O’zbekiston musulmonlari idorasi jo`ybori kalon ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi


Urfning lug‘aviy va istilohiy taʼriflari


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/21
Sana30.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1416965
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
DIPLOM ISH (1)

1.2. Urfning lug‘aviy va istilohiy taʼriflari 
Urfning lug‘aviy maʼnosi – “yaxshilik qilish”, “umumiy eʼtirof”, “baho, “aniqlik” 
kabi maʼnolarni anglatadi.
97
Ko‘pligi esa “Aʼrof” deyiladi.
98
Istilohda esa, urf deb, kishilar o‘rtasida zarurat yoki ijtimoiy holat yuzasidan paydo 
bo‘lgan bo‘lib, insonning hohish va istagiga bog‘liq hamda odamlar uni o‘z 
o‘rtalarida doimiy bajarib kelayotgan ishlarga va so‘zlarga aytiladi.
99
Ishdagi urfga 
misol: Kishilar oldi-sotdi vaqtida “oldim”, “sotdim” degan lafzni ishlatmay, pulni 
berib narsani olib ketaveradilar. Aslida ichki tomonni roziligini ifodalovchi 
“oldim-sotdim” lafzi ishlatilishi kerak. 
So‘zdagi urfga misol: Odamlar “valad” (farzand) deganda faqat o‘g‘il bolani 
tushunishadi, lekin “valad” (farzand) lafzi o‘g‘il va qizga barobar dalolat qiladi.
100
Urf-odamlar o‘rganib qolgan, tanish bo‘lib qolgan ish yoki so‘z bo‘lib, jamiyatda 
keng tarqalgan narsadir. U fuqaholar nazdida sharʼiy dalillardan hisoblanadi. 
Ko‘pgina sharʼiy, hukmiy masalalar hukmlarida unga asoslaniladi. Bunday 
masalalarga qasam, nazr va taloq boblarida bir qancha hukmlarni misol sifatida 
keltirish mumkin. 
Urf insonlar orasida tarqalgan va odat bo‘lib qolgan feʼl yoki lafzlar bo‘lib, 
bunday lafzlarning lug‘aviy maʼnosi urfdagi maʼnosiga to‘laligicha to‘g‘ri 
kelmaydi. Odamlar o‘sha lafzni eshitgan vaqtida boshqa maʼnoni tushunishga 
shoshilmaydilar. Baʼzi kitoblarda oson qilib “al-Urfu maa taʼorofa alayhin 
nasu”, yaʼni, odamlar o‘rganib qolgan narsa–urf, deb bayon qilingan. 
97
An-Naʼim Arabcha-O‘zbekcha lug‘at. –Toshkent: Abdulla Qodiriy nashriyoti, 2003. B.534 
98
O‘sha manba: B.966 
99
Vahbatuz-Zuhayliy.Usulul fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul-fikr, 2008. II -juz. B. 104. 
100
O‘sha asar: B. 104. 


27 
Urf islom huquqining ikkinchi darajali manbalaridan bo‘lib, faqihlar urfni 
dalil va masdar sifatida qabul qilganlar. Urfga ko‘ra fatvo chiqarishda hanafiy va 
molikiy mazhabi ulamolari boshqa mazhablarga nisbatan ko‘proq eʼtibor 
berishgan.
101
Urfga berilgan yana bir boshqa taʼrifga ko‘ra, u – biror sharʼiy nassga zid 
bo‘lmasligi sharti bilan aql bilan qabul qilib, ko‘ngillarda o‘rnashgan, sog‘lom 
tabiat qabul etgan narsadir.
102
Agar bir hukm ummatning mujtahid ulamolari ittifoqi bilan yuzaga kelgan 
bo‘lsa, u urf bo‘lmay, balki ijmoʼ bo‘ladi. Urfda hamma ittifoq qilishi shart emas, 
mujtahidlar ishtirok etishi ham shart emas. Ko‘pchilik ichida tarqalib qolgan 
narsani urf deyilaveradi. Urf ikki xil bo‘ladi. Sahih urf va fosid urf.
103
Sahih urf kishilar odatlanib qolgan, sharʼiy dalilga muxolif bo‘lmagan, 
haromni halol qilmaydigan, bajarish lozim bo‘lgan ishni bajarishdan 
to‘xtatmaydigan narsaga aytiladi, masalan hunarmandchilik buyumlari kabi. 
Buyurtma berayotganda, buyurilgan narsa hali mavjud emas, lekin kosib 
buyurilgan narsani tayyor qilmasdan oldin pulni kelishib. balki olib ham bo‘ladi. 
Fosid urf esa, odamlar odatlanib qolgan, va shariatga zid bo‘lgan, haromni 
halol qiluvchi, lozim bo‘lgan ishni qilishdan to‘xtatuvchi narsalardir. Masalan: 
sudxo‘rlik, turli qimor o‘yinlari kiradi. Bunday fosid urfga rioya qilmaslik 
vojibdir.
104
Urf Usul-fiqh va Fiqh fanlari mavzularidandir. Shuning uchun hamma Usul-
fiqh va Fiqh olimlari uning sharʼiy hukmlar sifatida bayon qilganlar. Bu bobning 
masalalari fiqhning ko‘plab boblarida tarqalgan xususan, urf keng tarqalgan, Usul-
fiqh “Yamin (qasam)” bobida keltirib o‘tilgan. Masalan: Agar biror odam, go‘sht 
101
Vahbatuz-Zuhayliy.Usulul-fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul fikr, 2008. II-juz. B. 110. 
102
Muhammad Kamoliddin ar-Roshidiy. al-Misboh fi rasm al-muftiy va manohij al-ifto. –Devband: B.512. 
103
Salohiddin Muhiddin. Usulul fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997. B.114. 
104
O‘sha manba: B. 114. 


28 
yemayman deb qasam ichsa, baliq yoki dumba yog‘idan boshqa, go‘shtlardan 
isteʼmol qilsa, go‘sht hoh, suvda pishirilgan bo‘lsin, xoh qovurilgan bo‘lsin, u 
go‘sht halol bo‘lsin yoki xarom, bundan qatʼiy nazar qasamini sindirgan bo‘ladi. 
Chunki urfda baliq va qo‘yning dumba yog‘i go‘sht deb atalmaydi.
105
Shuningdek, 
nazr va muomolot boblarida ham to‘xtalib o‘tilgan.
Usul ulamolariga kelsak, ularning baʼzilari urf mavzusini alohida 
mavzuda bayon qilganlar. Ularga Qorofiyning “Tanqihul-fusul val-furuq” kitobi 
misol bo‘ladi. Boshqa usul olimlari esa, urf mavzusini “Haqiqat u bilan tark 
etiladigan dalil” yoki “Taxsisul-omm” (Omm lafzni xoslash) mavzusining ichida 
bayon etganlar va undan farʼiy hukmlar chiqarganlar. 
Eʼtirof etish lozim bo‘lgan haqiqatlardan biri shundaki, urf insoniyat 
jamiyatidan mutlaqo chetga chiqmaydi, negaki urf insonlarning hayot tarzidir. 
Shuning uchun urflar turlicha bo‘lgan, baʼzida umumiy bo‘lsa, baʼzida xususiy 
shaklda, asrlar va shaharlar turlicha bo‘lgandek, turli bo‘lgan.
Shu sababli muftiy va qozi hukmning baʼzi hollarida urfni odatga bog‘lash 
uchun insonlar urf – odatlarini yaxshi bilishi zarur bo‘lgan. Shuning uchun xam 
oldingi va hozirgi, fiqh olimlar asarlar yozib “Adabul-qozi val–muftiy” (muftiy va 
qozi odobi) mavzusini kiritganlar. Ularga ibn Farxun al-Molikiyning “Targ‘ibot ul-
hukkam“, Toroblusiyning “Aynul-hukkam“ asarlari va fiqhiy qoidalar kitoblaridan 
Qurofiyning “al-Furuq”, Ibni Xujaym Hanafiy, Imom as-Suyutiy ash-Shofiy va Izz 
ibn Abdussalomning “al-Amobih van-nazoir” kabi kitoblari misoldir. 
Shuningdek, urf haqida bahs yuritgan olimlardan, Alloma Ibni Obidin 
“Nashrul-urf” risolasida hamda az-Zarkashiy ash-Shofʼiy “al-Mansur fil-
qovaʼid” deb nomlangan kitobida urfning taqsimotlari haqida keng bahs yuritgan. 
Urf mavzusida risolalar tasnif etgan zamondosh olimlardan yuqorida bayon 
etganimizdek, o‘zining maqolotlarida alloma al-Kavsariydir. 
105
Abdulloh ibn Mahmud. Al-Ixtiyor li taʼlil Muxtor. –Bayrut: 1998. II-jild. V-juz. B. 316. 


29 
Shu narsa ayon bo‘ladiki, mutaaxxir olimlarning urf hukmi haqida qarashlari 
zohiriy jihatdan bir-biriga qarama – qarshi bo‘lgan. Masalan alloma Abu Sunna 
alloma al-Kavsariyning “Maqolot” asaridagi fikricha tayanch holda urfni dalil deb 
hisoblamaganlar. Lekin Xotimatul-muxaqqiqin Ibni Obidin urfni 
hujjat degan qarashga moyil bo‘lib, “Shariatda urfga eʼtibor bor, shuning uchun 
ham gohida huquq urf atrofida aylanadi” deb aytgan edi. 
Biroq tadqiqotchi mustafo Abu Ujayla urf sharʼiy dalil degan qarashini tarjih 
etgan. U bu fikrga asos qilib naqliy va aqliy dalillar keltirgan. Shuningdek u “ash-
Shovohid al-mustafida fil-fiqhi val-usul” kitobida o‘zining bu qarashini 
tasdiqlovchi misollar keltirganlar. 
Shu sababli bu mavzuda bahs yurtishni oqlaydigan jihatlari borligi ajablanarli 
emas. Chunki bu masala ixtilofiy hamda hayotiy masaladir. Insoniy qonunlarda urf 
va uning turlariga yaqqol namoyon bo‘luvchi eʼtibor bor. Urf – odat hozirgi 
kungacha huquqshunoslar nazarida insonlar chiqargan qonunlarning muhim 
manbai sanaladi. Qonunchilar undan ko‘plab mashhur hukmlar chiqardilar. Ular 
bilan baʼzi holatlarda urf namoyon etmaydigan noaniqlik va mavhumliklar ketadi. 
Bu bahs – izlanish, mazhablar fikrlarini va dalillari tadqiq etib, tarjih etish 
lozimdir va usul qoidalariga ko‘ra tarjih etilgan qarashga fatvo bo‘ladi. 


30 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling