O’zbekiston musulmonlari idorasi jo`ybori kalon ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
DIPLOM ISH (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning o‘rganilganlik darajasi
3 ميحرلا نمحرلا الله مسب Kirish Allohga hamdu sanolar va payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga, ashoblariga va oilalariga durudu salomlar bo‘lsin. Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, fanning barcha sohalarida, jumladan madaniy va milliy merosimizning asosi bo‘lmish Islom dinini asl manbalar asosida o‘rganish va uni xolis tahlil qilish huquqiga ega bo‘ldik. Bugungi kunda islom dinini asl manbalar asosida o‘rganib, uni xolis tahlil qilish muhimdir. Hammamizga maʼlumki, Islom dinining asl mohiyatini kengroq tushunishda, fiqhiy qonun-qoidalarning o‘zagini anglashda, hamda o‘tmishdagi mujtahidlarning ijtihod asosida chiqargan sharʼiy hukmlarining asl sabablarini to‘g‘ri anglab yetishda “Usulul-fiqh” fanining o‘rni beqiyosdir. Maʼlumki, hanafiy mazhabi boshqa mazhablardan farqli o‘laroq “Usulul-fiqh” fanining ikkinchi darajali manbalaridan hisoblangan urfni hukm olinadigan sharʼiy manbalardan biri sifatida eʼtirof etadi. Markaziy Osiyo mintaqasida istiqomat qiladigan musulmonlar ko‘pchiligi hanafiy mazhabiga mansubdirlar. Ikkinchi tarafdan esa, dinimiz va urf-odatlarimiz o‘rtasidagi uyg‘unlikni o‘rganish juda dolzarb mavzulardan biridir. Yuqorida zikr qilingan fikrlardan kelib chiqqan holda, biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda, “Urf sharʼiy manba sifatida” nomli mavzusini tanladik. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Yurtimiz mustaqillikka erishgach qayta tiklangan bir qancha milliy va diniy qadriyatlarimiz qatorida “Usulul-fiqh” faniga oid bir qancha kitoblar o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Jumladan, misrlik olim Abdulvahhob Hallofning “Usulul-fiqh” nomli asari Imom Buxoriy nomli Toshkent Islom instituti mudarrisi marhum Salohiddin Muhiddinov tamonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. 1 [ Nizomiddin ash-Shoshiyning “Kitob al-Xamsin” 1 Salohiddin Muhiddin. Usulul fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997 4 nomli asari Abduvohid Muhammadazim o‘g‘li tomonidan magistrlik dissertatsiyasi doirasida tadqiq etildi. 2 Nodir Nabijon o‘g‘li tamonidan Abulbarakot an-Nasafiyning “Manorul-anvor“ asariga sharh yozildi. 3 Ushbu o‘zbek tilidagi tarjima va sharhlarni o‘rganib chiqib shunday xulosaga kelindiki, mazkur manbalarda “Usulul-fiqh” faniga oid bo‘lgan qonun-qoidalar, hukmlar bayon qilingan bo‘lib, unda urf mavzusiga qisqacha to‘xtab o‘tilgan. Islom huquqshunosligida, xususan, “Usulul-fiqh” fanida urf masalasi sharq va g‘arb olimlari, islomshunoslari va tadqiqotchilari tomonidan ham alohida qiziqish bilan o‘rganilgan. Jumladan, mashhur hanafiy olimlaridan Ibni Obidin urfga bag‘ishlab alohida risola yozgan. 4 Unda urfning taʼrifi va turlarining bayonidan so‘ng, urfga asoslanib chiqarilgan fatvolardan baʼzilarini alohida bir faslda keltirgan. Vahbatu az-Zuhayliy “Usulul-fiqh” 5 nomli “Usulul-fiqh” ga oid asarida urf haqida bir qancha maʼlumotlarni keltiradi. Lekin bu asarda sahih urf va fosid urflar barcha jihatidan shariatga to‘g‘ri kelishi yoki to‘g‘ri kelmasligi haqida tahliliy maʼlumotlar keltirilmagan. Muhammad Kamoliddin Ahmad ar-Roshidiy “al-Misboh fi rasmil-muftiy va manohij al-ifto” 6 (Muftiyning fatvo chiqarishda urf-odatga bo‘lgan munosabati) nomli asarida urf va unga tegishli bo‘lgan barcha masalalarni batafsil bayon qilgan. 2 Nizomiddin ash-Shoshiyning Kitob al-xamsiyn asari. Abduvohid Muhammadazim o‘g‘li tomonidan magistrlik dissertatsiyasi doirasida tadqiq etilgan tarjima. TOSHDSHI: 2008.34 B 3 Nodir Nabijon o‘g‘li.Usulul-fiqh haqida saboqlar. –Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi, 2008.65 B 4 Muhammad Amin Obidin. Majmuat Rasailu ibn Obidin. -Damashq: Usmoniya matbaasi, 1919 43B 5 Vahbat az-Zuhayliy. Usulul fiqh al-islamiy. -Damashq: Darul- fikr, II-juz. 2008 6 Muhammad Kamoliddin Ahmad ar-Roshidiy. al-Misboh fi rasm al-muftiy va manohij al-ifto. –Devband: Ahmad ibn Abu Said “Kashful-asror fi sharh al-manor”78 B 5 Ahmad ibn Abu Said ‘’Kashoful –asror fi sharh al-manor’’ asarida urf haqida bir qancha ma’lumotlar keltiradi. 7 G‘arb islomshunoslaridan esa, Jamol Badaviy urf haqida yozgan maqolasida 8 boshqa tadqiqodchilardan farqli o‘laroq urfni uch turga bo‘lgan. 1) Ijobiy urf. 2) Betaraf urf. 3) Salbiy urf. Urf masalasi garchi ko‘pchilik musulmon va G‘arb olimlari va tadqiqotchilarini qiziqtirib kelgan bo‘lsa-da, unga bag‘ishlangan alohida ishlar soni ancha kam. Bu esa, mavzu yetarlicha o‘rganilgan, degan xulosa chiqarishga halal beradi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling