25
Imom Shofeʼiyning dalili: Tobiʼinlar o‘z fatvolarida sahobalar so‘zini eʼtiborga
olmaganlar. Masalan: Hazrati Ali (roziyallohu anhu) dirʼlarini
95
yo‘qolganda uni
bir yahudiy kishida ko‘rganlar. Bu dirʼ o‘ziniki ekanligini daʼvo qilib, o‘sha
vaqtdagi qozi Shurayhga murojat qiladilar. Qozi Ali (roziyallohu anhu)dan hujjat
talab qiladi. Ali (roziyallohu anhu) o‘g‘li Xasanni guvoh qilib ko‘rsatadilar. Lekin
qozi bu guvohlikni rad qiladi. Ali (roziyallohu anhu) qoziga
itoat qilib, dirʼini olish
fikridan qaytadilar. Demak, qozining nazdida o‘g‘ilning otaga guvohligi joiz emas.
Ali (roziyallohu anhu)ning nazdilarida joiz bo‘lganligi sababli o‘z o‘g‘illarini
guvoh deb ko‘rsatgan edilar
96
.
95
Urushda kiyiladigan maxsus kiyim.
96
Salohiddin Muhiddin. Usulul fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997. B. 128.