O’zbekiston musulmonlari idorasi jo`ybori kalon ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/21
Sana30.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1416965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
DIPLOM ISH (1)

 اوُنَمَآ َنيِذَّلا اَهُّيَأ اَي
 أمُكَّلَعَل ُهوُبِنَتأجاَف ِناَطأيَّشلا ِلَمَع أنِم ٌسأج ِر ُم َلَ أزَ ألْا َو ُباَصأنَ ألْا َو ُرِسأيَمألا َو ُرأمَخألا اَمَّنِإ


 

34

نوُحِلأفُت

“Ey, iymon keltirganlar, albatta, may (mast qiluvchi ichimliklar), qimor, but-


sanamlar va (fol ochadigan) cho‘plar shaytonning ishidan iborat ifloslikdirki,
undan chetlaningiz, shoyad (shunda) najot topsangiz”.
35
Shunga binoan mast qilish xususiyati bo‘lgan har bir narsa, u qanday 
bo‘lmasin uning hukmi ham harom bo‘ladi.
36
Biz yuqorida barcha mazhablar tomonidan qabul qilingan to‘rt manbalar 
haqida qisqacha bayon qildik. Quyida esa mazhablar o‘rtasida ixtilofli bo‘lgan 
islom huquqining ikkinchi darajali manbaalari haqida bayon qilamiz. 
Usulul-fiqh kitoblarida islom huquqining ikkinchi darajali manbalarini 
turlicha tartiblaydilar. Baʼzi manbalarda istehsonni beshinchi manba sifatida 
keltirilsa, baʼzilarida esa, Islom huquqining birinchi manbasi sifatida keltirilgan. 
Bu manbalarning eng qadimiy va mashhurlarida istehsonni birinchi manba sifatida 
keltirilgan. 
Birinchi manba Istehson: Istehsonning lug‘aviy maʼnosi “bir narsani yaxshi deb 
hisoblash” maʼnosidadir. Usul-fiqh istilohida esa mujtahidning ochiq, ravshan 
qiyosdan maxfiy qiyosga, kulliy hukmdan juzʼiy hukmga o‘tishidir. Bunday 
o‘tishga uning ijtihodi sabab bo‘lgan.
37
Istehsonning istilohiy taʼrifidan ko‘rinib turibdiki, u ikki turga bo‘linadi. 
1. Maxfiy qiyosni ochiq qiyosdan ustun qo‘yish. 
34
Moida surasi. 90-oyat. 
35
Abdulaziz Mansur. Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. B. 123. 
36
Vahbat az-Zuhayliy.Usulul fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul-fikr, 2008. I-juz. B. 575. 
37
Abul Barakot an-Nasafiy. Manor al-anvor. –Istanbul: Hanafiya matbasi. B. 164. 


14 
2. Dalilga asoslanib kulliy hukmdan juzʼiy hukmga o‘tish.
38
Birinchi turiga misollar: 
1. Agar sotuvchi bilan oluvchi sotilgan narsani hali oluvchi qo‘liga olmasdan 
avval uning puli to‘g‘risida tortishib qolsalar, yaʼni sotuvchi “yuz so‘mga sotdim” 
deb daʼvo qilsa, oluvchi esa “Yo‘q, to‘qson so‘mga sotgansan“ deb aytsa, hanafiy 
ulamolari istehsonga ko‘ra har ikkalasi ham qasam ichadi, deydilar. Qiyos esa 
sotuvchi qasam ichmasligini taqozo qiladi. Chunki sotuvchi o‘n so‘m ortig‘ini 
daʼvo qilmoqda, oluvchi esa o‘sha o‘n so‘mni inkor qilmoqda . 
Shariatdagi qoida esa: 
و ىعدا نم ىلع ةنيبلا
ركنا نم ىلع نيميلا
:
“Daʼvo qilgan kishi, daʼvosiga hujjat keltirishi lozim, uni inkor qilgan kishi esa, 
qasam ichishi kerak”. 
Ochiq qiyos mazkur masalani daʼvogar va inkor qiluvchi o‘rtasidagi voqeani 
taqqoslab, daʼvogar hujjat keltirishini, inkor qiluvchi esa qasam ichishini taqozo 
etadi. Maxfiy qiyos esa mazkur masalani hal qilishda sotuvchi va oluvchining har 
biri bir vaqtning o‘zida ham daʼvogar, ham inkor qiluvchi bo‘lishini taqozo etadi. 
Bu maxfiy qiyosni mujtahid o‘z nazdida yaxshi deb hisoblab, har ikkalasi ham 
qasam ichadi deydi. 
2. Burgut, lochin, qarg‘a, kalxat kabi yirtqich qushlarning tumshug‘i tekkan narsa 
hanafiy faqihlarning nazdida istehson yo‘liga ko‘ra toza, qiyosda esa najas – 
haromdir.
39
Qiyosga ko‘ra go‘shti harom bo‘lgan sher, bo‘ri, tulki kabi yirtqich hayvonlarning 
oldidan qolgani haromdir. 
Istehsonga ko‘ra; yirtqich qushlarning go‘shtlari harom bo‘lsa ham, biroq 
ularning paydo bo‘ladigan so‘laklari oldidan qolgan sarqitiga aralashmaydi. 
Chunki qushlar suvni tumshuqlari ila ichadilar. Tumshuqlari esa toza suyak. 
38
Vahbat az-Zuhayliy.Usulul -fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul-fikr, 2008. II-juz. B. 21. 
39
Abul Barakot an-Nasafiy. Manor al-anvor. –Istanbul: Hanafiya matbasi, B. 167. 


15 
Ammo vahshiy hayvonlar suvni tillari bilan ichadilar. Tillari esa so‘lagi bilan 
aralashgan bo‘ladi. Shuning uchun ularning og‘zi tekkan suv haromdir.
40
Mujtahid maxfiy qiyosni hukmiga muvofiq deb bilganligi uchun ochiq 
qiyosni tashlab, maxfiy qiyos ila hukm qiladi. Mana shunday ochiq qiyosdan 
maxfiy qiyosga o‘tishlik istehsondir. 
Ikkinchi turiga misol: Kishini o‘zi ega bo‘lmagan narsani sotishdan yoki 
sotishga ahdlashishdan shariat qaytargan, lekin istehson tariqasida 
hunarmandchilik, zargarlik, tikuvchilik, ijara masalasi, dehqonchilik ishlariga 
ruxsat berilgan, chunki yuqorida aytilganlarning hammasi mavjud bo‘lmagan 
narsaga ahdlashishdir. Istehsonning vazifasi kishilar hojatini chiqarish va ularning 
urf-odatlarini eʼtiborga olishdir. 
Mazkur misollarda mujtahid kulliy hukmni qo‘yib, juzʼiy hukmga o‘tganligi 
maʼlum bo‘ldi.
41
Istehsonning hujjatligi: Istehsonga asoslanib hukm chiqaruvchilar asosan 
hanafiy mazhabi ulamolaridir.
42
Ular istehsonni sharʼiy dalilligiga hujjat sifatida 
quyidagi oyat va hadisni keltiradilar. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling