O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/41
Sana31.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1310747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия

ISBN 978-9943-6244-9-8 
© “Musiqa” nashriyoti, 2020 
© Эльнора Мамаджанова, 2020 


Muqaddima o‘rniga
Hurmatli talabalar, mazkur o‘quv qo‘llanma rus musiqa tarixi 
bo‘yicha XIX asrning eng boy tarixiy davriga bagishlangan va
ma'lumotlarning bir qismini o‘rganishingiz mumkin. Qisqacha 
shaklda siz rus musiqasining asosiy tendentsiyalari, o‘sha davrning 
taniqli kompozitorlarining ijodi, asosiy janrlarning shakllanishi va 
ba'zi taniqli asarlar bilan tanishishingiz lozim.
Ma’ruzalarning asosiy mavzularidan keyin, seminarlarga 
tayyorgarlik ko‘rish maqsadida savolnoma va topshiriqlar keltirilgan. 
Bundan tashqari, ilovada ba'zi pedagogik texnologiyalar uchun 
namunalar keltirilgan, ularga ko‘ra siz vazifalarni bajarishingiz 
mumkin. Matnda siz ushbu mavzudagi musiqiy yozuvlar bilan QR 
kod rus kompozitorlarning asarlardan olingan musiqiy namunalarini 
ishlatishingiz mumkin, bu juda qulay va vaqtingizni tejaydi. 
Esingizda bo‘lsin, ushbu qo‘llanmada keltirilgan ma’lumotlar 
sizni yo‘naltirishi, boshqa manba’larga murojaat qilishingiz va rus 
musiqa tarixini o‘rganishingizda yordam beradi. Siz boshqa 
adabiyotlarni o‘qib chiqishingiz, iloji boricha ko‘proq musiqa 
tinglashingiz, kompozitorlarning asarlarini partitura va klavirlardan 
foydalangan holda o‘rganishingiz lozim. 



XIX asr rus musiqa san`ati va uning tarixiy-madaniy ahamiyati 
Rossiya madaniyati tarixidagi XIX asr klassik davr deb 
hisoblanadi. Bu adabiyot, tanqidiy fikr, publitsistika, falsafa va 
san'atning turlari misli ko‘rilmagan darajada gullashi bilan bog‘liq. 
Bu davrda tarixdagi eng taniqli yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, 
kompozitorlar, olimlar o‘zlarining asarlarini yaratdilar. Shuning 
asosiy yutug‘i rus xalqi tomonidan fuqarolik pozitsiyasining 
namoyon bo‘lishi, ularning milliy o‘ziga xosligini anglash edi. 
Tanqidiy realizm paydo bo‘lishi bilan, ijodkorlar orasida oddiy odam 
qiyofasiga, 
hayotiy muammolariga ahamiyati kuchaydi. 
Rus xalqining timsollarini o‘zida aks ettirish rus folkloridan 
foydalanishga, rus tematizmi ruhida asarlar yaratishga e'tiborni 
kuchaytirdi.
Ammo rus madaniyati bitta spektrda rivojlana olmadi, shuning 
uchun biz uning matritsasida G‘arb musiqasidagi tendentsiyalarning 
ta'sirini kuzatishimiz mumkin. Romantizm, sentimentalizm, 
orientalizm kabi yo‘nalishlar rus kompozitorlarining asarlarida 
qisman ro‘y bergan. 
XIX asr eng mashhur shoirlardan – Aleksandr Pushkin, Mihail 
Lermontov, Nikolay Nekrasov, Afanasiy Fet, Denis Davidov, 
Evgeniy Baratinskiy, Anton Del`vig, Fedor Tutchev, Gavriil 
Derjavin, Konstantin Bal`mont kabi ruyhat tuzish mumkin. 
Yozuvchilar va publitsistlar - Nikolay Gogol`, Aleksandr 
Griboyedov, Sergey Aksakov, Nikolay Dobrolubov, Nikolay 
Chernishevskiy, Nikolay Karamzin, Ivan Krilov, Vladimir 



Odoevskiy, Nikolay Leskov, Mihail Saltikov-Shedrin, Aleksandr 
Ostrovskiy, Sergey Aksakov, Ivan Turgenev, Ivan Bunin, Lev 
Tolstoy, Anton Chehov va boshqalar rus adabiyotini yor`qin 
namoyondalaridan.
Rasomchilardan eng taniqlilaridan- Ivan Ayvazovskiy, Karl Brulov, 
Viktor Vasnetsov, Vasiliy Vereshagin, Mihail Vrubel`, Ivan 
Kramskoy, Arhip Kuindji, Isaak Levitan, Il`ya Repin, Vasiliy 
Surikov, Ivan Shiskin va b.
XIX asr Rossiyada yirik siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq 
bo‘lib, unda 1812-yildagi urush va krepostnoylik huquqlarining 
bekor qilinishi katta rol o‘ynadi. 
Аdabiyot, sheʼriyat, musiqa va 
tasviriy sanʼatda ijtimoiy notenglik mavzusi o‘ta keskinlashdi. Biroq 
Rossiya hali mashhur yevropacha namunalarga teng keladigan so‘z, 
teatr, musiqa va arxitektura sohasidagi asarlarga ega emas edi. XIX 
asrning birinchi yarmidayoq rus badiiy madaniyati ajoyib tarzda 
gullab-yashnadi. U taqlid unsurlaridan holi bo‘lgan holda, qamrovi 
keng, rang-barang mazmunlar uchun original va o‘ziga xos ifoda 
shakllari topib, badiiy ijodiyotning turli sohalarida haqiqiy 
durdonalar yaratadi. A.Pushkin, M.Lermontov, N.Gogol` va 
M.Glinka kabi daho namoyandalar ijodi nafaqat rus, balki jahon 
sanʼatining yuksak cho‘qqilaridan birini tashkil etadi. 
XIX asrning ikki mashʼum voqeasi Rossiyaning barcha ijod 
ahlini qo‘zg‘atib yubordi. Jamiyat tashabbusining ko‘tarilishiga 1812 
yildagi Vatan urushi kuchli turtki bo‘ldi. Rus insonlarining 
vatanparvarligi nafaqat umumxalq manfaati haqida qayg‘urishda, 



balki milliy madaniyat va farovonlikni yangi darajaga ko‘tarishga 
intilishda ham namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, XIX asr rus 
madaniyatining rivojlanishiga 1825-yildagi dekabristlar qo‘zg‘oloni 
ham katta taʼsir ko‘rsatdi. Undan so‘ng yaratilgan adabiy va musiqiy 
asarlarning aksariyatida ham alohida qahramonlarning, ham butun 
xalqning yorqin hissiyotlari, fikrlari va kechinmalari birdek o‘z 
aksini topdi. Ozod qiluvchi g‘oyalarning ko‘payishi va tarqalishi 
bilan bir qatorda, ularga nisbatan hukumat tomonidan ko‘rsatilgan 
qarshi harakat ham kuchayib bordi. 
Аleksandr I podsholik qilgan 
davrning ikkinchi yarmidayoq, bu reaktsion harakat, 
universitetlarning vayron qilinishi va senzuraning kuchayishida o‘z 
ifodasini topdi. Rus xalqi hayotida beshafqat, zulmkor va dahshatli 
reaktsion kuchlarning davomli harakati dekabristlar qo‘zg‘oloni 
bostirilgandan keyin Nikolay I taxtga o‘tirgandan so‘ng ham 
hukmronlik qildi.
Rossiyada demokratik publitsistika (jurnalistika), boz ustiga, 
amaliy inqilobiy faoliyat olib boruvchi siyosiy tashkilotlarning 
mavjud bo‘lishi imkonsiz edi. Bunday sharoitda ayniqsa adabiyot 
katta ahamiyat kasb etib, Pushkin, Gogol`, Lermontov asarlari 
ozodlik g‘oyalarining asosiy jarchisiga aylandi. 
Аytilgan fikrlarning 
barchasi rus milliy adabiyoti va sanʼatining klassik maktablarini 
tashkil etishda poydevor vazifasini o‘tadi. XIX asr Rossiyada 
tanqidiy realism yo‘nalishi shakllana boshladi, uning asosiy maqsadi 
shundaki, youzavchilar, publitsistlar hayot haqiqatini ko‘rsatganlar, 
oddiy halqni hayotini ko‘rsatdilar. Taniqli publitsistlar 
N.Chernishevskiy, 
N.Dobrolubov, yozuvchilar 
va shoirlar 



A.Pushkin, M.Saltikov-Shedrin, 
N.Nekrasov, 
N.Gogol`, 
kompozitorlar A.Dargomijskiy, M.Musorgskiy asarlarida halqchilik
tushinchasi paydo bo‘ldi, u esa realizmning asosiy goyasidir. 
А.S.Pushkin rus adabiyoti rivojida qanday rol o‘ynagan bo‘lsa, 
M.I.Glinka rus musiqasida ana shunday mavqega ega. Xuddi 
А.S.Pushkin singari Glinka ham unga zamondosh bo‘lgan badiiy 
madaniyatning turli unsurlarini keng qamrovda qabul qilib, ularni 
qayta ijod etdi. O‘z ajdodlari merosidan barcha qimmatli va 
hayotiylarini o‘zlashtirgan holda, Glinka ularning chegaraliligini 
yengib, ulkan mazmun boyligi va to‘laqonliligiga hamda badiiy ifoda 
mukammalligiga erishadi. M.I.Glinka ijodi o‘zining ichki 
muvozanati, mukammal garmonik yaxlitligi va tugalligi bilan keyin 
avlodlar uchun xuddi Pushkin s
heʼriyati kabi benazir namuna va 
mumtoz meʼyor bo‘lib qoldi. M.I.Glinka o‘z ijodi bilan uning jahon 
miqyosidagi taʼsiriga asos soldi. 
А.Dargomijskiy o‘z ijodi bilan M.I.Glinka yo‘lidan bordi. U rus 
musiqasiga yanada ko‘proq ijtimoiy keskinlik, maishiy va psixologik 
tavsif, hajv va mutoyiba unsurlarini kiritdiki, ularning ko‘pchiligi 
1860-yillarning yosh milliy maktabi ijodiyotida o‘zining aniq 
ifodasini topdi. M.I.Glinka o‘z ijodi bilan uning jahon miqyosidagi 
taʼsiriga asos soldi. Shu vaqtdan boshlab xorijiy nashrlarda rus 
musiqasi xususida tez-tez habarlar berila boshlandi. G.Berliozning 
M.Glinka haqidagi maqolasi paydo bo‘lishidan bir necha oy avval 
mashhur frantsuz musiqashunosi Fetis hali yosh bo‘lgan 



А.Dargomijskiy haqida Rossiyaning noyob musiqiy isteʼdodi, deya 
yozgan edi. 
Maishiy musiqiy ijrochilik sohasida bir qator jiddiy va teran 
o‘zgarishlar yuz berdi: ayrim yangi janrlar yuzaga keldi, eski shakllar 
yangi hayotiy mazmun taʼsiri ostida tadrijiyot bosqichlaridan o‘tdi, 
obrazlar va intonatsion-ifodaviy vositalar xarakteri o‘zgardi. Maishiy 
xalq qo‘shiqlarida umummilliy ahamiyatga molik yirik siyosiy va 
ijtimoiy voqealar kuylana boshladi. Ularda 1812 yildagi Vatan urushi 
keng miqyosda aks ettiriladi. Bizgacha og‘
zaki folklor anʼanalari 
bilan bog‘liq o‘n ikkinchi yil haqidagi qo‘shiqlar turkumi yetib keldi. 
Ular o‘zining mazmuni va musiqiy-
sheʼriy shakllari bilan nihoyatda 
rang-
barang. Baʼzan ularda xalq qo‘shiqchilik ijodiyotining qadimgi 
anʼanaviy ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Vatan urushi shuningdek
ifodali lirik qo‘shiqlarning paydo bo‘lishiga turtki berdiki, ularda 
xalqning yaqinlaridan judo bo‘lish, ona-yurtida yuzaga kelgan 
qashshoqlik, nochorlik bilan bog‘liq chuqur qayg‘usi, g‘ami va 
alamlari muhrlangan.
Milliy o‘zini anglash harakati rus folklorini ommalashtirishga 
turtki bo‘ldi. Shu tariqa, rus xalq qo‘shiqlarining ham jo‘rnavozli xor, 
ham alohida cholg‘ular uchun avvalo qayta ishlash sohasi ommalasha 
boshladi. 
Аsr boshida taniqli folklorchi Ivan Prach to‘plamining 
yangi nashrlari chiqa boshladi. Bu esa yangi qo‘shiq to‘plamlarining 
paydo bo‘lishiga turtki berdi.
Krepostnoy dehqonlardan chiqqan isteʼdodli rus musiqachisi 
Daniil Kashin o‘zi qayta ishlagan xalq qo‘shiqlari bilan juda mashhur 



bo‘ldi. 30-yillarda uning uch qismdan iborat “Rus xalq qo‘shiqlari” 
nomli to‘plami paydo bo‘ldi, 40-yillar boshida esa uning yangilangan 
ikkinchi nashri bosmadan chiqdi. Bu to‘plamlarda cho‘zimdor rus 
qo‘shiqlarining o‘ziga xos ohanglarini kuchaytirish, va ayni paytda 
ularni romans uslubiga yaqinlashtirishga intilish namoyon bo‘ladi. 
Yana bir qo‘shiqlar to‘plovchisi Ivan Rupinning xalq va romans 
ohanglarini o‘zaro yaqinlashtirish borasidagi qayta ishlash uslubi 
ham unga juda yaqindir. Ivan Rupinning ham kelib chiqishi 
krepostnoy dehqonlardan bo‘lib, o‘ziga xos xonanda edi, buni hatto 
o‘
sha davrda Rossiyada yashagan italiyaliklar ham taʼkidlab, uni 
Rupini deb ataganlar. U 1831 yilda bosmadan chiqqan mashhur 
qo‘shiqlar to‘plamini tuzdi. Bu borada folklor nashrlarining yana bir 
nechta mashhur to‘plovchilari va tuzuvchilarini sanab o‘tish 
mumkinki, ular orasida taniqli nomlar ham bor.
Jumladan, kompozitor romanschi 
А.Gurilev tomonidan tuzilgan 
va 1849 yilda chop etilgan “Tanlangan rus xalq qo‘shiqlari” nomli 
to‘plam ham keng tarqaldi. Kompozitor qayta ishlagan namunalar 
xalq qo‘shiqlari ruhiyatiga yaqin romanslarga o‘xshaydi. Ehtimol, 
aynan shu holat rus xalq qo‘
shiq janrining romans sanʼatida paydo 
bo‘lishiga xizmat qilgandir. Uning ko‘plab romanslarida lo‘lilar 
qo‘shiqlarining ohanglari ham seziladi. 
Ushbu asrning birinchi yarmida lirik sentimental romans paydo 
bo‘ldi. Mazkur janr jamiyatning deyarli barcha qatlamlarida keng 
mashhurlikka erishdiki, rus musiqachiligining boshlanishi aynan u 
bilan bog‘liq, unda xalq va shahar folklori tutashgan chegarada 



o‘ziga xos rus musiqasi qirralari namoyon bo‘ladi. Bu avvalo, 
kuyning qo‘shiq toifasi bo‘lib, unda qo‘shiq folklorining o‘ziga xos 
turfa janr ohanglari va oddiy jo‘rlikka tayangan oddiylik va dilgirlik 
o‘zaro mutanosiblashadi. Rus sentimental romansining yorqin 
namoyandalaridan biri N.
А.Titov (1800-1875) bo‘lib, xalq orasida 
uni “rus romansining bobosi” deb ataganlar. 
Shuningdek, XIX asr boshida romantizm mavzuiyligi adabiyot 
va sanʼatning turli ko‘rinishlarida tarqalishi munosabati bilan ballada 
ham keng tarqalgan janr bo‘ldi. Ushbu janr kamer musiqa ijrochiligi 
janrlariga ham dramatik alomatlar va hikoyanavislik unsurlarini 
qo‘
shdi. Ballada sheʼriy janriga yaqin, kontrast qismlari o‘zaro 
qarama-qarshi qo‘yilgan asarlar paydo bo‘ldi, ular nafaqat dramatik-
hikoyanavis, balki lirik xarakterdagi matnlarga yozilar edi. Bunday 
yirik, tuzilishi jihatdan erkin vokal p`esalar odatda “fantaziya” deb 
atalgan. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling