O’zbekiston musulmonlari idorasi jo`ybori kalon ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana30.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1416965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
DIPLOM ISH (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



ميحرلا نمحرلا الله مسب 
Kirish
Allohga hamdu sanolar va payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi 
vasallamga, ashoblariga va oilalariga durudu salomlar bo‘lsin. 
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, fanning barcha 
sohalarida, jumladan madaniy va milliy merosimizning asosi bo‘lmish Islom dinini 
asl manbalar asosida o‘rganish va uni xolis tahlil qilish huquqiga ega bo‘ldik. 
Bugungi kunda islom dinini asl manbalar asosida o‘rganib, uni xolis tahlil qilish 
muhimdir. Hammamizga maʼlumki, Islom dinining asl mohiyatini kengroq 
tushunishda, fiqhiy qonun-qoidalarning o‘zagini anglashda, hamda o‘tmishdagi 
mujtahidlarning ijtihod asosida chiqargan sharʼiy hukmlarining asl sabablarini 
to‘g‘ri anglab yetishda “Usulul-fiqh” fanining o‘rni beqiyosdir. 
Maʼlumki, hanafiy mazhabi boshqa mazhablardan farqli o‘laroq “Usulul-fiqh”
fanining ikkinchi darajali manbalaridan hisoblangan urfni hukm olinadigan sharʼiy 
manbalardan biri sifatida eʼtirof etadi. Markaziy Osiyo mintaqasida istiqomat 
qiladigan musulmonlar ko‘pchiligi hanafiy mazhabiga mansubdirlar. Ikkinchi 
tarafdan esa, dinimiz va urf-odatlarimiz o‘rtasidagi uyg‘unlikni o‘rganish juda 
dolzarb mavzulardan biridir. Yuqorida zikr qilingan fikrlardan kelib chiqqan holda, 
biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda, “Urf sharʼiy manba sifatida” nomli 
mavzusini tanladik. 
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Yurtimiz mustaqillikka erishgach qayta 
tiklangan bir qancha milliy va diniy qadriyatlarimiz qatorida “Usulul-fiqh” faniga 
oid bir qancha kitoblar o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Jumladan, misrlik olim 
Abdulvahhob Hallofning 
“Usulul-fiqh” nomli asari Imom Buxoriy nomli Toshkent Islom 
instituti mudarrisi marhum Salohiddin Muhiddinov tamonidan o‘zbek 
tiliga tarjima qilindi.
1
[ Nizomiddin ash-Shoshiyning “Kitob al-Xamsin”
1
Salohiddin Muhiddin. Usulul fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997



nomli 
asari 
Abduvohid 
Muhammadazim 
o‘g‘li 
tomonidan 
magistrlik 
dissertatsiyasi doirasida tadqiq etildi.
2
Nodir 
Nabijon 
o‘g‘li 
tamonidan 
Abulbarakot 
an-Nasafiyning 
“Manorul-anvor“ asariga sharh yozildi.
3
Ushbu o‘zbek tilidagi tarjima va 
sharhlarni o‘rganib chiqib shunday xulosaga kelindiki, mazkur manbalarda 
“Usulul-fiqh” faniga oid bo‘lgan qonun-qoidalar, hukmlar bayon qilingan 
bo‘lib, 
unda 
urf 
mavzusiga 
qisqacha 
to‘xtab 
o‘tilgan. 
Islom 
huquqshunosligida, xususan, “Usulul-fiqh” fanida urf masalasi sharq va 
g‘arb olimlari, islomshunoslari va tadqiqotchilari tomonidan ham alohida 
qiziqish bilan o‘rganilgan. Jumladan, mashhur hanafiy olimlaridan Ibni 
Obidin urfga bag‘ishlab alohida risola yozgan.
4
Unda urfning taʼrifi va 
turlarining bayonidan so‘ng, urfga asoslanib chiqarilgan fatvolardan 
baʼzilarini alohida bir faslda keltirgan. 
Vahbatu 
az-Zuhayliy 
“Usulul-fiqh”
5
nomli “Usulul-fiqh” ga oid 
asarida urf haqida bir qancha maʼlumotlarni keltiradi. Lekin bu asarda 
sahih urf va fosid urflar barcha jihatidan shariatga to‘g‘ri kelishi yoki 
to‘g‘ri kelmasligi haqida tahliliy maʼlumotlar keltirilmagan. Muhammad 
Kamoliddin Ahmad ar-Roshidiy “al-Misboh fi rasmil-muftiy va manohij 
al-ifto”
6
(Muftiyning fatvo chiqarishda urf-odatga bo‘lgan munosabati) 
nomli asarida urf va unga tegishli bo‘lgan barcha masalalarni batafsil 
bayon qilgan.
2
Nizomiddin ash-Shoshiyning Kitob al-xamsiyn asari. Abduvohid Muhammadazim o‘g‘li tomonidan magistrlik 
dissertatsiyasi doirasida tadqiq etilgan tarjima. TOSHDSHI: 2008.34 B 
3
Nodir Nabijon o‘g‘li.Usulul-fiqh haqida saboqlar. –Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa 
birlashmasi, 2008.65 B 
4
Muhammad Amin Obidin. Majmuat Rasailu ibn Obidin. -Damashq: Usmoniya matbaasi, 1919 43B 
5
Vahbat az-Zuhayliy. Usulul fiqh al-islamiy. -Damashq: Darul- fikr, II-juz. 2008 
6
Muhammad Kamoliddin Ahmad ar-Roshidiy. al-Misboh fi rasm al-muftiy va manohij al-ifto. –Devband: Ahmad 
ibn Abu Said “Kashful-asror fi sharh al-manor”78 B 



Ahmad ibn Abu Said ‘’Kashoful –asror fi sharh al-manor’’ asarida
urf haqida bir qancha ma’lumotlar keltiradi.
7
G‘arb islomshunoslaridan esa, Jamol Badaviy urf haqida yozgan maqolasida
8
boshqa tadqiqodchilardan farqli o‘laroq urfni uch turga bo‘lgan. 1) Ijobiy urf. 2) 
Betaraf urf. 3) Salbiy urf. 
Urf masalasi garchi ko‘pchilik musulmon va G‘arb olimlari va 
tadqiqotchilarini qiziqtirib kelgan bo‘lsa-da, unga bag‘ishlangan alohida ishlar soni 
ancha kam. Bu esa, mavzu yetarlicha o‘rganilgan, degan xulosa chiqarishga halal 
beradi. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling