O’zbekiston qishloq joylar geografiyasi Mundareja: Kirish
Download 473.46 Kb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston qishloq joylar geografiyasi1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dehqonchilik.
- Chorvachilik.
Ixtisoslashuv. Mulkchilik shakllari, va korxonalar turi. Sug’oriladigan-
yaylov chorvachiligi. Shahar atrofi qishloq xo’jaligi. O’simlikchilik. Ekin maydonlari tuzilishi. Yetakchi tarmoqlar, qoramolchilik, qoraqo’lchilik, ipakchilik. Sug’oriladigan tekislik, cho’l, yaylov, shahar atrofi mintaqalari qishloq xo’jaligining rivojlanish xususiyatlari. qishloq xo’jalik xom- ashyolarini qayta ishlash muammolari. Bozor munosabatlari sharoitida agrar majmuani rivojlanish. Shunday qilib O’zbekiston qishloq xo’jaligi chuqur islohotlarni boshida kechirmoqda. Qishloq xo’jaligida bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o’tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon (fermer) xo’jaliklari faoliyatini yo’lga qo’yish kabi muhim masalalar hal etilmoqda. Qishloq xo’jaligini tubdan isloh qilish bilan bog’liq o’nlarcha qonunlar qabul qilindi. Qishloq xo’jaligining tarmoqlari geografiyasi: a) Dehqonchilik tarmoqlari; b) Chorvachilik tarmoqlari O’zbekiston qishloq xo’jaligi turli xil geografik imkoniyatlarga ega bo’lgan mamlakatlarda yuritiladi. Shu jihatdan geografik olimlar tomonidan mamlakat hududi uchta zonaga bo’lingan: 1.Tog’ va tog’ oldi zonasi. Zona respublikaning 21,5 %ini o’tloqzorlar bor. Uning tog’ oldi qismi va xorikor yerlar bo’lib, unda g’alla va xashaki ekinlar ekish, bog’dorchilik, uzumchilikni rivojlantirish mumkin. 2. Sug’oriladigan zona. U mamlakat hududining 18 %ini qamrab oladi. Mazkur zona Farg’ona vodiysi, Chirchiq-Ohangoran, Zarafshon, Qashqadaryo vohalari, Surxan-Sherobod vodiysi, Amudaryoni o’z ichiga oladi. Mazkur sug’oriladigan zonda mamlakatning asosiy qishloq xo’jalik (Dehqonchilik mahsulotlari yetishtiriladi). 15 3.Cho’l-yaylov zonasi. Uning maydoni mamlakat hududining 60 %idan ko’proqdir. Bu zona mamlakatning qorako’l quylari boqiladigan istiqbolli zonasidir. Dehqonchilik. U O’zbekiston qishloq xo’jaligning yetakchi tarmog’i. Dehqonchilikning qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotdagi hissasi 65-70 % ini tashkil qiladi. Mamlakat dehqonchiligi yaqin o’tmishda ekstensiv rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. Mirzacho’l, Qarshi, Jizzax, Surxon, Sherobod cho’llari o’zlashtirildi. Yirik-yirik irrigatsiya inshootlari, suv barpo qilindi. Natijada sug’orib dehqonchilik qilish miqyosi muntazam ortib bordi. Bu narsani tamomam sug’orib ekishga asoslanadigan paxta va boshqa ekin maydonlarining osishida ham ko’rish mumkin. Chorvachilik. O’zbekiston chorvachiligi ko’p tarmoqlidir. Shu jihatdan mamlakatimizda chorvachilikni rivojlantirishning regionlar va geografik mintaqalararo farqli jihatlari bor. M, qoramollar (va shu jumladan sog’in sigirlar) sug’oriladigan hamda lalmikor zonalarda, qorako’l qo’ylari cho’l yaylovlarida, hisori quylar tog’ yonbag’irlaridagi yaylovlarda, mayin jun beradigan echkilar tog’li zonada, parrandalar donkur rayonlarda yaxshi rivojlantirilgan. Respublika chorvachiligi qishloq xo’jaligining dehqonchilikdan keyin muhim tarkibiy qismi bo’lib, u aholining kundalik go’sht, sut, yog’, tuxum va boshqa chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Mustahkam ozuqa bazasini yaratish chorvachilikni rivojlantirish va mul chorvachilik mahsulotlari yetishtirishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham respublikadagi mavjud yaylovzorlar holatini yaxshilash (sug’orish), ozuqabop ekinlar maydonini kengaytirish, paxta yem ishlab chiqarishni ko’paytirish ishlariga katta e’tibor beriladi. Download 473.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling