O„zbekiston repsublikasi oliy va o„rta mahsus ta‟lim vazirligi


  “Qarshi  yog„-ekstraksiya”  ochiq  hissadorlik  jamiyatining  iqtisodiy  va


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana05.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#217772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
ishlab chiqarishni operativ boshqarishni samarali tashkil etish (1)

2.2.  “Qarshi  yog„-ekstraksiya”  ochiq  hissadorlik  jamiyatining  iqtisodiy  va 

moliyaviy kо„rsatkichlari tahlili 

Ishlab    chiqarish    samaradorligini    oshirish    –    korxona  rahbariyatining    doimiy  

vazifasidir.  Bu  vazifani  yechish amaliyotda  quyidagi  omillar  bilan  bog‗liq  bо‗ladi: 

—    bozor    talablariga    javob    beruvchi    yuqori    sifatli    mahsulot  ishlab  

chiqarishda    eng    kam    xarajatlar    bilan    ishlab    chiqarishning    maksimal    hajmini  

ta‘minlovchi,  optimal  ishlab  chiqarish jarayonini tanlash; 

—    iste‘molchilar    talabini    qondirishga    yо‗naltirilgan  mahsulotni  sotish  va 

yuqori daromad (foyda) olish; 

—    aylanma    vositalarni    tejash    imkoniyatini    yaratuvchi  optimal    ishlab  

chiqarish  zahiralarini  yaratish.     

     Iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida  korxonalar  xо‗jalik  faolitini 

baholovchi asosiy mezon – foydadir. 

  Biz  tahlil  qilayotgan  «Qarshi  yog‗-ekstraksiya‖  ochiq  hissadorlik  jamiyatining 

moliyaviy faoliyatini tahlil qilish maqsadida korxonaning 2013-2014 xо‗jalik yilardagi 

moliyaviy natijalarini tahlil qilib chiqamiz.(2.2.1.-jadval)    

Korxonaning  moliyaviy  natijalarini  jadvaldagi  ma‘lumotlar  asosida  tahlil 

qiladigan bо‗lsak, mahsulotni sotishdan tushgan sof tushum 2013 yilda 40625011ming 

sо‗mni,  2014  yilda  esa  bu  kо‗rsatkich  37327134  ming  sо‗mni  tashkil  qiladi,  bundan 

mahsulotni sotishdan tushgan sof tushum 91,90%ga kamayganini kо‗rishimiz mumkin. 

Mahsulot tannarxi 2013 yilda 31866298 ming sо‗mni tashkil etgan bо‗lib, 2014 yilda bu 

kо‗rsatkich  31269677  ming  sо‗mni  tashkil  etib,  bu  2013  yilga  nisbatan  596621  ming 

sо‗mga  yoki  98,13%ga    kamaygan.  Mahsulot  sotishdan  yalpi  foyda  ham  2014  yilda 

2013  yilgiga  nisbatan  69,16%ga  pasaygan.  Jamiyatning  davr  xarajatlari    2013  yilda 

5222711  ming  sо‗mni  tashkil  qilgan  bо‗lsa,  2014  yilda  4838733  ming  sо‗mni  tashkil 

qildi,  ya‘ni  bu  kо‗rsatkich  92,65%ga  kamaygan.  Sotish  xarajatlari  121,43%ga, 

ma‘muriy  xarajatlar  esa  129,79%ga  oshgan,  boshka  operatsion  xarajatlar  bо‗yicha 

kо‗rsatkichlar esa 82,82%ga kо‗paydi. Xarajatlarning о‗sishi natijasida korxona  2014 

yilda  asosiy  faoliyatdan  zarar kurgan.  Lekin  moliyaviy  faoliyat  daromadlari  107,3%ga 

oshgan,  shunga  qaramasdan  jamiyatning  sof  foydasi  2014  yilda  2013  yilga  nisbatan 

1911088 ming sо‗mga yoki 5,6%ga kamaygan.  




«Qarshi  yog‗-ekstraksiya‖  ochiq  hissadorlik  jamiyati  faoliyatining  moliyaviy 

faoliyatini  tahlil  qilishni  davom  ettirgan  holda  uning    2014-2015  xо‗jalik  yillardagi 

moliyaviy natijalarini tahlil qilib chiqamiz.(2.2.2.-jadval)    

Jamiyatning moliyaviy natijalarini jadvaldagi ma‘lumotlar asosida tahlil qiladigan 

bо‗lsak,  mahsulotni  sotishdan  tushgan  sof  tushum  2014yilda  37327134  ming  sо‗mni, 

2015 yilda esa bu kо‗rsatkich 37291269 ming sо‗mni tashkil qiladi, bundan mahsulotni 

sotishdan  tushgan  sof  tushum  99,90%ga  oshganini  kо‗rishimiz  mumkin.  Mahsulot 

tannarxi  2014  yilda  31269677ming  sо‗mni  tashkil  etib  2015yilda  30920613  ming 

sо‗mni bо‗lgan, bu esa о‗tgan yilgiga nisbat 98,88%ga kamaygan. Mahsulot sotishdan 

yalpi  foyda  2014  yilda  6057457ming  sо‗mni  tashkil  etgan,  2015  yilda  6370656ming 

sо‗m bо‗lib, bu о‗tgan yilgi kо‗rsatkichga nisbatan 313199ming sо‗mga kо‗p yoki 105, 

17%ga  oshganini  kо‗rishimiz  mumkin.  Davr  xarajatlari  2014  yilda  4838733  ming 

sо‗mni  tashkil  qilgan  bо‗lsa,  2015  yilda  6611311  ming  sо‗mni  tashkil  qildi,  ya‘ni  bu 

kо‗rsatkich xam 136,63%ga oshgan. lekin davr xarajatlari tarkibidagi sotish xarajatlari 

va  boshka  operatsion  xarajatlar  utgan  yilgiga  kupaygan  bulsada,    ma‘muriy  xarajatlar 

esa 2014 yili 942399   ming sо‗m bо‗lgan, 2015 yilda esa 798579 ming sо‗mni tashkil 

etgan, bu esa о‗tgan yilgiga nisbatan 143820 ming sо‗mga pasaydi, ya‘ni bu xarajatlar 

84,74%ga  pasayganini  kо‗rishimiz  mumkin.  Asosiy  faoliyatning  boshqa  daromadlari, 

asosiy  faoliyatning  foydasi,  moliyaviy  faoliyatdan  daromad,  daromad  solig‗i 

tо‗laguncha  foydalar  va sof foyda  bо‗yicha   barcha kо‗rsatkichlar  oshgan.  Bu  esa о‗z 

navbatida  jamiyatning  moliyaviy  holati  yaxshilanganidan  dalolat  beradi.  Korxonaning 

mahsulot  sotishdan  tushgan  sof  tushumi,  yalpi  foydasi  va  sof  foydasini  2013-2015 

xо‗jalik  yillarida  о‗zgarishini  va  2013-2015  xo‘jalik  yillaridagi  jami  xarajatlari 

dinamikasini  diagramma  kо‗rinishida  ham  tahlil  qildik.  (2.2.1.-diagramma,  2.2.2.-

diagramma) 

Har  qanday  korxonaning  moliyaviy  faoliyatini baholashda  uning aktiv va passiv 

mablag‗larining  ahamiyati  kattadir.  Qо‗yidagi  jadvalda  biz  jamiyatning  aktiv 

mablag‗lari kо‗rsatkichlarini tahlil etib chiqdik.(2.2.3.-jadval) 

Jadval  ma‘lumotinilarini  tahlil  etib  chiqsak,  korxonaning  ushbu  jadvalda 

keltirilgan deyarli barcha kо‗rsatkichlari: asosiy vositalarning pul kо‗rinishidagi qoldiq 

qiymati,  uzok  muddatli  investitsiyalar  2015  yilda  2014  yilga  nisbatan  oshgan. 

Jamiyatning о‗rnatiladigan asbob-uskunalari, kapital qо‗yilmalari 2015 yilda 2014 yilga 

nisbatan  kamaygan,  birinchi  bо‗lim  bо‗yicha  jami  aktivlar  oshgan.  Tovar  moddiy 

zahiralar,  kelgusi  davr  xarajatlari,  debitorlar  qarzlari  2014  yilda  2013  yilga  nisbatan 

oshgan,  birok  2015  yilda  2014  yilga  nisbatan  kamaygan.  Tahlil  qiladigan  bо‗lsak 

jamiyatning  jami joriy aktivlari 2014 yilda 2013 yilga nisbatan kamaygan, 2015 yilda 

2014 yilga nisbatan kamaygan, lekin jami balans aktivlari bо‗yicha jami kо‗rsatkichlari 

2014  yilda  2013  yilga  nisbatan,  2015  yilda  2014  yilga  nisbatan  ham  oshgan,  bu  esa 

korxonaning  likvidlik  mablag‗larini  kо‗payganini  bildirada  yoki  majburiyatlarni 

qoplash uchun yetarli pul mablag‗lari  mavjud ekanligidan dalolatdir.  

Keyingi  jadvalda  biz  korxonaning  passiv  mablag‗larini  tahlil  etib  chiqamiz. 

Passiv qismi о‗z mablag‗lar manbai va majburiyatlardan iboratdir. Korxona balansining 

aktiv  qismi  passiv  qismiga  mos  kelishi  yoki  balans  berishi  korxonaning  moliyaviy 

mablag‗lari  va  mahsulot  sifatini  boshqarish  bо‗yicha  tashkiliy,  iqtisodiy,  huquqiy  va 

texnik ta‘minotini nazorat qilishidan dalolat beradi. (2.2.4.-jadval) 

Jadvalni  tahlil  qilib  chiqadigan  bо‗lsak  korxonaning  ustav  kapitali  uzgarmagan. 

Rezerv  kapitali,  taqsimlanmagan  foyda  oshgan,  birok  maksadli  tushumlar  2014  yilda 



2013  yilga  nisbatan  oshgan,  2015  yilda  esa  maqsadli  tushumlar  yо‗q.  Korxonaning 

majburiyatlari xam oshgan. Bu о‗z mablag‗lari manbalarining oshmaganligini bildiradi. 

 




Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling