O’zbekiston musulmonlari idorasi jo`ybori kalon ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/21
Sana30.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1416965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
DIPLOM ISH (1)

23
ُهَلاَّن
ِإ َو َرأكِ ذلا اَنألَّزَن ُنأحَن اَّنِإ َنوُظِفاَحَل
“Biz bu Qurʼonni nozil qildik va biz uni o‘zimiz saqlaguvchimiz“
24
Ikkinchi manba sunnatdir:Sunnat lafzi lug‘atda yo‘l maʼnosini bildiradi. U yo‘l xoh 
yaxshi bo‘lsin, xoh yomon bo‘lsin uni sunnat deyiladi. Chunki rasululloh 
(sollallohu alayhi vasallam) dan shunday hadis rivoyat qilingan.
سح ةنس نس نم
رزو و اهرزو هيلعف ةئيس ةنس نس نم و ةمايقلا موي ىلا اهب لمع نم رجاو اهرجا هلف ةن
25
ةمايقلا موي ىلا اهب لمع نم
“Kimki biror yaxshi yo‘lga birinchi bo‘lib boshlasa, uning savobi o‘sha boshlagan 
kishigadir. Aynan shu yo‘lga undan so‘ng to qiyomatgacha kim yursa, yurgan 
kishiga qancha savob bo‘lsa, shu barobarida birinchi boshlagan kishiga ham savobi 
20
O‘sha manba. B. 15 
21
Ahmad ibn Abu Said. Kashf al-asror fi sharhil manor. –Istanbul: Hanafiya matbasi., 2008. II-juz. B.11. 
22
Abul Barakot an-Nasafiy. Manor al-anvor. –Istanbul: Hanafiya matbasi. B.11 
23
Hijr surasi 9- oyat.
24
Abdulaziz Mansur. Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. B. 262. 
25
Vahbat az-Zuhayliy.Usulul fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul-fikr, 2008. I-juz. B. 431 


11 
yetib turadi. Va kimki bir yomon ishni paydo qilsa va bu yomonlikning gunohi 
birinchi paydo qilgan kishiga bo‘ladi” 
Sunnatning istilohiy maʼnosi esa Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam)ning 
aytgan so‘zlari, qilgan ishlari hamda taqrirlaridir.
26
Yuqoridagi sunnatning istilohiy taʼrifdan ko‘rinib turibdiki u uch xildir. 
1.Qovliy sunnat – aytilgan so‘z. 
2.Feʼliy sunnat – qilingan ish 
3.Taqririy sunnat – Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) eʼtiroziga 
uchramagan so‘z yoki ish.
27
Qavliy sunnatga misol:تاينلاب ل امعلأا امنا:
Darhaqiqat, barcha ishlar niyatga yarasha bo‘lg‘usidir.
28
Bunga o‘xshash qavliy 
misollar juda ham ko‘pdir. 
Feʼliy sunnatga misol.جحلا رئاعش ءادأو سمخلا تاولصلا ءادأ:
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) besh vaqt namozni hamda hajni hamma 
arkonlari ila ado etganlari kabilardir.
29
Taqririy sunnatga misol. Rivoyatga ko‘ra, ikki sahoba safarga chiqadilar. Yo‘lda 
namoz vaqti bo‘lib qoladi. Lekin tahorat qilishga suv yo‘q edi. Shunda har 
ikkalalari tayammum qilib namozni ado etadilar. So‘ng suvga muyassar bo‘ladilar. 
Shunda ulardan biri suv ila tahorat qilib namozni qaytadan o‘qiydi. Ammo 
ikkinchilari esa qayta o‘qimaydi. Bo‘lgan voqeani qaytib kelib Payg‘ambar 
(sollallohu alayhi vasallam)ga aytib berganlarida, har ikkalalarining ham qilgan 
ishlarini to‘g‘ri deb tasdiqlaydilar.
30
Qaytarib o‘qimagan sahobaga aytdilar-ki: 
26
Taqrir deb, Payg‘ambar (a.s.)ning eʼtiroziga uchramagan gap yoki ishga aytiladi 
27
Vahbat az-Zuhayliy.Usulul fiqh al-Islamiy. –Damashq: Darul-fikr, 2008. I-juz. B. 432 
28
Arabchadan tarjima. Zokirjon Ismoil. Hadis al-jomeʼ as-sahih. –Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1991. B. 7. 
29
Ahmad ibn Abu Said. Kashful-asror fi sharhil manor. –Istanbul: Hanafiya matbasi, 2008. II-juz. B. 25. 
30
Salohiddin Muhiddin. Usulul fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997. B. 36. 


12 
“Sen sunnatga muvofiq ish qilibsan, namozing qabuldir. “Qaytarib o‘qigan 
sahobaga esa “Senga ikki barobar savob bo‘lur” dedilar.” Shu kabi misollarni 
ko‘plab keltirish mumkin.
Uchinchi manba ijmoʼ: Ijmoʼning lug‘aviy maʼnosi “qasd qilmoq”, “yakdillik”, 
“birdamlik”, “hamjihatlilik” degan maʼnolarni anglatadi.
31
Usul ulamolarining istilohida esa ijmoʼning taʼrifi quyidagicha: Musulmonlardan 
bo‘lgan mujtahidlarning Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) vafotlaridan 
so‘ng bir davrda sharʼiy hukmga qilgan ittifoqlariga ijmoʼ deyiladi. 
Ijmoʼning istilohiy taʼrifidan ko‘rinib turibdiki, uning to‘rtta sharti mavjuddir: 
1. Ijmoʼ aʼzolari mujtahidlardan bo‘lishi. 
2. Ular musulmonlardan bo‘lishi. 
3. Ijmoʼ Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) vafotlaridan so‘ng bo‘lishi. 
4. Ijmoʼ qilinadigan masala sharʼiy masala bo‘lishi.
32
To‘rtinchi manba Qiyos: Qiyos-lug‘atda ikki xil maʼnoda ishlatiladi: 
1. Bir narsani o‘ziga o‘xshash ikkinchi narsa bilan solishtirish. 
2. Bir narsani o‘ziga o‘xshash ikkinchi narsaga tenglashtirishdir. 
Usul ulamolari qiyosni istilohiy maʼnosini quyidagicha taʼriflaydilar. 
Hukmiga sharʼiy dalil kelmagan ishni, hukmiga sharʼiy dalil kelgan ishga, har 
ikkala ish hukm illatida yaʼni (sababida) bir xil bo‘lganligi uchun tobeʼ 
qildirishdir.
33
Masalan: Hamr ichish hukmiga dalil kelgan voqea. Hukmi ushbu 
oyat ila harom bo‘lgan. 
31
An Naʼim Arabcha-O‘zbekcha luhat. –Toshkent: Abdulla Qodiriy nashriyoti., 2003 
32
Salohiddin Muhiddin. Usulul fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997. B. 36.
33
Vahbat az-Zuhayliy.Usulul fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul-fikr, 2008. I-juz. B. 574 


13 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling