O„zbekiston repsublikasi oliy va o„rta mahsus ta‟lim vazirligi
Ishlab chiqarish menejmentini loyihalashtirish usullari
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
ishlab chiqarishni operativ boshqarishni samarali tashkil etish (1)
1.3. Ishlab chiqarish menejmentini loyihalashtirish usullari
Ishlab chiqarish menejmentini takomillashtirish bо‗yicha ishlar bozor munosabatlariga о‗tilayotgan bugungi kunda ayniqsa muntazam olib boriladi. 1. Bunda boshqa rivojlangan mamlakatlar yoki sanoat tarmoqlarining tajribasidan foydalanishga harakat qilinadi. Bu ishlab chiqarish menejmenti tashkilotini takomillashtirishni asoslashning tajriba usuli deb ataladi. Tajriba usulining qо‗llanishi boshqa korxonalardagi shunday vazifalarning yechimlarini о‗rganish va amalda yuzaga kelgan vaziyatning tahlili asosida о‗z korxonasida о‗zgarishlar qilishni anglatadi. 2. Tashkiliy vazifalarning yechimini tayyorlash va asoslashning boshqa bir usuli yekspert usulidir. Bu usul ham hal qilinuvchi vazifalarning mohiyatini yaxshi biluvchi mutaxassislarning tajribasiga asoslanadi. Turli ekspertlardan aniq xulosalar olish uchun sо‗rovnomalar tayyorlanadi va ularga tajribalarning har xil variantlari oldindan yozib qо‗yiladi. Turli ekspertlarning xulosalari qayta ishlanadi va umumlashtirilgan natija olinadi. 3. Alohida tashkiliy vazifalar (tashkiliy tuzilmalar, xodimlarning sonini belgilash)ni hal qilish amaliyotida meyor usuli keng qо‗llanadi. Tashkiliy vazifalarning yechimlarini asoslash uchun xizmat qila oladigan qator meyorlar ishlab chiqilgan. Ular orasida boshqaruv normasi (rahbarlar va ularning qо‗l ostidagi xodimlar sonining nisbati); namunaviy shtat rо‗yxatlari, ish joylarini tashkil qilishning namunaviy loyihalari va boshqa normalar bor. 4. Tashkiliy yechimlarni asoslashda parametrik (omilga oid) usul muhim ahamiyatga ega. Uning mohiyati boshqariluvchi о‗zaro bog‗liq obyekt va boshqaruvchi tizimni tavsiflovchi о‗zaro bog‗liq bо‗lgan omillarni aniqlashdan iborat. Korxonalarning guruhlari bо‗yicha о‗tkazilgan maxsus tadqiqotlarning ma‘lumotlariga kо‗ra obyekt parametrlari (omillari) va boshqaruv subyektining miqdoriy nisbati haqidagi materiallarga ishlov berish natijasida bog‗liqlik (funktsional yoki korrelyatsion) shakli va bu bog‗liqliklarning miqdoriy ifodasi topiladi. Bunda, odatda, boshqaruvchi tizimning ishiga 2-3 omilning ta‘sirini kо‗rsatuvchi parametrik (omilga oid) bog‗liqliklar aniqlanadi. 5. Sо‗nggi yillarda boshqaruvni loyihalashtirish maqsadlari uchun matematik modellashtirish usullari qо‗llanmoqda. Boshqaruv tashkiloti sohasida modellashtirish usulini qо‗llash eng yaxshi yechimlarni ishlab chiqarish jarayonida yemas, balki dastlabki hisob-kitoblar paytida topish imkonini beradiki, bu ishlab chiqarishdagi kо‗pgina xato va yо‗qotishlarning oldini oladi. Modellashtirish deganda tavsiflanuvchi real mavjud bо‗lgan obyekt (namunaviy va nonamunaviy tizimlar, muhandislik qurilmalari)ning asosiy jihatlarini matematik ramzlar, texnik-iqtisodiy kо‗rsatkichlar, grafiklar yoki plakatlar kо‗rinishida shartli belgilash tushuniladi. Modellashtirish modeli modelda eksperiment о‗tkazish imkonini beradi. Hozirgi kunda modellashtirish usuli, tizimli yondashuv vositasi sifatida, barcha faoliyat sohalarida qо‗llaniladi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimni modellashtirish alohida asos ma‘lumotlarni osongina о‗zgartirish, loyiha yoki boshqaruv qarorining turli variantlarini kо‗rib chiqish va uning oqibatlarini oldindan kо‗rish imkonini beradi. Odatda, boshqaruv tashkiloti modeli boshqaruv faoliyatining qaysidir bitta jihatini qamrab oladi. Shuning uchun modellashtirish boshqaruv tashkilotini loyihalashtirishning xilma-xil usullari о‗rnini tо‗liq bosa olmaydi. Modellashtirishning marketing, matematik, grafik, aralash usullari farq qilinadi. Modellashtirish obyektlari boshqaruv organlari tuzilmasi, boshqaruv organlari funksiyalari, ma‘lumotlarni tо‗plash, uzatish, qayta ishlash va qaror qabul qilish jarayonlari, ishlab chiqarish tuzilmasi, boshqaruv usullari, boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va ularning ijrosini tashkil yetish jarayoni, informatsion aloqalar, bо‗limlar va mutaxassislarning ma‘muriy-huquqiy munosabatlari, odamlarning ijtimoiy-ruxiy munosabatlari hisoblanadi. 6. Tahliliy hisob-kitob usuli ishlab chiqarish menejmenti tashkilotini takomillashtirish maqsadlari uchun yeng maqbul usul hisoblanadi. U boshqaruv bо‗g‗ini va tizimchasidan kelib chiqib, yuqorida sanab о‗tilgan usullaridan uyg‗unlikda foydalanishni nazarda tutadi. Tahliliy hisob-kitob usuli yerishilishi lozim bо‗lgan maqsadlarni aniq belgilash asosiga quriladi. Ishlab chiqarish menejmenti tashkiloti qо‗yilgan maqsadlarga qisqa vaqt ichida, kam sarf-xarajatlar bilan yerishish uchun qulay shart-sharoit yaratishi lozim. Ishlab chiqarish menejmentini loyihalashtirish va uni takomillashtirish jarayoni odatda quyidagi bosqichlardan о‗tadi: - Boshqaruv obyekti oldiga jamoa hal qilishi lozim bо‗lgan vazifalarni belgilovchi maqsadni qо‗yish. Masalan, korxonani xususiylashtirish, yangi ishlab chiqarish texnologiyasiga о‗tish, boshqaruv usullarini о‗zgartirish. Shu bilan bir vaqtda boshqaruvchi tizim oldiga qо‗yiluvchi va umumiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan maqsadlar belgilanadi. - Loyihalashtirishning keyingi bosqichi ishlab chiqarishning holati va rivojlanish tendentsiyalari, shu jumladan boshqaruv obyekti va boshqaruvchi tizimning tahlili hisoblanadi. Xо‗jalik yuritish faoliyatini tahlil qilish jarayonida ijobiy tajriba va ishlab chiqarish zaxiralari, ularning boshqaruvchi tizimga ta‘siri darajasi aniqlanadi. Ishlab chiqarish-xо‗jalik yuritish faoliyati va mavjud boshqaruv tizimining tahlili oldindan tuzilgan va boshqaruv obyekti direktori tomonidan tasdiqlangan taqvimiy ish grafigiga kо‗ra о‗tkazilishi lozim. Tahlilni о‗tkazish uchun bu korxonaning xodimlarini jalb qilish zarur. Korxona jamoasi bajariladigan ishlarning rejasi bilan tanishtirilishi lozim.
Bu prinsipial ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish menejmentini takomillashtirish, ayni davrdagi ahvolning tahlili, aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishda xodimlarning ishtirok yetishi bu chora-tadbirlarni amalga oshirishni yengillashtiradi. 3.Maqsadlarni belgilash va tahlil о‗tkazishdan loyihalashtirish topshirig‗ini tuzishga о‗tiladi. Uning mazmuni loyihani ishlab chiqish jarayonida hal qilinishi lozim bо‗lgan asosiy vazifalar bilan belgilanadi. Topshiriqda ishlab chiqarish menejmentini takomillashtirishning asosiy yо‗nalishlari: tashkiliy tuzilma, axborot bilan ta‘minlash, boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari va funksiyalari belgilanadi. 4.Sо‗ng ishlab chiqarish menejmentini takomillashtirishning tanlangan yо‗nalishlari bо‗yicha chuqur tashkiliy-iqtisodiy tadqiqotlar о‗tkaziladi va boshqaruvni loyihasi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish menejmentini takomillashtirish loyihasi о‗z ifodasini topadigan asosiy hujjat ―Tadqiqot natijalari va belgilangan chora-tadbirlar tо‗g‗risida hisobot‖ hisoblanadi. 5.Ishlab chiqarish menejmentini takomillashtirish loyihasining yakuniy bosqichi ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi va bu ularning yuqori sifatini kafolatlaydi.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling