O’zbekiston qishloq joylar geografiyasi Mundareja: Kirish
Qishloq xo’jaligining ahamiyati va joylashish xususiyatlari
Download 473.46 Kb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston qishloq joylar geografiyasi1
Qishloq xo’jaligining ahamiyati va joylashish xususiyatlari.
Mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy hayotida qishloq xo`jaligi sohasi ham o`ziga xos o`rinini egallaydi va ustuvor yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Yer yuzida qishloq xo`jaligi, hech bo`lmaganda uning biron-bir sohasi bilan shug`ullanmaydigan mamlakatni uchratish mushkul bo`lsa kerak. Ma’lumki, qishloq xo`jaligi aholining turli-tuman noz-ne`matlari, qator sanoat tarmoqlarini esa xom ashyo bilan ta`minlab turadi. Qishloq joylarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasiga suyanish zamonaviy agrotexnikadan keng foydalanish, seleksiya va urug`chilik va dehqonchilik madaniyatida jahondagi ilg`or tajribalaridan oqilona foydalanish tufayli qishloq xo`jaligining aksariyat tarmoqlarida yutuqlar qo`lga kiritilmoqda. Qishloq xo`jaligi sohasida ishlab chiqarish darajasini yuksaltirish iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda mustaqil O`zbekiston oldida turgan qator muhim vazifalarni hal etishga imkon yaratdi. Qishloq xo`jaligi sohasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish darajasiga qarab mustaqil respublikamizning kelajagi qanday bo`lishi aniqlanadi. Shunga ko`ra mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida moddiy ishlab chiqarish sohasining yirik mexanizatsiyalashgan tarmog`i bo`lib hisoblangan qishloq xo`jaligiga e’tibor kuchayib bormoqda. Qulay tabiiy sharoit, mehnatsevar xalqimizning malakasi qishloq xo`jaligi oldida turgan ulkan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish imkonini beradi. 4 Mustaqillikning o`tgan davri ichida mamlakatimizning turli jabxalarida bo`lgani kabi qishloq xo`jaligida ham tub o`zgarishlar ro`y berdi. Eng avvalo o`lkamizning iqtisodiy mustaqilligini va aholi turmushi farovonligi darajasini ko`tarish, jahon andozalariga mos keladigan qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini vujudga keltirish va birin-ketin hayotga tadbiq etila boshladi. Natijada o`tmishdan qolgan boshqaruv uslubiga asoslangan davlat xo`jaliklari tugatilib, qishloq xo`jaligi sohasida faoliyat ko`rsatishi lozim bo`lgan jamoalar qayta tashkil etildi. Ular o`rniga bozor munosabatlariga mos keladigan shirkat xo`jaliklari, fermer xo`jaligi va dehqon xo`jaligi tizimi tarkib topdi. Ishlab chiqarishni tashkil qilishning aynan shu ko`rinishi Respublika qishloq xo`jaligining asosiga aylandi. 2006- yil ma’lumotlariga qaraganda qishloq xo`jaligiga (o`rmon xo`jaligi qo`shib hisoblanganda ) ish bilan band bo`lgan barcha aholining 33,6 foizi to`g'ri keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling