O’zbekiston qishloq joylar geografiyasi Mundareja: Kirish
Qishloq xo`jaligining respublika iqtisodiyotida tutgan o`rni
Download 473.46 Kb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston qishloq joylar geografiyasi1
Qishloq xo`jaligining respublika iqtisodiyotida tutgan o`rni.
Qishloq xo`jaligi ASMning muhim bog`lovchi bo`g`ini hisoblanadi. U nafaqat agrosanoat majmuasida, balki milliy iqtisodiyotda alohida o`rin tutadi. Darhaqiqat, qishloq xo`jaligi O`zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmog`i hisoblanib, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 64 foizi qishloq joylarida istiqomat qiladi. YAIMning 27-30 foizi, iqtisodiy faol aholining deyarli 40 foizi, valyuta tushumlarining qariyb uchdan biri, ichki tovar aylanmasining 70 foizdan ortig`i ushbu sektor hissasiga to`g`ri keladi. Agrar sohada iqtisodiy o`sish sur`atlari 2000-2004 yillarda yiliga o`rtacha 6,2 %, jumladan, dehqonchilikda 7,2 % va chorvachilikda 5,0 foizdan iborat bo`lgan. Demak, agrar sohada iqtisodiy o`sishga dehqonchilik salmoqli ta`sir ko`rsatgan. Qishloq xo`jaligidagi iqtisodiy islohotlar mamlakatimiz oziq- ovqat mustaqilligini mustahkamlashga yanada qulayroq shart-sharoitlar yaratmoqda. 2005 yilda oldingi yilga nisbatan paxta xom ashyosi yetishtirish 126,1, meva va sabzavot yetishtirish-110,5, uzum-143,9, go`sht ishlab chiqarish-106,4, sut ishlab chiqarish-106,2, tuxum ishlab chiqarish-113,9, jun tayyorlash-106,8 foizga ko`paydi. . Agrar sektorda iqtisodiy o`sish dinamikasi. Tarmoqlar 2000 2001 2002 2003 2004 Qishloq xo`jaligining YAIMdagi ulushi 30,4 30,0 30,6 28,6 26,8 Qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti 103,2 104,5 106,1 107,3 110,1 20 Dehqonchilik 103,1 106,5 110,1 103,4 113,2 Chorvachilik 103,0 101,9 102,0 111,3 106,8 Ma`lumki, yer va suv resurslari agrar sektorning asosiy ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi. O`zbekistonda yerlarning 72 foizi qishloq xo`jaligida turli yo`nalishda foydalaniladi hamda respublika suv limitining 86 foizi agrar sektorda ishlatiladi. Vatanimiz yer yuzasidagi sug`orma dehqonchilik hamda chorvachilikning eng qadimiy mintaqalaridan biri. Uning qulay tabiiy sharoitiga muvofiq tarzda xalqimizning mehnat ko`nikmasi tufayli O`zbekiston paxta, pilla, qorako`l terisi, mayiz, qovun va boshqa mahsulotlar yetishtirish bilan jahonga dong taratgan. Yaqin o`tmishda mamlakat qishloq xo`jaligi bir tomonlama rivojlantirilgan, "O`zbekiston-mamlakatning asosiy paxta bazasi" shiori amalda edi. Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yilidanoq, paxta yakka- hokimligini bartaraf etishga kirishildi va "g`alla mustaqilligi"ni ta`minlash maqsadida dastur ishlab chiqildi. Paxta yakkahokimligiga barham berilib, don va boshqa ozuqa ekinlari maydonlari kengaytirildi. 2005 yilda 1,5 mln. ga maydonga boshoqli don ekinlari ekildi. 6,4 mln. t. boshoqli don, jumladan, 5,9 mln. tonnadan ko`proq bug`doy hosili yig`ib olindi. Download 473.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling