O`zbekiston raspublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 0.86 Mb.
|
O`zbekiston raspublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazi
Nerv sistemasi . Markaziy nerv sistemasi halqumni o'rab turadigan nerv halqasi , undan tana bo'ylab oldinga ( lablarga ) va orqaga ketadigan 6 ta nerv stvollaridan iborat Ulardan gipodermaning orqa va yon valiklari bo'ylab joylashgan ikkitasi boshqalariga nisbatan kuchliroq rivojlangan bo'lib , asosiy stvollar deyiladi . Bu stvollar ko'ndalang nervlar - komissuralar orqali o'zaro bog'langan . Tuproqda erkin yashaydigan yoki parazit yashovchi nematodalarning sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan . Odatda tuyg'u organlari vazifasini papillalar shaklidagi sezgi do'mboqchalari yoki qillar bajaradi . Tuyg'u papillalari ogʻiz atrofida , erkak nematodalarning dum qismida ham joylashgan . Boshining ikki yonida qadahsimon , spiralsimon botiq yoki tirqishga o'xshash amfidlar - kimyoviy sezgi organlari joylash gan . Amfidlar va papillalar erkak nematodalarda yax shi rivojlangan . Ayrim dengiz nematodalarida pigment 5 dog'dan iborat oddiy ko'zcha ham bo'ladi . Jinsiy sistemasi . Nematodalar odatda ayrim jinsli bo'lib , jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan . Jinsiy siste- masi tana bo'shlig'ida joylashgan uzun naychadan ib orat . Urgʻochisining jinsiy organlari juft , erkaginiki toq ( bitta ) bo'ladi . Urg'ochisi jinsiy sistemasi naylarining ingichka uchki qismi tuxumdon undan keyingi qismi tuxum yo'li deyiladi . Tuxumdon da hosil bo'lgan tuxumlar tuxum yo'lida urug'lanadi. Nematodalar tirik tabiatning o`ziga xos tuzilgan jonzotlaridan hisoblanib, turli xil muhitda yashashga moslashgan. Hozirgi hisob – kitoblarga qaraganda ularning bir necha o`n ming turlari mavjud. Nematodalar ya’ni yumaloq chuvalchanglarni yer yuzining deyarli barcha nuqtalarida, atmosferada, tuproqda, o`simlik va hayvon organizmlarining tanalarida, suv havzalarida va hattoki suv tubidagi balchiqlarda ham uchratish mumkin. Nematodalar tuproq qatlamlarida g`oyat ko`p miqdorda uchrab, ko`p hujayrali organizmlarning asosiy qismini tashkil etadi. Tuproqlardagi har qanday organik moddalarning chirish jarayoni nematodalar ishtirokida sodir bo`lib, tuproq organik va mineral moddalar bilan to`yinadi. Nematodalarning ko`pgina turlari odam, hayvonlar va o`simliklarning turli organlarida parazitlik qilib, inson va hayvon organizmlarida ko`pgina oqibati yomon bo`lgan, yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi, o`simliklar hosildorligining kamayishiga olib keladi. Nematodalarning tashqi tuzilishi o`ziga xos tarzda bo`lib, tanasi duksimon, ya’ni oldingi va keyingi uchi ingichkalashgan, ko`ndalang kesimi yumaloq shaklda bo`ladi. Tanasining oldingi qismida oziqlanish organi bo`lgan og`iz teshigi, keyingi uchiga yaqin joyda esa ortiqcha parchalanish mahsulotlarini chiqarib yuboradigan anal teshigi joylashgan. Tanasining keyingi qismi dumni hosil qiladi. Nematodalar tanasining anal teshigi joylashgan tomoni qorin deb ataladi. Jinsiy va ayirish tizimli teshiklari ham ana shu qorin tomondan tashqariga ochiladi.
Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling