O’zbekiston musulmonlari idorasi jo`ybori kalon ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi


ُألْاِب َنُذُ ألْا َو ِفأنَ ألْاِب َفأنَ ألْا َو ِنأيَعألاِب َنأيَعألا َو ِسأفَّنلاِب َسأفَّنلا َّنَأ اَهيِف أمِهأيَلَع اَنأبَتَك َو


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/21
Sana30.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1416965
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
DIPLOM ISH (1)

 ُألْاِب َنُذُ ألْا َو ِفأنَ ألْاِب َفأنَ ألْا َو ِنأيَعألاِب َنأيَعألا َو ِسأفَّنلاِب َسأفَّنلا َّنَأ اَهيِف أمِهأيَلَع اَنأبَتَك َو
 َحو ُرُجألا َو ِ نِ سلاِب َّنِ سلا َو ِنُذ
 ٌصاَصِق 
79
“Biz unda (Tavrotda) ularga jonga-jon, ko‘zga-ko‘z, burunga-burun, quloqqa-
quloq, tishga-tish va jarohatlarga qasos (olinur) deb bitib qo‘ydik.” 
80
Hanafiy ulamolari, baʼzi molikiy va shofeʼiy ulamolari ham modomiki bizga qissa 
qilingan bo‘lsa, shariatimizda uni bekor qilinganiga dalil bo‘lmay, payg‘ambarlar 
tilidan ular ilohiy hukm ekanligi aytilgan bo‘lsa, bizlar uchun ham shariat bo‘lib 
itoat etishimiz, uni hayotga tatbiq qilishimiz lozim deganlar.
81
Shunga asosan 
hanafiy mazhabida, agar musulmon kishi zimmiyni
82
o‘ldirsa, qasos tariqasida 
musulmon qotil o‘ldiriladi; shuningdek, erkak kishi bir ayolni o‘ldirsa qasosga 
ko‘ra qotil kishi o‘ldiriladi. Chunki oyatda “jonga-jon” deb hech qanday ajratishsiz 
76
Abdulaziz Mansur. Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. B. 8. 
77
Nodir Nabijon o‘g‘li. Usulul fiqh haqida saboqlar. –Toshkent: Toshkent islom universiteti Nashriyot matbaa 
birlashmasi, 2008. B. 20. 
78
Abul Barakot an-Nasafiy. Manor al-anvor. –Istanbul: Hanafiya matbasi, II- juz. B. 99. 
79
Moida surasi. 45-oyat 
80
Abdulaziz Mansur. Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. B. 115. 
81
Ahmad ibn Abu Said. Kashful-asror fi sharhil manor. –Istanbul: Hanafiy matbaasi, 2008. II-juz.
82
Musulmonlar yurtida jizya to‘lab yashovchi g‘ayri din odam. 


23 
mutlaq kelgan. Bizdan avvalgilarning shariati bizga ham shariat bo‘lishi uchun 
aytib o‘tilganidek dalillar lozimdir.
83
Oltinchi manba: sahobaning yo‘li: Sahoba kim degan savolga usul ulamolari 
quyidagicha javob berganlar: “Sahoba deb, Payg‘ambar (sollallohu alayhi 
vasallam)ni ko‘rgan, uzoq vaqt u bilan birga bo‘lgan va undan ilm o‘rgangan 
odamdir. Muhaddislar esa, Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) davrlarida 
musulmon bo‘lib, Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) bilan ko‘pmi ozmi 
birga bo‘lgan odamdir ,
84
deydilar.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) vafotlaridan so‘ng, u zot bilan 
birga bo‘lgan, Qurʼon va hadis hukmlarini yaxshi fahmlagan, odamlar orasida ilmli 
deb tanilgan sahobalar musulmonlarga shariy fatvolar bera boshladilar. Ulardan 
turli munosabatlarga bog‘liq bo‘lgan bir qancha fatvolar sodir bo‘ldi.
85
Mazkur 
fatvolar sharʼiy manba hisoblanib, nasslarga qo‘shimcha manba bo‘ladimi ? Yoki 
ular yakka shaxsning ijtihodiy fikrlari bo‘lib, musulmonlar uchun hujjat emasmi? 
Ulamolar o‘rtasidagi ixtilof aynan shu borada. Lekin aql va tafakkur ila bilib 
bo‘lmaydigan narsalarda sahobalarning aytgan so‘zlari musulmonlar uchun hujjat 
ekanligida ulamolar o‘rtasida ixtilof yo‘qdir.
86
Chunki sahoba aytgan so‘zini albatta 
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) dan eshitgan bo‘ladi. Masalan: 
87
نيتنس نم َرثكا هما نوطب ىف ُلمحلا ثكميلا
“Homila, ona qornida ikki yildan ortiq turmaydi”deganlar. Bunday 
fikrlarni ijtihod yo‘li bilan bilib bo‘lmaydi. Agar uni sahihligi aniq bo‘lsa manbasi 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bo‘ladi. U xolda sahobaning so‘zi 
sunnatdir.
88
Shuningdek bir sahoba bir gap aytsa, uning gapiga boshqa sahobalar 
83
O‘sha manba. B. 99. 
84
Vahbatuz-Zuhayliy.Usulul fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul -fikr, 2008. II-juz. B. 150. 
85
Salohiddin Muhiddin. Usulul-fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997. B. 125. (217 bet) 
86
Abul Barakot an-Nasafiy. Manorul-anvor. –Istanbul: Hanafiya matbasi, B. 100. 
87
Muhammad ibn Abduhalim. Qomarul-aqmor sharh al-manor. –Istanbul: Hanafiy matbaasi, B. 100. 
88
Ahmad ibn Abu Said. Kashful-asror fi sharhil- manor. –Istanbul: Hanafiy matbaasi, 2008 II -juz. B. 101. 


24 
eʼtiroz bildirmagan bo‘lsalar, unday gap ham hujjatligi borasida ixtilof 
yo‘qdir.
89
Chunki sahobalar Rasulullohga zamondosh, shariat sirlaridan xabardor, 
bir qancha masalalarda turli fikrda bo‘lganliklariga qaramay, bir sharʼiy hukmda 
ittifoqqa kelganlari unda biror qatʼiy dalilga suyanganlaridandir. Ulamolar 
o‘rtasidagi ixtilof, sahobaning o‘z ijtihodi, shaxsiy fikri bilan aytgan so‘zi 
ustidadir. Abu Hanifa (rohima-hulloh) va u kishiga hamfikr bo‘lganlar, agar bir 
masala hukmini Allohning kitobidan, Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam)ning 
sunnatidan ham topa olmasam, unday holda o‘zim ixtiyor etgan sahobaning so‘zini 
olib, ixtiyor etmagan sahobaning so‘zini olmayman, lekin ularning so‘zidan 
chiqmayman deganlar. Abu Hanifa sahobalar ichidan muayyan bir sahobaning 
shaxsiy fikrini hujjat deb bilmaydilar.
90
Abu Hanifaning hujjatlari: 
1) 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling