O’zbekiston musulmonlari idorasi jo`ybori kalon ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi
Download 0,97 Mb. Pdf ko'rish
|
DIPLOM ISH (1)
1.3. Urfning turlari va shartlari
Urfning turlari. Urfga berilgan yana bir boshqa taʼrifga ko‘ra, u – biror sharʼiy nassga zid bo‘lmasligi sharti bilan aql qabul qilib, ko‘ngillarda o‘rnashgan, sog‘lom tabiat qabul etgan narsadir. 106 Urf turli holatlarga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. 1. Mavzusiga ko‘ra , “qavliy va amaliy urf”. 2.Umumiyligiga ko‘ra, “umumiy va xos urf”. 3.Shariatga ko‘ra, “sahih va fosid urf”. 107 Birinchi turiga taʼrif: Qavliy (so‘zdagi) urf deb, odamlar o‘z o‘rtalarida bir so‘zni lug‘aviy maʼnosini qo‘yib, ko‘chma maʼnoda ishlatishlariga aytiladi, yaʼni lug‘atning eʼtiboridan tashqari holatda, bir so‘zni maʼlum bir maʼnoda ishlatish urf bo‘lib qoladi. Eshitganda eshituvchining hayoliga undan boshqa narsa kelmaydi. Masalan: arablar “valad” (farzand) so‘zini faqat o‘g‘il bolaga ishlatishga o‘rganishgan. Aslida, “valad” so‘zi o‘g‘il-qiz ikkovini ham jamlaydi. O‘zining bolasini “valad” deydi, o‘g‘ilmi, qizmi farqi yo‘q. Lekin arablar o‘g‘ilni “valad”, qiz bolani “valiyda” deydi. samak“ (baliq) deyilaveradi, lekin hech kim “baliq go‘shti“ demaydi.” Urfda shunday bo‘lib qolgan, “baliq“ desa ham go‘shti tushunilaveradi. 108 Go‘sht lafzi mol va qo‘y go‘shtiga nisbatan ishlatiladi, baliqqa nisbatan esa yo‘q. Qurʼonda esa baliq go‘sht deb zikr qilingan. لا َوُه َو ا ًّي رَط اًمْحَل ُهْن م اوُلُكْأَت ل َرْحَبْلا َر خَس ي ذ 109 106 Muhammad Kamoliddin ar-Roshidiy. al-Misboh fi rasm al-muftiy va manohij al-ifto. –Devband: B.512 107 Vahbat az-Zuhayliy.Usulul fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul-fikr, 2008. II-juz. -B. 160. 108 Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Usulul fiqh. –Toshkent: Sharq nashriyoti, 2010. B. 199. 31 “U (Alloh) dengizlarni musaxxar qildi toinki yangi-yangi go‘shtdan isteʼmol qilinglar deb”. 110 Otni “Faras“ yoki “Dobba“ deyishadi. “Rokibtu dobba” desa, “otni mindim” degani ekan. Amaliy (ishdagi) urf deb, Odamlar o‘rganib qolgan ish-amal bo‘lib, uni ulamolar “odat” deb ataydilar 111 , yaʼni odamlar bir ishni qilishga o‘rganib qolgan va uni o‘z o‘rtalarida doimiy bajarib kelayotgan odatlariga aytiladi. Masalan: Har bir xalqning o‘ziga xos hunarmandchilik bilan shug‘ullanishi, dehqonchilik qilishi, haftani turli kunlarida dam olishlari, turli davolash usullaridan foydalanishlari misoldir. Shuningdek, odatda, mahrning qanchaligini so‘ralaveradi-yu, lekin odamlar o‘rganib qolishgan – bir bo‘lagini oldin, qolganini keyin berishadi. Ikkinchi turiga taʼrif: Umumiy urf deb, maʼlum bir bosqichda odamlarning ko‘pi o‘rganib qolgan narsalarga, yaʼni bir davlat aholisining ko‘prog‘i yoki barchasining odatiga aytiladi. Misol uchun, istisnoʼ aqdi bor, yaʼni bir narsaning hunarmand tomonidan yasab berilish shartnomasi. Mana puling, menga ikkita deraza romi yasab ber deydi. Urfda shunday bo‘lib qolgan. Pulini avvaldan bermasa, ustalar yasab bermaydi. Aslida esa, yo‘q narsaga pul berib bo‘lmaydi. Arablarda er-xotin orasidagi muomalada harom so‘zini taloq o‘rnida ishlatish urf bo‘lib qolgan ekan. Falonchi xotinini harom qilibdi desa, taloq qilibdi degan bo‘lar ekan. Qadimda hammomga borilsa, “biz hammomga keldik”, deyilsa, “Kiringlar”, deb kirgizib yuboriladi. “Qancha puling bor, bir soati shuncha so‘m” deyilmas ekan. Yarim soat, bir soat o‘tirib, yuvinib chiqib, ataganini tashlab ketavergan. Ana shu urfga kirgan. 112 109 Nahl surasi. 14-oyat. 110 Abdulaziz Mansur. Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. B. 268. 111 Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Usulul fiqh. –Toshkent: Sharq nashriyoti, 2010. B. 199. 112 O‘sha manba. B. 200 32 Xos urf bu muayyan bir shahar, qishloq, qabila, guruh yoki maʼlum bir kasb egalariga tegishli bo‘lgan odatdir. Masalan: Iroqliklar otni dobba deyishar ekan. Bu qovliy urfga misol. Tojir odam daftariga yozib borgan narsani hujjat qilsa bo‘lar ekan. “Mana daftarimga yozib qo‘yibman, sen falon vaqtda ikkita ko‘ylak olib ketib pulini bermagan ekansan”, desa, gapi inobatga olinar ekan. 113 Tijoratchilar o‘rtasida molning pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lash, nasiyaga savdo qilish yoki har bir xalqning o‘ziga xos mehmondo‘stligi turli bayram va marosimlarda mehmonlar oldiga har xil taomlarni tortiq qilishi kabi urf-odatlar kiradi. Uchinchi turiga taʼrif: Sahih urf deb, odamlar orasida tanilib qolgan, lekin haromni halol, halolni harom qilmaydigan urfdir, yaʼni kishilar odatlanib qolgan sharʼiy dalilga zid bo‘lmagan, haromni halol qilmaydigan, bajarish lozim bo‘lgan ishni bajarishdan to‘xtatmaydigan narsaga aytiladi. Masalan: Hunarmandchilik buyumlari kabi. Buyurtma berayotganda buyurilgan narsa hali mavjud emas, lekin zargar buyurilgan narsani tayyor qilmay turib pulni kelishib qo‘yadi, baʼzan olib ham bo‘ladi. Istisnoʼ aqdi bo‘lganda xaridor “bayboshi“ berishi. Bizda hozir odamlar buni rus tilidan olib “zaklad“ deb o‘rganishgan. Arabchada “Urbun” deyiladi, bizda “bayʼ boshi”, yaʼni bayʼning boshidan berib turiladigan mablag‘. Ana shuni berish sahih urf ekan. 114 Shuningdek, ayol mahridan bir qismini olmaguncha eri tayyorlab qo‘ygan uyga bormasligi ham sahih urf hisoblanadi. Nikoh bo‘lgan bo‘lsa ham, otasinikida o‘tiraveradi. “Borgin” desa, “oldin mahrini bersin”, deydi. Mahrini bermaguncha, er ayoliga bir yoqqa yur deyishga, nafsini xohlashga yoki boshqa ish qilishga haqqi yo‘q. Faqat, ayol o‘zi rozi bo‘lsa, haqqi bor. Yo‘q desa, gunohkor bo‘lmaydi, itoat mahr bergandan keyin bo‘ladi. Sovchi qo‘yib turgan tomon kelinga oldindan, kelinlikka nomzod sifatida bergan narsalar hadya hisoblanishi, mahr o‘rniga o‘tmasligi ham sahih urf hisoblanadi. 113 O‘sha manba. B. 200 114 O‘sha manba. B. 201 33 Fosid urf bu odamlar odatlanib qolgan, biroq u shariatga xilof, haromni halol qiluvchi, lozim bo‘lgan ishni qilishdan to‘xtatuvchi narsadir. Misol uchun, ribo tarqalgan bo‘lishi mumkin. Odamlar qilayapti-yu, deb o‘sha ishni qilishga moʻmin-musulmon kishining haqqi yo‘q. 115 Shirkka olib boruvchi ishlar, ayollarni nosharʼiy kiyinishi, ichkilikbozlik, narkotik, tamaki mahsulotlarni isteʼmol qilishlari kabi ishlar kiradi. 116 Urfning shartlari. Urfni turli – tuman ishlatishlik shartlari bo‘lib ularning har birida o‘ziga xos yo‘nalishda urf hukmlardan qay biri hukm uchun poydevor bo‘la olishi mumkinligi haqida quyida qisqacha keltirishib o‘tamiz. 1 – Urfni biror bir hukmni joriy qilishda urfni dalil sifatida ishlatish, yoki biror dalilni xoslovchi hujjat sifatida ishlatish. Misol uchun: Muzorobani joizligiga urf bilan dalil keltirish yoki baʼzi ulamolarning nazdida ko‘chirib bo‘ladigan yoki tashish mumkin bo‘lgan narsalarni vaqf qilishlikni joizligiga urf bilan dalil qilish, mebellarni yoki zebu – ziynatlarni oldindan pul berib tayyorlatishni urf bilan joizligiga dalil keltirish, Imom Molikning shart xiyorini joiz emasligiga Madina ahlining urfini dalil qilishlari. 2 – Urfdan foydalanishda qozi yoki muftiy biror bir umumiy bo‘lgan hukmni tadbiq qilishda unga qaytishlik-meʼyor bo‘lishligi. Ular odamlarning odatlari va manfaatlariga qarab o‘zgarib turadi. Shoreʼ umumiy hukmlarni joriy qilib qo‘yadi, lekin qozilar va muftiylar esa o‘sha hukmlarni urf bo‘yicha tadbiq qilishadi. 3 – Lug‘aviy lafzlarning ishlatilishi. Bu qavliy urfning turkimidandir. Har bir gapiruvchining so‘zi urfga ham tadbiq qilinadi. 115 O‘sha manba. B. 201 116 Vahbat az-Zuhayliy.Usulul fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul-fikr., 2008. II-juz. B. 109. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling