O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/41
Sana31.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1310747
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия

M.Glinkaning simfonik ijodi. “
Аragoncha xota”, 
“Kamarinskaya”.
Mixail Glinka XIX asr rus musiqasidagi deyarli barcha janrlar, 
jumladan simfonik ijodiyot asoschisi rolini o‘ynadi. Uning ispancha 
uvertyuralari, fantaziya va kichik shakldagi simfonik asarlari 
betakror ahamiyatga egadir. M.Glinkaning “Ispancha uvertyuralari” 
kompozitor ijodida va umuman rus musiqasida muhim o‘rin 
egallaydi. Bu kompozitorning o‘zga millat mavzulariga ilk 
murojaatlaridan biridir. Bu anʼana keyinchalik boshqa rus 
kompozitorlari tomonidan davom ettirildi.
Taʼkidlash zarurki, yarqiroq, temperamentli ispancha raqsning 
mavzuiy materiali o‘zgacha ifoda vositalari va rivojlanish usullarini 
talab etardi. Bu - o‘zga millatli janubiy madaniyatning romantik 
hissiyotlari bilan bog‘liq yarqiroq orkestr fantaziyasi, kaprichchio va 
rapsodiyadek muhim janrdir. Bu yo‘nalishning bevosita davomi 
sifatida M.Balakirevning “Ispancha marsh mavzusiga uvertyura”, 
Rimskiy-Korsakovning “Ispancha kaprichchio”si, Chaykovskiy va 
Glazunov baletlaridagi serjilo ispancha raqslarlar yaratildi. 
M.Glinka “Ispancha uvertyuralar” ustida janubiy ispancha 
hayotning butun muhitini bevosita his qilib, ishladi. Ulardan 
birinchisi “
Аragoncha xota” kompozitor Ispaniyaga kelgandan so‘ng 
ko‘p o‘tmay yozildi (1845 yilning yozi va kuzida). Ikkinchisi, 
“Madriddagi tun” ancha keyinroq, kompozitorning Ispaniyaga safari 
chog‘ida yozib olgan materiallar asosida bastalangan (1848). Har 
ikki asar, ayniqsa ikkinchi uvertyura keyinchalik qayta ishlanadi. 
37 


M.Glinka cholg‘ulashtirishni takomillashtirib, orkestrlashni 
“zichlashtirib”, “
Аragoncha xota”ning umumiy kompozitsiyasini 
ancha kengaytiradi, va ikkinchi uvertyuraning birinchi varianti 
(dastlabki nomi – “Kastiliya haqidagi xotiralar”) o‘rniga 
“Madriddagi tun” nomli yangi variant yuzaga keldi (1851).
Oradan biroz vaqt o‘tib ushbu asarlar M.Glinkaning do‘sti, 
taniqli publitsist Vladimir Odoevskiy maslahasitga ko‘ra “Ispancha 
uvertyuralar” 
degan nom oladi. Shuni taʼkidlash zarurki, yorqin 
folklor va go‘zal tabiat obraziga ega ispan mavzulari romantizm 
davrida sanʼat, teatrda ayniqsa keng tarqaldi. Garchi M.Glinkada 
Ispaniya obrazi shunchaki qiziqish bo‘lmagan. Uning Ispaniyasi – bu 
avvalo, u
ning shu mamlakatda yashab, uning hayot tarzi, sanʼati va 
urf-odatlarini ikki yil davomida kuzatish orqali olgan shaxsiy 
taassurotlari, ko‘rganlari va eshitganlariga nisbatan munosabatidir. 
M.Glinka o‘z uvertyuralarida xalq hayotining turli tomonlarini 
muhrlashga intilgan. U xalq qo‘shiq va raqs janrlariga tayangan 
holda, ularning har birini turlicha qo‘llaydi. Birmuncha shukuhli va 
ajib “Xota” bayramona, quvnoq kayfiyatlarga to‘la. Bu – katta 
simfoniyalashtirilgan raqs, xalq bayrami manzarasidir. Ikkinchi 
uvertyura kamroq effektli, biroq u teran o‘ziga xoslikka ega bo‘lib, 
ichki kontrastlarining boyligi, har bir detaliga nozik ishlov 
berilganligi bilan ajralib turadi. Peyzaj unsuri, tabiatning nafis taʼrifi 
undagi yangilikdir: bu musiqada bir vaqtning o‘zida “peyzaj va janr”, 
janubiy tun va janub hayoti aks ettirilgan. 
38 


M.Glinkaning har ikki “Ispancha uvertyura”sidagi farqlanuvchi 
alomatlar – bu orkestr tembrlarining serjiloligi, koloritining boyligi, 
obrazlarining rang-barangligidir. “Kamarinskaya” yoki “Vals-
fantaziya”ning kamtar, kamer orkestrlanishidan farqli o‘laroq, bu 
yerda kompozitor o‘z mahobati bilan “Ruslan va Lyudmila” 
operasidagi partiturani yodga solvchi go‘zal va yarqiroq orkestrdan 
foydalanadi.

Аragoncha xota”da mis damli cholg‘ular (2 ta truba, 4ta 
valtorna, 3 ta trombon va tuba) keng qo‘llanilgan; shu partituraning 
o‘zida M.Glinka arfa tembridan foydalanadi. Bunda o‘ziga xos 
yorqin ritmik asosni olib boruvchi zarbli cholg‘ular muhim rol 
o‘ynaydi. Litavralar, kastan`etalar, tarelkalar, katta baraban (ikkinchi 
uvertyurada bu tarkibga kichik baraban va uchburchak ham 
qo‘shilgan) raqs dinamikasini kuchaytirib, harakat xarakterini 
belgilab beradi. Bu yerda milliy cholg‘u - 
kastanetalar masʼuliyatli 
rol` o‘ynaydi, ispancha raqs xarakteri va koloritini usiz tasavvur 
qilish mushkul.
Mazkur uvertyurada M.Glinka ispan xalqining eng ommalashgan, 
maishiy kuyiga murojaat etadi. M.Glinka bilan deyarli bir paytda 
39 


Ferents List ham o‘zining “Katta kontsert fantaziyasi”da (1845) shu 
mavzuga murojaat qilib, bu asarni keyinchalik “Ispancha 
rapsodiya”ga aylantiradi. M.Glinka xotani o‘z safari chog‘ida xalq 
anʼanalarida, ispan gitarachilarining ijrosidan o‘rganadi. Kompozitor 
uchun mazkur janrning ijro manerasi muhim edi, unga xalq 
amaliyotida kuylash bilan jo‘r bo‘linadi: har bir band qoidaga ko‘ra, 
matn bilan ijro etiladi va cholg‘u refreni bilan yakunlanadi. M.Glinka 
ko‘pincha o‘
zining qaydlar daftariga kuyni sheʼr matni bilan birga 
yozib olar edi. 

Аragoncha xota” kompozitsiyasi sonatalilik, variatsionlilik 
tamoyillari va motivli rivojlov metodi bilan o‘zaro mutanosiblikdagi 
yorqin kontrast obrazlarga qurilgan. 
Аsosiy kontrastga tantanavor, 
qatʼiy muqaddima (Grave) va sonata allegrosining bayramona-
quvnoq mavzulari o‘rtasida erishiladi. Sonata shakli talqinida 
glinkacha dinamik simfonizmning xos xususiyatlari namoyon 
bo‘ladi: bu rivojlanishning muttasilligi, shaklning ichki chegaralarini 
yengish (ekspotsiziya rivojlovgacha o‘sib boradi, rivojlov esa 
reprizaga), “pog‘onali” rivojlovning tarangligi, musiqaning avj 
tomon yorqin intilishi, dinamik reprizadagi mavzuiy materialning 
siqilishidir. Fanfarlarning kuchli “hayqiriq”li Grave qahrli 
muqaddimasidan so‘ng uvertyuraning bosh partiya mavzulari yengil 
va shaffof yangraydi: aragoncha xota yog‘och damli cholg‘ular – 
klarnet, fagot va goboyda yangraydigan ohangdor, vazmin ehtirosga 
to‘la kuydir.
40 


Bosh partiya tuzilishi – raqssimon va qo‘shiqbop – u ikkita 
o‘zaro almashinib keluvchi mavzular takrori tamoyiliga asoslangan 
qo‘sh uch qismli shaklni hosil qiladi. Cholg‘ulashtirish ispancha xalq 
musiqasi koloritini ajoyib tarzda yetkazib beradi - unda kastan`etalar 
eshitilib turadi, birinchi mavzuni torlilar pitsikatosi fonida 
yakkanavoz skripka va arfa ijro etadi. Yondosh partiya bosh partiya 
bilan kontrastlashmaydi. Bu xotaning o‘sha simmetrik 
ritmoformulasiga asoslangan nafis, skertsosimon obraz (to‘rt taktlab 
tuzilish, izchillik: tonika – dominanta, dominanta - tonika). Uning 
rivojlanishida polifonik usullar hukmronlik qiladi: dastlab mavzuga 
xotaning asosiy kuyidan olingan motiv - jimjimador kontrapunkt 
qo‘shiladi; so‘ngra avval torlilarda keyin esa arfa jo‘rligidagi 
trombonlarda yangrovchi yangi, kuychan va ifodali kuy boshlanadi 
(yondosh partiyaning ikkinchi mavzusi).
Rivojlov o‘sishning yagona chizig‘iga bo‘ysunadi. Unda 
litavralarning qahrli tremolosi orqali to‘satdan bo‘linadigan, shiddat 
bilan “yuguruvchi” mavzuiy figura serharakat rivojlantirilgan; 
tormozli sinkopalar muqaddimaning fanfarli mavzusini yodga soladi. 
Rivojlovning so‘nggi to‘lqini butun orkestrning kuchli akkordlari 
bilan taʼkidlangan hayajonli, quvnoq avjga olib boradi. Reprizada 
ko‘zni qamashtirar darajada yorqin va to‘yingan partiturada 
ko‘rsatilgan mavzular variatsiyalanishi davom etadi (birmuncha faol 
va siqilgan). Uvertyura muqaddima bilan mavzuiy va obrazli jihatdan 
bog‘liq yarqiroq koda bilan yakunlanadi.  
41 



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling