O`zbekiston raspublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
VUXERERIYA yoki BANKROFT IPCHASI (WUCHERERIA BANCROFTI)
Download 0.86 Mb.
|
O`zbekiston raspublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.5 Togarak chuvalchanglar filogeniyasi
VUXERERIYA yoki BANKROFT IPCHASI (WUCHERERIA BANCROFTI) asosan tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan. Odamlarda vuxererioz (elifantiazis), ya'ni fil kasalligini paydo qiladi. Bu uzun ipsimon nematoda urg'ochisining uzunligi 10 sm, erkaginiki esa 4 sm keladi. Voyaga yetgan chuvalchanglar limfa bezlarida, ichki a'zolarning qon tomir-larida parazitlik qiladi. Limfa yo'li berkilib qolishi tufayli limfa suyuqligi to'xtab qoladi, zararlangan joy esa juda yo'g'onlashib ketadi (11-rasm). Bu nematodaning rivojlanishi ikkita xo'jayinda boradi. Asosiy xo'jayini odam, oraliq xo'jayinlari esa Anopheles, Culex va Aedes urug'lariga kiradigan chivinlar
Urg'ochi vuxereriyalar limfa tomirlarida juda ko'p tirik lichinkalar tug'adi. Bu lichinkalar (mikrofilyariyalar) qon tomirlari tizimida aylanib yuradi. Kunduzi (odam faolligi oshgan paytda) lichinkalar ichki a'zolar qon tomirlarida yashasa, kechalari ular periferik tomirlarga o'tadi (12-rasm). Kechqurun yoki tunda chivinlar kasallangan odamlaming qonini so'rganida parazit lichinkalan chivin oshqozoniga va undan tana bo'shlig'iga o'tadi. Bu yerda biroz o'sadi va so'ngra xartumi asosida to'planadi. Chivinlar qon so'rish uchun sog'lom odam terisini teshganida, lichinkalar dastlab xartumdan teri ustiga chiqadi. So'ngra bu lichinkalar o'zlari faol harakat qilib, xo'jayin tanasiga kiradi. Umuman, voyaga yetgan parazitlar odam organiz-mida 17 yilgacha, lichinkalari esa 70 kun atrofida hayot kechiradi. Kasallikning yashirin (inkubatsion) davri 3-18 oy davom etishi mumkin. 2.5 To'garak chuvalchanglar filogeniyasi Ko'pchilik olimlarning fikricha filogenetik jihatdan to'garak chuval changlar kiprikli yassi chuvalchanglarga yaqin turadi . Bu ikki guruh o'rtasida o'xshashlik tuban tuzilishga ega bo'lgan vakillarda ko'proq ko'zga tashlanadi . Og'izaylangichlilar va qorinkipriklilarning tanasida kipriklar bilan qop langan joylarning bo'lishi , protonefridiylari , halqumi va jinsiy bezlarining tuzilishiga ko'ra kiprikli chuvalchanglarga yaqin turadi . To'garak chuval changlarning nerv sistemasi prinsip jihatdan kiprikli chuvalchanglarnikidan farq qilmaydi . Nematodalarning og'iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashganligini bilamiz . Yassi chuvalchanglar orasida faqat to'g'ri ichak lilarda og'iz teshigi ana shunday terminal , ya'ni tanasi uchki qismida joy lashgan . Ayrim jinsli xususiyatini hisobga olmaganimizda to'garak chu valchanglar jinsiy sistemasining tuzilishi ( xususan , og'izaylangichlilarda sariqdonlarning bo'lishi ) ham kiprikli chuvalchanglarga o'xshash bo`ladi . Birlamchi tana bo'shlig'i , orqa ichak va anal teshigining rivojlanganli gi bilan to'garak chuvalchanglar yassi chuvalchanglardan farq qiladi . Lekin bu belgilar progressiv evolyutsiya tufayli paydo bo'lganligidan to'garak chuvalchanglarni kiprikli yassi chuvapchanglardan kelib chiqqanligi to'g'risidagi nazariyaga monelik qila olmaydi . To'garak chuval changlarning birlamchi tana bo'shlig'i ana shunday lakunlarning yiriklashu vi va o'zaro qo'shilishidan kelib chiqqan bo'lishi mumkin . To'garak chuvalchanglar tipi ayrim sinflari tuzilishida kiprikli chuval changlardan keskin farq qiluvchi belgilar paydo bo'lgan . Bu belgilar ku tikulaning qalinlashuvi , kipriklarning yo'qolishi , hujayra tarkibining doimiy bo'lishi ( nematodalar , og izaylangichlilar ) , halqa muskullarning bo'lmasligi , halqum atrofi nerv halqasining bo'lishi , protonefridiylar o'rniga bo'yin be zlarining paydo bo'lishi , og izaylangichlilar halqumining chaynovchi halqumga aylanishi , teri - muskul xaltasining alohida muskullarga ajralib ketganligi va boshqalardan iborat . Keltirilgan belgilar asosan alohida or ganlarga tegishli boʻlganidan to'garak chuvalchanglar tuzilishining umumiy xususiyatlariga ta'sir etmaydi Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling