O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
partiyasida ruscha ariozo-ohangdor rechitativining yangi toifasini
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
partiyasida ruscha ariozo-ohangdor rechitativining yangi toifasini yaratdiki, keyinchalik u rus kompozitorlari operalarida o‘z rivojlanishiga ega bo‘ldi. M.I.Glinka o‘zining “Ruslan va Lyudmila”dek mahobatli operasida libretto asosi qilib olingan А.S.Pushkinning hajviy 33 hazilomuz mazmunini qayta ishlab, uning epik qirralarini kuchaytiradi va afsonaviy Kiev Rusiyasining ulug‘vor obrazlarini birinchi planga chiqaradi. Sahnadagi voqealar bilina hikoyalari tamoyillariga bo‘ysundirilgan. “Podshohga baxshida hayot” dramaturgiyasi uchun xos bo‘lgan ziddiyatli rivojlanish metodi “Ruslan va Lyudmila”da o‘z o‘rnini manzarali muqoyasalar va vokal-simfonik sahnalarning yopiq shakllariga bo‘shatib beradi. M.I.Glinka ijodida Sharq olami (rus klassik operasida orientalizm shu yerdan boshlanadi) ilk bor rus va slavyan mavzulari bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlikda o‘z ifodasini topdi. “Ruslan va Lyudmila” operasi – rus epik operalarining bevosita ajdodi bo‘lib, u А.Borodin va N.Rimskiy-Korsakov asarlarining obrazli olamiga yo‘l ochib beradi. Shunday qilib, Glinkaning har ikkita operasi XIX asrning opera san`atining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega edi, ayniqsa tarihiy va epic ertakli janrlariga. M.I.Glinka simfonik asarlari rus simfonik musiqasining keyingi rivojini belgilab berdi. M.I.Glinka “Kamarinskaya”da milliy musiqiy tafakkurning spetsifik xususiyatlarini ochib berdi va xalq musiqasi hamda yuksak professional mahoratni o‘zaro sintezlashtirdi. Rus kompozitorlari-klassiklari ijodida “ispancha uvertyuralar” (ulardan “to‘dachi”larning janrli simfonizmiga yo‘l ochildi) va “Vals- fantaziya” (uning lirik obrazlari P.Chaykovskiyning balet musiqasi va valslariga qardosh) anʼanalari davom ettirildi. M.I.Glinkaning romans janriga qo‘shgan hissasi muhim ahamiyat kasb etadi. uning vokal asarlari А.S.Pushkin sheʼriyati va 34 sheʼriy matnning musiqa orqali nafis yetkazilishi sabab, sheʼr va musiqaning to‘laqonli uyg‘unligini namoyish etadi. Shunday romanslardan “Men ajib lahzani eslayman”, “Tungi shabada” va boshqalar haqli ravishda vokal sanʼatining durdonalari hisoblanadi. M.I.Glinkaga musiqiy asarlardan tashqari, 1855 yilda va keyinroq, kompozitor o‘limidan so‘ng “Russkaya starina” jurnalida chop etilgan “Yozishmalar” nomli memuar ham tegishlidir. А.Serov tomonidan yozib olingan va “Muzikal`niy i teatral`niy vestnik”ning 1856 yildagi bir nechta sonida nashr ettirilgan “Cholg‘ulashtirish xususidagi qaydlar” ham kompozitorning nihoyatda qimmatli asarlaridandir. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling