O’zbekiston respbliasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Tayanch so’zlar, iboralar va tushinchalar


Download 0.73 Mb.
bet3/46
Sana01.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1317780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
chizma geometriya va muxandislik grafikasi

Tayanch so’zlar, iboralar va tushinchalar: Shartli belgilar – ma’ruzada ishlatiladigan belgilar. Proyeksiyalash markazi. Proyeksiyalovchi nur. Fazodagi geometrik shakl. Parallel proyeksiyalash.
Dars o’tish vositalari: Sinf doskasi, plakatlar, fundamental fan darsliklari, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, tarixiy ma’lumotlar va boshqalar.
Dars o’tish usuli: Fan haqida tushincha berish, yangi mavzuni tushintirish va savol-javob tariqasida uni mustaxkamlash, iborali izohlar berish.
Darsning xrona kartasi-80 minut

  1. Tashkiliy qism: xonaning tayyorligi, jihozlanish sanitariya holati. Talabalrning davomatini tekshirish-2 minut.

  2. Yangi fan haqida tushincha berish-15 minut

  3. Mavzuni bayon etish-50 minut

  4. Mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va mustaxkamlash-10 minut

  5. Uyga vazifa berish-3 minut

1. Kirish. Chizma geometriya va muxandislik grafikasi fanining rivojlanish tarixi. Chizma geometriya fanidan birinchi o’qish kitobi 1798 yilda Fransiyada chop etilgan. Uning muallifi davlat arbobi, matematik, injener olim Gospar Monj (1748-1818) edi. Monjning bu kitobida faqat ortogonal proyeksiyalar jami 49 ta shaklda bayon qilingan bo’lib, koordinatalar va uchinchi profil tekisligi haqida fikr yuritilmagan edi. Shuning uchun to’g’ri burchakli proyeksiyalash metodi Gospar Monj metodi deb yuritiladi. XIX asrning boshlaridan boshlab bu fan dunyodagi barcha texnika va rassomlik maktablarida o’qitiladi boshlandi.
O’zbekistonda chizma geometriya fani taxminan 1930 yillardan boshlab o’qitila boshlandi.
1953 yilgacha respublikamizda chizma geometriya sohasida birorta ham mutaxassis bo’lmagan. 1953 yilda hamyurtimiz Raxim Xorunov shu sohada dissertasiya yoqlab, fan nomzodi unvoniga sazovor bo’ldi.
Hozirgi zamon chizma geometriya kursi Monj chizma geometriyasidan juda katta farq qiladi. To’liq kurs to’rtta asosiy bo’lim: ortogonal proyeksiyalar, aksonometriya, perspektiva, sonlar bilan belgilangan proyeksiyalar va qo’shimcha soyalar nazariyasidan iborat.
O’zbek tilida birinchi chizma geometriya kitobi Yu.Qirg’izboyev tomonidan yozilib, 1959 yili «O’zbekiston» nashriyotida chiqarildi. Kitob 24 bosma taboqdan iborat bo’lib, mashinasozlik oliy o’quv yurtlari uchun tavsiya qilingan.
1961 yilda barcha oliy texnika o’quv yurtlari uchun Raxim Xorunovning chizma geometriya kursi darsligi 16 bosma taboq hajmida chop etildi.
Shundan keyin, chizma geometriya va muxandislik grafikasi fanidan ko’plab darsliklar O’zbekistonlik olimlar tomonidan yozilib nashr etildi. Chizma geometriya va muxandislik grafikasi fanining rivojlanishida quyidagi olimlar o’zlarining hissalarini qo’shishgan: E.Sobitov, Sh.Murodov, P.Odilov, A.Shomurodov, S.Narzullayev, R.Ismatullayev, D.Quchqorova va boshqalar.
Samarqandda ham shu soha bo’yicha dissertasiya yoqlab o’z hissalarini qo’shgan olimlar bor. Ular Ye.Gurevich, X.Uzoqov, M.Amirov, M.Umarov, M.Sodiqov, I.Suvonqulov va boshqalar.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling