O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
Aleksandr Aleksandrovich Alyab` ev (1787-1851)
Download 1,15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
Aleksandr Aleksandrovich Alyab` ev (1787-1851) – rus
musiqasining ogir qismatli, fojeali shaxslaridan biridir. U eng nufuzli dvoryanlar oilasida tugilib voyaga etdi, uyida yaxshi ta'lim olib, bir nechta xorijiy tillarni o‘rgandi, oilasiga tegishli krepostnoy musiqachilardan iborat damli orkestr sabab musiqaga qiziqdi. Agar 1812 yilda urush bo‘lmaganda edi, uning keyingi taqdiri kim bilsin qanday kechardi. U armiyaga borib, partizanlar otryadida o‘sha davr h aёtining barcha qiyinchiliklarini o‘zida sinab ko‘rdi, davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi, ayni paytda, bir qator marsh, qo‘shiq va romanslar muallifi ham edi. 13 Urushdan so‘ng1825 yilgacha Aleksandr Alyab` ev hayoi va kar` erasi juda yaxshi kechayotgan edi, barcha nufuzli oilalar eshiklari uning uchun ochiq edi, u badiiy intellegentsiya namoyondalari bilan tanish bo‘lib, ular orasida mashhur yozuvchilar va dramaturglar, kompozitorlar va tanqidchilar bor edi. Musibat kutilmaganda yuz berdi, 1825 yil fevral oyida A.Alyab`ev o‘z uyida bir xarbiy bilan urushib qoladi, aftidan mast bo‘lib, hech narsani eslay olmagan. U qotillikda ayblanib, suddan keyin Sibirga surgun qilinadi va “jamiyat uchun xavfli” odam sifatida ogir ishlarga mahkum bo‘ladi. Hatto Sibirdan qaytgandan so‘ng ham o‘zining avvalgi yaxshi nomini tiklash, o‘zini ma'nan oqlash uchun kuch topolmaydi. Biroq, uning kompozitorlik iste'dodi va iqtidori shu darajada kuchli ediki, hayotidagi hech qanday fojeali kechmishlar, romanslar muhim o‘rin tutgan ijod namunalarida aks etmadi. Kompozitorning asosiy hissasi, u asl rus qo‘shiqchilik janrlariga tayandiki, undagi lirik qo‘shiqlar va cho‘zimdor ohanglar uning vokal durdonalariga asos bo‘ldi. U birinchilardan bo‘lib romans janrida A.Pushkin, A.Del`vig, D.Denisov, N.Ogarev, V.Jukovskiy kabi atoqli shoirlar she'rlariga murojaat etdi. Jumladan, uning A.Del` vig she'riga bastalagan “Bulbul” (“Solovey”) romansi e 'tirof tilgan durdona bo‘lib, unda keng rus ohanglarining xususiyatlari va yangi janr alomatlari o‘zaro qo‘shilgan, yangi asr avvalidagi romanslar sa shunday ko‘rinishda edi. Rus qo‘shiqchiligi va raqsbop ohanglari xususiyatlarining o‘zaro mutanosibligi mazkur janrni XIX asrning barcha kompozitorlari ijodida abadiy ommabop qildi. A.Alyab`ev birinchilardan bo‘lib, musiqada she'r qofiyasini uzaytirgan holda, 14 muhim ahamiyatli joylarga urgu berish va ta'kidlab ko‘rsatishga intilib, nutq xususiyati va iboralarga e 'tibor qaratdi. U sentimental romanslar (“Ko‘rayapman, kapalak uchayapti”- “Viju, babochka letaet”, “Oy yolgiz suzdi”-“Odinoko mesyats plil”) yaratuvchisi edi, unda ishqiy-lirik mavzudagi nazm birinchi planga chiqadi, ayni paytda, birmuncha dramatik mazmunli, falsafiy tagma'noga ega (“Sayohatchi”-“Puteshestvennik”, “Qashshoq ayol”- “Nishaya”, “Irtish”) romanslar ham muhim o‘rin tutadi. Uning mashhur romanslari orasida A.Pushkin she'rlariga bastalangan “Men sizni sevardim”(“Ya vas lubil”), “Qishki yo‘l”(“Zimnyaya doroga”) kabilarni aytish mumkin. Aleksandr Alyab`ev haqli ravishda A.Dargomijskiy va M.Musorgskiy vokal ijodini ortda qoldirgan kompozitor hisoblanadi, zero nutq n anslariga e 'tibor berish va buni kuy orqali etkazish uning san'atida asosiy o‘rin tutgan. P.Beranje she'ri D.Lenskiy tarjimasi asosida yaratilgan “Qashshoq ayo l” romansi buning ёrqin dalilidir. Shunday qilib, Aleksandr Alyab`ev vokal ijodiyot namoyondalari, jumladan M.Glinkani ham ortda qoldirgan rus musiqasining yorqin namoyondalaridan biridir. Download 1,15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling