O’zbekiston musulmonlari idorasi jo`ybori kalon ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi
رحلاب رحلا ىلتقلا يف صاصقلا مكيلع بتك اونماء نيذلا اهيأي
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
DIPLOM ISH (1)
رحلاب رحلا ىلتقلا يف صاصقلا مكيلع بتك اونماء نيذلا اهيأي
هل ىفع نمف ىثنلْاب ىثنلْاو دبعلاب دبعلاو كلاذ دعب ىدتعآ نمف ةمحرو مكبر نم فيفخت كلاذ نسحإب هيلإ ءآدأو فورعملاب عابتاف ئش هيحأ هلف ميلأ باذع 118 “Ey, iymon keltirganlar! Sizlarga o‘ldirilgan kishilar uchun qasos olish farz qilindi: ozod kishi muqobilidan ozod kishidan, qul uchun quldan, ayol kishi uchun ayoldan. Birodari tomonidan avf etilsa (xun to‘lashga rozi bo‘linsa), u holda yaxshilik bilan bo‘ysunish va xunini yaxshilab to‘lash (zarurdir). Bu (hukm) Rabbingiz tomonidan yengillik va marhamatdir. Bas, kimki shundan keyin ham haddidan oshsa, (yaʼni, shu yengillik va ilohiy marhamatlardan keyin ham qasos olsa yoki xun olgandan keyin ham qasos olsa, oxirat azobiga mahkumdir) unga alamli (azob berilur)” 119 Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) urfga shunday eʼtibor berganlar. Lekin uni o‘z qo‘llari bilan o‘zgartirib tashlamaganlar. Chunki u qadimdan mashhur bo‘lgan amal qilinib kelingan ish bo‘lgan. Shuning uchun ham uni butunlay o‘zgartirib olmaganlar ham, butunlay qabul qilib ham olmaganlar. Payg‘ambarimizni tutgan o‘rinlari arablarni urflariga nisbatan barqaror toptirish, lekin tartibga solish,payg‘ambarimiz iqror bo‘lgan urf–odat bo‘libgina qolmay balki u islomiy shariatga aylandi. Sahobiy zamonasidagi urf: Sahobalar arablardagi odatlar bilan birgalikda, urfga bo‘lgan munosobat bilan Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) izlaridan yurishdi. Urflarning yaxshisini qoldirishgan, yomonini tushurib yuborishgan va yana urflarni shariat mezoni bilan ulg‘ayganidan keyin, undagi manfaatni 117 Muhammad ali Sobuniy. Rovaiʼul bayon. –Bayrut: Darus-sobuniy, B.121 118 Baqara surasi.178-oyat. 119 Abdulaziz Mansur. Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. B. 115 36 o‘lchaganidan keyin uni ehtiyojini tartibga solishdi. Umar (roziyallohu anhu) fors va rum paytlarida amal qilingan “Tadvin ul-davovin” - davlat tashkilotlarini ro‘yxatga olishga iqror qilinganlar. Yana 18-hijriy yilda dirhamlarni zarb qilishga buyurdilar. Xolbuki Umar (roziyallohu anhu) birinchi pulni zarb qilishga buyurganlar. Shuningdek Kisro amal qilgan jizya va xirojni yo‘lga soganlar. Sahobalar islom asoslariga zid kelmaydigan odatlardan bo‘lgan baʼzi odatlarni iqror qilinganliklari bilan ulardan islomga zid kelganlarini rad qilishdi. Mushriklarni sanamlarga atab bayramlarida qurbon qilganlariga o‘xshash. Tobiʼin zamonasidagi urf: Imom Buxoriy o‘zlarining sahih to‘plamlarida urf haqida alohida bob keltiradilar. Unda tobiʼinlarni urf odatlarga qilgan amalini o‘z ichiga olgan hadislarni keltirdilar. Masalan: Shurayx qozini ikki ip yiruvchiga o‘zini urfidagi narsalarga buyurganlari. Yana urfga ko‘ra har – xil yulovchilarni ijaraga berishni joiz sanaganliklari. Badriddin Ayniy aytadiki: Imom Buxoriy bu bobning sarlavhasi bilan odamlarni urfga suyanishlarini isbot qilmoqchi bo‘lgan. Shurayh qozi aytadi: ip yigiruvchi kishilardan bo‘lgan bir qancha insonlar o‘zlarini orasidagi nizo bo‘lganda Shurayhga murojaat qilishibdi. Shunda aytishibdiki: “Bizning odatlarimiz shunday- shunday” Shurayh aytdiki: Sunnatlaringiz orangizdadir, yaʼni sizlarning urf odatlaringiz o‘z orangizda moʻtabardir. Rivoyat qilinadiki: Xasanul Basriy bir eshakni ijaraga olmoqchi bo‘lib aytdiki: necha pul? Egasi: “Ikki doniq” dedi. So‘ng minib ketdi, keyin boshqa safar kelib “Eshak, eshak” deb minib ketdi. Shartlashib ham o‘tirmadi. “Shartlashib ham o‘tirmadi” deganidan murod, yaʼni odatga ko‘ra oldingi shart eʼtiborga olingan. Urfga oid ismlar bayoni: Bojiy aytadi: Urfga oid ismlar shunday bo‘ladiki, muayyan lafz lug‘atning aslida bir jins uchun qo‘yilgan bo‘ladi. So‘ng unga ishlatish jihatidan urf mana shu jinsdagi bir turga g‘olib keladi. Misol uchun arablardagi dobba so‘zi aslida bu ism xar bir o‘rmalovchi narsalarga ishlatilgan. So‘ng u to‘rt oyoqli hamma chorvalarga nisbatan ham ishlatish g‘olib kelgan. Arablar er-xotin o‘rtasidagi muomalada “harom“ so‘zini taloq o‘rnida ishlatish urf 37 bo‘lib qolgan edi. “Falonchi xotinini harom qilibdi“ desa, “taloq qilibdi“ degan bo‘lar ekan. 120 Shuningdek “Solat” degan so‘z aslida bu ism duo uchun ishlatilgan. So‘ngra shariatda namozga ishlatilgan. “Sovm” (ro‘za) so‘zini olish ham mumkin, aslida tiyilishlik degani, so‘ngra maxsus vaqtda maxsus narsalardan tiyilishida ishlatiladi. “Haj” so‘zi ham qasd qilish maʼnosida bo‘lsada, keyinchalik isteʼmoldagi urf maxsus tartibga ko‘ra maxsus vaqtda, maxsus joyni qasd qilishga ishlatish g‘olib keldi. Demak urfga oid ismlar deganda o‘sha lafz nimaga qo‘yilgan bo‘lsa o‘sha narsadan butkul chiqib ketmaydi. Lekin bittasi bilan xoslanadi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling