O„zbekiston repsublikasi oliy va o„rta mahsus ta‟lim vazirligi


  Ishlab  chiqarishni  boshqarishni  takomillashtirishga  tizimli-vaziyatli


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana05.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#217772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ishlab chiqarishni operativ boshqarishni samarali tashkil etish (1)

1.2.  Ishlab  chiqarishni  boshqarishni  takomillashtirishga  tizimli-vaziyatli 

yondashuv 

Bozor  munosabatlariga  о‗tilishi,  iste‘molchi  uchun  zarur  bо‗lgan  yangi 

mahsulotning о‗zlashtirilishi, mahsulot sifatining oshirilishi, mulkdorning о‗zgarishi va 

shu  kabilar  ishlab  chiqarish  menejmenti  tashkilotini  takomillashtirishni  talab  qiladi. 

Ishlab  chiqarish  hajmlari  va  yо‗nalishlarining  о‗zgarishi  bilan  yangi  ishlab  chiqarish 

tashkilotiga  zarurat  tug‗iladi,  boshqaruvning  yangi  usullari  va  funksiyalari  paydo 

bо‗ladi,  iqtisodiy  ish  hajmlari  о‗zgaradi,  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilishga  yangi 

talablar qо‗yiladi.  

Ishlab  chiqarish  menejmenti  tashkilotidagi  о‗zgarishlar  kо‗pincha  yangi  sex, 

yangi 


aniq 

liniyaning 

ochilishi 

yoki  ishlab 

chiqarish 

va  boshqaruvning 

mexanizatsiyalashtirilishi  va  avtomatlashtirilishi  natijasida  boshqaruvning  tashkiliy 

tuzilmasini qayta qurish bilan bog‗liq bо‗ladi.  

Bunda tashkiliy tuzilma faqat boshqaruv tashkiloti shaklidangina iborat bо‗lishini 

hisobga olish  lozim.  Uning  mazmuni boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul  qilish  va 

bajarish jarayonlarini; ma‘lumotlarning mazmuni, hajmi, ularga ishlov berish va ularni 

uzatish  muddatlari  va  usullarini;  boshqaruv  organlarini  zamonaviy  texnika  bilan 

jihozlash,  boshqaruv  apparati  xodimlarining  ishini  tashkil  qilishni;  rahbar  xodimlar  va 

mutaxassis kadrlarni tanlash va joy-joyiga qо‗yishni о‗z ichiga oladi. 

Binobarin,  ishlab  chiqarish  menejmenti  tashkilotiga  yagona  tizim  sifatida 

qaralishi,  bu  tizimni  takomillashtirish  yesa  kompleks  ravishda,  uning  barcha 

yelementlari bilan uzviy va uyg‗un bog‗liqlikda amalga oshirilishi lozim. 

Tizim      bir-biri  bilan  о‗zaro  munosabat  va  aloqada  bо‗lib,  ma‘lum  birlik, 

yaxlitlikni hosil qiluvchi kо‗plab elementlardir. 

Masalan,  mehnatga  haq  tо‗lashning  yangi  ustuvor  tizimining  joriy  qilinishi 

axborot  tizimida  о‗zgarishlar  qilish,  ish  haqi  hisob-kitobida  mehnat  sarfini,  ishga 

munosabatni  о‗zgartirishni  talab  qilishi  mumkin.  Agar  ijtimoiy-iqtisodiy  tizimdagi 

barcha  о‗zaro  bog‗liqliklar  muvofiq  ravishda  hisobga  olinmasa,  boshqaruv  organlari 

ishida nomutanosibliklar vujudga kelib, kutilgan ijobiy natijalar о‗rniga salbiy natijalar 

olinishi mumkin. 

Ishlab  chiqarish  menejmenti  tashkilotiga  tizimli  yondashuv  kо‗pgina 

muammolarni  samarali  hal  qilish  imkonini  beradi.  Uni  qо‗llash  maqsadlarini  aniq 

shakllantirish, ish kо‗lami haqida tasavvur hosil qilish, boshqaruvning barcha funksiya, 

usullari va jarayonlarini qо‗yilgan maqsadlarga erishishga bо‗ysundirishni ta‘minlaydi. 

Bozor  munosabatlariga  о‗tish  sharoitlarida  ishlab  chiqarishning  iqtisodiy  tizimi 

muhim о‗rin tutadi, zotan u ishlab chiqarish va boshqaruvda kechuvchi barcha xо‗jalik, 

moliyaviy, tashkiliy jarayonlarning birligini ifoda yetadi. 

Iqtisodiy  tizim  boshqa  barcha  tizimlarning  samarali  faoliyatiga  katta  ta‘sir 

kо‗rsatadi.  Shu  bilan  birga,  boshqa  tizimlar  ham,  ayniqsa,  yangilanish  sharoitlarida 

ijtimoiy tizim iqtisodiy tizimga ta‘sir kо‗rsatishi mumkin. 

Ijtimoiy tizim bugungi kunda tobora muhim ahamiyat kasb yetib bormoqda, zotan 

iqtisodiyotda,  jamiyatda  ijtimoiy  о‗zgarishlar  sodir  bо‗lmoqda,  yangi  hamkorlik 

shakllari vujudga kelmoqda. Umumlashtirish tizimni umumiy kо‗rinishda, shuningdek, 

ushbu tizim elementlarining о‗zaro bog‗liqliqlarini kо‗rish imkonini beradi. 

Biroq  umumlashtirish  foydali  ekanligiga  qaramay,  unchalik  aniq  bо‗lmaydi. 

Boshqaruv  tashkilotini  takomillashtirishda  ma‘lum  tizimlar  (korxona,  tarmoqlar) 



о‗rtasidagi farqlarni e‘tiborga olish zarur. Vaziyatli о‗zgaruvchilar deb nomlanuvchi bu 

jiddiy farqlar ikki xil: ichki va tashqi bо‗ladi. 

Bu  vaziyatli  о‗zgaruvchilarni  biz  boshqaruv  nazariyasida  batafsil  kо‗rib 

chiqqanmiz.  Ichki  о‗zgaruvchilar  ma‘lum  korxonani  tavsiflaydi,  tashqi  о‗zgaruvchilar 

esa korxonadan tashqaridagi muhitning omillari hisoblanadi. 

Barcha  kо‗p  sonli  vaziyatli  о‗zgaruvchilar  va  boshqaruv  jarayonining  barcha 

funksiyalari  bir-biri  bilan  о‗zaro  bog‗liq,  ularni  bir-biridan  alohida  kо‗rib  chiqib 

bо‗lmaydi.  

Har  qanday  muhim  omilning  о‗zgarishi  korxona  faoliyatida  aks  yetadi.  Ishlab 

chiqarish  menejmentini  takomillashtirishga  vaziyatli  yondashuv  (har  qanday  tizimga 

oid)  korxona  ishining  samaradorligiga  juda  kо‗p  ichki  va  tashqi  omillar  ta‘sir 

kо‗rsatishini  anglatadi.  Shuning  uchun  takomillashtirish  usullari  vaziyatga  qarab 

belgilanadi.  Ma‘lum  vaziyatda  unga  kо‗proq  mos  keladigan    yeng  samarali  usul 

hisoblanadi.  

 


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling