O`zbekiston raspublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


II BOB TO’GARAK CHUVALCHANGLAR TIPINING SISTEMATIKASI


Download 0.86 Mb.
bet3/12
Sana19.04.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1363335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O`zbekiston raspublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazi

II BOB TO’GARAK CHUVALCHANGLAR TIPINING SISTEMATIKASI
2.1 QORINKIPRIKLILAR (GASTROTRICHA) SINFI
Tanasining shakli chuvalchangsimon mayda , uzunligi 1-1,5 mm . Qor in tomoni kipriklar bilan qoplanganligi ularni kiprikli chuvalchanglar bilan yaqinlashtiradi . Qorinkipriklilarning chuchuk suv va dengizlarda tarqal gan 160 ga yaqin turi ma'lum .
Tashqi tuzilishi . Qorinkipriklilar - sodda tuzilgan chuvalchanglar . Chuchuk suvda yashovchi turlari tanasining oldingi qismi boshga o'xshab tanadan biroz ajralib turadi ; keyingi qismi esa dumga o'xshash ikkita ayrini hosil qiladi. Ayrisi uchiga yelim bezlarining yo'li ochilgan . Tana qoplag'ichining qorin va bosh qismida kipriklar boʻladi . Tanasining keyin gi uchidagi noksimon yelim bezlarining joylanishi va tuzilishi ham kiprikli chuvalchanglarnikiga o'xshaydi . Qorinkipriklilarning silliq bo'ylama muskullari tana qoplag'ichi ostida yaxlit qavat hosil qilmasdan ; to'p - to'p bo'lib tanasi bo'ylab joylashadi . Shuning uchun ularning teri - muskul xaltasi bo'lmaydi . Ichki organlari birlamchi tana bo'shlig'ida joylashgan .
Hazm qilish sistemasi to'g'ri nay shaklida , tanasining oldingi qismi dagi og'iz teshigidan boshlanib , keyingi tomonda anal teshigi bilan tugaydi. Ichagi halqumdan , uzun o'rta ichak va qisqa orqa ichakdan iborat . Halqum teshigining qirrali boʻlishi va ichagining tuzilishi bilan qorinkipriklilar to'garak chuvalchanglarga o'xshab ketadi . Ozig'i hujayra ichida hazm bo'ladi .
Ayirish sistemasi bir juft buralgan protonefridiylardan iborat . Har bir nefridiyning uchida faqat bittadan hilpillovchi kiprikli hujayralari bo'ladi . Ayrim turlarida protonefridiylar bo'lmaydi.
Nerv sistyemasi bir juft halqumusti gangliysi va ikkita yon nerv stvolidan iborat. Tana qoplag‘ichi sirtidagi sezgir tukchalar tuyg‘u organlari, boshining ikki yonida joylashgan kiprikli chuqurchalari esa xemoretseptorlar hisoblanadi.

1-rasm
. Jinsiy sistemasi germafrodit yoki ayrim jinsli . Jinsiy bezlari odatda juft , ba'zan toq boʻladi . Jinsiy teshigi anal teshigi oldida joylashgan . Tux umlari tana ichida urug'lanadi . Nerv sistemasi bir juft halqumusti gangliysi va ikkita yon nerv stvol idan iborat . Tana qoplag'ichi sirtidagi sezgir tukchalar tuyg'u organlari , boshining ikki yonida joylashgan kiprikli chuqurchalari esa xemoretsep torlar hisoblanadi .
Filogeniyasi . Qorinkipriklilar kiprikli chuvalchanglar bilan to'garak chuvalchanglarni bog'lovchi zveno bo'lib hisoblanadi . Tanasining ayrim qismlarida kiprikli epiteliyning bo'lishi , teri bezlari , protonefridiy ayirish sistemasi va jinsiy sistemasining tuzilishi ularni kiprikli chuvalchanglar bi lan yaqinlashtiradi . Kiprikli epiteliyning yo'qola borishi , birlamchi tana bo'shlig'i , ayrim jinsli turlarining boʻlishi , ichagining tuzilishi ularni to'garak chuvalchanglarga yaqinligini ko'rsatadi. Nematodalar turli xil muhitda yashashga moslashgan 20 ming atrofidagi turlarni o‘z ichiga oladi. Ularni deyarli barcha suv havzalarida va tuproqda uchratish mumkin.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling