O„zbekiston repsublikasi oliy va o„rta mahsus ta‟lim vazirligi
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
ishlab chiqarishni operativ boshqarishni samarali tashkil etish (1)
2.2.1.-jadval
“Qarshi yog„-ekstraksiya” ochiq hissadorlik jamiyatining 2013-2014 xo‟jalik yillaridagi asosiy moliyaviy ko‟rsatkichlari 2 .(ming so‗m) t/r Ko‟rsatkichlar 2013yil 2014yil 2014yilni 2013yilganisbatan farqi 2014yilni 2013yilganisbati 1. Mahsulot sotishdan tushgan sof tushum 40625011 37327134 -3297877 91,90%
2. Mahsulot tannarxi 31866298 31269677 -596621
98,13 3.
Mahsulot sotishdan yalpi foyda 8 758 713 6 057 457 -2701256 69,16 4.
Davr xarajatlari 5 222 711 4 838 733 -383978
92,65 5.
Sotish xarajatlari 445667
541154 95487
121,43 6.
Ma‟muriy xarajatlari 726095
942399 216304
129,79 7
4050949 3355180
-695769 82,82
8. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari 130849
82429 -48420
63,00 9
3 666 851 1 301 153 -2365698 35,48
10. Moliyaviy faoliyatdan daromad 16 527
17 796 1269
107,68 11. Moliyaviy faoliyat boyicha xarajatlar 1 087 081 1 110 467 23386 102,15
12. Daromad solig‟i tulaguncha foyda 2 596 297 208 482 -2387815 8,03 13.
Daromad solig‟i 397 591
87 156 -310435
21,92 14. Daromaddan boshqa soliq va yig‟imlar 174574 8282
-166292 4,74
15. Sof foyda 2 024 132 113 044 -1911088 5,6%
2 Korxona hisobotlari asosida tuzildi 2.2.2.-jadval “Qarshiyog„-ekstraksiya”ochiqhissadorlik jamiyatining 2014-2015 xo‟jalik yillaridagi asosiy moliyaviy ko‟rsatkichlari 3 .(ming so‗m) t/r Ko‟rsatkichlar 2014yil 2015yil 2015yilni 2014yilga nisbatanfarqi 2015yilni 2014yilga nisbati 1. Mahsulot sotishdan tushgan sof tushum 37327134 37291269 -35865 99,90%
2. Mahsulot tannarxi 31269677 30920613 -349064
98,88 3.
Mahsulot sotishdan yalpi foyda 6 057 457 6 370 656 313199
105,17 4.
Davr xarajatlari 4 838 733 6 611 311 1772578
136,63 5.
Sotish xarajatlari 541 154
542983 1829
100,34 6.
Ma‟muriy xarajatlari 942399
798579 -143820
84,74 7.
Boshqa operatsion xarajatlar 3355180
5 269 749 1914569
157,06 8.
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari 82 429
2 375 986 2293557
2882,46 9.
Asosiy faoliyatning foydasi 1 301 153 2 135 331 834178
164,11 10. Moliyaviy faoliyatdan daromad 17 796 26 670
8874 149,87
11. Moliyaviy faoliyat boyicha xarajatlar 1 110 467 934 156 -176311
84,12 12. Daromad solig‟i tulaguncha foyda 208 482 1 227 845 1019363 588,95
13. Daromad solig‟i 87 156
113 141 25985
129,81 14. Daromaddan boshqa soliq va yig‟imlar 8 282 88 996
80714 1074,57
15. Sof foyda 113 044
1 025 708 912664
907,4%
3 Korxona hisobotlari asosida tuzildi 2.2.1.-diagramma “Qarshiyog„-ekstraksiya”ochiqhissadorlik jamiyatining 2013-2015 xo‟jalik yillaridagi jami daromadlari dinamikasi 4 . (ming so‗m)
4 Korxona hisobotlari asosida tuzildi 2.2.2.-diagramma “Qarshiyog„-ekstraksiya”ochiqhissadorlik jamiyatining 2013-2015 xo‟jalik yillaridagi jami xarajatlari dinamikasi 5 . (ming so‗m)
5 Korxona hisobotlari asosida tuzildi 2.2.3.-jadval. Qarshi yog„-ekstraksiya” ochiq hissadorlik jamiyatining 2013-2015 yillardagi aktiv mablag„lari tahlili 6 . (ming so‗m) t/r Ko„rsatkichlar 2013 2014yil 2015yil 2014yilning 2013yilga nisbatan farqi 2015yilning 2014yilga nisbatan farqi
I.Uzoq muddatli aktivlar 1.
Asosiy vositalarning qoldiq qiymati
7 607 361
8 342 840 10 998 034
735 479
2 655 194 2.
Uzoq muddatli investitsiyalar 852 958
271 341
276 341
-581 617 5 000 3.
O‗rnatiladigan asbob-uskunalar 148 776
212 680
126 972
63 904
-85 708 4.
Kapital quyilmalar 204 636
1 370 632
30 930
1 165 996 -1 339 702 5.
I bo‗lim bo‗yicha jami 8 813 731
10 197 493 11 432 277
1 383 762 1 234 784
II.Joriy aktivlar
7. Tovar moddiy zahiralari 4 843 758
6 357 881 4 955 982
1 514 123 -1 401 899 8.
Kelgusi davr xarajatlari 113 600
476 542
70 475
362 942
-406 067 9.
Kechiktirilgan xarajatlar - 85 677 -
10.
Debitorlar 2 450 266
3 645 092 4 426 319
1 194 826 781 227 11.
Pul mablag‗lari 1 665 814 729 93 705
-1 665 085 92 976
6 Korxona hisobotlari asosida tuzildi
12. Qisqa muddatli investitsiyalar 26283
26283
13.
II bo‗lim bo‗yicha jami 9 099 721
10 592 204 9 572 764
1 492 483 -1 019 440 14.
Balans aktiv bo‗yicha jami 17 913 452
20 789 697 21 005 041
2 876 245 215 344 2.2.4.-jadval. Qarshiyog„-ekstraksiya” ochiq hissadorlik jamiyatining 2013-2015yillardagipassivmablag„laritahlili 7 . (ming so‗m) t/r Ko„rsatkichlar 2013yil 2014yil 2015yil 2014yilning 2013yilga nisbatan farqi 2015yilning 2014yilga nisbatan farqi I. O‗zmablag‗larimanbalari 1. Ustav kapitali 1 118 304 1 118 304 4 193 640 0 3 075 336 2. Qo‗shilgan kapital 306 642 306 642 306 642 0 0 3. Rezerv kapital 2 493 106 2 897 958 3 211 897 404 852
313 939 4.
Taqsimlanmagan foyd 2 024 132 113 044 1 140 968 -1 911 088 1 027 924 5. Maqsadli tushumlar 2 140 829 3 077 552 - 936 723
I bo‗lim bo‗yicha jami 8 083 013 7 513 500 8 853 147 -569 513 1 339 647 I I. Majburiyatlar 1. Uzoq muddatli majburiyatlar 338 950 4 837 450
1 571 658 4 498 500 -3 265 792 2.
Joriy majburiyatlar 9 491 489
8 438 747 10 580 236
-1 052 742 2 141 489
I Ibo‗lim bo‗yicha jami 9 830 439
13 276 197 12 151 894
3 445 758 -1 124 303
7 Korxona hisobotlari asosida tuzildi Balans passivi bo‗yicha jami 17 913 452
20 789 697 21 005 041
2 876 245 215 344
3-Bob. ISHLAB CHIQARISHNI OPERATIV BOSHQARISHNING IJTIMOIY VA IQTISODIY SAMARADORLIGI 3.1. KORXONA ISHLAB CHIQARISH FAOLIYATINI SAMARADORLIGINI BAHOLASH Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo‗jalik yuritishning sifat va miqdor ko‗rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o‗rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Afsuski, bozor sharoitlarida ―samaradorlik‖ tushunchasi, garchi, daromad
olish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat
samaradorligining o‗sishi, fond qaytimi, rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti talablariga zid kelmasa-da, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tushunchalarga qaraganda kam qo‗llanilmoqda. Samarali ishlash degani o‗z mohiyatiga ko‗ra, mo‗ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‗qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi. ―Samara‖, ―samaradorlik‖, ―ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik‖ kabi
tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur. ―Samara – ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo‗q qilish bilan bog‗liq bo‗lgan korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi. Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U ―samara‖ toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va majmua tavsifiga ega‖ 8 . Samaradorlik chora sifatida ko‗plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo‗jalik qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o‗zining xo‗jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi. Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda bir muncha tor ma‘noni anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo‗jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi. Xarajatlar qanchalik kam bo‗lsa (mahsulot sifatiga ta‘sir qilmagan holda), samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat o‗rtasidagi farqni yo‗qotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik bir vaqtning o‗zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning har tomonlama rivojlanishi va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi hisoblanadi. Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va madaniyatining o‗sishi, aholi sog‗lig‗ining yaxshilanishi va umr ko‗rishining uzayishida aks ettiriladi.
8 A.R. Bakiyev, S.N. Xashimova, I.A. Bakiyeva-―Ishlab chiqarishni tashkil qilish va iqtisodiyot‖ Тoshkent «IQTISOD-MOLIYA» 2010 Ishlab chiqarish samaradorligi ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi hisoblanadi: iqtisodiy yutuqlar korxonaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga yordamlashadi. Masalan, foydaning o‗sishi, jamg‗armalarning ortishi korxonaga ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi. Biroq samaradorlik va uning asosiy ko‗rsatkichi — foyda (daromad) o‗z-o‗zidan, avtomatik ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka erishish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa xususiyatlardan kelib chiqqan holda, turli vosita va yo‗llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya‘ni samaradorlikka qisqa yoki uzoq muddatlarda erishishni mo‗ljallash, asosiy rollardan birini o‗ynaydi. Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt mobaynida mahsulot sifatini yaxshilashni mablag‗ bilan ta‘minlash, ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va modernizasiya qilish, xodimlar malakasini oshirishga ajratilayotgan mablag‗larni kamaytirish yo‗li bilan ko‗paytirishi mumkin. Uzoq muddatli rejalarda esa bu, foydaning kamayishiga va hattoki korxonaning bozordagi o‗rnini yo‗qotishi natijasida bankrotga uchrashiga olib kelishi mumkin. Xorijiy firma va korxonalar o‗z faoliyatlarida samaradorlikka erishish uchun ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga e‘tiborni kuchaytirishdan tashqari, mahsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga alohida e‘tibor qaratmoqdalar. Masalan, Yaponiyaning ―Omron‖ firmasi o‗ziga ―Barchaning yaxshi hayoti, yaxshi dunyo uchun‖ degan iborani shior qilib olgan. Amerikaning ―Katerpiller‖ kompaniyasining shiori ―Dunyoning har bir burchagida 48 soat xizmat ko‗rsatish‖ bo‗lsa, ―Ribok‖ firmasi ―Yaxshi bahodagi narx‖ iborasini shior qilib olgan. Bunday misollardan yana bir nechtasini keltirib o‗tish mumkin.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, samara va samaradorlik qotib qolgan kategoriyalar qatoriga kirmaydi hamda faqatgina pul ko‗rinishida o‗lchanmaydi. Samaradorlik va sifatli mehnat tufayli korxona birinchidan, o‗zining iqtisodiy barqarorligi va bozordagi raqobatchilikka bardosh berishini ta‘minlaydi, ikkinchidan, o‗z imidjini yaxshilaydi va hamkorlar bilan aloqalarini mustahkamlaydi, uchinchidan, xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yaxshilaydi. Demak, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‗llarini qidirish, xarajat va natijalarni to‗g‗ri solishtirish, mulkchilik shakli, qaysi tarmoqqa tegishliligi, hududiy joylashishi va faoliyat turidan qat‘inazar, har bir korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling