O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
Grigor`evich Rubinshteyn (1835-1881)
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
- Aleksei Nikolaevich Verstovskiy
Grigor`evich Rubinshteyn (1835-1881) XIX asr rus musiqasi
rivojida ulkan iz qoldirdi . U iste'dodli pianinochi va shuningdek, 1866 yilda Moskva konservatoriyasining asoschisi bo‘lgan. Bundan tashqari, u P. I.Chaykovskiyni fortepiano va orkestr uchun yaratilgan birinchi kontsertning birinchi ijrochisi bo‘lgan. Rubinshteyn Rossiyada 250 yaqin konsertlar o‘tqazgan. U kontsertlardan tushgan mablag‘ni harbiylarning ehtiyojlariga o‘tkazdi. Kompozitor sifatida u miniatyuralar, romanslar va instrumental p`esalar janridagi kompozitsiyalarni qoldirgan. Nikolay Rubinshteyn va uning akasi mashhur pianochi Anton Rubinshteynlar rus madaniyatini o‘z faoliyatini bilan boyitishga harakat qilishgan va katta hissa qo‘shganlar. Savol va topshiriqlar: 1. XIX asr boshida ommalashgan janrlarni sanab bering. 2. A.Verstovskiy qaysi janrlarda ijod qilgan? 21 3. XIX asrning birinchi yarmiga mansub rus kompozitorlari qaysi shoirlarning she'rlariga romanslar bastalaganlar? 4. “Ayriliq”, “Qo‘ng iroq”, “Yolğiz elkan oqarib ko‘rinadi”, “Irtish”, “Qashshoq ayol”, “Sen uni tongda uygotma” kabi romanslar qaysi kompozitor qalamiga mansub? Ulardan 1-2 romanslarni tahlil qiling. 5. A.Serov ijodiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va uning rus musiqasidagi rolini aytib bering. XIX asrning birinchi yarmidagi rus operasi vakillari. XIX asrning birinchi yarmida rus sanʼatida teatr ulkan rol o‘ynadi. Bu bir tomondan, zodagonlar qatlamining bir xildagi hayotini to‘ldirish, uni qiziqarli qilish bilan izohlanadi. Oddiy odamlar uchun esa teatr sanʼatning turli sohalari mutanosiblashgan, rang-barang hissiyotlar hukmron va turli tabaqalarni xavotirga solgan muhim muammolar aks ettiriluvchi joy edi. O‘sha davr voqealarini aynan teatr aks ettirib, unga baʼzan o‘ta tezkorlik bilan munosabat bildirgan. Maʼlumki, 1812 yildagi urush davrida aynan urush voqealari va odamlarni xavotirga soluvchi tuyg‘ular ifodalangan bir qator spektakllar paydo bo‘ldi. Bu rus xalqining vatanparvarligi yuzaga chiqqan davr edi, bu esa Rossiya madaniyati rivojining keyingi davrlarida yaratilgan asarlarda ulkan ahamiyat kasb etdi. Opera sanʼatiga kelsak, aynan vatanparvarlik rolining o‘sishi ital yancha opera anʼanalariga bo‘lgan qiziqishning pasayishiga sabab bo‘ldi, bu saroy va zodagonlar qatlami didiga tobelikka qaramay, turli jamiyatlar doimo uning qiyosiy konservatizmi va qoloqligini belgilab bergan. Rasmiy-tantanavor toifadagi saroy italyan 22 operasining turlari XIX asr boshiga kelib butunlay barham topdi. Bu vaqtda o‘tgan asr oxiridanoq urfga kirgan va italyan operasini hukmronlik holatidan siqib chiqargan frantsuz operasi katta muvaffaqiyatga erishdi. Аsr boshida butkul mustaqil bo‘lmasa-da, ammo rus operasining shakllanishiga poydevor bo‘lgan rus opera truppasi tashkil etiladi. Teatrning opera va dramatik truppalarga to‘liq bo‘linishi faqat 1836 yilga kelib, Moskvada “Bol`shoy teatrning” maxsus binosi ochilganda yuz berdi. So‘ngra balet truppasi ham asta-sekin ajralib chiqdi. Kelib chiqishi italyan bo‘lgan kompozitor, dirijyor Katterino Аlbertovich Kavosning (1776-1840) serqirra faoliyati Rossiya opera sanʼatining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi, sababi Rossiya opera sanʼati rivojining butun bir davri aynan uning nomi bilan bog‘liqdir. U 22 yoshida Peterburgga keldi va salkam 40 yil davomida kompozitor, dirijyor, pedagog va badiiy tashkilotchi sifatida bitmas shijoat bilan mehnat qilib, rus opera teatrining boshida turdi. Bundan tashqari, u rus opera artistlarining butun bir avlodini tarbiyalab, turli operalarni ijro etishga qodir bo‘lgan jamoa yaratdi. K. А.Kavos tomonidan opera, balet, dramatik p`esa va vodevillarga musiqa kabi 30 dan ziyod turli janrdagi musiqiy-sahnaviy asarlar yaratilgan bo‘lsa-da, uning asarlari muvaffaqiyat qozonmadi. Bu davrda operaning birinchi rus ijrochilari mashhur bo‘la boshladilar, ular orasida O. А.Petrov (bas) va А.Ya.Vorob`eva-Petrova (kontralto) kabi xonandalar bor edi. 23 XIX asrning birinchi yarmida boshqa janrlarda bo‘lgani kabi operalarda ham vatanparvarlik mavzusi ustunlik qilib, unda qahramonlik syujeti va xalqning o‘tmish tarixi birinchi planga chiqdi. Shunday qilib, o‘z hayotini qurbon qilish evaziga mamlakatini polyak bosqinchilaridan qutqargan rus dehqoni Ivan Susaninning jasorati muhim o‘rin egalladi. Bu syujet asosida ikkita opera yozilgan. Birinchi opera “Ivan Susanin” А.Shaxovskiy librettosi asosida Kavos tomonidan yaratilib, uning taqdimoti 1815 yilda bo‘lib o‘tgan. Muvaffaqiyatli postanovkasiga qaramay, u Mixail Glinkaning shu syujetga yozilgan operasiga ko‘p jihatdan yutqizar edi. Asosiy farq bu Kavosning operasida ko‘p rechitativlar bolib, ariyalar esa ozgina mavjud edi. Kavosning operasida asosiy qahramon oxirida tirik qoladi. M. Glinkadan tashqari, opera boshqa ko‘plab bastakorlarning e'tiboriga ta'sir qildi, ular orasida Aleksei Nikolaevich Verstovskiy Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling