O`zbekiston raspublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Nematodalar, yani haqiqiy to’garak chuvalchanglar sinfi
Download 0.86 Mb.
|
O`zbekiston raspublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi tuzilishi
2.2 Nematodalar, yani haqiqiy to’garak chuvalchanglar sinfi.
Nematodalar turli xil muhitda yashashga moslashgan bir necha o'n ming turlarni o'z ichiga oladi. Ularni Yer yuzining deyarli barcha havza larida va suv tubidagi balchiqda uchratish mumkin. Nematodalar tuproq biotsenozidagi ko'p hujayrali organizmlarning asosiy qismini tashkil etadi . Tuproqdagi har qanday chirish jarayoni nematodalarning ishtirokisiz o'tmaydi . Nematodalarning bir qancha turlari odam , hayvonlar va o'simliklarning turli organlarida parazitlik qiladi . Nematodalar tanasini qoplab turadigan pishiq kutikula ularni har qanday zararli moddalar ta'siridan himoya qilib , xilma - xil muhit sharoitida yashashga imkon beradi . Nematodalarning harakatlanish tarzi ham barcha muhitga to'g'ri keladi. Tashqi tuzilishi . Tanasi duksimon , ya'ni oldingi va keyingi uchi in gichkalashgan , ko'ndalang kesimi to'garak shaklda . Tanasining oldingi uchida og'iz teshigi , keyingi uchiga yaqin joyda esa anal teshigi joylash gan . Tanasining anal teshigidan keyingi qismi dumni xosil qiladi . Tananing anal teshigi joylashgan tomoni qorin deb ataladi . Jinsiy va ayirish sistemasi teshiklari ham ana shu qorin tomondan tashqariga ochiladi . Nematodalarning tanasi sirtdan ko'p qavatli kutikula bilan qoplangan . Kutikula nematoda tanasini mexanik ta'sirdan va zaharli moddalardan himoya qiladi . Bundan tashqari kutikula ichki bo'shliq turgori bilan birga somatik muskullar uchun tayanch vazifasini ham bajaradi . Kutikula ostida joylashgan gipoderma birlamchi lichinka epiteliysi hujayralarining qo'shilib ketishidan hosil bo'lgan sinsitiydan iborat . Nem atodalar tanasining ikki yon , orqa va qorin tomoni bo'ylab 4 ta bo'ylama chiziq o'tadi . Gipodermada mana shu chiziqlarga mos holda to'rtta va liklar ( yo'g'onlashuvlar ) hamda ular ostida bo'ylama muskullar joylash gan . Gipoderma valiklari muskul qavatini to'rt bo'lakka bo'lib turadi . Orqa va qorin muskullar nematoda tanasini dorzoventral yo'nalishda bukkanidan nematoda yon tomoni bilan harakatlanadi . Muskul hujayralari ancha uzun ( ot askaridasi muskullari uzunligi 0,5 sm ) bo'ladi . Kutikula , gipoderma va muskul qavatlari birgalikda teri - muskul xaltasini hosil qiladi Xalta birlamchi tana bo'shlig'ini o'rab tura di . Tana bo'shlig'i tayanch vazifasi bilan birga moddalar aylanish jarayon ida muhim ahamiyatga ega . Tana bo'shlig'i orqali moddalar ichakdan musk ullar va boshqa organlarga o'tadi ; moddalar almashuvining oxirgi maksu lotlari chiqarib tashlanadi . Shunday qilib , birlamchi tana bo'shlig'i organizmn ing ichki muhit vazifasini ham bajaradi . Nematodalarda kiprikli hujayralar bo'lmaydi , hatto spermatozoidlari ham xivchinsiz bo'ladi . Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling