O’zbekiston musulmonlari idorasi jo`ybori kalon ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi
ُكِ بَر أنِم أمُكأيَلِإ َل ِزأنُأ اَم َنَسأحَأ اوُعِبَّتا َو
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
DIPLOM ISH (1)
ُكِ بَر أنِم أمُكأيَلِإ َل ِزأنُأ اَم َنَسأحَأ اوُعِبَّتا َو
43 “Robbingiz sizlarga nozil qilgan eng yaxshi narsaga (Qurʼonga) ergashinglar”. 44 Va Ibn Masʼuddan rivoyat qilingan hadis : نسح الله َدنع وهف ًانسح نوملسملا هآر ام: “Musulmonlarning ko‘pchiligi nimani yaxshi deb bilsalar, u Alloh huzurida ham yaxshidir”. 45 40 Ahmad ibn Abu Said. Kashf al-asror fi sharhil manor. –Istanbul: Hanafiya matbasi, 2008. II-juz. B. 57. 41 Muhammad ibn Abduhalim. Qomar al-aqmor sharhil-manor. –Istanbul: Hanafiy matbaasi, II-juz. B. 168. 42 Vahbat az-Zuhayliy.Usulul fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul-fikr, 2008. II-juz. B. 17. 43 Zumar surasi. 55-oyat. 44 Abdulaziz Mansur. Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. B. 464. 45 ] Salohiddin Muhiddin. Usulul fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997. B. 102. 16 Istehsonga eʼtiroz bildiruvchilar: Baʼzi ulamolar sharʼiy hukmlar chiqarishda istehsonni dalil qilish kishi hohishiga qarab hukm chiqarishdir, deb istehsonni inkor etganlar. Bunday mujtahidlarga Imom Shofeʼiy (rohimahulloh), moʻtaziliylar, shialar, zohiriylar kiradi. Imom Shofeʼiy (rohimahulloh) o‘zining “al-Umm” nomli kitobida istehson uchun alohida bir fasl ajratgan. 46 Bu faslda istehsonni botilligi haqida gap boradi. U kishidan: عرش دقف نسحتسا نم “Kim istehsonga muvofiq hukm chiqarsa, u o‘zidan yangi shariat to‘qib chiqaribdi” degani rivoyat qilinadi. Imom Shofeʼiy (rohimahulloh) bundan tashqari “al-Usul” nomli risolasida “Kimki istehsonga asosan hukm chiqarsa, go‘yo bir tomonga qarab namoz o‘qib, o‘sha tomonni Kaʼba deb istehson qilgan bo‘ladi“ deb aytganlar. Yana shu kitobda: “Kimki istehson ila hukm qilsa, u hohish istagiga bo‘yin so‘nibdi” deganlar. 47 Ikkinchi manba – al-Maslahatul al-mursala: Maslahatul-mursala, lug‘atda qayddan xoli bo‘lgan, hech bir narsaga bog‘lanmagan manfaatli narsalar degan maʼnoda ishlatiladi. 48 Usul ulamolari istilohida esa, bu shunday bir maslahatki, shariat ham unga muvofiq hukm ham joriy qilmagan, biror sharʼiy dalil kelib uni eʼtiborga olingani ham, eʼtiborga olishni bekor qilingani ham isbotlanmagan. Shuning uchun uning bir nomi, ( ( ةحلصملا ةقلطملا yaʼni: eʼtiborga olingan dalildan ham, eʼtiborga olish bekor qilingan dalildan ham holi maslahatdir. 49 Masalan: pul chiqarish, qamoqxona tashkil etish, fath qilingan yerlarni egalariga qoldirib, unga hiroj to‘lashni joriy qilish kabi hukmlarni sahobalar maslahatiga ko‘ra joriy qilganlar. Bunday hukmlarni chiqarishga kishilarni ehtiyoji yoki sharoitni yaxshilash sabab bo‘lgan. Chunki shariat bularga muvofiq hukm 46 Vahbat az-Zuhayliy.Usulul fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul-fikr, 2008. II-juz. B. 29. 47 Salohiddin Muhiddin. Usulul-fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997. B. 103. 48 O‘sha manba, 1997. B. 104 49 Vahbat az-Zuhayliy.Usulul -fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul-fikr, 2008. II -juz. B. 37. 17 chiqarmagan, eʼtiborga olganligiga yoki eʼtiborga olishni bekor qilganligiga ham sharʼiy dalil mavjud emas. 50 Maslahatul mursalani hujjatligiga dalil. Ulamolar maslahatul mursala sharʼiy hujjatdir, unga muvofiq hukmlar chiqariladi, deganlar. 51 [4] Bir voqea sodir bo‘lsa uning hukmiga nassda, ijmoda, qiyosda yoki istehsonda dalil bo‘lmasa, maslahatul mursala taqozosiga qarab hukm chiqariladi. Maslahatga binoan hukm chiqarishda, u maslahatni shariat eʼtiborga olganligiga dalil lozim deb to‘xtab turilmaydi. Bu aytilgan fikrga ikkita dalil keltirilgan. 52 1. Kishilar maslahatlarining nihoyasi yo‘q, u doim yangilanib turuvchidir. Agar kishilar taraqqiyoti taqozosiga asosan, yangilanib turuvchi maslahatlariga hukmlar chiqarilmay, faqat shariat eʼtiborga olgan maslahatlar bilan kifoyalansa, turli davr va makonlarda kishilarning ko‘pgina maslahatlari hukmsiz to‘xtab qolishiga to‘g‘ri keladi. Natijada shariat kishilar taraqqiyoti va maslahatlari bilan yonma-yon yurmay orqada qoladi. 2. Sahobalar, tobeʼinlar, mujtahidlar joriy qilgan hukmlarni chuqur mulohaza qilib ko‘rilsa, shariat eʼtiborga olgan dalildan xoli bo‘lgan mutlaq maslahatni ro‘yobga chiqarish uchun bir qancha hukmlar joriy qilganliklari maʼlum bo‘ladi. Masalan; Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu) tarqoq holda bo‘lgan Qurʼon sahifalarini kitob shakliga keltirib to‘plaganlar; zakot berishdan bosh tortganlarga qarshi kurashganlar; o‘zlaridan so‘ng Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu)ni xalifa etib tayinlaganlar. 53 Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu) esa, bir lafz bilan aytilgan uch taloqni uch taloqqa hukm qilganlar; zakotdan “muallafatul-qulb”ga tegadigan ulushni bekor qilganlar; yerga xiroj solig‘ini jorʼiy qilganlar; Islom mamlakatini daromad va harajatlarini hisob-kitob qiladigan alohida devon tuzganlar; qamoqxona tashkil 50 O‘sha manba. B. 36. 51 O‘sha manba. B. 39. 52 Salohiddin Muhiddin. Usulul-fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997. B. 106. 53 Ahmad Muhammad. Sahobalar sayyidi Abu Bakr Siddiq. –Toshkent: Movarounnahr, 2005. B. 62,68,75. 18 qilganlar; ocharchilik paytida qorniga yarasha taom o‘g‘irlab yegan kishiga had urishni vaqtincha bekor qilganlar. 54 Usmon (roziyallohu anhu) musulmonlarni bir Qurʼonga to‘plaganlar; o‘sha nusxani tarqatib, qolganlarini yoqib yuborishga buyurganlar; bir kishi o‘z xotinini merosdan mahrum qilish niyatida o‘limi oldidan xotinini taloq qilsa u xotin meros olishi lozim deb fatvo berganlar. 55 Maslahatul mursalani hujjat degan ulamolar unga binoan hukm chiqarishda ehtiyot chorasini ko‘rganlar. Har kim o‘z hohishi va istagiga muvofiq hukm chiqarib olishi mumkin bo‘lgan barcha jihatlarni berkitib, u asosida hukm chiqarishda uchta shart qo‘yganlar. 56 1.Maslahat haqiqiy bo‘lishi shart. Yaʼni, unga binoan hukm chiqarilganda kishilarga biron foyda keltirishi yoki ulardan biror zararni daf qilishi lozim. 2.Maslahat umumiy bo‘lishi shart. Yaʼni, bir toifa kishilar manfaatidan yoki maʼlum bir kishilar manfaatini ko‘zlab, maslahat deb hukm chiqarish mumkin emas. 3.Maslahatga binoan chiqarilgan hukm, nass (yaʼni Qurʼon va hadis) yoki ijmoʼ orqali sobit bo‘lgan hukmga, umumiy shariat taʼlimotiga zid kelmasligi kerak. Baʼzi ulamolar maslahatul mursalaga asosan hukm chiqarish mumkin emas, chunki uni eʼtiborga olinganiga ham, olish bekor qilinganiga ham sharʼiy dalil mavjud emas deganlar. Ular bu so‘zlariga ikkita dalil keltirganlar. 57 1. Shariat kishilarning barcha muammolariga nasslar orqali qiyos qilishga yo‘l ko‘rsatib eʼtiborga olgan. Shoreʼ hech bir muammoni nazaridan chetda yoki mujmal holatda qoldirmagan. Shunga ko‘ra shoreʼ eʼtiborga olmagan muammoga 54 Shoakmal Shoakbar o‘g‘li. Hazrati Umar ibn Hattob. –Toshkent: Movarounnahr, 2005. II -kitob. B. 92. 55 Shayx Ismoil Mahdum. Toshkentdagi Usmon musʼhafi tarixi. –Toshkent: Movarounnahr, 1995. B. 20 56 Salohiddin Muhiddin. Usulul-fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997. B. 109. 57 Muhammad ibn Abdulhalim. Qomarul-Aqmor sharhil-manor. –Istanbul: Hanafiy matbaasi, B. 190. 19 maslahat yo‘li bilan hukm chiqarish vahmiy maslahatdir. 58 Unga binoan hukm chiqarish sahih emas. 2. Maslahatga muvofiq sharʼiy hukm chiqarish hokimlar, amirlar va fatvo berish huquqiga ega bo‘lganlar uchun istaganlaricha hukm chiqarishga keng yo‘l ochgan bo‘ladi. Ularning baʼzilari hayu-havasi g‘olib kelib, fasodga eltuvchi narsalarga maslahat berishi mumkin. Chunki maslahatlar jamiyatga, sharoitga qarab o‘zgarib turuvchidir. Hukm chiqarishga bunchalik keng yo‘l ochishlik yomonlik eshigini ochishlik bilan barobardir. Baʼzilarning fikricha, musulmonlarning baʼzilari maslahatul mursalaga rioya etishda o‘ta sustkashlik qilib, shariat qadrini yetarli baholamaganlar, bu bilan haqiqat va adolat yo‘lini o‘zlariga berkitib qo‘yganlar. Baʼzilari esa, maslahatul mursalaga binoan hukm chiqarishda haddan oshib, Allohning shariatiga muxolif yomonlik va fasodga boshlovchi bir qancha bidʼatlarni vujudga keltirganlar. 59 Uchinchi manba- Urf: Urfning lug‘aviy maʼnosi – “yaxshilik qilish”, “umumiy eʼtirof”, “baho”, “aniqlik” kabi maʼnolarni anglatadi. 60 Istilohda esa, kishilar o‘rganib, odatlanib qolgan ishlariga, so‘zlariga aytiladi. 61 Urfni odat deb ham yuritiladi. Ishdagi urfga misol: Kishilar oldi-sotdi vaqtida “oldim“, “sotdim“ degan lafzni ishlatmay, pulni berib narsani olib ketaveradilar. Aslida ichki tomonni roziligini ifodalovchi “oldim-sotdim“ lafzi ishlatilishi kerak. 62 To‘rtinchi manba- Istisʼhob: Istisʼhob lug‘atda “birga bo‘lmoq”, “hamroh”, “yo‘ldosh bo‘lmoq” degan maʼnolarni anglatadi. 63 Usul-fiqh istilohida esa, bir narsani biror dalil kelib o‘zgartirmasdan avvalgi holiga berilgan hukm istisʼhob deyiladi. Agar mujtahiddan bir ishning yoki biror narsani hukmi haqida so‘ralsa, mujtahid uning hukmiga nassdan ham, boshqa sharʼiy hujjatlardan ham javob topa 58 Foyda va zararni yaxshi mulohaza qilmay turib, gumon yo‘li bilan qilingan maslahat. 59 Salohiddin Muhiddin. Usulul fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997. B. 112 60 An-Naʼim, Arabcha-O‘zbekcha luhat. –Toshkent: Abdulla Qodiriy nashriyoti., 2003. 61 Vahbatuz-Zuhayliy.Usulul fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul -fikr, 2008. II-juz. B. 104 62 Salohiddin Muhiddin. Usulul fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997. B. 113. 63 An-NaʼimArabcha-O‘zbekcha lug‘at. –Toshkent: Abdulla Qodiriy nashriyoti., 2003 20 olmasa uni asliga eʼtiborga olib muboh deb hukm qiladi. Chunki aslida har bir narsa mubohdir. Bu mubohlik shunday holatki, Alloh barcha narsani muboh qilib yaratgan, modomiki biror sharʼiy dalil kelib uni bu asliy mubohlikdan chiqarmasa, u mubohlik holicha turaveradi. 64 Har bir narsaning aslida mubohligiga ushbu oyat dalildir. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling