O’zbekiston musulmonlari idorasi jo`ybori kalon ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi


يِف أمُتأعَزاَنَت أنِإَف أمُكأنِم ِرأمَ ألْا يِلوُأ َو َلوُسَّرلا اوُعيِطَأ َو َ َّاللَّ اوُعيِطَأ اوُنَمَآ َنيِذَّلا اَهُّيَأ اَي


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana30.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1416965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
DIPLOM ISH (1)

يِف أمُتأعَزاَنَت أنِإَف أمُكأنِم ِرأمَ ألْا يِلوُأ َو َلوُسَّرلا اوُعيِطَأ َو َ َّاللَّ اوُعيِطَأ اوُنَمَآ َنيِذَّلا اَهُّيَأ اَي
 
 َِّاللَّ ىَلِإ ُهوُّدُرَف ٍء أيَش
 َو ِ َّللَّاِب َنوُنِمأؤُت أمُتأنُك أنِإ ِلوُسَّرلا َو
 ًليِوأأَت ُنَسأحَأ َو ٌرأيَخ َكِلَذ ِر ِخَ ألْا ِم أوَيألا
“Ey, iymon keltirganlar Allohga itoat etingiz, Payg‘ambarga va 
o‘zlaringizdan (bo‘lmish) ish egalari (rahbarlarga) itoat etingiz. Bordiyu biror 
narsada kelisha olmay qolsangiz, Allohga va oxirat kuniga ishonadigan bo‘lsangiz, 
uni Allohga va payg‘ambarga havola qilingiz. Mana shu yaxshiroq va yechimi 
chiroyliroq ishdir“.
15
Mazkur oyati karimadagi “Allohga itoat qilish”dan Qurʼonga ergashish 
tushunilishi lozim. Rasulga itoat qilish deganda sunnatga ergashish; o‘zlaringdan 
chiqqan ish egalariga (ulul-amrga) itoat qilinglar, deyilganida, ulamolarga 
ergashish tushuniladi. “Ulul-amr”ni hazrati Abbos (roziyallohu anhu) ulamolar deb 
tafsir qilganlar
16
. Ammo bir fikrga kelisha olmagan masalani Allohga va rasuliga 
qaytarish – Alloh va uning rasuli aytgan hukmlarga solishtirish, yaʼni, qiyos qilish 
demakdir. 
Hukm chiqarishda mazkur tartibga, yaʼni, avval Qurʼon, keyin Sunnat, 
so‘ng ijmoʼ, va undan keyin qiyos kelishiga yana bir dalil Rasululloh (sollallohu 
alayhi vasallam) Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu)ni Yaman musulmonlariga 
taʼlim berish uchun yuborayotgan vaqtlaridagi ko‘rsatmalaridir.
17
Payg‘ambar 
(sollallohu alayhi vasallam) Muoz (roziyallohu anhu)dan so‘radilar. 
-Agar sendan biror masala so‘ralsa nima bilan hukm qilasan ? 
-Allohning kitobi ila hukm qilaman. 
14
] O‘sha manba. B. 13. 
15
] Abdulaziz Mansur. Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. –Toshkent: 2004. B. 87. Niso 
surasi 59 oyat. (Bundan keyin ushbu asarga qisqacha shaklda “Abdulaziz Mansur. Qurʼoni Karim 
maʼnolarining tarjima va tafsiri.” deb ishora qilinadi).
16
Salohiddin Muhiddin. Usulul fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997. B. 13. 
17
Vahbat az-Zuhayliy.Usulul fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul-fikr, 2008. I-juz. B. 45 



-Agar javobini Allohning kitobidan topa olmasangchi ? 
-Unda Alloh rasulining sunnati ila hukm qilaman. 
-Agar Alloh rasulining sunnatidan ham topa olmasangchi ? 
-Unda bor bilimini sarflab ijtihod qilaman , - dedilar 
Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hazrati Muozning ko‘kraklariga 
tashakkurona urib: “Alloh rasulining elchisi (yaʼni, Muozni) Allohning rasuli rozi 
bo‘ladigan ishga muvaffaq qilgan Allohga shukrlar bo‘lsin” dedilar.
18
Shunday qilib, mazkur hadisi sharif Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi 
vasallam)ning Muoz (roziyallohu anhu)ning javoblaridan mamnun bo‘lganliklari, 
uni tasdiqlaganlari har bir ishga hukm chiqarishda tartib shunday bo‘lishga dalildir. 
Bundan tashqari Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ning vafotlaridan 
so‘ng ham xuddi shu tartib saqlanib qolganligi va uni xalifalar, sahobalar hayotiga 
amaliy tatbiq qilganlari haqida bir qancha sahih rivoyatlar sobit bo‘lgandir.
19
Imom al-Farro Maymun ibn Mehron: “Abu Bakr (roziyallohu anhu) agar 
kishilar o‘rtasida sodir bo‘lgan ishni hal qilishlari lozim bo‘lib qolsa, Allohning 
kitobiga qarardilar. Unda so‘ralgan narsaning yechimi bor bo‘lsa, shunga muvofiq 
hukm chiqarardilar, Agar Allohning kitobidan bu savolga javob topa olmasalar, 
Rasulullohdan aynan shu masalaning yechimiga aytilgan hadisni bilsalar, shunga 
binoan javob berardilar. Bordi-yu bilmasalar yoki sunnatdan topa olmasalar, o‘sha 
davrni maslahatga layoqati bor kishilarni to‘plab bir yechimga kelishsa, shunga 
ko‘ra hukm qilardilar. Hazrati Umar ham xuddi shu yo‘lni tutardilar” deb rivoyat 
qiladi. 
Abu Bakr (roziyallohu anhu) va Umar (roziyallohu anhu)ning mazkur ish 
tartiblarini ulug‘ sahobalar, mashhur zabardast olimlar maʼqullaganlar. 
18
Muhammad Amin Obidin. Majmuatu rasaili ibn Obidin. –Damashq: Usmoniya matbaasi, 1919. B. 130. 
19
Salohiddin Muhiddin. Usulul fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997. B. 13 


10 
Tarixdan maʼlumki, bu tartibga ularning birortalari ham muxolif ish olib 
bormadilar. Bugungi kunimizda ham bu tartibga barcha musulmonlar tomonidan 
asl holicha amal qilib kelinmoqda, bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.
20
Quyida yuqorida sanab o‘tilgan islom huquqining to‘rt asl manbasiga Usulul-fiqh 
kitoblarida berilgan taʼriflaridan baʼzilarini muxtasar qilgan holda keltirib o‘tamiz. 
Birinchi manba Qurʼoni Karim: Qurʼon Allohning so‘zidir, lafzi ham maʼnosi ham 
arabcha holda Payg‘ambar Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) qalbiga Jabroil 
(a.s.) vositasida Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) Alloh tomonidan 
Payg‘ambar etib yuborilganligiga hujjat sifatida va insonlar hidoyat topishlari 
uchun dasturul amal bo‘lsin deb nozil qilingan. Uning tilovati ibodat hisoblanadi. 
Qurʼoni karim “al-Fotiha” surasidan boshlanib “an-Nos” surasi bilan tugaydi. U 
bizga ham yozma va ham og‘zaki ravishda mutavotir yo‘l bilan yetib kelgan, har 
qanday o‘zgarish va soxtalashtirishdan saqlangan
21
holda avloddan avlodga o‘tib 
kelmoqda.. Chunki Alloh taolo uni saqlashni o‘zi o‘z zimmasiga olgan.
22


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling