O’zbekiston musulmonlari idorasi jo`ybori kalon ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi
II-Bob. Urfga doir fiqhiy hukmlar
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
DIPLOM ISH (1)
II-Bob. Urfga doir fiqhiy hukmlar
2.1.Urfning sharʼiy manba sifatida shakllanish tarixi Islom dini Arabistonga kirib kelganida arablarning yuzlab yillardan beri o‘z odatlari bilan yurib va o‘shanga ko‘ra hukm chiqaradigan anʼanalari bor edi. O‘sha odatu-anʼanalariga avvalgi shariatdan qolgan narsalar aralashib ketgan edi. Ularni tajribalari ham o‘sha odatlarida mustahkamlangan edi. Ularning ichida yaxshisi ham, yomoni ham bor edi. Baʼzilari aqlga tayansa, baʼzilari havoi-nafsiga tayanar edi. Demak, arablarning gohida aqllari g‘olib kelsa, baʼzida havoi-nafslari g‘olib kelar edi. Islom dini ularning o‘sha urf odatlaridagi maʼlum bir qismini qoldirib, yo‘nalishlarini o‘zgartirib, shunday bir tizim qilib berdiki, ular oldin bunday tizimga yo‘liqmagan edi. Islom dini ularning odat va anʼanalarinin baʼzilarini bekor qilgan: muxotara – tavakkal qilish bayy, g‘oror ushlagan narsasini olish tosh etib tekkizgan narsasini olish va hokazo. Nikoh masalalarida ham bir qismini maʼqulladi, baʼzilarini bekor qildi. Buxoriy va Abu Dovud Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilib aytadilar. Oisha (roziyallohu anho) aytdilar: Johiliyatda nikoh 4 tur edi. Alloh Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ni payg‘ambar qilib yuborganida johiliyat davridagi nikohni bekor qildi. Faqatgina bugungi kundagi nikohni qoldirdi. Islom dini er-xotinlik muomalasidagi ajralishlikni aslini joyida qoldirdi, lekin yo‘lini tartibga solib berdi. Qasddan o‘ldirish qotillikdagi qasosni nizomini qoldirdi, lekin johiliyat mashaqqatlarini ketkazdi. Johiliyat davrida mushriklarning shafqatsizlik va adolatsizlik, shaytonga itoat qilishlik kabi odatlari bor edi. Masalan: Mushriklar qabilalar o‘rtasidagi urushda biror bir qabilaning quli boshqa bir qabilaning qulini 35 o‘ldirib qo‘ysa, quli o‘ldirilgan qabila o‘zlarini o‘sha qabiladan ustun qo‘yish maqsadida “Biz faqatgina qasos olish uchun qulni o‘rniga hurni o‘ldiramiz“, Agarda ulardan biror bir ayol o‘ldirilgan bo‘lsa, “Biz faqatgina ayol o‘rniga erkakni o‘ldiramiz“ deb daʼvo qilishardi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) Baqara surasining 178 oyatiga binoan qasos nizomini tartibga solib berdilar. 117 Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling