38
2.2. Urfning sharʼiy dalilligiga hujjatlar
Usulul-fiqh ulamolari urfning sharʼiy manba ekanligiga Qurʼon, hadis, ijmoʼ va
qiyosdan bir qancha dalillar keltiradilar. Qurʼondan quyidagi oyatlarni dalil qilib
keltiradilar.
َنيِلِهاَجألا ِنَع أض ِرأعَأ َو ِف أرُعألاِب أرُمأأ َو َوأفَعألا ِذُخ
121
“Afvni ixtiyor eting,
yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz o‘giring”.
122
[2]
Bu oyatda Alloh urfga amal qilishga buyurmoqda. Lekin bu yerdagi urfning
istilohiy maʼnosi emas, balki lug‘aviy maʼnosi iroda qilingan. Alloh mazkur
oyatdan tashqari yana bir qancha oyatlarda masalaning yechimini urfga
muvofiq
hal qilishga buyurgan. Masalan:
َّنُهُت َوأسِك َو َّنُهُق أز ِر ُهَل ِدوُل أوَمألا ىَلَع َو
ِفوُرأعَمألاِب
123
“Ularni (onalarni) meʼyorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning)
zimmasidadir”.
124
[4] Bu oyatda Alloh xotinning nafaqasini bayon qilmoqda.
125
أعَمألاِب َّنِهأيَلَع يِذَّلا ُلأثِم َّنُهَل َو
ِفوُر
“Ayollar uchun (belgilangan huquqlar) o‘z meʼyorida”.
126
َنيِنِسأحُمألا ىَلَع اًّقَح ِفوُرأعَمألاِب اًعاَتَم ُهُرَدَق ِرِتأقُمألا ىَلَع َو ُهُرَدَق ِعِسوُمألا ىَلَع َّنُهوُعِ تَم َو
127
“Ularni (yaʼni ayollarni) moddiy jihatdan taʼminlanglar. Boy ham, kambag‘al
ham o‘z hollariga qarab (taʼminlasin). Ezgulik qiluvchi (yaxshi odam)lar
zimmasiga yuklangan huquq (shudir) ”.
128
121
Aʼrof surasi 199-oyat.
122
Abdulaziz Mansur. Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. B. 176.
123
Baqara surasi, 233-oyat
124
Abdulaziz Mansur. Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. –B. 37.
125
Baqara surasi 228-oyat
126
Abdulaziz Mansur. Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. –B. 36.
127
Baqara surasi 236-oyat.
128
Abdulaziz Mansur. Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. –B. 38.
39
Mazkur oyatlardagi (فورعملاب) kalimasi erkaklar zimmasiga o‘z
ayollarining moddiy taʼminotini o‘zlarining urf-odatlariga
muvofiq holda qilishlari
kerakligini ko‘rsatadi.
Usul olimlari, yuqoridagi oyatlardagi maʼruf so‘zini urf bo‘lgan ishlar
maʼnosida talqin etadilar. Biroq, Qurʼoni karimda
yuqoridagi
oyatlardan boshqa yana bir qancha oyatlarda va ko‘plab hadislardagi maʼruf so‘zi
yaxshilik maʼnosida ishlatilgan. Masalan: Quyidagi oyatda,
Do'stlaringiz bilan baham: