O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Imajizm. 1910-yillarda ingliz-Amerika adabiyotida paydo 
bo‘lgan imajizm(ing. Image – obraz, qiyofa) oqimi 1917-yilga 
kelib o‘z faoliyatini tugatdi. AQShda imajizm “poetik Renes-
sans” davrida(1912–1925) qisqa muddat gullab-yashnadi. Imajist-
lar estetikasi T.E.Xyumning(1883–1917) tanqidiy maqolalari va 
E.Paundning(1885–1972) she’riy tajribasiga asoslandi. Imajistlar 
tasvirda lirik sub’ektivlik va ruhiy kechinmalardan ozod bo‘lgan an-
iqlikni va “xom obrazning sof” bo‘lishini talab qildilar. Ular bir ne-
cha she’riy antologiyalar chop ettirdilar hamda yangi vazn va shak-
llarning, erkin tematika, qisqalik va aniqlik tarafdorlari edi. Yirik 
inglizzabon shoir, ulkan iqtidor sohibi Ezra Paund imajinizmning 
ilk davrida ularga yo‘lboshchilik qildi. 1910–1920-yillarda Ros-
siyada imajizmga yaqin bo‘lgan imajinizm oqimi shakllandi. Bu 
oqimning eng yirik namoyondalari S.Yesenin, V.Shershenevich, 
A.Mariengoflar san’atni siyosiylashtirishga qarshi chiqdilar.
Ekspressionizm badiiy-g‘oyaviy oqim bo‘lib, u madaniyatning 
turli sohalarida(adabiyot, tasviriy san’at, teatr, musiqa, haykaltaro-
shlik) namoyon bo‘ldi. U yo‘nalish sifatida Birinchi jahon urushi 
arafasida paydo bo‘lib, 20-yillarning o‘rtalarida adabiyot sahnasidan 
tushdi. Bu yo‘nalishning ko‘zga ko‘ringan vakillari sifatida I.Bexer, 
V.Volf, L.Rubiner, G.Kayzer, V.Gazenklever, E.Toller, L.Franklarni 
ko‘rsatish mumkin. Insoniy qadriyatlarni himoya qilib chiqqan 
ekspressionistlar militarizm va ulug‘ millatchilik g‘oyasiga qarshi 
chiqdilar. 
27
D.Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheralieva. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: 
“Akademnashr”. 2010. – B.347.


225
Dadaizm (fr. dada – yog‘ochdan ishlangan o‘yinchoq ot, ko‘chma 
ma’noda bolalarga xos betartib nutq) – Birinchi jahon urushi davri-
da Syurix(Shveytsariya)da paydo bo‘lib, 1920-yillar boshida tar-
qab ketgan nigilistik xarakterdagi oqim. O‘z safiga T.Tsara(rumin), 
R.Gyulzenbek(nemis), A.Breton, L.Aragon, P.Elyuar(fransuzlar) 
singari ijodkorlarni birlashtirgan guruh a’zolari alogizmga tayan-
gan holda, so‘zlarni ma’lum tartibda qo‘llash hisobiga real bor-
liqqa o‘xshamaydigan o‘ziga xos dunyoni yaratishga harakat qildi-
lar. “Dadaizm mohiyat e’tibori bilan urushga, jahon urushi keltirib 
chiqargan muhitga qarshi isyon edi. Ularning isyoni mavjud tartibot-
larni inkor qilish, ularni ma’nisiz(absurd) deb hisoblashda, anarx-
izmni bunday sharoitda eng maqbul mavqe deb bilishda namoyon 
bo‘ladi. Shulardan kelib chiqib, dadaizmning san’at va adabiyotdagi 
isyonkorlik mavqeyi belgilangan: ular badiiy ijodda irratsionalizm 
tarafdori bo‘lganlar, adabiy-badiiy an’analarga nisbatan nigilistik 
antiestetizm mavqeyini egallaganlar”
28
.
XX asrning 20-yillarida Fransuz she’riyatida syurrealizm(o‘ta re-
alizm) deb ataluvchi oqim vujudga keldi. Sobiq dadaistlar A.Breton, 
L.Aragon, P.Elyuar ushbu guruh tashkilotchilaridan edilar. O‘z 
faoliyatida A.Bergson va Z.Freyd falsafasiga tayangan ushbu oqim 
vakillari real borliqdan yuqoriga ko‘tarilishni targ‘ib qildilar. Sy-
urrealistlar o‘z she’rlarida inson ongidagi o‘y-fikrlar va tasavvur-
lar oqimini aks ettirishga urindilar va bu borada birmuncha nati-
jalarga erishdilar. 30-yillarga kelib syurrealizm inqirozga yuz tutdi. 
L.Aragon, P.Elyuar singari iqtidorli yozuvchilar ushbu oqim bilan 
aloqani uzdilar.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling