O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi


Aleksandr Egorovich Varlamov (1801-1848)


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/41
Sana31.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1310747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия

Aleksandr Egorovich Varlamov (1801-1848) – o‘zining qisqa 
umri davomida asosan vokal-xor janrlarida katta miqdordagi 
asarlarni yaratgan yorqin rus kompozitorlaridan biridir. Taassufki, u
yaratgan asarlarning ko‘pchiligi noma'lum sabablarga ko‘ra 
15 


yo‘qotilgan. U unvonli maslahatchi oilasida dunyoga keldi, uning 
bolaligi Alyab`e nikiga qaraganda kamtarona sharoitlarda kechgan. 
Shunday bo‘lsa-da, uning otasi o‘
ğlidagi musiqaga bo‘lgan qiziqishni
erta payqab, uni Peterburgdagi Saroy xor kapellasiga beradi, bu 
jamoaga mashhur xor kompozitori D.Bortnyanskiy rahbarlik qilar
edi. U bolaning nafaqat kuylash mahoratini, balki bo‘lajak romans 
ijodkori malakalarini rivojlantirishga yordam berdi. A.Varlamov 
rahnamosining sharofati bilan bir necha yil chet elda yashab, nufuzli 
insonlar saroyida xonandalik san'atidan saboq berdi. Bu vaqt 
davomida u opera san'atini, jahon operasi durdonalarini o‘rgana 
boshladi. 
Bularning barchasi Rossiyaga qaytgach uning faoli tida asqotdi. 
Peterburgda u M.Glinka va boshqa taniqli insonlar bilan tanishadi. 
1832 yilda Moskvaga ko‘chib o‘tgach sa o‘z qo‘shiq va romanslarini
yarata boshlaydi. Uni A.Pushkin, N.Tsiganov, A.Kol`tsov, 
M.Lermontov kabi mashhur shoirlar lirikasi o‘ziga jalb etadi. 
N.Tsiganov she'riga bastalangan “Qizil sarafan”(“Krasniy sarafan”), 
M.Lermontov she'riga yozilgan “Yolgiz elkan oqarib ko‘rinadi” 
(“Beleet parus odinokiy”), A.Fet so‘zi bilan “Sen uni tongda 
uygotma” (“Ti eyo na zare ne budi”) kabi romanslar kompozitorning
eng mashhur ijod namunalaridir. Uning romanslarida xalq manbalari, 
ruscha xonish xususiyatlari, yakka va xor ijrochiligi, qo‘shiq va raqs 
janrlariga tayanish aniq seziladi. 
Aleksandr Varlamov romans janri sohasida mashhur durdonalar
yaratishdan tashqari o‘zini o‘quv adabiyotining muallifi sifatida 
namoyon etadi, u o‘sha davrda o‘ta muhim bo‘lgan “Kuylashning 
16 


to‘
liq maktabi” nomli metodik ish ёzadi. U nafaqat xonandalik 
san'atidan o‘zining o‘qituvchilik tajribasi bilan o‘rtoqlashadi, balki 
rus xonandaligining xususiyatlari va uni o‘qitish usullarini ham 
belgilab beradi. Xulosa shulki, Aleksandr Varlamov XIX asr rus 
musiqasida o‘chmas iz qoldirdi, u bilan nafaqat rus musiqachilari va 
shoirlari, balki mashhur xorijiy kompozitorlar ham haqli ravishda 
faxrlanar edilar. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling