O`zbekiston raspublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


KINORINXLAR ( KINORHYNCHA ) SINFI


Download 0.86 Mb.
bet8/12
Sana19.04.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1363335
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O`zbekiston raspublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazi

2.3. KINORINXLAR ( KINORHYNCHA ) SINFI
Kinorinxlar dengiz hayvonlari . Ular suv o'tlari ustida , suv , tubidagi loyqada yoki qumda yashaydi . 100 ga yaqin turni o'z ichiga oladi .
Tuzilishi . Tana uzunligi 0,18-1 mm boʻlib , kichikrok bosh , kalta bo'yin va uzun gavdadan iborat ; sirtdan tig'iz xitin plastinkalardan iborat sovut bilan qoplangan . Bu plastinkalar chuvalchang tanasini sirtdan bir qancha bo'g'im ( zonit ) larga ajratib turadi . Shuning uchun kinorinxlar tanasi bo'g'imlarga bo'linganga o'xshab ko'rinadi . Lekin tanasining tashqi metameriyasi ichki tuzilishiga ta'sir qilmasligi tufayli xaqiqiy tana xaltalari rivojlanmagan . Boshida joylashgan bir necha qator pixlari ilmoqqa o'xshab orqaga egilgan . Tanasining qolgan qismlarida , ayniqsa , keyingi tomonida ko'p sonli xitin qillar va pixlar bo'ladi
Tana qoplagichi kutikula va uning ostidagi gipoderma sinsitiyidan iborat . Muskullar yaxlit qavat hosil qilmasdan , to'p - toʻp boʻlib joylash ganligi tufayli teri - muskul xaltasi hosil bo'lmaydi . Barcha muskullari ko'ndalang - targ'il muskullardan iborat bo'lishi bilan kinorinxlar boshqa tuban chuvalchanglardan farq qiladi. Kinorinxlar (Kinorhyncha) -birlamchi tana boʻshliqli chuvalchanglar sinfi. Oʻz. 0,1 — 1mm. Tanasi yassi, kalin kutikula bilan qoplangan. 13 ta segment (bosh, boʻyin va 11 ta boʻgʻim)ga boʻlingan. Tanasida pixlar va ilmoqlar boʻladi. Tanasining old qismi buralib chiqadigan hartumni hosil qiladi. Koʻndalang-targʻil muskullari dasta boʻlib joylashgan, ichagi naysimon. Nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv stvolidan iborat. Sezgi organlari hartumidagi qillar va 1—2 juft pigment koʻzchalardan tashkil topgan. Ayirish sistemasi — 1 juft protonefridiydir. Ayrim jinsli. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Bir hujayrali suv oʻtlari va mikroorganizmlar bilan oziqlanadi. Hartumini oldinga otib, soʻngra tanasini tortib olib harakatlanadi. 2 turkumi, 100 ga yaqin turi maʼlum, koʻpchilik dengizlar tubida uchraydi.

Hazm qilish sistemasi tanasining oldingi tomonidagi og'iz teshigi , orqa tomonidagi chiqaruv teshigi va to'g'ri nay shaklidagi ichakdan ibo rat . Ichak keng ichki bo'shliqda joylashgan . Ayirish sistemasi bir juft shoxlanmagan qisqa protonefridiylardan iborat . Har bir protonefridiyda bittadan hilpillovchi hujayralar boʻladi .
Nerv sistemasi xartum atrofi nerv halqasi va qorin nerv stvolidan iborat . Tanasining tashqi tomondan bo'g'imlarga bo'linganligi nerv sistemasining tuzilishiga ta'sir qiladi . Ana shuning uchun ham nerv hujayralari nerv stvolida to'p bo'lib joylashib , gangliylar hosil qiladi . Sezgi organlari tuyg'u tuklaridan va bir juft oddiy ko'zchalardan iborat . Kinorinxlar ayrim jinsli , jinsiy , bezlari bir juft ; bezlarning chiqarish yo'li tanasining oxirgi segmentiga ochiladi .


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling