O„zbekiston repsublikasi oliy va o„rta mahsus ta‟lim vazirligi


I-Bob.  IQTISODIYOTNI


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana05.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#217772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ishlab chiqarishni operativ boshqarishni samarali tashkil etish (1)

I-Bob. 

IQTISODIYOTNI 

RAQOBATBARDOSHLIGINI 

OSHIRISH 

SHAROITIDA  ISHLAB  CHIQARISHNI  BOSHQARISHNING  NAZARIY 

ASOSLARI 

1.1. 

ISHLAB 

CHIQARISHNI 

OPERATIV 

BOSHQARISHNING 

AHAMIYATI 

Ishlab  chiqarish  jarayonini  boshlashdan  oldin  uning  texnologiyasini  ishlab 

chiqish, sarf-xarajatlar normalarini belgilash, kadrlarni joy-joyiga qо‗yish tartibini puxta 

о‗ylab kо‗rish talab etiladi. 

Bevosita moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnat predmeti bо‗lib xom ashyo va 

materiallar,  mehnat  qurollari  bо‗lib-asbob-uskunalar,  buning  natijasi  bо‗lib  esa-tayyor 

mahsulot hisoblanadi. 

Ishlab  chiqarishni  boshqarish  sohasida  mehnat  predmeti  bо‗lib  axborot  

hisoblanadi;  boshqaruv  ishining  obyekti  bо‗lib  odamlar,  mehnat  jamoasi  va  ishlab 

chiqarish  jarayonida  yuzaga  keladigan  munosabatlar  qatnashadi;  boshqaruv  ishining 

natijasi  bо‗lib  esa  boshqaruv  qarorlarini  tayyorlash  uchun  zarur  ma‘lumotlar  va 

boshqaruv qarorlarining о‗zi hisoblanadi.  

Ishlab  chiqarishni  boshqarish  -  murakkab  kо‗p  bо‗g‗inli  tizim  xisoblanadi. 

Menejmentning tizimliligi kadrlar, boshqaruv organlari tuzilmasi, boshqaruv usullari va 

jarayonlarining uyg‗un  birligida,  marketingda, turli boshqaruv  bо‗g‗inlari  faoliyatining 

о‗zaro  bog‗liqligida,  boshqaruv  funksiyalarining  uyg‗un  birligi  va  qabul  qilinadigan 

qarorlarning  xususiyatida,  ishlab  chiqarishni  boshqarish  texnik-ishlab  chiqarish, 

iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy ta‘minotining о‗zaro bog‗liqligida namoyon bо‗ladi.  

Yuqorida  sanab  о‗tilganlarning  hammasini  tashkil  qilish  lozim.  Bu  ishlab 

chiqarishni  boshqarish  tashkilotining    mohiyatini  belgilaydi.  Menejment  tashkilotining 

mohiyati quyidagi aspektlarda namoyon bо‗ladi: 

-  boshqaruv  jarayonlarini  tashkil  kilish,  ya‘ni  boshqaruv  funksiyalari,  tuzilmasi, 

usullari  va  jarayonlari,  axborot  oqimlari:  ma‘lumotlarni  qayta  ishlash  va  uzatish, 

boshqaruv  qarorlarini  asoslash  tamoyillari  va  ularni  bajarishni  tashkil  qilish 

jarayonlarini tartibga solish; tashkiliy  va hisoblash texnikasi tarkibini tanlash va h.k.; 

-  boshqaruv  tizimi  va  boshqariluvchi  tizim,  topshiriqlar  va  ularning  bajarilishini 

nazorat qilish, boshqariluvchi obyektlarning faoliyatini  tahlil qilish va baholash tizimi, 

yaxshi  natijalarga  erishishni  rag‗batlantirish  shakllarining  ratsional  uyg‗unligini 

ta‘minlash va h.k.; 



-  boshqaruvning  turli  tizimlari  о‗rtasida  mehnatning  iyerarxik  taqsimoti 

shakllarini  belgilash,  ishlab  chiqarish  va  bozor  uyg‗unligi,  davlat,  jamoa,  xususiy, 

sohaviy va hududiy boshqaruv uyg‗unligi va h.k. 

Ishlab  chiqarishni  boshqarishning    asosi  bо‗lib  boshqaruv  jarayoni  hisoblanadi. 

Jarayon-biron-bir  bо‗g‗in  doirasida  yoki  bо‗g‗inlar  о‗rtasida  kechishi  mumkin  bо‗lgan 

harakatdan iborat. 

Boshqaruv  tizimlarida  har  xil  ishlarni  bajaruvchi  turli  tashkiliy  bо‗limlar  bо‗lib, 

ularning  uyg‗unligi  menejment  tashkilotining  mohiyatini  tashkil  qiladi.  Boshqacha 

aytganda, boshqaruv ishlarining barcha turlari, boshqaruv obyektining butun faoliyatini 

ilmiy  asosda  tashkil  qilishi  lozim.  Menejment  tashkiloti  boshqaruv  va  ishlab 

chiqarishning samaradorligiga jiddiy ta‘sir  kо‗rsatadi. 

Ishlab  chiqarish  menejmentining  ilm-fan  yutuqlariga  asoslanib  tashkil  kilish 

samarali  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilish  va  ularni  о‗z  vaqtida  bajarish;  bozor 

munosabatlariga о‗tish tajribasini aniqlash va tarqatish; bozor munosabatlari sharoitida 

muvaffaqiyatli faoliyat kо‗rsatish; ishlab chiqarish, taqsimlash va iste‘mol qilishda zarar 

kо‗rilishining oldini olish; boshqaruv jarayonida mehnatni tejashga imkoniyat yaratadi. 

              Ishlab  chiqarishni  boshqarish  tashkiloti  boshqaruvchi  va  boshqariluvchi 

tizimlar,  boshliq  va  uning  qо‗l  ostidagilar  о‗rtasida  ishlab  chiqarish  mahsuldorligining 

muntazam  oshib  borishiga  imkoniyat  yaratadigan  munosabatlar,  о‗zaro  hamkorlik  va 

aloqalar,  boshqaruv  texnikasi  va  texnologiyasi,  mehnatni  tashkil  qilishning  tuzilma  va 

shakllarini ishlab chiqishi lozim. 

Ishlab  chiqarishni  boshqarishning  maqsadi  boshqaruvning  barcha  funksiyalari 

о‗zaro  kelishib  faoliyat  kо‗rsatishini  ta‘minlashdan  iborat.  Ishlab  chiqarish 

menejmentining    asosiy  vazifasi  esa  unumli  mehnat  uchun  qulay  shart-sharoitlar 

yaratish,  shu  bilan  bir  vaqtda  boshqaruv  jarayoni  bilan  bog‗liq  sarf-xarajatlarni 

qisqartirish  va  boshqaruv  xodimlariga  normal  ish  sharoitlarini  yaratib  berish 

hisoblanadi. 

Oddiy  qilib  aytganda,  ishlab  chiqarishni  boshqarishning    vazifasi  boshqaruv 

tizimining  har  bir  bо‗g‗ini,  boshqaruv  apparatining  har  bir  xodimi  zarur  vakolatlarga 

ega bо‗lib, ularning doirasida ishlab chiqarishni boshqarishning butun javobgarligini о‗z 

zimmasiga  olishini  ta‘minlashdan  iboratdir.  Boshqaruv  apparati  xodimlarining  ishi 

shunday  tashkil  qilinishi  kerakki,  har  bir  xodim  о‗z  ishi  bilan  shug‗ullanishi  lozim. 

Turmushning  bu  oddiy  qoidasi  bir  vaqtning  о‗zida  ishlab  chiqarishni  boshqarishning  

asosiy tamoyili hisoblanadi. 

Bozor  iqtisodiyoti  tо‗xtab  qolishlarni  yoqtirmaydi  va  sustkashliklarni 

kechirmaydi.  U  ishlab  chiqarishning  yuqori  sur‘ati  va  boshqaruvning  mutlaqo  yangi 

usularini  buyuradi.  Biroq,  butun  kishilik  tarixida  insoniyat  boshqaruv  usullari,  ya‘ni 

kishilarga  ta‘sir  kо‗rsatish  usullarining  bir-biridan  jiddiy  farq  qiluvch  uch  guruhini 

ishlab chiqqanligini nazarda tutish lozim. 

Usullarning  birinchi  guruhi  -    iyerarxiya  bо‗lib,  unda  asosiy  ta‘sir  kо‗rsatish 

vositasi  rahbar-xodim  munosabatlari,  kishiga  yuqoridan  turib,  majburlov  yordamida 

ta‘sir qilish (ma‘muriy usullar) hisoblanadi. 

Ikkinchi  guruh  -  bozor,  ya‘ni  mahsulot  va  xizmatlar  oldi-sotdisi,  mulkiy 

munosabatlar,  sotuvchi  va  xaridorning  iqtisodiy  va  moddiy  manfaatlariga  asoslangan 

teng huquqli gorizontal munosabatlar tizimi (iqtisodiy usullar). 

Uchinchi  guruh-madaniyat,  xulq  -  atvor  namunalari,  ya‘ni  jamiyat,  tashkilot 

tomonidan  ishlab  chiqiladigan  va  tan  olinadigan,  xulk  atvorini  uzgartirishiga  majbur 



qiladigan  qonun-qoidalar,  kadriyatlar,  ijtimoiy  normalar,  xulq-atvor  andozalari, 

udumlar. 

Iyerarxiya,  bozor  va  madaniyat  murakkab  hodisalar  ekanligini  tushunib  etish 

muhimdir.  Jonli,  real  xо‗jalik  tizimlari  va  ijtimoiy  tizimlarda  ular  deyarli  har  doim 

mavjud bо‗ladi. Gap faqat ularning qaysi birini tanlash va ustun qо‗yish haqida boradi. 

Bozor  mustaqil  huquqiy  davlat  mahsuli  va  xо‗jalik  voqeligi  sifatida 

boshqaruvning  asosiy  vositasiga  aylanib  bormoqda.  Aynan  u  jamiyatning  xо‗jalik 

yuritish tartibi mohiyatini belgilamoqda.  

Iyerarxiya  hech  qachon  о‗lmaydi  va  buzilmaydi.  U  ikkinchi  planga  chekinadi, 

pastga-raqobatlashuvchi  korxona  va  tashkilotlar  pog‗onasiga  tushadi  va  uning 

foydaliligi  bu  yerda  yana  uzoq  vaqt  saqlanib  qoladi.  Korxonalarda  boshqaruvning 

byurokratik,  mexanik  tuzilma  va  tizimlari  yanada  uyg‗unroq,  moslashuvchanroq, 

byurokratiya ta‘siri nisbatan kam bо‗lgan  tuzilma va tizimlarga о‗rin bushatadi.  

Shu  bilan  bir  vaqtda  jamiyatda,  bizning  iqtisodiy,  boshqaruvga  oid 

tafakkurimizda, psixolgiyada  ulkan  madaniy  о‗zgarishlar rо‗y  berishi  lozim.  Rahbarlar 

va  mehnatkashlarning  ongini  boshliqqa  emas,  iste‘molchiga,  isrofgarchilikka  emas, 

foyda  olishga,  byurokratga  emas,  tadbirkorga,  mulohazasiz  ijrochiga  emas,  novatorga 

qaratish zarur. 

Bu  sohada  jiddiy  olg‗a  tashlash  talab  etiladi,  chunki  xalqaro  biznes  kо‗pchilik 

uchun  yangi  ish  hisoblanadi.  Tashqi  iqtisodiy  faoliyatda  ishtirok  yetayotgan  qо‗shma 

korxonalar soni yildan yilga ortib bormoqda va ularning barcha xodimlarini qisqa vaqt 

ichida  о‗qitib  о‗rgatishning  iloji  yuq.  Shunga  qaramay,  bu  muammoni  hal  qilishning 

qisqa  yullarini  qidirish  ijodiy  fikrlovchi  kishilarning  vazifasi  hisoblanadi.  Dunyo  jadal 

sur‘atlarda  о‗zgarib  borayotganiga  shubha  yuq.  Yashab  qolish  uchun  biz  ham 

о‗zgarishimiz lozim. 

          Ishlab  chiqarishni  boshqarish  О‗zbekiston  iqtisodiyotini  barqaror  va 

mutanosib  rivojlantirish,  jahon  bozorlarida  mustahkam  о‗rin  egallash,  shular  asosida 

izchil iqtisodiy о‗sishni ta‘minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada 

oshirish  borasidagi  vazifalarni  tо‗liq  va  samarali  amalga  oshirish  eng  avvalo 

jamiyatimiz  a‘zolari  tomonidan  ularning  mazmun-mohiyatini  teran  va  chuqur  anglab 

etilishini taqozo etadi. 

Ishlab  chiqarishni  boshqarish  bozor  munosabatlariga  о‗tish  vositasi  bо‗lib, 

boshqaruv  jarayonlarining  mohiyatini  belgilab  beradi.  Bozor  munosabatlariga  о‗tish 

sharoitlarida muammolarning yangi progressiv texnik, iqtisodiy va ijtimoiy yechimlarini 

ishlab  chiqish,  ishlab  chiqarish  va  boshqaruv  jarayonlariga  sifat  о‗zgarishlarini 

kiritishga bо‗lgan ye‘tiborni kuchaytirish zarur. 

Bu  vazifalarni  amalga  oshirish  butun  boshqaruv  tizimining  tashkilotini 

о‗zgartirishni talab qiladi. Boshqaruvning axborot ta‘minotini о‗zgartirish, ilmiy-texnik 

ma‘lumotlarning  ahamiyatini  oshirish  lozim.  Boshqaruv  ma‘lumotlarini  qayta  ishlash, 

uzatish,  yig‗ish  va  saqlashning  yangi  texnik  vositalari  zarur.  Qarorlarni  tayyorlash, 

qabul  qilish  va  ularning  bajarilishini  nazorat  qilishda  tubdan  о‗zgarish  yasash  lozim. 

Rahbar  xodimlar  va  mutaxassislar  ish  jiddiy  о‗zgargan  holda  tashkil  yetishadi;  ularga 

korxona,  aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvini tashkil qilishda tо‗la yerkinlik berilgan.  

Tegishli  ravishda kadrlarning  kasbiy  malakasiga  bо‗lgan talablar ham  о‗zgaradi, 

shu  bilan  bir  vaqtda  boshqaruv  organlari  tuzilmasiga  о‗zgartirishlar  kiritiladi, 

boshqaruvning funksiya va usullari о‗zgaradi. 




Korxona  va  aksiyadorlik  jamiyatlari  marketing  bо‗limlari  va  xizmatlarining  ish 

kо‗lami ortadi. Bozor ishlab chiqarish boshqaruvi bilan bog‗liq katta ish hajmini amalga 

oshirishni talab qiladi. 

Bozorni  ilmiy  tadqiq  qilish  va  boshqaruvning  tashkiliy  tizimida  mahsulotga 

bо‗lgan talab va taklifni bashorat qilish ishlari nazarda tutilishi lozim. 

Jamoani ijtimoiy rivojlantirishning kompleks dasturi masalasi, shu jumladan atrof 

muhit  ekologiyasi  masalalari  birinchi  о‗ringa  chiqadi.  Boshqaruv  qarorlarini  qabul 

qilishda  rahbar  xodimlar  va  mutaxassislarning  mas‘uliyati  ortadi.  Bu  ishlab  chiqarish 

boshqarishga qator о‗zgartirishlar kiritishni talab qiladi. 

Eng  avvalo  birinchi  navbatda  muvofiqlashtirilishi  lozim  bо‗lgan  qarorlar  tarkibi 

tartibga  solinadi,  qabul  qilingan  qarorlarning  bajarilishi  uchun  javobgar  bо‗lgan 

funksional bо‗limlar va xodimlar aniq belgilanadi. 

Turli  bо‗g‗in  rahbarlari  qabul  qiluvchi  qarorlar  doirasini  aniq  belgilab  qо‗yishi 

talab  etiladi.  Ayrim  yuqori  rahbarlar  hanuz,  markazlashtirilgan  rejali  tizimda  bо‗lgani 

singari,  qо‗l  ostidagilar  uchun  ham  qaror  qabul  qilishda  davom  etmoqdalar,  holbuki 

korxonalar  va  aksiyadorlik  jamiyatlariga  xо‗jalik  faoliyatini  yuritishda  tо‗la  erkinlik 

berilgan. 

Iqtisodiy-matematik  usul  va  hozirgi  zamon  hisoblash  texnikasidan  foydalanish 

doirasining kengayishi bilan yangi axborot tizimlarini tashkil qilish, apparatning butun 

ishini ratsionalizatsiya qilish tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.  

Ishlab  chiqarishni  boshqarishning  tezkorligini  oshirish  boshqaruvning  asosiy 

vazifalaridan  biri  hisoblanadi.  Bu  axborotning  о‗tishi,  qarorlarni  tayyorlash,  asoslash, 

qabul qilish va bajarish muddatlarini qisqartirishga bо‗lgan urinishdan dalolat beradi.  

Ishlab  chiqarishni  boshqarishning  tezkorligini  oshirish  maqsadida  boshqaruv 

organlari tuzilmasidagi pog‗onalar sonini qisqartirish, qarorlar qabul qilish jarayonidagi 

kelishishlar sonini qisqartirish zarurati tug‗iladigan bо‗g‗inlarga qarorlar qabul qilishni 

yaqinlashtirish lozim. 

Boshqaruv  jarayoni  bilan  bog‗liq  sarf-xarajatlarni  qisqartirish  ham  boshqaruvni 

muhim  vazifasi  hisoblanadi.  U  eng  avvalo  axborot  tizimini  qayta  qurish  va  hozirgi 

zamon  tashkiliy  va  hisoblash  texnikasidan  keng  foydalanish  yо‗li  bilan  ta‘minlanadi. 

Og‗ir  boshqaruv  ishlarini  mexanizatsiyalashtirish  va  avtomatizatsiyalashtirish,  ish 

joylarini tashkil qilish va ularga xizmat kо‗rsatish, ish vaqtidan tejamli foydalanish katta 

ahamiyatga ega bо‗ladi.  

Boshqaruv  jarayonlarining  о‗z  vaqtida  amalga  oshirilishi  boshqaruvni 

samaradorligini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Har bir boshqaruv jarayoni qat‘iy 

belgilangan 

vaqtda, 

boshqariluvchi 

hajmning 

holati 


va 

uning 


rivojlanish 

tendensiyalaridan kelib chiqib bajarilishi lozim. 

Ishlab  chiqarishni  boshqarishni  ilg‗or  ijobiy  о‗zgarishlarning  tarqalishiga  yо‗l 

ochishi va salbiy о‗zgarishlarning oldini olishi zarur. 

Boshqaruv  sikllarini  qisqartirish  ishlab  chiqarishning  rivojlanishiga  hal  qiluvchi 

ta‘sir  kо‗rsatadi.  G‗oya  -  ishlab  chiqarish  siklining  qisqarishi  tadqiq  qilish, 

loyihalashtirish va tajriba ishlarini amalga oshirish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish 

va о‗zlashtirish  jarayoni bilan bog‗liq bо‗ladi. 

―Iste‘molchi-ishlab  chiqarish‖  siklining  qisqarishi  yesa  ―sotuvchi  bozori‖dan 

―iste‘molchi bozori‖ga о‗tilishi natijasida bozorni о‗rganish bilan bog‗liqdir.  

 




Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling