O’zbekiston musulmonlari idorasi jo`ybori kalon ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
DIPLOM ISH (1)
23
ُهَلاَّن ِإ َو َرأكِ ذلا اَنألَّزَن ُنأحَن اَّنِإ َنوُظِفاَحَل “Biz bu Qurʼonni nozil qildik va biz uni o‘zimiz saqlaguvchimiz“ 24 Ikkinchi manba sunnatdir:Sunnat lafzi lug‘atda yo‘l maʼnosini bildiradi. U yo‘l xoh yaxshi bo‘lsin, xoh yomon bo‘lsin uni sunnat deyiladi. Chunki rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dan shunday hadis rivoyat qilingan. سح ةنس نس نم رزو و اهرزو هيلعف ةئيس ةنس نس نم و ةمايقلا موي ىلا اهب لمع نم رجاو اهرجا هلف ةن 25 ةمايقلا موي ىلا اهب لمع نم “Kimki biror yaxshi yo‘lga birinchi bo‘lib boshlasa, uning savobi o‘sha boshlagan kishigadir. Aynan shu yo‘lga undan so‘ng to qiyomatgacha kim yursa, yurgan kishiga qancha savob bo‘lsa, shu barobarida birinchi boshlagan kishiga ham savobi 20 O‘sha manba. B. 15 21 Ahmad ibn Abu Said. Kashf al-asror fi sharhil manor. –Istanbul: Hanafiya matbasi., 2008. II-juz. B.11. 22 Abul Barakot an-Nasafiy. Manor al-anvor. –Istanbul: Hanafiya matbasi. B.11 23 Hijr surasi 9- oyat. 24 Abdulaziz Mansur. Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. B. 262. 25 Vahbat az-Zuhayliy.Usulul fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul-fikr, 2008. I-juz. B. 431 11 yetib turadi. Va kimki bir yomon ishni paydo qilsa va bu yomonlikning gunohi birinchi paydo qilgan kishiga bo‘ladi” Sunnatning istilohiy maʼnosi esa Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam)ning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari hamda taqrirlaridir. 26 Yuqoridagi sunnatning istilohiy taʼrifdan ko‘rinib turibdiki u uch xildir. 1.Qovliy sunnat – aytilgan so‘z. 2.Feʼliy sunnat – qilingan ish 3.Taqririy sunnat – Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) eʼtiroziga uchramagan so‘z yoki ish. 27 Qavliy sunnatga misol:تاينلاب ل امعلأا امنا: Darhaqiqat, barcha ishlar niyatga yarasha bo‘lg‘usidir. 28 Bunga o‘xshash qavliy misollar juda ham ko‘pdir. Feʼliy sunnatga misol.جحلا رئاعش ءادأو سمخلا تاولصلا ءادأ: Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) besh vaqt namozni hamda hajni hamma arkonlari ila ado etganlari kabilardir. 29 Taqririy sunnatga misol. Rivoyatga ko‘ra, ikki sahoba safarga chiqadilar. Yo‘lda namoz vaqti bo‘lib qoladi. Lekin tahorat qilishga suv yo‘q edi. Shunda har ikkalalari tayammum qilib namozni ado etadilar. So‘ng suvga muyassar bo‘ladilar. Shunda ulardan biri suv ila tahorat qilib namozni qaytadan o‘qiydi. Ammo ikkinchilari esa qayta o‘qimaydi. Bo‘lgan voqeani qaytib kelib Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam)ga aytib berganlarida, har ikkalalarining ham qilgan ishlarini to‘g‘ri deb tasdiqlaydilar. 30 Qaytarib o‘qimagan sahobaga aytdilar-ki: 26 Taqrir deb, Payg‘ambar (a.s.)ning eʼtiroziga uchramagan gap yoki ishga aytiladi 27 Vahbat az-Zuhayliy.Usulul fiqh al-Islamiy. –Damashq: Darul-fikr, 2008. I-juz. B. 432 28 Arabchadan tarjima. Zokirjon Ismoil. Hadis al-jomeʼ as-sahih. –Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1991. B. 7. 29 Ahmad ibn Abu Said. Kashful-asror fi sharhil manor. –Istanbul: Hanafiya matbasi, 2008. II-juz. B. 25. 30 Salohiddin Muhiddin. Usulul fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997. B. 36. 12 “Sen sunnatga muvofiq ish qilibsan, namozing qabuldir. “Qaytarib o‘qigan sahobaga esa “Senga ikki barobar savob bo‘lur” dedilar.” Shu kabi misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Uchinchi manba ijmoʼ: Ijmoʼning lug‘aviy maʼnosi “qasd qilmoq”, “yakdillik”, “birdamlik”, “hamjihatlilik” degan maʼnolarni anglatadi. 31 Usul ulamolarining istilohida esa ijmoʼning taʼrifi quyidagicha: Musulmonlardan bo‘lgan mujtahidlarning Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) vafotlaridan so‘ng bir davrda sharʼiy hukmga qilgan ittifoqlariga ijmoʼ deyiladi. Ijmoʼning istilohiy taʼrifidan ko‘rinib turibdiki, uning to‘rtta sharti mavjuddir: 1. Ijmoʼ aʼzolari mujtahidlardan bo‘lishi. 2. Ular musulmonlardan bo‘lishi. 3. Ijmoʼ Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) vafotlaridan so‘ng bo‘lishi. 4. Ijmoʼ qilinadigan masala sharʼiy masala bo‘lishi. 32 To‘rtinchi manba Qiyos: Qiyos-lug‘atda ikki xil maʼnoda ishlatiladi: 1. Bir narsani o‘ziga o‘xshash ikkinchi narsa bilan solishtirish. 2. Bir narsani o‘ziga o‘xshash ikkinchi narsaga tenglashtirishdir. Usul ulamolari qiyosni istilohiy maʼnosini quyidagicha taʼriflaydilar. Hukmiga sharʼiy dalil kelmagan ishni, hukmiga sharʼiy dalil kelgan ishga, har ikkala ish hukm illatida yaʼni (sababida) bir xil bo‘lganligi uchun tobeʼ qildirishdir. 33 Masalan: Hamr ichish hukmiga dalil kelgan voqea. Hukmi ushbu oyat ila harom bo‘lgan. 31 An Naʼim Arabcha-O‘zbekcha luhat. –Toshkent: Abdulla Qodiriy nashriyoti., 2003 32 Salohiddin Muhiddin. Usulul fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997. B. 36. 33 Vahbat az-Zuhayliy.Usulul fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul-fikr, 2008. I-juz. B. 574 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling