O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi


Aleksandr L`vovich Gurilev (1803-1858)


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/41
Sana31.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1310747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия

Aleksandr L`vovich Gurilev (1803-1858)uni Rossiyadagi 
barcha vokal musiqa yaratuvchilari orasidagi eng romantik 
kompozitor deyish mumkin. Uning musiqasida lirik janrlar 
mustahkam o‘rin egallagan, ularda insonning qalb kechinmalari, 
tabiatni madh etish, xalq janrlari va shahar folklori mutanosibligi 
birinchi planga chiqadi. Xuddi zamondoshlari kabi uni ham 
A.Pushkin, F.Tutchev, A.Fet, A.Koltsovlar she'riyati o‘ziga jalb etdi. 
Aleksandr Gurilev zamondoshlari kabi yorqin hayot kechirmadi. 
Uning otasi mashhur musiqa ixlosmandi, metsenat graf Orlovning 
krepostnoy musiqachisi bo‘lib, cherkov musiqasini yaratish 
tajribasiga ega edi. Aleksandr Gurilev bolaligidan musiqa 
qurshovida o‘sdi. Bundan tashqari, u italyan kompozitori Sartidan 
saboq olib, fortepianodan Jon Fildning o‘zida shugullanadi. Graf 
Orlov o‘limidan so‘ng ota-o‘gil Gurilevlar erkinlik olishdi, va o‘z 
hayotlariga o‘zlari ega bo‘lishdi. Shunday qilib, Gurilev rus 
kompozitorlari orasida mashhur ijodkorga aylandi. U ko‘plab vokal 
17 


musiqasi va turli p`esalar yozdi, bundan tashqari turli mualliflar 
asarlarini variatsiya va qayta moslashtirib, sayqalladi. 
Uning mashhur romanslari orasida – “Bir ovozda yangrar 
qo‘ngiroq” (“Odnozvuchno gremit kolokol`chik”), “Ham gamli, ham 
qayguli” (“I skuchno, I grustno”), “Siz mening gamimni 
tushunmaysiz” (“Vam ne ponyat` moey pechali”), “Qish oqshomi” 
(“Zimniy vecher”), “Qo‘ngiroq” (“Kolokol`chik”), “Qiz qaygusi” 
(“Grust` devushki”), “Ayriliq” (“Razluka”) va boshqa ko‘plab 
namunalarni aytish mumkin. Ular orasida sentimental romanslar 
katta ahamiyat kasb etadi, ularda muallif asl ijodkor sifatida 
ochiladi, u nafaqat she'r lirizmini ifodalaydi, balki qalb 
kechinmalarini musiqada qayta so‘zlaydi va dalillaydi. 
Romans ratuvchi ko‘plab kompozitorlar o‘sha A.Pushkin, 
M.Lermontov, A.Del` vig va boshqalarning bir xil she'rlariga 
murojaat etganlar, ularning birortasi boshqasini takrorlamagan, 
aksincha, ular sabab biz bitta she'rga bastalangan bir nechta 
durdonaga ega bo‘ldik, rus she'riyatining muayyan namunalarini 
turlicha o‘qish va interpretasi qilishga. 
XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan kompozitorlar 
orasida kompozitor va musiqiy tanqidchi Aleksandr Nikolaevich 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling