O„zbekiston repsublikasi oliy va o„rta mahsus ta‟lim vazirligi
II-BOB. “Qarshi yog„-ekstraksiya” ochiq hissadorlik jamiyatining
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
ishlab chiqarishni operativ boshqarishni samarali tashkil etish (1)
II-BOB. “Qarshi yog„-ekstraksiya” ochiq hissadorlik jamiyatining
boshqaruv va iqtisodiy ko„rsatkichlari tahlili 2.1. “Qarshi yog„-ekstraksiya” ochiq hissadorlik jamiyatining tashkiliy- iqtisodiy tavsifi Qashqa vohasida urushdan keyingi kunlarga qadar (1945 yillar) birorta ham yirikroq sanoat korxonasi yо‗q edi. Ammo, о‗lkamizning serunum yeri, otashin quyoshi yer osti va yer usti zahiralarga boyligi uning kelajagi porloq, istiqbollari nurli ekanidan dalolat berib turardi. Bu borada Qarshi chо‗lini о‗zlashtirish uchun boshlangan harakat katta tarixiy ahamiyatga molik voqealardan biri bо‗lib hisoblansa, undan bir oz avvalroq Qarshi yog‗ korxonasiga asos solinishi, ana shu xayrli tadbirlarning debochasi bо‗lib maydonga chiqqandi. Shul bois ham kelajak rejada Qashqadaryo viloyatida paxta maydonlarini kengaytirish, mavjud ekin maydonlarida intensiv ishlab chiqarishni yо‗lga qо‗yib, ilg‗or agrotexnika qoidalarini qо‗llash yо‗li orqali va hosildorlikni kо‗tarish tadbirlarini ishlab chiqish bilan bir qatorda yetishtirilgan hosilni tо‗laligicha viloyatimizning о‗zida qayta ishlash istiqbollari ham belgilangandi. Chunki, о‗sha davrda vohamizning ikki tumanida Shahrisabz va Yakkabog‗da paxta tozalash korxonalari bо‗lib, ularda ishlab chiqarilgan chigit qayta ishlov berish uchun chetga chiqarilardi. Ana shularni hisobga olib vohada paxta tozalash korxonalarining sonini kо‗paytirish va Qarshi shahrida yog‗ korxonasi qurilishining rejalashtirilishi viloyatimizda sanoatning dastlabki dadil qadamlari edi. Shunday qilib, 1947 yilning 22 dekabrida, sutkasiga 150 tonna chigitni qayta ishlash quvvatiga ega bо‗lgan Qarshi yog‗ korxonasini loyihalashtirish ishlari boshlab yuborildi. 1949 yili korxona poydevoriga birinchi g‗isht qо‗yildi. Qurilish ishlari besh yilgacha davom etib, u 1954 yili muvaffaqiyatli yakunlandi. Bir yil chо‗zilgan qabul topshiruv ishlaridan sо‗ng 1955 yili korxona tо‗la quvvatda ishlay boshladi. Bugungi kunda korxona Ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi «Qarshi yog‗- ekstraksiya» korxonasi «Ozik ovkat sanoati korxonalari» uyushmasi tarkibiga kiradi va aksiyadorlik tarkibida 58.04 % davlat ulushi mavjud. Korxona ustav fondi
1 118 304 m.s. Shundan: korxona jamoasi 5,59%
62 563,2 m.s. Davlat ulushi
649 080 m.s. Erkin savdo ulushi
2,65%
29 635,2 m.s. ―OIL TRANSPORTATION PROGRESS MChj 33.71% 377 025,6 m.s. Jami aksiyalar oddiy hisoblanadi, soni 465 960 dona, egasi yozilgan, nominal qiymati 2400 sum bо‗lgan aksiyalariga bо‗linadi. О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil sentabrdagi 1401-sonli karoriga asosan korxonada ustav fondidagi davlat ulushini kamida 51% ga yetkazish maksadida Ustav fondiga davlat aktivlarini kiritish xisobiga ustav fondi oshirildi. Xozirgi kunda korxona ustav fondi 1 mlrd 118 mln 304 ming sumni tashkil kiladi. Ustav fondi ulushlar buyicha kuyidagicha taksimlangan bо‗lib, Davlat ulushi 58,04%- 270 450 dona - 649 080 ming sumni, Mexnat jamoasi 5,59%-26 068 dona - 62 563,2 ming sumni, Erkin savdo ulushi 2,65%-12 348 dona - 29 635,2 ming sumni, «OIL TRANSPORTATION PROGRESS» MChj 33,71% 157 094 dona 377 025,6 ming sumni tashkil etadi. Davlat ulushi aksiyalarini boshqarish Davlat vakili zimmasiga yuklatilgan va ishonchli vakil tomonidan nazorat qilib boriladi. Ishlab chiqarish uskunalari asosan paxta chigiti, soya doni va barcha turdagi noananaviy uruglarni qayta ishlashga mо‗ljallangan bо‗lib, uzluksiz ish tartibida ishlaydi. Ishlab chiqarishning bir sutkalik quvvati korxona pasportiga asosan 400 tonna paxta chigitini tashkil qiladi. Bu esa bir yilda 126,0 ming tonna paxta chigitini qayta ishlash imkonini beradi. Asosiy maxsulot bо‗lgan paxta yog‗i, juvoz va ekstraksiya yо‗li bilan olinadi Paxta chigiti mag‗izi shelushitellar yordamida ajratib olinib, valsovkalarda ezilib pomol holiga keltiriladi va jarovni ya‘ni qovurish uskunasi yordamida qovurilib YETP-20, YETP-20-16 preslariga uzluksiz uzatib turiladi. Bu presslar yordamida mag‗iz tarkibidagi taxminan 68-78 foiz paxta yog‗ini siqib olinib chiqarilgan kunjara tarkibida qolgan yog‗ni olish uchun ekstraksiya sexiga uzatiladi va keyingi jarayon kunjarada qolgan yog‗ni ekstraksiya yо‗li bilan, ―ND-1250‖ rusumli vertikal ekstraktorda kunjara tarkibidagi yog‗ni ekstro-benzin bilan eritirilib, ushbu aralashma ya‘ni missella tarkibidan yog‗ni birlamchi va ikkilamchi distilyatsiya qurilmasi yordamida ajratib olinadi. Ajralgan benzin esa sovutilib, qayta ishlab chiqarish jaryoniga uzatiladi. Shu jarayon natijasida ajratib olingan tostirlangan shrotni kamgossipolli shrot ishlab chikarilgandan keyin uzatish qurilmasi yordamida shrot omboriga iste‘molchilarga yetkazib berish uchun yuboriladi. Jamiyatning asosiy ishlab chiqarish jarayonlari quyidagilardan tashkil topgan:
Paxta chigitini qabul qilish va saqlash.
Paxta chigitini tozalash, namlash, chaqish.
Paxta chigitini magzini puchog‗idan ajratib, keyingi ishlab chiqarish jarayoniga yuborish.
olishga tayyorlash.
Uni qovurib juvoz yordamida mag‗izni siqib yog‗ini olish va olingan qora yog‗ni tozalab oqlov sexiga uzatish.
Juvozdan chiqqan kunjarani ekstraksiya sexida qayta ishlab tarkibida qolgan yog‗ni olib oqlov sexiga uzatish.
Olingan tostirlangan shrotni esa shrot omboriga uzatib kamgossipolli shrot ishlab chikarish va iste‘molchilarga sotish.
Juvozdan va ekstraksiya sexidan olingan qora yog‗ni yog‗ oqlov sexiga quvurlar orqali uzatilib, qayta ishlanadi, ya‘ni ishqorli eritma yordamida neytrallanib uning tarkibidagi soapstok ajratib olinadi.Neytrallangan yog‗ qaynoq suvda yuviladi va vakuum quritish apparatida quritiladi.Bu jarayon bajarilgach yog‗ filtrlanib tayyor maxsulot – paxta yog‗i olinadi. Oqlash jarayonida ajralib chiqqan soapstokdan esa SJK, DJK ishlab chikarib sovun ishlab chiqarishga yoki boshqa zavodlarga xom-ashyo sifatida sotiladi. Ekstraksiya sexidan kelgan qora yog‗ni oqlab, olingan yog‗ni boshqa qayta ishlash korxonalariga xom-ashyo sifatida sotiladi yoki doglash sexida dog‗lab iste‘mol yog‗i sifatida kadoklab sotiladi. Juvoz usulida olingan qora yog‗ni xam oqlanadi.
yog‗ning xammasi kadoklash sexiga uzatiladi.
Xidsizlantirilgan yog‗ni 1-2-5 litrli PET idishlarga kadoklanadi va iste‘molchilarga sotiladi. Korxonada quyidagi sex va bо‗limlar mavjud: Asosiy sexlar: Forpress, ekstraksiya, yog‗ oqlov va dog‗lash, 1-2 sonli kadoklash sexlari, sovun ishlab chikarish sexi, DJK sexi, kandolatchilik sexi Yordamchi sexlar: chigit xо‗jaligi, bug‗-qozonlari bо‗limi, mexanika sexi, elektr sexi, markaziy va gaz-chang laboratoriyalari, nazorat о‗lchov uskunalari va avtomatika bо‗limi, markaziy ombor, tayyor maxsulotlar omborlari. Bundan tashqari korxonada qurilish guruxi, qurilish montaj guruxi, madaniyat saroyi, mexmonxona, choyxona, tovuk fermasi mavjud. Korxona tо‗xtovsiz, uch smenali ish tartibida ishlaydi. Zavodning 100 % xom- ashyog‗a nisbatan choraklar bо‗yicha qayta ishlashga yetkazib berilishi quyidagicha:
1-chorak
30,8%
2-chorak 18,5%
3-chorak 4,6 %
4-chorak 46,1%
Korxona doimo foyda olib ishlab kelgan. Korxona raxbarlari va mutaxassislari tegishli ilmiy-tekshirish institutlari bilan hamkorlikda ish olib boradilar jumladan, Toshkent kimyo Texnologiya instituti ―Yengil rafinatsiyalangan paxta moyi va kam gossipolli shrot ishlab chikarish texnologiyasi‖ joriy kilinganligi uchun doimiy yakin aloqada bо‗lib tajriba almashib turadilar. Jamiyatda ishlab chiqariladigan asosiy maxsulot turlari va sifati: Korxona asosan oqlangan paxta yog‗i, shrot, sheluxa va soapstok ishlab chiqaradi. Jami tovar maxsulot amaldagi narxlardagi summasi hajmida maxsulotlarning miqdori: paxta yog‗i 37,2 % shrot 26,94 % sheluxa 7,76% soapstok 0,40% Doglash xizmati 3,65% Kadoklash xizmati 11,89 % Kasanachilik va chetga doglash xizmatidan 0,12 % DJK ishlab chikarish 2,13 %
va hokazo 9,96 % ni tashkil qiladi. Xom ashyo sifati ―Sifat‖ hududiy boshqarmasi tomonidan korxona mutaxasislari bilan hamkorlikda muntazam ravishda ishlab chiqarish, jо‗natish, qabul qilish jarayonlarida tekshirib turiladi. Ishlab chiqariladigan maxsulotlar zavod hududida joylashgan markaziy laboratoriya tomonidan tekshirib boriladi. Barcha maxsulotlar muvofiqlik sertifikati bilan ta‘minlangan. Ishlab chiqariladigan maxsulotlar GOST va texnik shart meyorlariga tо‗liq javob beradi. Korxona ma‘muriyati va mutaxasislar maxsulotlar sifatini oshirish bо‗yicha doim izlanishdalar. Shu sababdan maxsulotlar sifati xam chikish mikdori xam yildan-yilga faqat yaxshilanib kelmoqda. Korxona 2009 yil ISO 9001:2000 xalkaro standartlari asosida Sifat menejmenti va 2013 yilda ISO 22000:2005 Ozik-ovakt maxsulotlarning xavfsizligini boshkarish tizimi buyicha sertifikatlariga ega bulgan.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling