O’zbekiston republikasi samarqand davlat universiteti


II. BOB. Maktabgacha ta`lim muassasasi yosh tarbiyachilariga metodik yordam


Download 83.51 Kb.
bet9/24
Sana02.01.2022
Hajmi83.51 Kb.
#186827
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
Kurs ishi Qamarova Sayyora 301 guruh

II. BOB. Maktabgacha ta`lim muassasasi yosh tarbiyachilariga metodik yordam.
2.1 Maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisining g’ayaviyma`navi yetukligi, umumiy madaniyati.

Raxbarlik odobi yuksak ma`naviy, madaniy, ahlokiy me`yor, talab va tamoyillar bo’lgan erkinlikka asoslanadi. Raxbar nafakat o’zi erkin bo’lishi, balki sherigining, o’zi ishlayotgan jamoa a`zolarining xam erkinligini xurmat qilishi lozim.

Raxbar faoliyatiga hechkim konunsiz aralashuvi mumkin emas. Shu bilan birga raxbar xam o’zi raxbarlik kilayotgan a`zolarining mexnat faoliyatiga konunsiz xalaqit bermasligi zarur.

Raxbar bo’ysunuvchi xodimlarining mayda - chuyda kamchiliklariga bardoshli bo’lishi, ularga o’ziga ishonganday ishonishi lozim. O’zaro kelishmovchiliklarga yo’l ko’ymaslik raxbarlik odobining muhim tamoyilidir.

O’zaro munosabatlarda ba`zan xar xil kelishmovchiliklar, fikrlar xar xilligi, karashlarning tula bo’lmagan moslig xam bo’lib turadi. Shuning uchun odob raxbarga juda zarur bo’lgan eng muxim fazilatlardandir. Raxbarlik odobi ayni paytda o’zaro tenglik va odillikka asoslanadi. Bu narsa tomonlarning o’z faoliyatini ob`ektiv baholashiga yordam beradi. Ma`lumki, raxbarlik umuminsoniy qadriyat hisoblanadi.

Butun dunyoishbilarmonraxbarlariga xos tadbirkorlar odobining yana bir ma`naviy, ma`rifiyxususiyati - va`dagavafo qilish, uni so’zsiz bajarishdir. Unga ko’ra, ikki tomon bir narsaga ahdlashgan shartnomani, shartnomaiy majburiyatni bajarish shart. Bordiyu, ulardan biri bu majburiyatni buzsa, nafaqat majburiyat olgan tadbirkoryoki raxbar, balki boshqa barcha tadbirkorlar xam u bilan munosabatini uzishlari, boshqa munosabat o’rnatmasliklari mumkin. Zamon, davr talabi shunaqa bo’lib bormoqda.

Yana bir muhim holat rahbarlik faoliyatida milliy g’oya negizlaridan foydalanish yo’llarini aniq bilish bilan bog’liq. Bu rahbar faoliyatining sohasi bilan uzviy aloqador. Inson jamiyatda yashar ekan, albatta ma`lum milliy qadriyatlar, an`analar, tafakkur tarzi tizimida kamol topali. Butungi rahbar kadrlar yangicha ishlashiga, yangicha o’ilashiga to’g’ri kelmokda. Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, oldimizga qo’yilgan maqsadlarga erishish, eski mafko’raviy asoratlardan xalos bo’lish, g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga etkazishda milliy g’oya negizlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Rahbarlik faoliyatida milliy g’oya to’g’risida fikr yuritilganda uning O’zbekiston jamiyati, o’zbek xalqi hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, milliy - madaniy merosi va qadriyatlari bilan bog’-liq bo’lgan hamda milliy g’oyada aks etadigan, o’ziga xos qonuniyatlari ham mavjud.

Rahbarlik faoliyatida milliy qadriyatlarga sodiqdik milliy g’oyaning tayanch negizlaridan biridir. O’tmishdan qolgan buyuk madaniy merosimiz, mumtoz qadriyatlarimizni hurmat qilish, ularni ijodiy jihatdan o’rganish bu tamoyilning asosiy jihatidir. Fikr erkinligi va xilma - xilligi tamoyili milliy g’oya uchun muqim o’rin tutadi, jamiyat taraqqiyotini rivojlantiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi. Fikr erkinligi va fikrlar, g’oyalar xilma- xilligiga asoslanish taraqqiyotni ta`minlab turuvchi, rahbarning salohiyatini oshirib turuvchi noyob imkoniyatdir. Rahbarlik faoliyatida milliy g’oyaga asoslanish yot, zararli, begona g’oyalarning ta`siridan saqlaydi, g’oyaviy immunitetni oshiradi.

Prezidentimiz aytganiqek, "fikrga qarshi fikr bilan, g’oyaga qarshi g’oya bilan, jaholatga qarshi ma`rifat bilan" ko’rashishni talab etadi. Chunki o’zining fikri, g’oyasi bo’lmagan odam yoki rahbar yot va begona, yovuz g’oyalarga qarshi ko’rasha olmaydi.

Rahbarlik faoliyatida milliy g’oyaga tayanish orqali inson turli xil g’oyaviy ta`sirlarning maqsad va muddaoalarini bir - biridan farqlay oladi. Jamoada milliy - ma`naviy qadriyatlarga bo’lgan sog’lom muhitni shakllantiradi va uni hurmat qilishga asos yaratadi.

Ma`lumki, har qanday jamiyatning istiqboli, uning rivojlanishi mamlakatning akdiy intellektual salohiyati bilan bog’liq. Jamiyatda ta`lim - tarbiya shaklini, uning amal qilish uslubini, hayotdagi o’rni va ahamiyatini, mohiyatini tushunmasdan turib, yosh avlod ongini shakllantirish mushkul. Shu sababli mamlakatimizda jahon andozalariga har tomonlama javob bera oladigan, qalbida Vatan va millat g’uro’rini ardoqlagan, yuksak va mustahkam e`tiqodiga ega bo’lgan yoshlarni tarbiyalashga katta ahamiyatberilmoqda.

Qo’yidagilar umumiy axloqiy sifatlardir:

  • o’z Vatanigasadoqat;

  • o’z hulqning eng yaxshi an`analariga amal qilish va ularniko’paytirish;

  • shaxs erkinligini va uning qadri - kimmati daxlsizligini tanolish;

  • insondagi yaxshi xislatlar tugamasligigaishonch;

  • kishilar shaxsiy - ishbilarmonlik sifatlari va ular faoliyatini ob`ektiv baholash, ular individualligini tanolish;

  • muomalada ochiq ko’ngillilik va o’ziga tanqidiyyondashish;

  • tabiatdan tejab tergab foydalanish. Qo’yidagilar muayyan axloqiy sifatlar hisoblanadi:

  • fukaroviy vijdon - shaxsiy javobgarlikni kuchli xisetish;

  • axdoqiy iroda - kishilar xurmatini qozonabilish;

  • halollik - ishga astoydil kirishish, ishda talabchanlik va to’g’ri fikrlaybilish;

  • O’zini tuta bilish - shaxsiy ko’ngilsizlik va ishdagi muvaffakiyatsizlikni engil kechirish;

  • subutlilik - o’z axloqiy nuktai nazarida sobitturish;

  • jamoaviylik - ijtimoiy uyushganlikxissiyoti.

Bu sifatlar rahbar axloqiy qiyofasini belgilaydi. Qo’yidagilar o’ziga xos axloqiy sifatlar xisoblanadi:

  • mexnatsevarlik - jismoniy quvvatni va aqliy qobiliyatni to’liq, o’z ishiga baxsh etish;

  • kamtarlik - xokimiyatdan oqilona foydalanish, o’z yutuq va kamchiliklariga tanqidiy munosabatdabo’lish;

  • mas`ullikishda "tavakkal" qilishdan cho’chimaslik, so’z bilan ishbirligi;

  • ochiq ko’ngillilik - kishilarga beg’araz yordam ko’rsatish, ular kamchiliklariga toqat qila bilish va ranjitganlarga kechirimli bo’lish. Yuqorida keltirilgan sifatlarning uch guruxi bir - biri bilan bog’liq, va rahbar ahloqiy qiyofasi modulini tashkil etadi.


Download 83.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling