtimoiy  mohiyati  insoniyatni  jipslashtirishda,  uning  

tarbiyasida  nihoyatda  katta  ahamiyatga  ega.  Masalan,  komil  inson  tarbiyasida 

estetik  ong,  go„zallikni  his  qilish  va  tushunish  ona  allasidan  boshlanib,  Vatan 

madhiyasigacha katta ijtimoiy ma‟no kasb etadi. 

Estetik  zavqlanish  inson  ruhi,  ongi  va  irodasiga  qanot  baxsh  etadi,  insonni 

tabiat, jamiyat va millat bilan chambarchas bog„lik ekanligini doimo eslatib turadi. 

Estetik madaniyat taraqqiyoti va sog„lom estetik immunitetni hosil qilish barkamol 

avlod  tarbiyasidagi  muhim  omillardan  biridir.  Sog„lom  estetik  madaniyatning 

                                                 

1

Karimov I. Biz kelajagimizni o‟z qo‟limiz bilan quramiz. 7 – jild. – T.: “O‟zbekiston”,1999, 333 –b. 



72 

 

shakllanishi  inson  hayoti  va  uning  turli-tuman  faoliyatiga  o„z  ta‟sirini  kursatadi, 



insonni komillik sari yetaklaydi. Estetik madaniyat bir odamning turmush tarzida, 

nafosat  va  oliyjanob  fazilalarini  barkamol  etishga  olib  kelsa,  boshqa  odam  uchun 

ijobiy  va  ijodiy  kuch-qudrat  manbaiga  aylanadi,  uchinchi  shaxs  uchun  esa  milliy 

g„urur va iftixor tuyg„ularini ifoda etish ramzi sifatida ko„zga tashlanadi. Boshqa 

bir  o„rinda  estetik  madaniyat  rivoji  badiiy-ijodiy  faoliyatga  turtki  bo‟luvchi, 

yoshlarni  badiiy  obrazlar  dunyosiga  yetaklovchi  tuyg„ular  mavji  sifatida  ko„zga 

tashlanadi.  Chunki  tabiat,  jamiyat  va  odamlar  hayoti,  taqdiridan  zavqlanish 

pirovard oqibatga, yosh ijodkorlarga badiiy asarlar syujetini yaratish, qahramonlar 

xarakterini  ifodalash,  ma‟lum  bir  ijtimoiy  muammolar  atrofidagi  to„qnashuvlarni 

hal  etishga  zamin  hozirlaydi.  Ana  shu  tarzda  yaratiladigan  badiiy  asarlar  yoshlar 

ongidagi  hayoti  va  odamlar  haqidagi  tasavvurlarni  to„ldiradi,  boyitadi,  yangicha 

estetik  tafakkurni  shakllantiradi.  Bu  jarayon  madaniyat,  san‟at  va  ta‟limni 

rivojlantirish,  komil  insonni  shakllantirish  bilan  bevosita  bog„liqdir.  O„rta  asr 

tasavvuf  ilmi  va  amaliyotida  ham  komillik  g„oyasi  asosiy  masalalardan  biri  edi. 

XII  asrda  Markaziy  Osiyoda  paydo  bo„lgan  ilk  tasavvufiy  tariqatning  asoschisi 

Xoja  Ahmad  Yassaviy  bo„lib,  “Yassaviy”  tariqatining  barcha  aqidalari  Ahmad 

Yassaviyning asosiy asari bo„lmish “Hikmat”da mufassal bayon etilgan. “Hikmat” 

asarida “Yassaviya”  ta‟limotidagi poklik, halollik, to„g„rilik, mehr  – shafqat, o„z 

qo„li  kuchi,  peshona  teri  va  halol  mehnati  bilan  kun  kechirish,  insonni  har 

tomonlama  takomillashtirish  kabi  ilg„or  umuminsoniy  qadriyatlar  ifoda  etilgan, 

bo„lib,  bugungi  kundagi  asosiy  vazifalarimizdan  biri  hisoblanishi  komil  insonni 

tarbiyalashdek muhim maqsadlarimizga mos tushadi. 

Haqiqatdan  ham  bugungi  kunning  asosiy  maqsad  komil  inson  g„oyasini 

kishilar  ongiga  singdirishdan  iborat  ekan  bu  ma‟naviy  hayotimizning  zamirigina 

bo„lib  qolmay,  estetik  ideal  darajasiga  chiqdi.  Komil  inson  g„oyasi  azal-azaldan 

xalqimizning ezgu orzusi, ma‟naviyatning uzviy bir qismi bo„lib kelgan. 

Jismonan sog„lom, ruhan tetik, ahloqan pok, vijdoni sof odamgina ma‟naviy 

uyg„oq, estetik jihatdan madaniyatli, go„zallik qonuniyatlari asosida hayot qurishni 

o„zining ijtimoiy va milliy burchi deb biladi. 


73 

 

Yoshlarning  madaniyati,  ma‟lumoti  va  ma‟naviy  qiyofasiga  qarab  bugungi 



O„zbekiston  va  uning  kelajagi  qaday  bo„lishi  to„g„risida  ma‟lum  xulosaga  kelish 

mumkin.  Agar  bugungi  yoshlarimiz  ilm-fan  cho„qqilarini  egallash,  ma‟naviy-

axloqiy va badiiy-estetik madaniyat jihatdan zaif bo„lib, orqada qolsa, komillik sari 

eltuvchi sog„lom avlod masalasi oqsab qolgan bulur edi. Har qanday jamiyatning 

asosiy  boyligi  insondir.  Dunyo  xalqlarini  jaholat  va  vahshiylik,  diniy  va  milliy 

ekstremizm,  etnik  qarama-qarshilik,  mintaqaviy  majoralar  qanchalik  bir-biridan 

ajratsa  madaniyat,  ma‟rifat,  ahloq  va  odob,  nafosat  va  insonparvarlik  shunchalik 

ularni  yaqinlashtiradi.  Ana  shu  ma‟noda  yoshlarning  estetik  ongi,  tafakkurini 

shakllantirish  va  rivojlantirish  komil  inson  tarbiyasida  muhim  omil  hisoblanadi. 

Zotan,  biz  qurayotgan  fuqarolik  jamiyatining  a‟zosi  har  jihatdan  kamol  topgan, 

yuksak nafis did egasi bo„lmog„i lozim. 

Sharq axloqiy-estetik tafakkuri rivojida muhim o„rin tutgan mashhur badiiy 

didiaktik  asarlar  –  pandnomalar  o„zida  aynan  ibratlilikni  aks  ettiradi.  Ularda 

chuqur  nazariy  konseptual  jihat  bilan  bir  qatorda  keng  xalq  ommasiga  ham 

tushunarli bo„lishi uchun ibratli badiiy hikoyalar mujassam etilgan. 

Yoshlar  tarbiyasini  mustahkamlashda  ayrim  axloqiy  me‟yorlar  voqelikka 

munosabat  shakliga  ko„ra  axloqiy  tamoyil  maqomiga  ham  ko„tariladi.  Yoshlarni 

tarbiyalashda  mehnatsevarlik  muhim  ahamiyat  kasb  etib,  mehnatsevarlik  tarbiya 

jarayoni  uchun  umumiylik  xarakteriga  egadir.  Shuningdek,  mehnatsevarlik  – 

hayotning  mazmunini  ifodalovchi  muhim  axloqiy  qadriyat  sifatida  mehnat 

estetikasini  vujudga  keltiradi.  U  insonning  odamiylik  qiyofasini,  tub  mohyatini 

ifodalovchi  axloqiy  mezon  bo„lib,  faqat  mehnat  orqali  erishilgan  ne‟matgina 

insonga  rohat  bag„ishlaydi.  Mehnatsevarlik  tushunchasi  nafaqat  qadim-qadimda, 

balki  bugungi  kunda  ham  shaxs  ma‟naviy  barkamolligining  ajralmas  qismi 

sanaladi.  Mehnatsivarlikning  axloqiy  mazmuni  shundaki,  u  boqimandalik 

kayfiyatini bartaraf etilishiga ko„maklashadi. Buning uchun yurtimizda bu borada 

amalga oshirilayotgan xayrli ishlarni o„zida aks ettirgan mazmun mohiyatiga ko„ra 

halollik,  mehnatsevarlik  kabi  axloqiy  me‟yorlarni  o„zida  mujassam  etgan  san‟at 



74 

 

asarlarini yaratish maqsadga muvofiq. Bu esa barkamol shaxs qiyofasiga chizgilar 



beruvchi zamonamiz qahramonlari obrazini yuzaga keltirishda juda muhim. 

Bugungi kunda farovonlikka erishish faqatgina tinimsiz hamda halol mehnat 

orqali  amalga  oshadi.  Insonning  asosiy  axloqiy  qiyofasi  uning  har  qanday  ishni 

xushfe‟llilik bilan amalga oshirmog„ini, shirinsuxanlilik bilan muomala qilmog„ini, 

har  qanday  holatda  ham  kamtarinlik  va  bosiqlik  bilan  belgilangan  vazifani 

bajarmog„ini  taqazo  etadi.  Shunday  ekan,  ushbu  axloqiy  xatti-harakatlar 

me‟yoriylik nuqtai nazaridan g„oyat muhimdir. 

Jamiyat  ma‟naviy  qiyofasi  darajasini  belgilovchi  tarbiya  jarayoni  ma‟lum 

ma‟noda  muomala  madaniyatining  yuksakligi  bilan  ham  belgilanadi.  Zero, 

xushfe‟l,  shirinsuxan  inson  o„zining  har  bir  muvaffaqiyatsizligiga  fojia  sifatida 

qaramaydi,  alam  yoki  g„azab  bilan  yomon  kayfiyatini  boshqalarga  o„tkazishga 

intilmaydi,  atrofdagi  axloqiy  muhitni  buzmaydi.  Natijada  o„ziga  ham,  o„zgalarga 

ham ko„tarinki kayfiyat, turli-tuman omadsizliklarning o„tkinchiligini anglatuvchi 

hayotbaxsh  bir  umid  bag„ishlaydi.  Jamiyat  doimo  o„shanday  odamlarni  hurmat 

qiladi  va  ulardan  o„rnak  olishga  intiladi.  Xushfe‟llik  va  shirinso„zlik  ana  shu 

faoliyatning asosiy mezonini tashkil etadi. Bu borada axloqshunos olimlarimizdan 

B.Husanov va V.G„ulomovlar shirinso„zlikning ayrim shartlarini taxlil qilib: 

1. 


Xushtabassum bo„lish; 

2. 


So„zni obdon mushohada qilib, oxirini o„ylab, manmanlikka berilmay 

fikr qilib so„zlash; 

3. 

So„z qo„llash maqomini bilmoq;  



4. 

Shirinso„z mas‟uliyatini anglamoq; 

5. 

Shirinso„zlik  va  muloyimlikning  shartlaridan  biri  –  ovozni  pastlatib, 



mayin gapirish; 

6. 


So„z  aytishdan  avval,  har  daqiqada  so„z  ortidan  keladigan  oqibatni 

o„ylash  kerakligini  muomala  madaniyatining  muhim  shartlari  ekanligini  bayon 

qilishgan. 


75 

 

Ayni  paytda,  ayrim  odamlar  uchun  hayotiy  unsurga  aylanib  qolgan  illatlar 



ham borki, ular haqida to„xtalib o„tish maqsadga muvofiqdir. Bu borada hudbinlik 

va shuxratparastlik-ma‟naviy illatlarning dastlabki pog„onalarida turadi. 

O„z  individual  ehtiyojlarini  hamma  narsadan  yuqori  qo„yadigan  axloqiy 

sifat, illatni anglatuvchi tushunchalardir biri bu xudbinlikdir. Biror  - bir insonning 

moddiy  -  maishiy  manfaatlarining  boshqalarnikidan  ustun  qo„yilishini  bildiruvchi 

manfaatparastlikdan 

va 

o„z 


shaxsini 

mutlaqlashtirishiga 

qaratilgan 

shaxsiyatparastlikning ba‟zi unsurlaridan iborat, salbiy xatti-harakatlar majmu‟idir. 

U sharqona jo„mardlik axloqiy tamoyili va insoflilik me‟yorining aksi bo„lib, biror 

shaxs,  jamoa  yoki  jamiyat  baxti,  farovonligi  yo„lida  kishining  hatto  o„ziga  eng 

zarur bo„lgan narsalardan ham voz kechishiga tayyor turishini anglatsa, xudbinlik 

o„z manfaatlari yo„lida, hech kimni, hech bir jamoani, hech  qanday jamiyatni tan 

olmaydigan salbiy me‟yor egasining bo„rtib ko„zga tashlanadigan xususiyati.

 

 



Xudbinlikni  inson  shaxsining  o„ziga  bo„lgan  muhabbati  bilan 

chalkashtirmaslik lozim. Biz Imom G„azzoliy muxabbatning besh turi haqida so„z 

yuritib,  insonning  o„ziga,  o„zining  a‟zolariga,  salomatligiga  bo„lgan  muhabbatini 

birinchi o„rniga qo„yadi. Uningcha, bu muhabbat Alloh, ota-ona, qarindosh-urug„, 

do„st-birodar, muhtoj-ehtiyojmandlar xizmatida bo„lishga imkon yaratuvchi vosita 

hisoblanadi.

1

 

 



Xudbinlik  esa  muhabbat  hissiga  emas,  nafsga,  hirsga,  rujuga  asoslanadi, 

o„zini adolatsizlik, insofsizlik va berahmlik xislatlarida namoyon etadi. Shuni afsus 

bilan qayd etish keraki, “xudbinlik” tushunchasi bugungi jamiyatda ayrim insonlar 

faoliyatida ko„payib borsa-borayaptiki, kamaymayapti. Chunki, jamiyatda qonun-

qoidalarning  mustahkamlanib  borishi,  fuqarolarga  demokratik  imkoniyatlarni 

yaratib  berilishi  ayrim  xudbin  odamlar  uchun  qulaylik  tug„dirib,  ular  qonunning 

ruhini  -  mohiyatini  bir  chetga  surib,  uning  jumlalaridan-shaklidan  foydalanish 

orqaligina  qonun  ijrosini  ta‟minlashga  harakat  qilmoqdalar.  Bunda  milliy 

o„zligimizga  xos  bo„lgan  an‟anaviy  urf-odatlar,  axloqiy  me‟yorlar  hamda 

                                                 

1

Абу Хамид ал-Газали. Воскрешение наук о вере. -М.: “Наука”, 1987.- Б. 65 



76 

 

qadriyatlar  hukumron  davrda  xudbin  odamni  jazolanishi  -  bir  chetga  chiqarib 



qo„yilishi,  jamoadan,  mahalladan  haydalishi  mumkin  edi.  Endilikda  bunday 

munosabat  erkin  shaxs  huquqlarini  paymol  qilish,  noqonuniy  yondashuv  deb 

hisoblanadi.  Demak,  xudbinlikni  yo„qotishning  faqat  bir  yo„li  bor,  u  ham  bo„lsa 

jamiyatda  axloqiy  tarbiyani  zamonaviy  tarzda  keng  joriy  etish,  ta‟lim-tarbiya 

jarayonida yoshlarni estetik bilimlarini kompleks boyitib borish va uni amaliyotga 

keng tadbiq etish orqali amalga oshadi. 

Yoshlar  tarbiyasida  Vatanga  muhabbat,  yurtga  sadoqat  tuyg„ularini 

mustahkamlash  muhim  axloqiy  talab  hisoblanadi.  Bunda  vatanparvarlik 

tushunchasi muhim ahamiyatga ega. Ma‟lumki, vatanparvarlik  tug„ilgan tuproq, 

yashagan  makon,  dunyoga  keltirgan  ota-ona,  tarbiyalagan  ustozlar,  buyuk 

ajdodlarimiz  qoldirgan  bebaho  moddiy  va  ma‟naviy  boyligimiz,  tinchimizni 

qo„riqlagan  davlatimiz,  baxtli-saodatli  yashash  uchun    hayrixox    bo„lgan 

xalqimizni hurmatlash, qadrlash va sevish tuyg„usidir. 

Umuman  olganda,  yoshlarni  mehnatsevarlik,  vatanparvarlik  va  boshqa 

axloqiy  qadriyatlar  to„g„risidagi  qimmatli  va  ibratomuz  fikrlar,  asrlar  davomida 

kishilarni  ezgulikka,  xayrli  ishlar  qilishga,  kamtar  va  sofdil  bilim  va  ma‟rifatli 

bo„lishga  da‟vat  etib  kelgan  g„oyalar  asosida  tarbiyalash  o„zining  samarali 

natijasini  beradi.  Shuni  alohida  ta‟kidlash  zarurki,  axloqiy  me‟yorlar  biri 

ikkinchisini to„ldiradi ular bir-biri bilan o„zaro bog„lik holda rivojlanadi. Bizning 

fikrimizcha, san‟at asarlarida namoyon bo„luvchi axloqiy me‟yorlarining e‟tiborga 

loyiq  tomoni  yana  shundaki,  u  axloqiy  qadriyatlarni  ham  diniy,  ham  dunyoviy 

nuqtai  nazardan  tahlil  qiladi.  Bugungi  kunda  yosh  avlod  tarbiyasi,  ma‟naviy-

axloqiy  kamolotida, fuqarolik  jamiyatini  qaror  toptirishda  axloqiy  qadriyatlarning 

o„rni e‟tiborlidir. 

Bugungi fan - texnika rivoji, axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining 

beqiyos  darajada  taraqqiy  etishi  axborot  almashinuv  jarayonlarini  tezlashtirib 

yubordi. Ijtimoiy hayotimizga shiddat bilan kirib kelgan globallashuv o„z ortidan 

ba‟zi bir salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotganidan ham ko„z yumib bo„lmaydi. 



77 

 

Bu  borada  Prezidentimizning  "Yuksak  ma‟naviyat  –  engilmas  kuch"  kitobida 



bugungi murakkab globallashuv davrida ma‟naviyat sohasida vujudga kelayotgan 

dolzarb  muammolar,  xalqimiz,  ayniqsa,  yoshlarimiz  ma‟naviyatini  asrash  va 

yuksaltirish,  yosh  avlodning  qalbi  va  ongini  turli  zararli  g„oya  va  mafkuralar 

ta‟siridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida e‟tibor qaratilgan. Bugun 

mamlakatimiz oldida turgan eng muhim vazifalardan biri yoshlarda yetakchilik va 

tashabbuskorlik mahoratini oshirish, sog„lom fikr va sog„lom ongni shakllantirish, 

ularning  dunyoqarashini  kengaytirish,  vatanparvarlik  hissini  rivojlantirish, 

loqaydlik,  beparvolik  asoratlarini  yo„qotish,  faol  fuqarolik  pozitsiyasini 

shakllantirish,  huquqiy  demokratik  davlat  qurish,  adolatli  kuchli  fuqarolik 

jamiyatining  negizlarini barpo  etish, aholi  turmush darajasini  eng  taraqqiy  topgan 

mamlakatlar  darajasiga  ko„tarishga  ko„maklashish,  mamlakatning  jahon 

hamjamiyatida  munosib  o„rin  egallashiga  munosib  hissa  qo„shishda  faol 

ishtiroklarini ta‟minlash asosiy maqsadlarimizdan hisoblanadi. 

Shuningdek,  mamlakatni  modernizatsiya  qilish,  kuchli  fuqarolik  jamiyatini 

shakllantirish  jarayonida  yoshlarning  faolligini  oshirish,  hukumat  tomonidan 

ma‟naviy-ma‟rifiy,  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  taraqqiyot  yo„nalishlarida  olib 

borilayotgan  ishlarni,  ming  yillar  davomida  shakllangan  milliy  qadriyatlarimizni 

targ„ib  qilish,  yoshlarda  muqaddas  tariximizga  bo„lgan  muhabbat,  buyuk 

ajdodlarimizga  nisbatan  hurmat  va  ularga  munosib  avlod  bo„lish  tuyg„ularini 

rivojlantirish va yuksaltirishga alohida e‟tibor qaratishdan iborat. 

Insonning hayot tajribasi, faoliyati, bilimi, ilmi,  odob-axloqi, xatti-harakati 

bilan  o„zining  ma‟naviy  olamini  boyitib  boradi.  Inson  aqlan  va  axloqan  boyigan 

sari o„z oldiga ulug„vor vazifalarni qo„yadi va unga erishish uchun harakat qiladi. 

Inson    o„z  faoliyatini  barchasini  odatda  aql  bilan,  o„ylab  amalga  oshiradi.  Inson 

xulosalari,  rejalarining  mohiyatini  belgilashda  axloqiy  mezonlarning  o„rni  va 

ahamiyati  kattadir.  To„g„ri  yo„l  ko„rsatuvchi  aql  fazilatli  tuyg„ular  harakati  bilan 

hamohang bo„lganida axloqiy fazilat paydo bo„ladi. Aql va tuyg„ularning bunday 

hamohangligida  doimo  aql  yaxshilikka  buyuradi,  to„g„ri  va  pokiza  tuyg„ular 



78 

 

oqilona    buyruqlarga  oson  va  tez  bo„ysunaveradi.  Arastu  bu  xususda  shunday 



deydi:  “Agar  tuyg„ular  pokiza  bo„lsayu,  ularga  hukm  o„tkazayotgan  aql  yo„ldan 

ozdiruvchi bo„lsa, fazilatga o„rin qolmaydi. Chunki fazilat yaxshilikka boshlovchi 

aql  bilan  pokiza  tuyg„ulardan  kelib  chiqadi.  Shuning  uchun  agar  insonda  fazilat 

bo„lsa, uni yovuz niyatda ishlatish sira mumkin emas”.

1

 

Axloq – inson ma‟naviy kamoloti sarchashmalaridan biri bo„lib, u tufayli 



jamiyat  ravnaq  topadi,  fuqarolarning  baxt-saodat  haqidagi  orzu-umidlari 

ro„yobga  chiqadi.  U  o„zining  paydo  bo„lish  tabiatiga  ko„ra  ijtimoiy-tarixiy 

hodisa  hisoblanadi.  Odamzod  ijtimoiy  mavjudot  sifatida  shakllana  boshlagan 

kundanoq  axloq  paydo  bo„lgan.  Aniqrog„i,  odamzodning  o„zi  ular  o„rtasidagi 

axloqiy  munosabatlarning  hosilasi  sifatida  shakllana  borgan.  Odamlar 

o„rtasidagi axloqiy munosabatlar negizida jamiyatning axloqiy hayoti ijtimoiy 

borliqning  tarkibiy  qismi  sifatida  qaror  topgan.  “O„zbekiston  milliy 

ensiklopediyasi”da  esa  “Axloq  kishilarning  bir-birlariga,  oilaga,  jamiyatga 

bo„lgan  munosabatlarida  namoyon  bo„ladigan  xatti  –  harakatlari,  odoblari 

majmui”


2

,  -  degan  ta‟rif  berilgan.  insonga  xos  bo„lgan  xususiyatlarga  axloqiy 

va estetik jihatdan yondoshadigan bo„lsak, uni avvalo - aql, farosat va didning, 

tafakkur, tasavvur va xotiraning mavjud bo„lishi, fazilat, xislat va tarbiyaning 

mustahkamligi,  nafosat,  go„zallik  va  ulug„vorlikni  his  eta  bilishi  kabilar  bilan 

belgilash  mumkin.  Shu  ma‟noda  “Inson”  tushunchasida  ijtimoiy  mohiyat, 

xususan odamdagi axloqiy-ma‟naviy xususiyatlar ko„proq o„z aksini topganligi 

uchun  “insoniylik”,  “insonparvarlik”  degan  tushunchalar  alohida  axloqiy-

estetik ma‟no kasb etadi. 

“Jamiyatning axloqiy hayoti deb, kishilarning ishlab chiqarish jarayonini 

tashkil  etishda,  ularning  ijtimoiy-siyosiy  va  huquqiy  faoliyatida,  oilasida  va 

kundalik  turmushida  yuzaga  keladigan  munosabatlar-ularning  xulq-atvori, 

                                                 

1

Arastu. Poetika. Axloqi Kabir. T., Yangi asr avlodi. 160 b. 



2

O‟zbekiston  milliy insklopediyasi. 12 tomlok. – Toshkent. O‟zbekiston  milliy insklopediyasi Davlat nashryoti, 2000. T.1. -

530 b. 


79 

 

yurish-turishi,  adolat,  sadoqat,  burch,  baxt  kabi  bir  qator  tushunchalarda 



ifodalangan  munosabatlarining  majmuiga  aytiladi.  Shundan  kelib  chiqqan 

holda,  jamiyatning  ko„p  qirrali  va  murakkab  axloqiy  hayotini  aks  ettiruvchi 

“axloq” tushunchasini kategoriya sifatida ta‟riflash mumkin”

1

,- deb yozadi. 



Mustaqillik  yillarida  barkamol  avlodni  tarbiyalash  umummilliy  vazifaga 

aylandi.  Prezidentimiz  Islom  Karimovning  farzandlarimiz  bizdan  ko„ra  bilimli, 

kuchli,  dono  va  albatta,  baxtli  bo„lishi  shart,  degan  teran  ma‟noli  so„zlarida 

mamlakatimizda  yosh  avlodni  tarbiyalashga  qaratilgan  davlat  siyosatining 

mazmun-mohiyati  o„z  ifodasini  topgan.  Zero,  o„z  oldimizga  qo„ygan  buyuk 

maqsadlarga  erishishimiz,  yurt  kelajagi,  avvalo,  yoshlarimizga  bog„liqdir. 

Barkamollik  –  insonning  azaliy  va  hech  qachon  dolzarbligini  yo„qotmaydigan, 

hamisha  ustuvor  va  maftunkor  orzu,  intilishlar  manbaidir.  Bugungi  O„zbekiston 

yoshlari ana shu barkamol siymolarning vorislaridir. 

Ma‟lumki,  har  bir  oliy  ta‟lim  muassasasida  “Odob-axloq  qoidalari”  ishlab 

chiqilgan  va  amaliyotga  tadbiq  etilgan.  Bu  qoidalar  ichiga  talabaning  ta‟lim 

muassasasiga  qanday    qiyofada  kelishi,  ya‟ni  fahm-farosati,  kiyinish  tartib-

qoidalari  ham  kiritilgan.  Kiyim  tanlash  va  kiyinishda  yoshlarimiz  O„zbekiston 

sharoitiga,  oliy  ta‟lim  muassasasi  ichki  muhitiga  mos  jihatlarni  inobatga  olishsa 

foydadan xoli bo„lmaydi.

2

 



Bugungi  davrning  umumiy  obyekti  yoshlar  bo„lib,  ularning  ongli,  aqlli, 

idrokli  hatti-harakatlari,  estetik  ideallari,  yurish-turishlari,  turmush  tarzi, 

muomalasi,  axloqi,  odobi,  urf-odatlarida  estetik  immunitet  o„z  ifodasini  topadi. 

Bunday  ijtimoiy-ma‟naviy  jarayon,  o„z  navbatida,  har  bir  yosh  avlodni  millatiga, 

irqiga,  nasl-u  nasabiga,  diniga,  e‟tiqodiga  qaramasdan  shaxs  sifatida  e‟zozlash 

lozimligi  adolatli  tuzumning  bosh  mezoni  hisoblanadi.  Chunki  adolatli  ijtimoiy 

hayot  faqatgina  bir  millat  yoki  mamlakat  uchun  mansub  bo„lmasdan,  balki 

bashariyat orzu qilgan ma‟naviy ehtiyojdir.Ana shunday o„z shaxsini millat taqdiri 

                                                 

1

Muhammadiyev  N.  Ichki  ishlar  idoralari  xodimlarining  kasb  etikasi  va  estetik  madaniyati.-Toshkent:  IIB  Akademiyasi, 



1998. -6 b. 

2

I.Karimov. “Yoshlarga ishonch bildirish, ularning tashabbus va salohiyatini ro‟yobga chiqarish – bugungi kunning 



ustuvor vazifasidir”. Ma‟ruza va maqolalar to‟plami. “O‟zbekiston” nashriyoti. 2006-yil, 19-bet. 

80 

 

bilan,  millat  taqdirini  umumbashariyat  taqdiri  bilan  bog„lashga  da‟vat  etish  va 



shunday yoshlarlarni tarbiyalab, voyaga yetkazish asosiy vazifadir. 

O„zbekistonda shaxsda axloq va nafosat aqlni uyg„unlashtirish yuzasidan bir 

qancha ishlar olib borilmoqda. Shaxsning ijtimoiy mohiyati uning siyosiy saviyasi, 

ma‟naviy-axloqiy  va  estetik  qiyofasi,  madaniyati  va  takomiliga  bog„liqlikda 

namoyon  bo„lmoqda.  Jamiyatdagi  demokratik  islohotlar  shaxs  ma‟naviyati 

shakllanishida  birlamchi  rol  o„ynasa,  o„z  navbatida,  shaxsning  estetik  tarbiyasi 

jamiyat  ma‟naviyati  taraqqiyotida  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Bugungi  kunda 

jamiyatimizda  yuz  berayotgan  tub  o„zgarishlar  har  tomonlama  yetuk  barkamol 

avlodni  tarbiyalab,  uni  komil  inson  qilib  tayyorlashni  talab  etmoqda.  Zero, 

mamlakatimizda  yoshlari  intelektual  salohiyatini  oshirish,  ularning  keng 

dunyoqarash  egasi  bo„lishlari  va  milliy  o„zliklarini  to„la  anglagan  holda  yuksak 

ma‟naviyatli shaxs bo„lib voyaga etishlariga barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. 

Ayniqsa, o„quv muassasalarida bolalarni turli sport to„garaklariga va boshqa ilmiy 

faoliyat bilan shug„ullanuvchi guruhlarning  mavjudligi  yoshlarni  milliy-ma‟naviy 

me‟rosimiz namunalari bilan muntazam ravishda katta hissa qo„shadi. 


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling