O’zbekiston musulmonlari idorasi jo`ybori kalon ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
DIPLOM ISH (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning tuzilishi
- I-BOB. Sharʼiy manbalar 1.1. Shariatda ittifoq qilingan va ixtilofli manbalar
Tadqiqot manbalari: Ushbu bitiruv-malakaviy ishida hanafiy mazhabi
asosida Usulul-fiqh fani doirasida yozilgan quyidagi mashhur asarlardan birlamchi manbalar sifatida foydalanildi. Abul Barakot an-Nasafiyning (vaf. 701/1301) “Manor al-anvor”, Abdulloh ibn Mahmudning (vaf. H.y. 683 y. Bog‘dod) “al- Ixtiyor li taʼlilil-muxtor”, Ahmad ibn Abu Saidning “Kashf al-asror fi sharh al- manor”, Muhammad Amin Obidinning (1198-1252/1784-1836) “Majmuat rasoil Ibn Obidin“ (Ibn Obidinning risolalar to‘plami), Tohir ibn Ahmad al-Buxoriyning (482-542/1090-1147) “Xulosat al-fatavo” (Fatvolarning xulosalari) kabi asarlari. Zamonaviy asarlardan esa, Muhammad Kamoliddin Ahmad ar-Roshidiy qalamiga mansub “al-Misboh fi rasmil-muftiy va manohij al-ifto”, Vahbat az-Zuhayliyning “Usulul fiqh al-islomiy” asarlari, Salohiddin Muhiddinning “Usulul fiqh” (Toshkent,Adolat. 1997), Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Usulul fiqh” (Toshkent, Sharq nashriyoti. 2010), al-Qarofiyning “al-Fusul” kitobida, Abu Isʼhoq ash-Shotibiyning “al-Muvofoqot” va “al-Iʼtisam” asarlari va boshqalar. 7 ] Ahmad ibn Abu Said. Kashf ul-asror fi sharh al-manor. –Istanbul: Hanafiy matbaasi, 2008. II-juz 25B 8 Ref. : Dr. Jamal Badwi. Islamic teaching Course. Lecture No. G-23. 63 B 6 Tadqiqotning tuzilishi: Mazkur bitiruv-malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi kirish, ikki bob, har bir bobda uchtadan fasl mavjud, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 7 I-BOB. Sharʼiy manbalar 1.1. Shariatda ittifoq qilingan va ixtilofli manbalar Islom shariatida barcha Islom ulamolari qaysi mazhabga mansub bo‘lishlaridan qatʼiy nazar, insondan sodir bo‘lgan har qanday ishga, u aytgan har bir so‘zga, ular ibodat bo‘ladimi, muomila bo‘ladimi, jinoyat bo‘ladimi, jazo bo‘ladimi, oilaga taalluqli masala bo‘ladimi, ularga yarasha hukm borligiga ittifoq qilganlar. Islom olimlarining aytishlaricha, insonlarning qilgan ishlarining hukmi asosan to‘rt manbadan chiqariladi. Ular Qurʼon, Sunnat, Ijmoʼ, Qiyosdir. 9 Ushbu to‘rt manbaning sharʼiy manba sifatida hujjat ekanligiga hamda darajalari ham shu tartibga ko‘ra ekanligiga hamma olimlar ittifoq qilganlar. 10 Bular “Usulul-ahkom”, yaʼni, hukmlarning asli, asosi deb ham aytiladi. 11 Masalan, mujtahiddan biror ishning sharʼiy hukmi so‘ralsa, u avval Qurʼoni-karimdan javob izlaydi, javob topsa unga binoan hukm qiladi. Agar topmasa, sunnatga murojat qiladi, javobi topilsa sunnatga suyangan holda hukm chiqaradi. Agar undan ham topilmasa, so‘ralgan ish hukmiga Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) vafotlaridan so‘ng mujtahidlar aynan o‘sha so‘ralgan ish yuzasidan yakdil fikrga kelgan bo‘lsalar shunga ko‘ra javob beradi. 12 Agar bunday ijmoʼ mavjud bo‘lmasa, mujtahid u ishning sharʼiy hukmini chiqarish uchun qiyos yo‘li bilan mazkur ishga o‘xshash ishlar yuzasidan shariatga berilgan javoblarga ilmiy asosda yondashib, har tomonlama mulohaza qilib taqqoslab, o‘zining bor ilmini sarflab javob beradi. 13 9 Salohiddin Muhiddin. Usulul fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997. B. 12. 10 Vahbat az-Zuhayliy.Usulul fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul-fikr, 2008. II-juz. B. 36 11 O‘sha asar. B. 14 12 Payg‘ambar (s.a.v.)ning hayotliklarida ijmo bo‘lmaydi, chunki u zotning o‘zlari har bir savolga javob berardilar. 13 Nodir Nabijon o‘g‘li. Usulul fiqh haqida saboqlar. –Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa birlashmasi, 2008. B. 10. 8 Mazkur to‘rt asosiy manbaning haqqoniyligiga hamda shu tartibda kelishiga Qurʼon oyati dalildir. 14 Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling