O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Avstraliya miflari. Ular avloddan avlodga birinchi qush, hayvon 
va o‘simlikning kelib chiqishi haqidagi rivoyatlarni aytib kelishadi. 
Eng ko‘p kenguru va it haqidagi miflar tarqalgan. Aborigenlar ken-
guruni odam-kengurudan paydo bo‘lgan deb ishonishgan. “Kengu-
ru va it” mifiga ko‘ra, kenguru va it azalda odam bo‘lishgan ekan. 
Kunlardan bir kun ular daryoga kelib qolishadi. Sohilda qum bor 
edi. Kenguru-odam kenguru-itga “Meni qumga itga o‘xshatib chiz” 
dedi. U chizadi. Keyin bunisi unisiga deydi: “Meni qumga kenguru-
ga o‘xshatib chiz”. Shunday qilib, ularning biri kenguruga, boshqasi 
esa itga aylanib qolishgan ekan.
Shimol va Amerika miflari. “Birinchi kit qanday paydo 
bo‘lgan?”deb nomlangan mifda kit, tyulen kabi dengiz hayvon-
lari ishtirok etadi. Shimolning ibtidoiy odamlari uchun kit muqad-
das maxluq hisoblangan. Ovchilarga uni ummon ma’budasi Sedna 
yuborgan, deb bilishgan. Agar Sedna odamlardan hafa bo‘lsa, kit va 
tyulen yubormagan. Kitni ovlashib, maydalashib, bir qism go‘shtni 
o‘zlariga, bir parchasini suyagiga qo‘shib ummonga, ma’budaga 
otishgan. Otilgandan kit yana qayta tiriladi va Sedna uni bizga be-
radi, deb ishonishgan. 
Afrika miflari juda sodda, beg‘ubor bo‘lgan. Chunonchi, ularn-
ing olamning yaratilishi bilan bog‘liq mifini olaylik. Unga ko‘ra, 
Bushmen-san qabilasi quyoshning yaratilishini shunday tushuntira-
di: ulkan bir maxluq bor bo‘lib, bir qo‘lini ko‘tarishi bilan qo‘ltig‘i 
ostidan quyosh chiqadi, yer yuzi nurga chulg‘anadi. Maboda, u 
qo‘lini tushirsa, olamni zulmat qoplab oladi.
O‘rta Osiyo miflari. “Avesto”, “Kitobi Dada Qo‘rqut”, 
“O‘g‘uznoma” kabi ko‘hna asarlarda O‘rta Osiyoda yashaydigan 
xalqlarning, jumladan, turkiylarning mifologik dunyoqarashi aks et-
gan afsonalar o‘rin olgan. “Avesto”da Axuramazda va Axriman, biri 
ezgulikning, boshqasi esa yovuzlikning ramzi bo‘lib keladi. “Ki-
tobi Dada Qo‘qut” va “O‘g‘uznoma”dagi afsonalarda O‘rta Osiyo 


32
xalqlarining totemizm, animizm, fetishizm bilan bog‘liq qarashlari 
yaqqol ifodalangan. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling